tgindex
MA'RIFAT INSAYT

MA'RIFAT INSAYT

Статистика

@peshqadam_karvoni a’zosi @ayollarga_komak loyihasi psixologi Oilaviy munosabatlar boʻyicha 8 yillik tajribaga ega ilmiy psixolog Eshmurodova Nilufar Sadullayevna Konsultatsiya uchun: @sidiqova1994 @ummumuhammadloiq

Последний пост
28 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
173
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
66
25 постов
Вовлечённость
38,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
41
1/48двое суток
46
1/72трое суток
50

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Test javoblari tayyor✅ 1. Ishchan – Ofisbop kresloni tanlaganingizga qaraganda, ishga mukkasidan ketganlar toifasidansiz. Albatta, mehnatkashlik yaxshi sifat. Ammo ishga munosabatingiz sog’lommi yoki bor alamlaringizni shu yo’l bilan chiqaryapsizmi? Ayni paytda zerikarli va og’ir ish bilan shug’ullanayotgan bo’lsangiz ham, ajab emas. Balki ta’tilga chiqish, ish tartibiga yangilik kiritish yoki umuman yo’nalishni o’zgartirish haqida ham o’ylab ko’rarsiz. O’z fikringizni aytishdan cho’chimasligingiz e’tiborga molik. Faqat qayerda va qaysi vaziyatda buni qilishni bilishingiz muhim. 2. Xayolparast – Ayni paytda ochiq ayvonda, oromkursida o’tirgancha xayol surishni istayotgan bo’lishingiz mumkin. Aslida ham siz kun davomida bir joydan qimir etmasdan, hech nima qilmasdan xayollar ummoniga sho’ng’ishingiz mumkin. Romantik, ijodkor va orzumand insonsiz. Sizning o’ylaringiz va istaklaringiz chegara bilmaydi. Gohida real hayotni unutib ham qo’yasiz. Muvozanatni topishingiz kerak. Masalan, xayolingizga kelgan fikrlarni daftar yoki telefoningizga yozib borishni odat qiling. Shunda ular real hayotga ko’chib, natija bera boshlaydi. Kim biladi, balki ulkan g’oyalarga aynan siz muallif bo’larsiz. 3. Ruhshunos – Tebranma o’rindiqni tanlaganlar tabiatan ruhshunos bo’lishadi. Ular qarshisidagi insonni jon quloqlari bilan tongdan kechgacha kiprik qoqmay tinglay olishadi. Boshqalarning hayoti va hikoyalari ular uchun juda qiziq. Siz kirishimli, samimiy, xotirjam va savol berishni yaxshi ko’radigan insonsiz. Eng muhimi, tinglashni bilasiz. Eshitganlaringizni tahlil qilish qobiliyatingiz tahsinga loyiq. Aynan shu sifatingiz tufayli sizga dardini aytgan insonni tushuna olasiz, uni ayblash yoki mazax qilishdan yiroqsiz. 4. Faylasuf – Klassik uslubdagi kresloni tanlaganlar uzoq o’ylaydigan insonlar hisoblanadi. Ularning qarashlari faylasufona bo’ladi. Dunyoqarashi shunchalik kengki, yolg’iz qolganida ham zerikmaydi. Hatto kimsasiz orolda qolib ketsa ham, o’ziga mashg’ulot topa oladi. Qiziqarli suhbatdosh, kuzatuvchan, xotirasi kuchli va so’zlarni o’rinli tanlay oladigan inson bo’lganingiz sababli, odamlar siz bilan suhbatlashishni yoqtirishadi. 5. O’quvchi – Siz nega aynan oddiy stulni tanladingiz? Chunki siz doimo o’rganishga shaysiz! Sabrli va intiluvchanligingiz har bir ishda sizga qanot bo’ladigan fazilatlaringizdan. Yangi bilimlarni egallash, kashfiyotlar qilish sizning tabiatingizga xos. Miyangiz doimo yangi g’oyalarga boy. Eng muhimi, siz ularni amalda qo’llashni ham bilasiz. O’qish va o’rganishdan hech qachon charchamang. Shu bilan birga, o’zingizga kuch beradigan, ruhiy va jismoniy hordiq chiqaradigan mashg’ulotlarga ham vaqt ajratishni unutmang. 6. Sayohatchi – Bu o’rindiqni tanlaganingiz ayni paytda o’zingizni bo’sh qo’yib, hamma narsani unutib, ruhan yengil tortishni istayotganingizni anglatadi. Shuningdek, sayohat qilish jonu dilingiz ekanligini ham bildiradi. Ayniqsa, mashina yoki samolyot oynasidan tashqarini tomosha qilib ketishni yoqtirasiz. Yangi joylar, yangi tanishlar, hatto yangi buyumlar ham sizga o’zgacha kayfiyat bag’ishlaydi. Bu bir tomondan qiziquvchanligingizdan darak bersa, ikkinchi tomondan ruhiy xotirjamlikni izlayotganingizni ham anglatishi mumkin. Muammolardan chalg’ishni emas, ularni hal qilishni yoki kerak bo’lsa qo’yib yuborishni o’rganing.

  • без подписи

  • Vazifa juda oson: Rasmga qarang va undagi kreslolardan siz eng ko’p o’tirishni istagan bittasini tanlang. ⚠️Eslatma: ✨ Birinchi ko’zingiz tushgan yoki ko’nglingiz tortgan kresloni belgilang. ❌ Uzoq o’ylamang. ❌ Boshqalarning tanlovidan ta’sirlanmang. 💬 Izohlarda faqat tanlagan kreslongizning raqamini (1, 2, 3…) yozib qoldiring.

  • 🧠 Psixologik test Ba’zan insonning tanlovi uning xarakteri haqida o’zi sezmagan jihatlarni ham ochib berishi mumkin. Albatta, bunday testlar 100% ilmiy diagnostika o’rnini bosa olmaydi. Lekin ular o’zingizni kuzatish va yangi tomondan anglash uchun qiziqarli imkoniyat yaratadi. 😊 Bugun sizlar uchun ana shunday qiziqarli test tayyorladim. Rekasiyalar bilan qo’llavorsangiz testni boshlaymiz va tahlil qilamiz🤗

  • Kecha sizga Madinaning hikoyasini aytgandim — eri jim qolganda u “befarq” deb o’qigan, aslida eri shunchaki so’z topolmagan edi. Bugun davomi. Dilnoza menga yozdi: “Birinchi marta janjaldan oldin to’xtab, ‘To’g’ri tushundimmi?’ deb so’radim. Erim bir lahza jim qoldi-da… keyin o’zi gapira boshladi. Yillar ichida birinchi marta.” Devor bir kechada qulamadi. Lekin o’sha devorda birinchi tirqish paydo bo’ldi. Men sizga ko’p narsa va’da qilmayman. Bu tilning hammasini bir postda o’rgatib bo’lmaydi. Mana uch qadam, bugun sinab ko’rishingiz mumkin: 1. Javob berishdan oldin so’rang: “To’g’ri tushundimmi?” — ko’p janjal noto’g’ri tushunishdan boshlanadi. 2. “Nega bunday qilding?” o’rniga “Nimani his qilding?” — birinchisi ayblaydi, ikkinchisi yurakni ochadi. 3. Gapni “Sen doim…” dan emas, “Men…” dan boshlang: “Men o’sha payt yolg’iz his qildim.” Uchalasini birdan emas. Bugun bittasini tanlang — eng qiyini qaysi bo’lsa, o’shani.

  • Ular bir uyda yashardi, ammo ikki xil tilda gapirardi. Madina mehrini ish bilan berardi — toza uy, issiq ovqat, tartib. Eri esa mehrni so’z bilan, e’tibor bilan kutardi. Ikkalasi ham bir-birini sevardi. Faqat bir-birini eshitmasdan, tushunmasdan. Biz sehrli hech narsa qilmadik.Madina atigi bitta narsani o’zgartirdi: Erining jimligini “u menga befarq” deb emas, “u ham charchagan, u ham qo’rqadi” deb o’qiy boshladi. Va o’z ehtiyojini ayblovsiz, oddiygina aytishni o’rgandi. Yo’q, ular ertaklardagidek mukammal juftlikka aylanmadi — bunaqasi hayotda bo’lmaydi. Lekin oradan bir oz vaqt o’tib, Dilnoza menga yozdi: “Bugun erim o’zi so’radi — charchadingmi, deb. Birinchi marta uyda yolg’iz emasligimni his qildim🥹.” Ularning sevgisi tugamagan edi. Ularga shunchaki tarjimon kerak edi. 🤍 Aytingchi — siz ham qaysidir gapni aytasiz-u, eringiz butunlay boshqacha tushunadimi? Pastga yozing👇Ertaga aynan shu — “bir xil so’z, ikki xil ma’no” haqida, uni qanday hal qilish haqida gaplashamiz.

  • U erini sevardi. Lekin har kechqurun yolg’iz uxlardi.❤️‍🩹 Madina ismli mijozim bor edi. Tashqaridan qarasangiz — havas qilasiz. Turmush o’rtog’i bor, ikki bola bor, uy to’kis, dasturxon doim yasalgan. Hech kim, hatto eng yaqinlari ham, uning ichida nima borligini bilmasdi.💔 Bir kuni u menga shunday dedi: “Men erimni sevaman. Lekin har kechqurun yonida yotaman-u, o’zimni butunlay yolg’iz his qilaman.”🥺 Buni aytganda yig’lamadi. Yig’lashga ham xohishi qolmagan edi. Bilasizmi, eng achinarlisi nima?Madina epsiz xotin emasdi. Aksincha — u hamma narsani qilardi. Ovqat, tozalik, bolalar, erining kayfiyati… O’zini esa doim eng oxiriga qo’yardi. Faqat bitta narsani kutardi —SEZILISHNI. U baqirmasdi. U jimgina yo’qolib borardi. Kechqurun dasturxon ustida “Kuningiz qanday o’tdi?” deb so’rasa, eri “yaxshi” derdi. Va suhbat shu bilan tugardi. Har kuni. Shu bitta so’z bilan. Dilnoza buni o’ziga shunday tarjima qilardi: “Demak, men zerikarliman.” Lekin men ko’rdimki — muammo unda ham, erida ham emasdi.

  • «Men borman-ku… lekin u buni ko’rmayapti.» Bu gapni men eng ko’p eshitaman. Ayol beradi, beradi, beradi… keyin bir kuni jim bo’lib qoladi. Erkak esa hayron: «Nima bo’ldi? Hammasi joyida edi-ku?» Ikkalasi ham haq. Ikkalasi ham bir-birini sevadi. Faqat boshqa-boshqa tilda gapirishadi: — Ayol sezgilar tilida. — Erkak yechim tilida. Ayol “meni eshit” deydi. Erkak “muammoni hal qilaman” deb tushunadi. Va ikkalasi ham yolg’iz qoladi. Eng og’rituvchi yeri shuki — hech kim aybdor emas. Shuning uchun janjal ham yechim bermaydi. Chunki bu janjal emas, bu — tarjima muammosi. Men aynan shuni qilaman: ikki yurak o’rtasida turib, bir-birini eshitadigan qilib tarjima qilaman. Bugun o’zingizdan bitta savol so’rang: “Men unga his qilayotganimni ayta olyapmanmi? Yoki shunchaki kutyapmanmi — u o’zi sezsin deb?” Javobni shoshmasdan o’ylab ko’ring. Ertaga men sizga mijozimning real hikoyasini aytib beraman🤍 Manfaat olishingizga ishonaman 💜

  • “U meni sevmayapti” emas. Kecha so’radim — juftingiz bilan eng ko’p nima ustida tushunilmay qolasiz? Javob aniq chiqdi: E’tibor. Uy ishlari emas. Pul emas. E’tibor. Ya’ni — “men bu uyda ko’rinamanmi o’zi?” ⠀ Va men sizga bir narsa aytay. Ko’pchilik ayollar buni juftining sevmaganiga yo’yadi. Yo’q. Ko’pincha u sevadi — faqat butunlay boshqa tilda aytadi. Siz “men bilan o’tiring” deysiz. Juftingiz esa pul ishlab, “men oilam uchun urinyapman” deydi. Ikkingiz urinyapsiz. Faqat tarjima yo’q. ⠀Mana shu — mening ishim. O’rtada turib, ikkalangizni bir-biringizga tarjima qilish. Ertaga ushbu post ostidagi izohlarda eng ko’p uchragan 3 ta tarjima xatosini ochaman. Bittasi sizda ham bor — kafolat beraman. ⠀ Sizda qaysi tarjima xatosi ko’p bo’ladi? 👇 Kommentga yozing — ertaga o’shalarni ochaman.

  • без подписи

  • Nega men aynan shu ish bilan shug’ullanaman? Ko’p yillik ish davomida bitta narsaga amin bo’ldim: oilalarning aksariyati sevgidan kamligidan emas — tushunilish yo’qligidan aziyat chekadi. Er aytadi: “Men oila uchun ishlayapman.” Xotin eshitadi: “U meni sezmayapti.” Ikkalasi ham haq. Ikkalasi ham yolg’iz. Muammo — sovuqlikda emas. Muammo — tilda. Bir xil narsani ikki xil tilda aytishadi-yu, bir-birini eshitolmay qolishadi. Mening ishim — birovni ayblash emas. Mening ishim — o’rtada turib, tarjima qilish. “U seni sevmayapti” emas, “u shunchaki boshqa tilda aytyapti” deyish. Shuning uchun bu yerdaman. Shuning uchun yozaman.

  • Keling, tanishaylik. Ayting-chi: oilada sizga eng qiyin tuyuladigan narsa nima? Pastga yozing — eng ko’p uchragan savollarni keyingi postlarda birga ko’rib chiqamiz. 👇

  • Assalomu alaykum azizlarim. Men — Nilufar Eshmurodova, oilaviy psixolog. 8 yildan beri er-xotin munosabatlari bilan ishlayman. Shu yillar menga bitta haqiqatni o’rgatdi: Ko’p oilada muammo — sevgi yo’qligida emas. Muammo — bir-birini tushunmaslikda. Er ham, xotin ham aslida bir xil narsani xohlaydi: tinchlik, yaqinlik, eshitilish. Faqat buni ikki xil “til”da aytadi. Ayol “charchadim” deydi — eri “unda dam ol” deb javob beradi. Aslida ayol “meni bir tingla edi” demoqchi edi. Mana shu yerda men kerak bo’laman. Men — er va xotin orasidagi tarjimon. Bu kanalda sizga: — tushunmovchilik aslida qayerdan boshlanishini, — bir-biringizni qanday eshitishni, — janjalsiz til topishni oddiy, hayotiy tilda ko’rsataman. Va’da emas — amaliyot.

  • без подписи

  • Assalomu alaykum, aziz ayollar 🤍 Bugun tongni odatdagidek emas, bitta savol bilan boshlamoqchiman. Ko’pchiligingiz onasiz. Ertalabdan kechgacha — bola, o’choq, ish, uy. Hammasiga ulgurasiz. Faqat bittasiga — o’zingizga — vaqt qolmaydi. Ayting-chi, rostini: bugun o’zingiz uchun bir daqiqa topdingizmi? ☕️ Pastda ovoz bering — uyalmang, bu yerda hammamiz o’zimiznikimiz🤗

  • 📌Muammo – Oqibat – Yechim shaklidagi postlar sizlarga qulay va foydalimi⁉️ Agar ushbu format sizga yoqayotgan bo‘lsa, kommentariyada “Ha” deb yozing. Yoki reaksiya bosib qo’ying. Shunda postlarni shu shaklda muntazam davom ettiramiz. 😊

  • ▶️Muammo: Bolalar his-tuyg‘ularini bildirganda ularga “Yig‘lama”, “Xafa bo‘lma”, “Qo‘rqma” deyish to’g’rimi yoki yo’q⁉️ 💕Oqibat: Bola o‘z hissiyotlarini yashirishga o‘rganadi, ichki kechinmalarini ifodalashda qiynaladi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasayishi mumkin.🌸 1️⃣Yechim: Avval bolaning hissiyotini qabul qiling: “Xafa bo‘ldingmi?”, “Qo‘rqib ketdingmi?” deb, uni tushunishingizni bildiring va qo‘llab-quvvatlang.💯 💡Hissiyotlari qabul qilingan bola ruhiy jihatdan sog‘lomroq va o‘ziga ishonchliroq ulg‘ayadi.

  • Uydagi muhitning boshqaruvchisi ko‘pincha ayol hisoblanadi. Bolalarning kayfiyati va ruhiy holati ham ko‘p jihatdan onaga bog‘liq. Agar ona hayotidan mamnun, baxtli va shukronalik bilan yashasa, farzandlar ham shu muhitda ulg‘ayib, shunday kayfiyatni o‘zlashtiradilar. Ayolning kayfiyati va baxti esa ko‘pincha turmush o‘rtog‘ining unga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liq bo‘ladi.”

  • Ajrimlar sonining ortishi bugungi jamiyatdagi dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Ko‘pincha er-xotin o‘rtasidagi muloqot yetishmasligi, sabrsizlik va o‘zaro tushunmovchiliklar oilaning buzilishiga olib keladi. https://t.me/NilufarSadullayevna

  • Men Eshmurodova Nilufar — 8 yillik tajribaga ega amaliy psixologman. Bugungi kunda psixologlar ko‘p. Ammo real hayotiy vaziyatlar, oilaviy muammolar va murakkab ruhiy holatlar bilan amalda ishlagan mutaxassisni topish ko‘pincha vaqt talab qiladi. Bu sohada faqat nazariya emas, tajriba ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. 📌 8 yillik amaliy tajribaga egaman 📌 10 000 dan ortiq oilalar bilan ishlangan konsultatsiyalardan olgan xulosalarim 📌 6 yildan buyon davom etayotgan mualliflik “Amaliy psixologiya” shogirdlik kursiga egaman Bu sahifada siz bilan: ✔ haqiqiy hayotiy keyslar ✔ oilaviy nizolarning asl sabablari ✔ psixologik tahlillar ✔ amaliy tavsiyalar bilan bo‘lishib boraman. Men uzoq tanishtiruvlar bilan vaqtingizni olishni istamayman. Eng yaxshi tanishuv — bu tajriba natijalari. Agar mavzular siz uchun foydali bo‘lsa: ❤️ reaksiya qoldiring 💬 fikringizni yozing 📩 savollaringizni yuboring Sizning faolligingiz menga yanada ko‘proq foydali materiallar tayyorlashga ilhom beradi