MA'RIFATLI BOYSUN
СтатистикаRespublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Boysun tuman bo'linmasi rasmiy kanali ✅https://www.facebook.com/boysun.manaviyatbolimi/
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 63
- Всего постов
- 687
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 20
- 1/48двое суток
- 22
- 1/72трое суток
- 24
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌺 XAYRLI TONG! 🌸 Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak bo‘lsin! Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin! ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#yangiruhiyat #ZiyolilarOvozi #Surxondaryo 🇺🇿 “Ziyolilar ovozi”: yoshlar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy muhitning o‘rni Joriy yilning 14-avgust kuni Termiz shahridagi Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining kichik majlislar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Unda “Muloqot” nodavlat notijorat tashkiloti ijrochi direktori Dilshod Ibrohimov, “Muloqot” jamoat birlashmasi eksperti, xalqaro toifadagi trener Dadaxon Xushmurodov, shuningdek, nuroniylar, ziyolilar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminar-treningda bugungi globallashuv va axborot oqimi kuchayib borayotgan sharoitda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, yurtga sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasi va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, hayotiy maqsadlarini to‘g‘ri shakllantirish, turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash borasida fikr va tajribalar almashildi. Ayniqsa, ziyolilar, nuroniylar va jamoatchilik vakillarining yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyati xususida amaliy tavsiyalar bildirildi. Zero, yosh avlodning ma’naviy kamoloti, avvalo, oilada, mahallada va jamiyatdagi sog‘lom ma’naviy muhit bilan chambarchas bog‘liq. “Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish hamda ularni Vatanga muhabbat va daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 📌 Ma’naviyatli yosh — Vatan kelajagining mustahkam poydevoridir! ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
#yangiruhiyat Termiz qadim zamonlardan beri Sharq va G‘arbni bog‘lab kelgan muhim shahar sifatida tanilgan. U O‘rta Osiyo hududidagi eng qadimgi manzilgohlardan biri bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘li orqali turli xalqlar va madaniyatlarning uchrashuv nuqtasiga aylangan. Kushonlar saltanati davrida shahar siyosiy va madaniy hayotda muhim o‘rin egallab, yirik markaz darajasiga ko‘tarildi. Aynan shu davrda buddaviylik madaniyati keng tarqalib, Fayoztepa va Qoratepa kabi tarixiy obidalar bunyod etildi. Keyingi asrlarda islom madaniyatining rivoji bilan Termiz ilm-ma’rifat markaziga aylandi va Imom Termiziy singari buyuk allomalar shu zamin bag‘ridan yetishib chiqdi. ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. #yakdilmintaqa #yangiruhiyat
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи