56-MAKTAB(RASMIY KANAL)
СтатистикаKASBI TUMANI 56-MAKTABINING RASMIY TELEGRAM SAHIFASI
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- jv
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 102
- 1/48двое суток
- 116
- 1/72трое суток
- 126
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
KIU bilan birga unutilmas kunni nishonlang! 4️⃣4️⃣ Barcha bitiruvchilarimiz va talabalarimiz uchun ajoyib yangilik! 20-avgust kuni 18:00 da Qarshi xalqaro universiteti 2-kampusida barchangizni bitiruv tadbiriga taklif qilamiz. 📍 Yorqin lahzalar, unutilmas onlar va xush kayfiyatda ushbu kunni biz bilan birga oʻtkazing. ———————————— Празднуйте незабываемый день вместе с KIU! 4️⃣4️⃣ Отличная новость для всех наших выпускников и студентов! 20 августа приглашаем вас на торжественное мероприятие по случаю выпуска, которое состоится во 2-м кампусе Международного университета Карши. 📍 Яркие моменты, незабываемые впечатления и отличное настроение — проведите этот особенный день вместе с нами! 🔝Yoʻnalishlar haqida batafsil 🖊Roʻyxatdan oʻtish uchun ❤Admin bilan bogʻlanish 📞 (55)-055-99-44 📞 (55)-500-99-44 🌐Sayt 📱Telegram📱Instagram 📱Facebook📱YouTube
Xalqaro innovatsiya tibbiyot texnikumiga qabul davom etmoqda. Manzil: Kasbi tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi. ±998900112686 ±998931441060 +998931881060
без подписи
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!!! Sizlarga ajoyib yangilik Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi! Maktab va kollejlar bitiruvchilari Hamshiralik ishi Farmatsiya va Davolash ishi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.🥰 ✅ Yo‘nalishlarimiz: 👨⚕ Farmatsiya - o‘qish muddati 3 yil; 👨⚕ Davolash ishi – o‘qish muddati 3 yil; 🧑⚕ Hamshiralik ishi - o‘qish muddati 3 yil; 🧑⚕ Hamshiralik ishi - o‘qish muddati 2 yil. Hujjatlar qabul qilish jarayonida ishtirok eting va talabalarimiz safiga qoʻshiling ! Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani Mugʻlon shaxarchasi 📞 Murojaat uchun telefonlar: +99893 188 10 60 +99890 011 26 86 +99899 588 28 11 +99893 144 10 60
🏆🥇 YANA BIR G‘ALABA! 🥇🏆 🏃♀️ Musapirova Nilufar — 200 metrga yugurish bahsida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🎉👏 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqasida Nilufar o‘zining chaqqonligi, tezligi va mahoratini namoyish etdi. 💪🔥 🥇 200 metrga yugurish — 1-O‘RIN! 🏆 👏 Nilufarni ushbu ajoyib natija bilan muborakbod etamiz! 🌟 Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! 🏫 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi nomidan! 🇺🇿💐 ✈️Telegram | ✅Facebook
🟦🟦🟦🟦 2-SENTABR BARCHA UCHUN ISH KUNI 🇺🇿 Prezident farmoniga muvofiq, 31-avgust — dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 🗓 Shunday qilib, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket to‘rt kun (29-avgustdan 1-sentabrgacha), haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket uch kun (30-avgustdan 1-sentabrgacha) dam oladilar. 29-avgust, shanba — odatdagi ish yoki dam olish kuni 30-avgust, yakshanba — odatdagi dam olish kuni 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 1-sentabr, seshanba — Mustaqillik kuni 2-sentabr, chorshanba — barcha uchun odatdagi ish kuni. ✈️Telegram | ✅Facebook
Barcha muammolarga yechim — ... ❗ Ko‘plab oilalarda tark etilgan bir odat borki, xalqaro tadqiqotlar ham bu amal oila mustahkamligini ta’minlashini ko‘rsatdi. ✈️Telegram | ✅Facebook
⚡️O‘QUVCHILAR SUMKALARI QANCHA OG‘IRLIKDA BO‘LISHI KERAK? 1-sinf misolida videoda ko‘ramiz ✈️Telegram | ✅Facebook
#my_maktab_uz ✅ Ota-onalar uchun My.maktab.uz platformasida mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma ✈️Telegram |✅ Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
📚🌐 XALQARO YUTUQ MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿🇨🇳 🎉 Kasbi tumani MMTB tasarrufidagi 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ergasheva Marjona Sayrixon qizi xalqaro miqyosdagi yana bir yuksak muvaffaqiyatga erishdi. 📖 Marjonaning "The Uniqueness of the Uzbek Nation" ("O‘zbek xalqining betakrorligi") nomli maqolasi "The Timeless Beauty of Uzbekistan: Identity • Culture • Heritage" xalqaro madaniy antologiyasiga kiritilib, Xitoyning Pekin shahrida nashr etildi. Suratlarda kitobning taqdimoti va Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etilgani ham aks etgan. 🏛️ Mazkur xalqaro to‘plam O‘zbekistonning: 🇺🇿 milliy qadriyatlari; 🕌 tarixiy obidalari; 🎭 boy madaniy merosi; 🌐 dunyoga tanitishga xizmat qiluvchi ijodiy ishlardan iborat. 📜 Marjona ushbu xalqaro loyihadagi ishtiroki uchun xalqaro sertifikat bilan ham taqdirlandi. 👏 Bu yutuq nafaqat Marjonaning, balki 56-maktab jamoasi, ustozlari va ota-onasi uchun ham katta faxrdir. 🌟 Iqtidorli o‘quvchimizga kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va xalqaro zafarlar tilaymiz! #56Maktab #Kasbi #Qashqadaryo #MarjonaErgasheva #XalqaroYutuq #TheTimelessBeautyOfUzbekistan #China #Pekin #YoshIjodkor #Oʻzbekiston #Faxrimiz ✈️Telegram | ✅Facebook
❗️Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi ✈️ Joriy yilgi qabul jarayoni ham ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Dastlab abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etadi, undan keyin esa oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlaydi. ✔️Ertaga esa test sinovlarining 23-iyul kuni topshirilgan natijalari ham e’lon qilinadi. Shu bilan barcha abituriyentlarning test natijalari to‘liq ma’lum qilingan bo‘ladi. ✈️Shundan so‘ng, taxminan 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi. Yo‘nalish tanlash jarayoni yakunlangach, 8–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish ishlari olib boriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mandat natijalari 17-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. 🎓Shundan so‘ng, 18–27-avgust kunlari oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Muhim sanalar: ➖14–23-iyul — test sinovlari; ➖25-iyul–8-avgust — oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash (taxminiy muddat); ➖8–17-avgust — yakuniy mandatni shakllantirish (taxminiy muddat); ➖17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilayotgan sana; ➖18–27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlar uchun texnikumlarni tanlash bosqichi (taxminiy muddat). Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yili qabuli bo‘yicha mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi. Ya’ni mandat qonunchilikda belgilangan muddatdan oldin, 5 kunda chiqqan. Joriy yilgi qabulda esa abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 54,5 ming nafarga kamayib, 677 ming 907 nafarni tashkil etdi. O‘tgan o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 732 ming 411 nafar bo‘lgan. Mandat natijalari bu yil ham belgilangan muddatdan oldinroq e’lon qilinish ehtimoli bor. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda! @nodavlat_otm
📸📸 🟣Ustozlarning har darsi ibodatga teng ekan... 🔺O‘qituvchilar haqida juda ta’sirli rivoyat ✈️ Telegram | ✅Facebook
✔️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda. ➖ Joriy yilning 20-iyuliga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 600 065 nafar (322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari anʼnaviy tartibda) bola qabul qilindi. 📌Maʼlumot uchun: 2026-2027-oʻquv yilida yurtimizdagi 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktab (umumiy maktablarning qariyb 60 foizi)da qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda. 👉 Eslatib o‘tamiz, mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari joriy yil 31-iyulga qadar davom etadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Телефон ва компютер ўйинларининг зарарлари (ўқувчиларингизга юборинг!) 1. Ақлий ва руҳий ривожланишга таъсир кўрсатади. 2. Жиззаки, тажовузкор, асабий ва инжиқ бўлиб қолади. 3. Ҳиссиётларини бошқариши қийинлашади. 4. Болада руҳий зўриқиш ва тушкунлик пайдо бўлади. Бола дунёқарашининг ўзгариши: -Компьютер ўйинларидаги каби одамлар ҳаётини туганмасдек ҳис қилиши. - Ҳар қандай зиддиятли ҳолатларни фақат куч билан ҳал этишга ўриниш. - Ўйин қаҳрамонлари каби ҳеч қандай ҳавфдан қўрқмаслик. - Ҳаётда ҳамма нарсага онсонлик ва куч билан эришишга интилиш. - Ҳаётга ва инсонларга бешавқат муносабатда бўлиш. Болани компьютер ўйинларига тобеликдан олиб чиқиш йўллари. 1. Ота-она болани доимий назорат қилиши. 2. Кунига 30 дақиқадан ортиқ компьютер ўйнашга руҳсат бермаслик. 3. Бола билан дўстона муносабатда бўлиш ва у билан вақт ажратиб бирга шуғулланиш. 4. Болани бўш вақтини мазмунли ташкил этиш. Уни китоб ўқиш, спорт ёки ижод қилишга қизиқтириш. 5. Болани мотивациясини ривожлантириш, уни рағбатлантириб туриш. 6. Тобе бўлган болаларга бирданига компьютер ўйинларини ўйнашни чеклаш мумкин эмас. Аксинча компьютер ўйинлари ўйнаш вақтини ҳар куни камайтириб бориш билан тобеликдан ҳалос қилинади.
📢 E'LON “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi Qashqadaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi 2026–2027-o‘quv yilida ham davom ettiriladi. Mazkur tanlov viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, iqtidorli, izlanuvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tanlov quyidagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi: 🏅 “A’lochi o‘quvchi”; ✍️ “Ijodkor o‘quvchi”; 📚 “Yosh kitobxon o‘quvchi”; 💻 “IT bilimdoni”; 🤖 “Innovator o‘quvchi va robototexnika”; 🏃 “Sportchi o‘quvchi”. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: tuman (shahar) bosqichi; viloyat bosqichi. Tanlovda ishtirok etish istagidagi o‘quvchilardan hujjatlar qabuli boshlandi. 📍 Qo‘shimcha ma’lumotlar hamda hujjat topshirish tartibi bo‘yicha tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Farzand tarbiyasidagi xatolar.... ✈️Telegram | ✅Facebook
🟦🟦🟦🟦 HAR 3 NAFAR ABITURIYENTDAN 1 NAFARI TALABA BO‘LADI! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, 2026/2027-o‘quv yili uchun: ✔️ Davlat granti kvotasi – 36 023 ta ✔️ Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul – 234 mingdan ortiq o‘rin etib belgilangan. 📝 Joriy yil oliy ta’lim muassasalariga 664 609 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 📌 Bu esa o‘rtacha hisobda har 3 nafar abituriyentdan 1 nafari talaba bo‘lish imkoniyatiga ega ekanini anglatadi. 🔥 Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad, xotirjamlik va yuqori natijalar tilaymiz! Omad sizga yor bo‘lsin! 🤖Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning https://t.me/ped_mahorat_bot ✅️O'QITUVCHILAR BAZASI 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/e_baza_uzbekistan https://t.me/+RB46SumTAlozYzli