tgindex
13 - МАКТАБ

13 - МАКТАБ

Статистика

Косонсой туман ХТБга карашли 13-сон умумий урта таълим мактаби.

Последний пост
24 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
tk
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
304
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
731
26 постов
Вовлечённость
240,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
337
1/48двое суток
386
1/72трое суток
416

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!

  • 14 июл.5291из xushnudbek

    Bugundan test sinovlari boshlanadi. Chin dildan tayyorgarlik ko’rgan, o’qigan, intilgan abituriyentlarning omadini bersin! 👉 @xushnudbek 👈

  • ⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 2026-2027-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

  • без подписи

  • Assalomu alaykum hurmatli mahalladoshlar! 👋👋 9-sinf bitiruvchilarini qabul jarayoni boshlandi. 🎓📝 1 iyuldan 20 iyulgacha qabul jarayoni davom etadi. ⏳🗓️ Kosonsoy tuman 4-son texnikumi (sobiq Aloqa kolleji)da oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarni kutib qolamiz. 🏫👀 Yoʻnalishlar: 🛠️🚗🔌 Avtomobil servisi (B yoki BC toifadagi haydovchilik guvohnomasi beriladi) Payvandlash 🔥 Elektrik ⚡ Raqamli axborotlarni qayta ishlash 💻 Kompyuter grafikasi 🎨 Tikuvchilik 🧵 Oshpazlik 👨‍🍳 Va boshqa yoʻnalishlarda KUNDUZGI va DUAL TAʼLIM shaklida oʻqitiladi. 🌞🌙 Dual taʼlim shaklida oʻqiydigan oʻquvchilarga Prezident qaroriga asosan DAVLAT STIPENDIYASI joriy qilingan. 💰🇺🇿

  • O‘zbekiston gerbi 34 yoshda 1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi. https://t.me/maktab13_kosonsoy

  • 30 июн.5272из kosonsoyhokimligi

    #Сана 🗓 Бугун, 30 июнь - Ёшлар куни! ▫️Бугун юртимизда Ёшлар куни кенг тантана қилинмоқда. Шу муносабат билан навқирон авлод вакилларини, келажагимиз эгаларини муборакбод этамиз. Таъкидлаш жоиз, мамлакатимизда ёшлар масаласи ҳар доим давлат сиёсати даражасидаги муҳим масала бўлиб келган. Сўнгги йилларда ёш йигит-қизларимиз учун яратилаётган кенг кўламдаги имконият ва шарт-шароитлар, уларнинг ўқиб-ўрганишлари, қизғин фаолият кўрсатишлари учун қаратилаётган эътибор ва ғамхўрлик нафақат юртдошларимиз, балки дунё ҳамжамиятини ҳам ўзига жалб этаётир. 🔰 Азиз ёшлар! Сиз она Ватанимизнинг, элу юртимизнинг мустаҳкам ишончи, порлоқ келажаги, эртамизнинг умидисиз! ☑️ Барчангиз бугунги байрам муборак бўлсин! Косонсой тумани ҳокимлиги 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube

  • 27 июн.608из kosonsoyhokimligi

    🔰 Косонсой тумани ИИБ бошлиғи Боситхон Қосимовнинг Косонсой тумани аҳолисига мурожаати 📌 Қадрли Косонсой тумани аҳли! ▫️Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланишига қарши курашиш, уларнинг салбий оқибатлари ҳақида кенг жамоатчиликни хабардор қилиш бугунги куннинг муҳим вазифаларидан биридир. Бу иллат нафақат инсон саломатлигига, балки оилалар осойишталиги ва жамият барқарорлигига ҳам жиддий зарар етказади. Шу боис, барчамиз биргаликда гиёҳвандликка қарши муросасиз кураш олиб боришимиз, айниқса, ёшларимизни бу балодан асрашимиз лозим. 📌 Азиз ота-оналар! ▫️Фарзандларингизнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этинг, уларнинг таълим-тарбиясига, спорт ва касб-ҳунарга қизиқишига алоҳида эътибор қаратинг. Ёшларимизнинг соғлом ва баркамол вояга етиши — барчамизнинг энг муҳим вазифамиздир. Гиёҳвандликка қарши биргаликда курашайлик! 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube

  • 27 июн.477из kosonsoyhokimligi

    🔰 Соғлом ва баркамол авлод – юрт тараққиёти ва миллат келажаги пойдеворидир! 📌 Косонсой тумани ҳокими Дилмурод Қодировнинг туман аҳолисига МУРОЖААТИ ✍️ Ассалому алайкум, азиз косонсойликлар, қадрли юртдошлар! ▫️Бугунги кунда гиёҳвандлик ва психотроп моддаларнинг ноқонуний тарқалиши бутун дунё ҳамжамиятини ташвишга солаётган долзарб муаммолардан бири ҳисобланади. Бу иллат инсон саломатлигига, оила муқаддаслигига, жамият барқарорлигига ва мамлакат тараққиётига жиддий таҳдид солмоқда. Айниқса, ёшлар орасида зарарли одатларнинг тарқалиши жонажон Ватанимиз келажаги учун катта хавф туғдиради. Мамлакатимизнинг эртанги куни, халқимизнинг умиди ва ишончи бўлган ёш авлодни соғлом, билимли, маънан баркамол ва ватанпарвар этиб тарбиялаш олдимизда турган устувор вазифалардан биридир. 📌 Қадрли ота-оналар! ▫️Фарзанд тарбияси барчамизнинг муқаддас бурчимиздир. Уларнинг қизиқишлари, атрофидаги муҳит ва бўш вақти қандай ўтаётганига жиддий эътибор қаратишимиз керак. Бу борада ёшларимизни спортга, китобхонликка, санъатга, ахборот технологияларига ва замонавий касб-ҳунарларга кенг жалб этиш орқали уларни турли салбий таъсирлардан ҳимоя қилишимиз мумкин. 📌 Муҳтарам нуронийлар ва ҳурматли жамоатчилик фаоллари! ▫️Сизларнинг бой ҳаётий тажрибангиз ва жамиятдаги обрў-эътиборингиз маҳаллаларимизда соғлом маънавий муҳитни шакллантиришда муҳим аҳамият касб этади. Ёшлар билан учрашувлар ўтказиш, миллий қадриятларимиз ва эзгу анъаналаримизни тарғиб қилиш, уларни тўғри йўлга бошлаш борасидаги саъй-ҳаракатларингиз бугун ҳар қачонгидан ҳам зарур. Ҳар бир маҳаллада профилактика ишларини кучайтириш, хавф гуруҳига кирувчи ёшлар билан манзилли ишлаш, уларнинг муаммоларини ўрганиш ва ижобий ҳал этиш бугунги куннинг муҳим вазифаларидан ҳисобланади. Шунинг учун ёшларимизни маданий-маърифий тадбирларга, спорт мусобақаларига, маҳалла ва гузарлардаги жамоат ишларига кенг жалб қилиш орқали уларнинг ҳаётда муносиб ўрин эгаллашига кўмаклашишимиз лозим. 📌 Азиз ёшлар! ▫️Сизлар Янги Ўзбекистоннинг буюк келажагини барпо этувчи кучсиз. Ҳар бирингиз илм олишга интилиб, замонавий билим ва кўникмаларни эгаллаб, соғлом турмуш тарзига амал қилишингиз зарур. Зарарли одатлар ва гиёҳвандликка қарши қатъий позицияда бўлиб, ўзингиз ва тенгдошларингизни бундай хавфлардан асрашга ҳисса қўшинг. Ишонаманки, барчамиз ҳамжиҳатлик ва бирдамликда ҳаракат қилсак, фарзандларимиз учун соғлом муҳит яратамиз, маҳаллаларимиз тинчлиги ва осойишталигини янада мустаҳкамлаймиз ҳамда юртимиз тараққиётига муносиб ҳисса қўшамиз. Дилмурод Қодиров, Косонсой тумани ҳокими 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • 11-sinf bitiruvchisi Qosimjonova Nazirajon maktabda 11yil davomida a'lo baholarga o'qiganligi,namunali xulqi,tadbirlarda va barcha jamoat ishlarida, faolligi uchun Davlatimiz tomonidan Oltin medal va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

  • 19 июн.45713из maktab13_kosonsoy

    Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Farzandingiz 1-sinfga ilk qadam qo‘yish arafasidami? Unda sizlarni Kosonsoy tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga taklif etamiz. Maktabimizda malakali va iqtidorli fan o‘qituvchilari tomonidan bilimli, tarbiyali hamda kelajagi porloq yoshlar voyaga yetkazilmoqda. O‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim va tarbiya muhiti yaratilgan. Farzandingizning sifatli ta’lim olishini istasangiz, uni 13-maktabga qabul qildiring. 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki maktabga tashrif buyurib, maktab ma’muriyati yordamida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Hurmat bilan, 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati. 👇👇👇 https://t.me/maktab13_kosonsoy

  • 18 июн.64145из xushnudbek

    “Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi” — Shavkat Mirziyoyev Davlatimiz rahbari bugungi Kolumbiyaga qarshi bahsdan so‘ng milliy terma jamoamiz futbolchilarining ruhini ko‘tardi. “Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz — bu ham g‘alaba”, — dedi Prezidentimiz. 👉 @xushnudbek 👈

  • Olg‘a, O‘zbekiston! Futbol bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Muxlislar maydoni” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur loyiha doirasida mamlakatimizning 208 ta tuman va shaharlaridagi ayrim umumta’lim maktablarida maxsus tomosha maydonlari tashkil etiladi. Ushbu joylarda barcha o‘quvchilar, ota-onalar va futbol ixlosmandlari katta ekranlar orqali terma jamoamiz o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin. Ushbu maktablar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari jadvali (Toshkent vaqti bilan): O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 07:00) O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00) O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 04:30) Barchangizni jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz! Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook

  • 8 июн.3 430113

    Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Farzandingiz 1-sinfga ilk qadam qo‘yish arafasidami? Unda sizlarni Kosonsoy tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga taklif etamiz. Maktabimizda malakali va iqtidorli fan o‘qituvchilari tomonidan bilimli, tarbiyali hamda kelajagi porloq yoshlar voyaga yetkazilmoqda. O‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim va tarbiya muhiti yaratilgan. Farzandingizning sifatli ta’lim olishini istasangiz, uni 13-maktabga qabul qildiring. 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki maktabga tashrif buyurib, maktab ma’muriyati yordamida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Hurmat bilan, 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati. 👇👇👇 https://t.me/maktab13_kosonsoy

  • 1 июн.8761из Ezozagafurjanovna

    1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! Bolalik — inson umrining eng sokin, eng beg‘ubor va hech qachon ortga qaytmaydigan oltin fasli. Bugungi sana biz kattalar uchun shunchaki bayram emas, balki qalbimizdagi eng muhim savolga javob izlash fursatidir: biz kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz? Bolalarni himoya qilish — ularni faqatgina tashqi xavf-xatarlardan asrash degani emas. Asl himoya — ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik hamda murg‘ak qalbini tushunishdir. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning har tomonlama sog‘lom, el-yurtga kamarbasta va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizning zamonaviy bilim olishlari hamda o‘z iqtidorlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan barcha sharoitlar va keng ko‘lamli islohotlar zamirida xuddi shu oliy maqsad mujassamdir. Uyda, bog‘chada yoki maktabda bo‘lsin — qayerda bo‘lmasin, bolalarimizni qurshab turgan muhitni mehrga, e’tiborga va samimiyatga to‘ldiraylik. Har lahzada ularning kichik va mo‘jizaviy olamiga quloq tutib, orzulariga qanot, yiqilganida suyanchiq, xatolarida esa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘laylik. Yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi shodiyona bilan chin dildan tabriklayman! Osmonimiz doimo musaffo, bolalarimizning kelajagi nurli bo‘lsin. Hech bir xonadondan farzandlarning shodon va beg‘ubor kulgusi arimasin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

  • Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – har yili bolalar sharafiga nishonlanadigan esdalik sanasi boʻlib, ularni nishonlash sanasi mamlakatga qarab har xil boʻladi. 1925-yilda "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" birinchi marta Jenevada bolalar farovonligi boʻyicha Butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. 1950-yildan buyon Ikkinchi dunyoning koʻplab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi.Xalqaro bolalar kuni 1959-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi munosabati bilan 20-noyabr kuni nishonlanadi[2]. Baʼzi mamlakatlarda bu bolalar kuni emas, balki bolalar haftaligi hisoblanadi.  AQShda Bolalar kuni 2024-yil 20-mayda  nishonlanadi Barcha 13-maktab bolalarini "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan tabriklaymiz. https://t.me/maktab13_kosonsoy

  • Assalomu alaykum, aziz ustozlar,qadrli o'quvchilar hamda mehribon ota-onalar! 🌙✨ Sizlarni muborak Qurbon hayit ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimizga tinchlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga quvonch va xotirjamlik tilayman. Ustozlarimizga sog‘lik, sabr va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar, o'quvchilarga esa o‘qish va hayot yo‘llarida omad hamda yuksak marralar tilayman. Qurbon hayit ayyomi barchamizga mehr-oqibat, baxt va ezgulik olib kelsin! 🌸 https://t.me/maktab13_kosonsoy

  • без подписи