𝟰𝟲-𝗺𝗮𝗸𝘁𝗮𝗯 𝗵𝗮𝘆𝗼𝘁𝗶
Статистика𝙏𝘼𝙍𝘽𝙄𝙔𝘼 𝘽𝙄𝙕 𝙐𝘾𝙃𝙐𝙉 𝙔𝙊 𝙃𝘼𝙔𝙊𝙏 - 𝙔𝙊 𝙈𝘼𝙈𝙊𝙏, 𝙔𝙊 𝙉𝘼𝙅𝙊𝙏 - 𝙔𝙊 𝙃𝘼𝙇𝙊𝙆𝘼𝙏, 𝙔𝙊 𝙎𝘼𝙊𝘿𝘼𝙏 - 𝙔𝙊 𝙁𝘼𝙇𝙊𝙆𝘼𝙏 𝙈𝘼𝙎𝘼𝙇𝘼𝙎𝙄𝘿𝙄𝙍 𝐀𝐛𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚 𝐀𝐯𝐥𝐨𝐧𝐢𝐲
- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 331
- 1/48двое суток
- 1 525
- 1/72трое суток
- 1 645
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🎓 YANA BIR YIRIK YUTUQ! 🌟 🏫 46-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi Saidqulova Marjona Baxrom qizi oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida yuqori natijalarga erishdi. 📚 Marjona quyidagi oliy ta'lim muassasalariga muvaffaqiyatli qabul qilindi: 🥇 Metropolitan University — 100% grant 🥈 British Management University — 20% grant 🥉 Central Asian University — 10% grant 🎓 Westminster International University in Tashkent — shartnoma asosida ✅ E'tiborlisi, Marjona o'z tanlovini Westminster International University in Tashkent foydasiga amalga oshirdi va mazkur universitetda tahsil olishga qaror qildi. 👏 Ushbu yuksak natija Marjonaning bilimga bo'lgan intilishi, mehnatsevarligi, ustozlarining fidokorona mehnati hamda ota-onasining doimiy qo'llab-quvvatlashi samarasidir. 💐 Maktabimiz jamoasi nomidan Saidqulova Marjona Baxrom qizini ushbu ulkan muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌠 Kelgusidagi oliy ta'lim bosqichlarida ham ulkan zafarlar, mustahkam sog'lik va porloq kelajak tilaymiz! 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🏆 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabimiz o‘quvchilari "Hokim kubogi" tanlovida munosib natijalarni qo‘lga kiritdilar! 🎉 Bekobod tumanida o'tkazilgan nufuzli "Hokim kubogi" fan tanlovida 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabimiz o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar. 📍Bekobod tumani Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida sovrindor o‘quvchilarimiz munosib e'tirof etildi. 🏅 Sovrindorlarimiz: 🥉 Abduraimov Elmurod Shuhrat o‘g‘li — Matematika fanidan 3-o‘rin. 🥉 Kuchimboyeva Munira Jamoliddin qizi — Ingliz tili fanidan 3-o‘rin. 🏅 Rasulova Oliya Husan qizi — Tarix fanidan 7-o‘rin. 🏅 O‘rishboyev Shaxzodbek Inom o‘g‘li — Tarix fanidan 7-o‘rin. 🏅 Alimjonova Dilshoda Elyor qizi — Huquq fanidan 9-o‘rin. 👏 Maktabimiz o‘quvchilarini ushbu yutuqlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularning muvaffaqiyatida o‘z bilim va tajribasini ayamagan ustozlarimiz hamda farzandlarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarimizning hissasi beqiyosdir. 🌟 Yoshlarimizning bilim olish yo‘lidagi intilishlari bardavom bo‘lsin, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz! 💐 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi barcha sovrindorlarimizni samimiy muborakbod etadi va ularga ulkan zafarlar tilaydi! 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
📣 Faxrli yangilik! ☄️ Bekobod tumani "Yangi Bekobod" gazetasining 2026-yil 17-iyun 23-sonida maktabimiz o‘quvchilarining ijodiy ishlari chop etildi. 🎨📰 ✨ 6-“A” sinf o‘quvchisi Abdulazizova Diyora Abdurasul ✨ 6-“B” sinf o‘quvchisi Alimjoniva E'zoza Elyor qizi ✨ 5-“A” sinf o‘quvchisi Abduaxadova Raxima Ravshan qizi ✨ 5-“A” sinf o‘quvchisi Saidqulova Niginaxon Baxrom qizi ✨ 5-“A” sinf o‘quvchisi Narzullayeva Muborak Botir qizi ushbu gazeta sahifalarida o‘zlarining chiroyli rasmlari bilan ishtirok etdilar. 👏 O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 👏 Ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirib kelayotgan ustoz — M.Saydinova ga alohida minnatdorchilik bildiramiz. 🌟 Bunday yutuqlar maktabimiz nufuzini yanada oshirib, boshqa o‘quvchilar uchun ham katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi! 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
❗️❗️❗️ 🎉 Ustozimizning navbatdagi yutug‘i bilan tabriklaymiz! 🎉 ☄️ 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan tartibga muvofiq, Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan va ERP tizimida tasdiqlangan milliy sertifikatga ega “Ona tili va adabiyot hamda Tarix” fani pedagoglariga tarif stavkasiga nisbatan 50% miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama belgilanishi belgilangandi. ⭐️ Maktabimizning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi ushbu yuksak natijaga erishdi: Mamashukurova Nazira — 58.31 ball, B daraja ☄️ Ushbu ustozimiz endilikda o‘z tarif stavkasiga nisbatan 🟠🔴 🛍 foizlik ustamani sertifikat amal qilish muddati davomida oladigan bo‘ldi. Ustozimizni chin dildan tabriklaymiz! 👏🎉 💯 Shu bilan maktabimizdagi barcha boshlang'ich sinf ustozlari milliy sertifikatlarni olib bo'lishdi. 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#TABRIK 🎉📚 Maktabimiz o‘quvchilari ona tili va adabiyot fanidan umumta’lim fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat sinovlarida munosib natijalarni qo‘lga kiritishdi! 👏📖 📌 Sertifikat sohiblari: ✔️ Xaydarqulova Xusniya — A daraja ✔️ Eshqo'ziyeva Dilorom — B+ daraja ✔️ G'aybullayeva Navro'za — B+ daraja ✔️ Alimjonova Dilshoda — B+ daraja ✔️ Kunisheva Mahosiba — B daraja ✔️ Abdu-Qobulova Dildora — B daraja ✔️ Saydinova Anora — B daraja ✔️ Egamnazarova Charos — B daraja ✔️ Kunisheva Mahosiba — B daraja ✔️ Abdumavlonova Soliha — B daraja Ushbu natijalar o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, tirishqoqligi hamda ustozlarimizning samarali mehnati natijasidir. 📚✨ Aziz o‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham ulkan zafarlar, yuqori natijalar va omad doimo hamrohingiz bo‘lsin! 🎉 Shuningdek, o‘quvchilarimizni tayyorlagan ustozlarimiz hamda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. 🌟 46-maktab — bilim va muvaffaqiyat maskani! 🇺🇿 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
#DIQQAT_TANLOV Dolzarb 90 kun doirasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovi e’lon qilinadi! I. TANLOV SHARTLARI QANDAY❓❓❓ Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-10-sinf o'quvchilari ishtirok etadi. “Men o‘qigan kitob” taqdimoti yo‘nalishida ishtirokchilar o‘zlari oxirgi olti oy davomida o‘qigan kitoblardan biri bo‘yicha tahliliy ma'limotni 3–5 daqiqalik videorolik orqali ochib berishi kerak bo‘ladi. 📤 Videoroliklar 2026-yilning 10–20-iyun kunlari soat 18:00 ga qadar https://t.me/Qodirovxusan Telegram manziliga yuboriladi. II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY❓ G‘oliblar 100 ballik tizimda baholanadi: 🔹 Birinchi: kitob mazmuni ochib berilganligi uchun — 30 ballgacha; 🔹 Ikkinchi: asar qahramonlari va undan olgan xulosalarini tushuntirish uchun — 30 ballgacha; 🔹 Uchinchi: nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyati uchun — 40 ballgacha. 📢 G‘oliblar 2026-yilning 25-iyun kuni soat 21:30 da https://t.me/beshtashabbus_maktabda Telegram kanalida e’lon qilinadi. III. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI❓ 🏆 Eng yaxshi deb topilgan 3 nafar ishtirokchi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi! Quyidagilar taqiqlanadi ❌❌❌ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklarni yuborish. Bir kishi tomonidan bir necha kishining ishini qayta-qayta yuborish. Belgilangan muddatdan tashqarida ijodiy ishlarni yuborish. Hajmi 10 megabaytdan ortiq videoroliklarni yuborish. https://t.me/beshtashabbus_maktabda
💙💙💙 🏅🌍 Maktabimiz faxri – ustozimizga omad tilaymiz! 🌍🏅 ☄️ 46-maktab jamoasi nomidan oliy toifali geografiya va biologiya fani o‘qituvchisi Badalov Rasul Oralovichning Vazir jamg‘armasi tomonidan beriladigan ustama uchun nomzod sifatida tavsiya etilganliklari bilan samimiy tabriklaymiz. Ustozimizning ko‘p yillik samarali mehnati, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda maktabimiz nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona faoliyati barchamizga yaxshi ma’lum. 📅 Joriy yilning 4-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan suhbat jarayonida ustozimizga ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. 🌟 Yosh avlodga ta’lim berishdek sharafli va mas’uliyatli kasbda hech qachon charchamasinlar, kuch-g‘ayratlari, bilim va tajribalari yanada ziyoda bo‘lsin! 👏 Sizdek fidoyi ustozlar bilan faxrlanamiz! 46-maktab jamoasi nomidan ustozimizga omad va zafarlar tilaymiz! 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 👇👇👇 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: 👇👇👇 @maktabhayotimurojaat_bot
🩷🩷🩷 🌱✨ MAQOL MAZMUNI ✨🌱 📖 “Bir qo‘llab eksang, ikki qo‘llab o‘rasan” Bu hikmatli maqol insonning qilgan har bir yaxshi amali, mehnati va sa’y-harakati behuda ketmasligini anglatadi. 🌾 Dehqon dalaga bir hovuch urug‘ eksa, vaqt o‘tib undan bir necha barobar ko‘p hosil oladi. Xuddi shuningdek: 📚 Ilm olsangiz — bilim va muvaffaqiyatga erishasiz. 💪 Mehnat qilsangiz — uning samarasini ko‘rasiz. 🤝 Yaxshilik qilsangiz — yaxshilik sizga yana-da ko‘proq bo‘lib qaytadi. 🌟 Bugungi kichik harakatlar ertangi katta yutuqlarning poydevoridir. 📌 Xulosa: Mehnat, sabr va ezgulik hech qachon zoye ketmaydi. Inson ekkan yaxshilik urug‘i bir kun kelib mo‘l hosil bo‘lib qaytadi. 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 👇👇👇 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: 👇👇👇 @maktabhayotimurojaat_bot
🎯 “Siz matematikani bilasizmi?” — navbatdagi tanlov o‘tkazildi! Maktabimizda yo‘lga qo‘yilgan an’anaga ko‘ra, har oyning oxirgi yakshanbasida o‘tkazib kelinayotgan “Siz matematikani bilasizmi?” tanlovining navbatdagi soni 30-noyabr kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.…
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ☄️ Bu video meni ham qo‘rqitdi ham ogohlantirdi! Hozirda har 4 ta boladan 1 tasining ko‘zida muammo bo‘layotgan ekan. Lekin bu videoni ko‘rganimdan keyin bolani o‘qishi faqatgina dangasalik sababli yomonlashmasligini tushundim. Doniyor Nasriddinov videoda juda qo‘rqinchli va shu bilan birga foydali malumotlarni ulashgan. Tavsiya qilaman 👇 https://youtu.be/HibdU4iX3gg 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Hurmatli ota-onalar! 😊 Ta’til boshlandi. Farzandlaringiz ta’tilda yaxshi dam olishlari, o‘zlarini erkin tutishlari uchun maktabdagi kabi “qulay sharoit” yaratib bering 😄 Masalan: 👣 Oyoq kiyimi izlarini devorlarga tushira olsin 🪑Xontaxta yoki javonlarga, hatto mehmon kutadigan stollaringizga ham o‘yib sevgan yoki yomon ko‘rgan odamining ismini yoza olsin ✍️ 💡 Kirgan uylarida chiroqlarni bemalol yoniq qoldirsin 🍫 Yegan-ichgan narsasining qoldig‘i va qog‘ozlarini istagan joyiga tashlasin 📢 Bor ovozi bilan gapirib, baqir-chaqir qilsin 🙈 Siz nasihat boshlaganingizda esa maymundek masxara qilib, har xil qiliqlar qilsin 😅 ❗️Eng muhimi, ovozingizni ko‘tarmang va jismonan jazolamang. Aks holda bu bola psixologiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 😉 Ta’til davomida bolalarimiz maktabda qiladigan sho‘xliklarini esdan chiqarib qo‘ymasinlar. 🤝 Sizga ikkitagina yoki nari borsa to‘rttagina bolamizni uch oygina omonat qoldiryapmiz. 🏫 Keyin esa 500 nafar bolamizni o‘zimiz 9 oy davomida sizlarni aralashtirmasdan eplab olamiz 😊 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot
✅✅✅ Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi. G.Spenser Bir paytlar maktabda ustozning ovozi baland chiqsa ham sinf jim bo‘lib qolardi. Chunki ustozning haybati, salobatini his qilardik. Ha, koyish ham bo‘lgan, qattiq gap ham, ba’zida jazolar ham. Lekin ko‘pchilik bugun orqaga qarab bitta narsani tan olyapti: o‘sha ustozlarning maqsadi oʻquvchini sindirish emas, "odam" qilish edi. Hozir esa vaziyat boshqacha. O‘quvchi darsni buzadi, hurmatsizlik qiladi, tartibsizlik qiladi - ustoz jazo berishi tugul biroz qattiq gapirsa ham aybdor ustoz bo‘lib qoladi. Biz ham xato qilsak ustozlardan gap eshitardik. Jazo olardik. Lekin uydagilarga buni aytishga botinolmasdik. Agarda aytsak ota-onamiz oʻzimizni urushib berishardi yoki jazolashardi. "Oʻzing bir ayb ish qilgandirsan jazolagan. Ustozing bekorga bunday qilmaydi" deyishardi. Va anglaganingizdek bu toʻgʻri yondashuv edi. Hozir holat boshqacha. Hozirda aksariyat ota-onalar farzandining xatosini tan olish o‘rniga o‘qituvchini malomat qilishga tushadi. Hatto sud bilan qo‘rqitishga ham tayyor. Aslida esa tarbiya - avvalo uyda boshlanadi. Agarda ota-ona oʻz vazifasi (tarbiya berish)ni uyida bajarib qoʻyganida maktab oʻqituvchilari uchun bu yukka aylanmasdi. Hozirgi kunda o‘qituvchi 25-30 ta bolaga 45 daqiqada ham bilim berib, ham tarbiya berib, ham psixolog bo‘lib ulgurishi kerak, tushunyapsizmi? Uyida 1-2 farzandiga so‘zini o‘tkaza olmayotgan ayrim ota-onalar butun mas’uliyatni maktab zimmasiga tashlab qo‘yishi insofdan emas. Achchiq haqiqat shuki: tarbiya faqat erkalatish bilan bo‘lmaydi. Chegara bo‘lishi kerak. Talab bo‘lishi kerak. Intizom bo‘lishi kerak. “Bolamga qattiq gapirmang” deb ulg‘aygan avlod ertaga hayotning qattiq zarbasiga qanday bardosh beradi? Farzandiga hamma narsada yon bosgan ota-ona, ertaga uning xatosi oldida eng ko‘p yig‘laydigan inson bo‘lib qolishi mumkin. Bugun koʻpchilik oʻquvchilar ustoz bilan tengma-teng gaplashishni “zamonaviylik” deb o‘ylayapti. Aslida esa hurmat yo‘qolayotgan joyda na ilm qoladi, na tarbiya. O‘qituvchining maoshi oshyapti, turli qulayliklar berilyapti. Gap yoʻq. Lekin faqat maosh bilan oʻqituvchini qadri oshirildi deb bo‘lmaydi. Zero oʻqituvchi u maoshning badalini eng qimmatbaho asabi bilan toʻlayapti. Oʻqituvchining obro‘sini yanada yuksaltirish kerak. Ustozni yana jamiyatdagi eng hurmatli inson darajasiga olib chiqish kerak. Chunki ustoz qadrsizlandi degani - kelajak sinadi degani. Bir narsani unutmasligimiz kerak: "Tarbiya - ta'limdan ustundir". Maktab ta'lim beradi, qisman tarbiya ham. Lekin bu boradagi asosiy yuk, asosiy mas'uliyat baribir ota-ona zimmasidadir. Agarda farzandni faqatgina ta'limi bilan shugʻullanib tarbiyasi e'tiborga olinmasa, kelgusida ilmli bezorilar yetishib chiqadi.. ©️ManuchehrSafarov 🏫 Bekobod tumani 46-maktab 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📣 @maktab_46_hayoti ✉️ Murojaatlar uchun: @maktabhayotimurojaat_bot