BUGUN 13-MAKTABDA
СтатистикаAdolatli rag'bat - o'quvchini harakatlantiruvchi qudratli kuch!
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 97
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 306
- 1/48двое суток
- 1 496
- 1/72трое суток
- 1 614
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi Namangan shahridagi 38-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim muassasalarida xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash hamda o‘quvchilar bilan manzilli ishlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va soha mas’ullari ishtirok etdi. Seminarda ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, maktablarni yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorlash hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirda o‘quvchilarning holatini erta aniqlash va muntazam kuzatib borishga mo‘ljallangan “Psixolog AI” sun’iy intellekt tizimi ham taqdim etildi. Mazkur tizim ko‘plab o‘quvchilar orasidan alohida e’tibor talab qiladigan holatlarni barvaqt aniqlash va ular bilan individual ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Andijon viloyati tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Dildosh ustozlar” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. 5–11-sinf o‘quvchi qizlariga mo‘ljallangan loyiha “Har bir qiz bola e’tiborda” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, qizlar bilan manzilli va tizimli ishlashga qaratilgan. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni yakunlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
ANDIJON TAJRIBASI — NAMANGANDA! 📚Andijon shahar 13-son maktabi jamoasi Namangan shahridagi 38-son maktabda bo‘lib, maktabimizning “DILDOSH USTOZ” loyihasini taqdim etdi. 💡Tashrif davomida Namanganlik ustozlar bilan ilg‘or pedagogik tajribalar, zamonaviy ta’lim yondashuvlari va kelgusidagi hamkorlik masalalarida o‘zaro fikr almashildi. 🌱Birgalikda o‘rganamiz, tajriba almashamiz va ta’limni rivojlantiramiz! #AndijonTajribasi #DildoshUstoz #13Maktab #Namangan #TajribaAlmashish
🤝ANDIJON TAJRIBASI — NAMANGANDA! 📚Bugun Andijon shahar 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish va pedagogik hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Namangan shahridagi 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. ✨Tashrif davomida maktabimizda yo‘lga qo‘yilgan “DILDOSH USTOZ” loyihasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. 💡Shuningdek, Namangan viloyatdagi maktab pedagoglari o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, ustozlarning kasbiy rivoji, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish borasida o‘zaro fikr va tajribalar almashildi. 🌱 “Andijon tajribasi” — bu faqat bir maktabning yutug‘i emas, balki ilg‘or g‘oyalarni hamkasblar bilan baham ko‘rish, birgalikda rivojlanish va ta’lim taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tajribadir. 🤝Bugungi uchrashuv hamkorlikning yangi qirralarini ochib, Andijon va Namangan pedagoglari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📍Tajriba almashamiz — tajribani boyitamiz — ta’limni rivojlantiramiz! #AndijonTajribasi #DildoshUstoz #TajribaAlmashish #PedagogikHamkorlik #13Maktab #Namangan #TaʼlimSifati
#Obod_maskan OBODLIKKA YUZ TUTAYOTGAN MASKANLAR-ANDIJON SHAHRIDAGI 13-UMUMTA'LIM MAKTABIDA TASHKIL ETILGAN OBODONLASHTIRISH VA KO'KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, tozalik madaniyatini yuksaltirish hamda ta’lim maskanlarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida bugun Andijon shahar 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Hashar davomida maktab hududi, sinfxonalar atrofi, sport maydonchalari, gulzor va yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxtlarga ishlov berilib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Jamoamizning birdamligi va fidoyiligi bilan olib borilgan ushbu ezgu tashabbus “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarining amaliy ifodasi bo‘lib, maktabimizni Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olish hamda yangi o‘quv yiliga har tomonlama tayyorlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿 Obod maktab – farovon kelajak, ozoda muhit – yuksak madaniyat timsolidir!

🍃🌳Yashil Makon – Har Bir Daraxtda Mehr Bor 🏫✨Maktab hovlimiz ko‘m-ko‘k daraxtlar bilan yashnamoqda! 🌳🌿 Har bir burchakda yashillik, go‘zallik va totuvlik barq urmoqda. Bu joy chinakamiga “Yashil makon” 🏞️ bo‘lib, o‘quvchilarga zavq va ilhom bag‘ishlaydi.❤️🌼
без подписи