Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek)
СтатистикаO’zim to’g’ri deb hisoblagan hamma narsa haqida yozaman) Hamkorlik va tavsiyalar uchun👇 https://t.me/Marifat_Jamal_bot
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13:15
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 968
- 1/48двое суток
- 3 401
- 1/72трое суток
- 3 668
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kecha uyda shunaqa bir gap bo'ldi. Singlim hammaga Westminster yoki MDIST ga ham topshirmoqchiligini aytdi. Tabiiyki, shu payt men jahl bilan "o'zimizda o'qisang tekinga o'qiysan, menam falonchi yili grant uchun saralanganman, chunki qattiq o'qirdim" deb aytdim. Tushunishingiz uchun, kontrakt to'lab o'qitishga sharoitimiz hozirda yetarli. Lekin, ichimdan ko'proq aynan o'zim bir paytlar faqat grant uchun harakat qilganim va grant bo'lmasa o'qishim imkonsiz deb o'ylaganim tinchlik bermadi. Hasad qildim menimcha. Oilaviy suhbat tarbiyaviy soat ko'rinishiga o'tdi va buni indallosi "eng yaxshi odamlar o'ziga berilmagan imkoniyatni boshqalarga yaratib berishadi" bilan tugadi. Rostanam bir o'ylab ko'ring. Hayotizda hech shunaqa paytlar bo'lganmi? O'zingiz o'sha yetishmovchilik ichida yashab boshqani bu yetishmovchilikdan qiynalishiga yo'l qo'ymagan holatingiz? Shaxsan menda ham ha, ham yo'q deb javob berolaman. Va bu meni o'zimcha yaratib olgan ichki adolatchamga bog'liq ekan. Masalan, kechagi holatda, menda "nima uchun men qiynalib erishsamu, u shunchaki erishadi?" degan narsa bor edi. Naqadar toxic man?(( Ha deb o'ylashim esa aynan hozirda boshlagan loyihamda aks etadi. Men o'tgan yili universitetga kirish uchun bu yerda yozolmaydigan darajada ko'p xarajat qildim. Topshirish uchun bilimim bor bo'lsada, meni keysim juda murakkab deya ko'pchilik bilan ishladim va maslahat oldim. Natijada 3/20 universitetga qabul qilindim. Bu men uchun juda katta yutuq 6 yillik tanafusni hisobga olganda. Endi esa huddi shu jarayonni har bir qismini o'zini mutaxassislari bilan tuzib chiqyabmiz va mukammallashtiryabmiz toki men sarflaganchalik boshqa o'quvchilar sarflamasin deya. Va dastur release qilinish arafasida😭 Aytgancha, bugungi 20:30dagi bepul darsimda shu loyiha haqida ham to'liq taqdimot qilaman bu yerda (va kelasi yil esa natijalari bilan bo'lishaman)
Hayot oxirgi kunlarda 👇 (Post yozishga ulgurmayabman) 👩💻💃🏻💡📝📚🎯💰🧑🧑🧒🧒🫂 Sizda qanaqa?)
без подписи
без подписи
Bu rasmlarda mening bir yildan ortiq hayotim aks etgan. Qayta ko’zim yonganligi, rostan nimadan zavqlanishimni topganim, o’zimni ahmoq his qilgan kunlarim, va oxir-oqibat qo’limdan hech narsa kelmaydi deb o’ylagan paytimda ham kelganim, hammasi shu yerda. Bir yil oldin men tibbiyotga faqat orzu qilsa bo’ladigan, qo’l yetmas narsa deb qarardim. Menimcha, bu yo’lni faqat mega miya va dov yurak odamlar bosib o’toladi deb o’ylardim. Va men mega miya bo’lganimda ham, birovning hayotini menga ishonib topshirishiga duxim yetmaydi deb o’ylardim. Ustiga ustak, kimyo va biologiya, umrim davomida eng yomon ko’rgan, doim past ball olgan fanlarim edi. Faqat umumiy yaxshi o’quvchi bo’lganim va intizomim uchun ustozlarim menga yaxshi baho qo’yishardi. Va bu laboratoriya aslida meni umuman qabul qilmasligi kerak edi. U faqat bakalavr va magistratura talabalari uchun, ya’ni institut ichidagi odamlar uchun ochiq. Men esa 6yildan beri “boshi ochiq” edim😂. Ya’ni na talabaman, na hech kimga tegishli odam. Rasmiy jihatdan, meni bu eshikdan kiritishning hech qanday sababi yo’q edi. Shunga qaramay, Alloh berdi va men mingta qo’rquv bilan boshladim. Chunki bilardim, bu yo’lning oxirida mening qalb kasbim turibdi, va agar shunga jur’at etsam, qolgani ham o’xshaydi va men o’z potensialimdan maksimal foydalanaman. Bugun, bir yil o’tib, natijaga qarayman: fundamental biologiyani bilmagan, tizimga kirish huquqi bo’lmagan, hatto bu fanlarni jini suymagan odam bugun sal kam 3 ta tezis va 2 ta maqolada hammuallif bo’ldi. Ko’p bakalavr talaba butun o’qish davomida bunga erisha olmaydi. Balki nohaqdirman. Menga esa Alloh buni bir yilda nasib qildi va hattoki boshqalar uchun yopiq bo’lgan eshik orqali. Bitta tezisim uchun olgan sertifikatim mana shu yerda. Qolganlari hali beri yo’lda) Agar to’g’ri niyat bilan intilsangiz, sharoit sizga qarshi bo’lsa ham, eshik sizga yopiq bo’lsa ham, amalga oshishiga ishonaman. Mana shu post shunga tirik isbot.
“Sababini keltirib, Allohdan so'ra va u beradi!” degan gaplarni yoshligimdan beri eshitib kelaman. Faqatgina o'tgan hafta o'zimga savol berdim. Allohga biz qiladigan sabablar o'zi kerakmi? Masalan, rizqimiz kengroq bo'lishi uchun qo'shimcha ish topishimiz, shifo topish uchun malham surtishimiz, yoki biror narsaga erishish uchun o'qishimiz. Shundoq ham bizga hammasini berishi mumkin-ku? Oxirgi oylarda menda yuzimga bir nechta tez qaytalanadigan husnbuzarlar chiqa boshladi. Har doimgi teri parvarishini qildim. Oyim "bo'ldi yuzingga butun e'tiboringni yopishtirib olma" deyishlariga qaramay, har kuni oyna oldida nima qilsam ekana deb turaverardim. Yaqinda dermatolog ko'rigiga bordim. Analizlar topshirdim va tashxis qo'yishdi. Jiddiy muammo emasligi va bir nechta antibiotik bilan hammasi yo'q bo'lishini aytishdi. Men hali davolanishni boshlamadim lekin davolanish boshlanganiga miyyam ishondi va oxirgi 3 kundan beri yuzimga husnbuzar chiqmaydi. Bu ilmiy tilda “placebo” effekti ham deyiladi. Tushunyabsizmi? Nazarimda, sabablar ko'proq bizga kerak. Bizni kichkina miyyachamiz ishonishiga. Mantiqan olib qaraganda bu judayam to’g’ri. Hadisi qudsiyda ham "Men bandamning Menga bo'lgan gumonidaman" deya aytib o’tiladi. Va husnbuzar voqeasi menga aynan shuni ko'rsatdi. Miyyam davo boshlanganiga ishonganda, tanam haqiqatan javob berdi, hali bironta ham dori ichmasdan. Bu bilan nimadirga hukm chiqarmoqchi emasman. Bu shunchaki bizning kichkina miyyachamizning tana ustidagi kuchi. Lekin menga bu ikkisi bir-biriga juda o'xshab tuyuldi. Shaxsiy xulosam shuki, sabab qilganimizda biz Allohni "ishontirmaymiz". Biz o'zimizni tayyorlaymiz. Qalbimizni gumonga ochamiz.
без подписи
Hozirgi paytda deyarli har kuni bo’ladigan eng og’ir dilemma: Odamga o’xshab erta uxlab, sahar turish. Yoki… Baribir ketamanku deb oila bilan vaqt o’tkazib bomdodgacha uxlamaslik Qaysi biri yutayotganini postim yozilgan vaqt sotib qo’yadi😂💔
Normallashtirish va mustaqil fikr yo'qligi buzilish boshlanishi uchun eng muhim ikki faktor. Kichkinaligimizda sigaret chekish juda yomon odat deb o'ylaymiz, ota-onalarimiz buni ta'qiqlashgani uchun. Katta bo'lib, atrofda ko'pchilik chekishini ko'rib bu holatni normallashtiramiz va agar shaxsiy prinsiplarimiz bo'lmasa yoki zarari katta emasligiga o'zimizni ishontira olsak biz ham sigaret chekuvchiga aylanamiz. Bu bilan men qaysidir odatni va uni bajaruvchilarni qoralamayabman. Men jarayonni tushuntiryabman. Normallashtirish va ommaga ergashish kirib kelganda o'zingiz bir paytlar qoralagan odamingizga aylanib qolasiz. Hayotingizdagi shunaqa holatlarni eslab ko'ring. Men taxminan 10-sinflarimda "qanaqa qilib odam instagramda soatlab o'tirishi mumkin?" derdim. Blog boshlaganimda bu holat normallashdi va yaqin-yaqingacha hamma shunday qilyabdiku deb kuniga 2 soatcha scroll qilardim. Ya'ni bir paytlar o'zim hayron qolgan odamga o'zim aylandim. Buni sezish uchun ham menga yillar kerak bo'ldi. Va normallashtirishni ikkinchi tarafida kuchli tanqid yotadi. Qiziq joyi shundaki, ikkalasi ham bitta eshikka olib kiradi. Biror holatga qadriyatlaringizsiz juda normal qarasangiz, bu odatni tez orada o'zingizda shakllantirasiz. Lekin "qanday qilib shunaqa qilish mumkin? Men hech qachon bunaqa qilmayman!" desangiz ham, ko'p o'tmay o'zingizni aynan shu holatda topasiz. Chunki qattiq rad etilgan narsa ongda kattaroq joy egallab boraveradi. Va men buni hech qanday faktlarga asoslanib gapirmayabman. Shunchaki shaxsiy kuzatuv. Xo'sh, juda normallashtirish yoki kuchli tanqid qilish mumkinmas. Nima qilish kerak unda? Dunyoda 8 milliard odam bor va har birida kamida bittadan boshqalardan ajralib turadigan odat yoki xohish-istak bor. Bu degani yashasak ko'raveramiz. Menimcha, yechim hayron qolmaslikda. Har bir ko'rgan narsani yurakka yaqin olmay, ichkariga kiritmay qabul qilishda. Bu beparvolik emas balki masofa. Qabul qilishingiz uyingizga kiritish degani emas. POV: Ma'rifatning xilma-xillik o'chog'i bo'lgan Nyu-york oldi hayollari be like🥹💔
Bugun “jichcha” ko’proq yozaman) Kecha video ko’rib qoldim. Videoning mazmuni hamma odamlar “Gen Z o’qimayabdi!” degan bir paytda bizda qanchadan qancha muvaffaqiyat keyslari bo’layotgani va yoshlar qanchalik avval erishmagan yutuqlarga erishayotgani haqida edi. Va oxirida “hali bizga qo’yib bering va biz buni isbotlaymiz” kabi so’zlar bilan tugallangan. Bu gapda jon bor. Lekin, qo’shimcha qilmoqchiman. Rostanam, biz avvalgi erishilmagan yutuqlarga erishayotganimiz. Yoshlar xalqaro olimpiadalarga chiqishyabdi, oldingidan ko’proq top universitetlarga kirishyabdi, imtihonlardan eng yuqori natijalarni qayd etishyabdi. Milleniallar 30-40 yoshida erishgan yutuqlarga 20 yasharlarida erishyabdi. Lekin bizda ikkinchi guruh ham bor. Hayot instagramda ko’rsatilgandek oq-qora deb o’ylaydigan, mantiqsiz videolar reelslar ta’sirida fikrlaydigan, “ketmoni uchishini kutib” harakat qilmaydigan, va qilsayam eng katta maqsadi FAQAT ko’p pul topib nimanidir “isbotlamoqchi” bo’lgan yoshlar. Bir avlodning ichida ikkita avlod yashayapti. Bittasi yuqoridagilar. Ikkinchisi o’sha yutuqlar haqidagi videoni ko’rib, like bosib, keyin yana 3 soat scroll’ga qaytayotganlar. Buni post qilib yozayotganimning sababi rostanam farq hayratlanarli darajada katta. Siz ham sezganmisiz shuni ? Eng achinarli tarafi bu ikki guruhda farq faqat IQ, yuqori salohiyat, yoki tankada emas. Bu tafovut klassik holatda oilaviy muhit, travmalar, va mindset har xilligi oqibatida bo’ladi. Lekin, aynan hozir bu listga yana ikki faktorni qo’shib ketgan bo’lardim. Hozirgi ma’lumot va algoritmlar dunyosida eng katta valyuta bu diqqat. Birinchi guruhdagi Z avlod odatda diqqatini boshqara oladi. Ikkinchi faktor bu millionlab axborotlar orasida “bu mumkin” degan xabarni olish. Aslida siz 15 yasharingizda “top universitetga tekinga o’qish mumkin” degan xabarni olganingizni o’zi katta muvaffaqiyat. Masalan, men SAT haqida ikkinchi kursimda bilganman. Odatdagidan ancha kech. Va qo’shimchasiga agar bunga ishonib harakatni boshlasangiz avvalgidanda ko’proq foizlarda bunga erisholasiz. Va mana shu yerda eng muhim narsa. Bu ro’yxatdagi hech narsa yakuniy hukm emas. Muhitni va uning oqibatidagi qarashlaringizni tanlamagansiz, to’g’ri. Lekin diqqatni boshqarishni bugundan qila olasiz. “Bu mumkin” degan xabarni esa mana, hozir olyapsiz. Demak ikkinchi guruhda bo’lish sizni qismatiz emas. U shunchaki hozirgi nuqtangiz bo’lishi mumkin. Va nuqtadan chiziq boshlanadi. Qaysi tomonga chizishni endi siz belgilaysiz.
Agar siz bugun o’zingizni noto’g’ri qarorlar, yomon do’stlar, yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan maqsadlar ichida qolganingizni va tengdoshlaringiz ishda, hayotda sizdan yaxshiroq ketayotganini ONGLI ravishda ko’rsangiz… siz o’zingiz o’ylaganchalik yomon holatda emassiz. Aksincha, bu yanada yaxshiroq. Tushuntiraman. Birinchidan, anglash bu o’zgarishning yarmi. Qanchadan-qancha odam yillab noto’g’ri yo’lda yurib, buni sezmaydi ham va SIZ buni ko’rolyabsiz. Ikkinchidan, bularning hammasi sizga hozir, yosh paytingizda bo’lyapti. Va bu katta farq. 20 yoshda biznes ochib, 23 da noto’g’ri qarorlar orqali sinish 35 yoshda oila, bola-chaqa va tonna mas’uliyat bilan sinishdan yaxshiroq. Chegirmadagi tajriba. Keling shunaqa nomlaymiz. Va agar siz 35 yoshda aynan shu ikkinchi holatda bo’lsangiz, sizam zo’r holatdasiz chunki hech qachon tavakkal qilib biznes boshlab ko’rgan odamdan sizda ancha ko’proq tajriba va “дух” bor. Bu deyarli hamma narsaga ishlaydi. Hozirgi xatoyimiz bu eng arzon xato. Bizda eng qimmat resurs ya’ni qayta boshlash uchun vaqt. Va endi tajriba ham bor. Va biz havas qilayotgan tengdoshlarimizda u bo’lmasligi ham mumkin. O’zimdan misol keltiraman biznes borasida. Marstiffga (oilaviy biznesimiz) Alloh ko’p imkoniyatlar va baraka berdi. Boshqaruv ishlariga ko’p aralashmagan bo’lsamda, har bir harakatimiz oqibati hammaga birdak ta’sir qiladi. Va o’tmishga qarasam judayam ko’p noto’g’ri qarorlar bo’lgan. Noto’g’ri odamlar, bekorga ketgan pul, qilinmagan ishlar vahokazo. Keyin o’ylab qoldim. Hammasi hozir bo’lyabdiku? Va Alloh xatolarimizni erta anglatyabdiku? Agarda sizam o’qishda, ishda, hayotda hozir yomon holatda bo’lsangiz, siz orqada emassiz. Siz darsingizni oldinroq olyapsiz. Hammasini qaytarish va yaxshilash mumkin bo’lgan paytda. Va hammasini o’zgartirolasiz!
Tunov kuni ajoyib bir post qo’ydik. Sobiq o’quvchim va xodimim ochgan markaz haqida. Videoda faqat iliq so’zlar ishlatilgan. U mening eng sevimli o’quvchilarimdan edi. Uning o’sganini ko’rish men uchun g’urur edi, va buni shunchaki ochiq aytdim. Javob esa kutilmagan bo’ldi. O’sha post ostida menga qarshi so’zlar yog’ildi: “sizdan o’zib ketishdi”, “ular endi sizdan zo’r”. Qizig’i yozganlarning deyarli hammasi ham bir paytlar mening darsimda o’tirgan o’quvchilarim edi. Avval og’ridi. Judayam. Yashirmayman. Keyin o’zimga bitta savol berdim: ular meni nimada “yengishmoqchi”? Men hech qachon qatnashmagan musobaqada-mi? Chunki men poyga yugurmayapman. Men 2021-yildan beri bitta narsa uchun harakat qilyabman. O’zbekistonda yoshlar chet elda o’qishi mumkinligiga ishonch qurish va buni uddaladim ham. O’shanda SAT nima ekanini so’raganlar barmoq bilan sanarli edi. Bugun o’nlab markazlar, yuzlab ustozlar bor va ularning katta qismi mening qo’limdan o’tgan. Bu yil SAT’ga O’zbekistonda rasman imtiyozlar berildi. Daraxt ekkan odam mevasini talashmaydi. U soyasida odamlar o’tirganidan xursand bo’ladi. Va men aynan shunday odamman. Shogirdning ustozdan o’zishi? Agar haqiqatdan shunday bo’lgan bo’lsa bu ta’limdagi eng go’zal hodisa. Butun tarix shunga qurilgan: har bir avlod oldingisining yelkasida turadi. Biz ota-onamiz 40-50 yasharlarida erishgan yutuqlariga 20-30 yasharimizda erishyabmiz va bu Allohning fazli va yillar davomida kuzatilib kelinayotgan statistika. Agar o’quvchilarim rostdan ham mendan kuchli bo’layotgan bo’lsa, men yutqazmadim. Men aynan shuni qurdim. Lekin bir farq bor, va u muhim: o’zib ketish bilan unutish?! Bular ikki xil narsa. Yelkasida turgan odamni tepish esa umuman uchinchi. Bunga baho berish mening ishim emas. Alloh yaratgan vaqtniki. Men esa o’z yo’limda davom etaman. Oldinda hali qurilishi kerak bo’lgan juda ko’p narsa bor. Mana o’sha post
3 kunlik syomkadan keyin shuni tushundimki… Natijaga qanchalik katta muhimlik bersak, jarayonga ham shuncha muhimlik berish kerak ekan. Bu yangi gap emas, bilaman. O’ylab qoldim, “lekin, jarayon har doim ham bizga yoqavermaydi?!” Masalan, har kunlik o’lgidek yomon ko’radigan ishingiz, oylab ko’tarilmayotgan ballingiz, jiningiz suymaydigan odamlar bilan o’tgan vaqtingiz yoki siz shunchaki ketolmayotgan har bir joy. Menda bu universitetga ketishga imkon bo’lmagan yillarim bo’lgan. Va umuman bunaqa jarayonlar hammada bor. Natijani kutamiz va jarayondan tezroq o’tib ketishni xohlaymiz. Kecha bir narsani ongli va ongsiz ravishda doimiy qilganimga e’tibor berdim. Kreativ jamoa syomka jarayoniga bir kamaz texnika bilan kelishdi, ularni 3 ta lokatsiyaga olib borib o’rnatishdi, har bir 2-3 sekundlik kadr uchun xonani butunlay o’zgartirishdi, va har bir detalga alohida e’tibor berishdi. Jarayon xuddi natija singari ularga juda muhimligi yaqqol sezilardi. Lekin jarayon maroqli bo’lmasachi? O’ylab qarasam, jarayon sevimli bo’lishi shart emas siz uni sevishingiz uchun. Ba’zida o’zingiz uni sevimliroq qilsangiz bo’ladi. Imkoningiz bo’lgan kunlarda… Xohlasangiz qahva oling, eng yoqimlisini. Sevimli pleylistingizni eshiting, eng chiroyli kiyimingizni kiying va hattoki eng sevimli joyingizda bularni qiling. Jarayonga to’liq mohiyatni bering. Natija chiroyli bo’lishi uchunmas. Ketayotgan vaqtingiz maroqli bo’lishi uchun. Shunda natija ham kutilgandan yaxshiroq bo’larkan)
Menimcha chashkani shu tarafidan ichish kerak. Ko’pincha chiroyli tarafni tashqariga ko’rsatib ichamiz va bu mantiqqa mos kelmaydi. Xuddi shunaqa… Eng zo’r stolni o’zimizgamas mehmonlarga tuzashimiz. Atrofdagilarga eng shirin gaplarimizni aytib, o’zimizni miyyamizda o’zimizni doimiy tanqid qilishimiz. Yoki ko’chaga chiqqanda eng chiroyli kiyimlarni kiyishimizu uyda nimadir egnimizga ilvolishimiz … Bular ham mantiqsiz.
Ishsizlikdanda ish topishdanda qiyinroq narsa bu qo'l oyog'ingizni bog'lab qo'yadigan joyda yoki holatda bo'lish. Dars berishni boshlagan paytlarimning birinchi va ikkinchi yillari menda aynan shunaqa vaziyat bo'lgan. Kuniga 3 ta guruhim bo'lardi va har birida 40-50 ta o'quvchi. Va bu holat har kuni takrorlanardi. Hattoki ko'pincha yakshanba kunlari ham qo'shimcha dars berardim o'quvchilardagi qiziqish va potensialni ko'rib. Ta'til olishim, kasal bo'lishim yoki rejamdan tashqari har qanaqa tanaffus menga va faoliyatimga xavfli tuyulardi. Gap bu yerda umuman pul haqida emas. Gap sizga ishonib kelgan odamlarning ishonchini oqlolmasligizda. Mana nima odamga haqiqiy bosim beradi. Bu oddiy ko'rinishi mumkin lekin aynan shu sababdan menda sog'lig'im va ruhiyatimda sezilarli o'zgarishlar bo'lgan. Chamasi, 15kg vazn olganman va juda asabiy bo'lib qolganman. “Ko’proq daromad = faqat ko’proq mehnat” sikliga tushib qolasiz go’yo. Bu holatdan chiqqanimga qariyb 2.5 yil bo'ldi. Lekin, bir tanishuv menga yana shu holatimni eslatib yubordi. Yaqinda, akam orqali bir ustoz bilan tanishdim. 16 yildan beri dars o'tishlariga va oyiga $10,000 atrofida daromad qilishlariga qaramasdan, ularda ham shu muammo yaqqol ko'rindi. Ko’proq daromad qilishlari uchun amaliy holatda vaqtlari va sabrlari yetmaydi. O’zlarini maksimum potensiallariga yetganlar. Bu muammo afsuski judayam ko’plab zo’r o'qituvchilarda kuzatiladi. Va o'ylab qoldim. Shu muammodan mustaqil chiqib keta olgan va katta stresslarsiz ham 10,000 dan ziyod o'quvchi o'qitolgan akademiya asoschisi sifatida nima uchun boshqalarga yordam bermayman? Muammo aniq-ku? Xullas, loyiha boshlashga bugun qaror qildim. Maqsad bitta. Faqat vaqtingizni emas, balki nomingizni, ilmingizni ishlatadigan, va sizsiz ham daromad keltiradigan tizimga ega ustozga aylanish. Agar siz o'qituvchi bo'lsangiz va taxminan shunaqa holatda bo’lsangiz, men siz bilan 1-ga-1 bepul suhbat o'tkazaman. Bu suhbatda sizga shaxsan o'z holatingizdan chiqish yo'lini ko’rib chiqamiz. Har bitta individual vaqt ketgani uchun, faqat 10ta odam bilan o’tkazaman. Agar siz o'qituvchi bo'lsangiz, go👇 https://forms.amocrm.ru/rzvcxvv
Jamoamizga xodimlar saralayabmiz! (Ma’rifat Jamal) Biz yaqinda yangi loyiha boshlayapmiz va aynan jamoamizga yangi sotuv menejerlari kerak. Agar siz quyidagi kriteriyalarga to'g'ri kelsangiz formani to’ldirishingiz mumkin va biz sizni nomzodligingizni ko’rib chiqamiz: - Toshkent shahrida yashasangiz - 18 yoshdan katta bo'lsangiz - Sotuvda ishlagansiz va tajribangiz bo'lsa - to'liq ish kunida ishlay olsangiz - sotuv yo’nalishida o’sishga qiziqsangiz Hoziroq ushbu formani to'ldiring👇 https://forms.gle/oESAdXD3Ay3WmzFz7 Ro'yxatdan o'tganingizdan keyin sizga menejerlarimiz 24 soat ichida aloqaga chiqishadi. Jamoamizda kutib qolaman)
Do’stlar, men o’zimni postlarimni qolganlarnikiga (boshqa shaxsiy bloglarga) nisbatan ancha saviyasizroq deb bilaman. Va doim yaqinlarimning feedbackini so’rayman. Bunga asosiy sabab men yashab o’tgan tajribalarni yozish kitobdagi iqtiboslar yozishdan ko’ra foydaliroq deb bilganim. Shuning uchun, ko’pincha oddiy mavzularda yozaman. Hoziram shunaqa qilaman. Oxirgi yillarda o’zimda bir o’zgarishni juda qattiq sezdim. Oldinlari biror nimaga erishmoqchi bo’lganimda buni faqat harakatlarim va sabablarga bog’lar edim. Moliyaviy masalalarda ko’rsataman. Masalan, kelasi oy menga avvalgidan 10 million ko’proq kerak bo’lsa, qo’shimcha nima qilsam yoki qancha tejasam shu pulni ololaman deb o’ylardim. Vaholanki, biz avvallari, 5 ta farzandli va daromadi aniq bo’lmagan oiladan bo’lsakda, maktabdagi qo’shimcha darslarni doimo olardik. 5-6 oyda bir bo’lsa ham yangi kiyim olardik, va maktabga 11 yil chiqqan bo’lsam deyarli har doim yangi ust-bosh va o’quv qurol bo’lardi. Ayamning lug’atida aniqlik so’zini o’rniga baraka so’zi ko’proq ishlatilardi. Ulardan bir farzand sifatida hech qachon “yo’q” degan so’zni eshitmaganman, ular har doim “ha olamiz, Hudo beradi” derdilar. Bilmadim, menga nima jin urdi, lekin bularni ancha yillar unutgandekman. Qo’limda oxirgi 1 millionim qolishi bilan vahimaga tushardim, xuddi pulsiz qolyatgandek. Hozir hammasi joyida (uydagilarim aytishicha). Hattoki, avvalgidanda yaxshi. Oxirgi 3-4 oy davomida daromadim yillar davomida doimiy oladigan maoshimdan kamroq edi. Lekin, xarajatim? Aksincha, ko’proq😅 buni mantiq bilan tushuntirish qiyin va tushinishimiz ham shart emas. Bu holat faqat pul haqida emas. Bu hamma narsa haqida. Men oldin 10 soat ishlaydigan proyektlarimda hozir bir necha soat ishlab ham shu natijani ololamam. Menda eng katta o’zgargan narsa bu qarash, shunchaki o’zimiz doimiy aytadigan “to’g’ri niyat qilib sababini qilsak, Hudo beradi” degan gapga amalda ishonishni boshladim. Buni rostanam hamma gapiradi lekin kamchilik amalda qo’llaydi.
😱 Ko'plab aviakompaniyalar bolalar bilan parvozlar uchun 90% gacha chegirmalar taqdim etishini bilarmidingiz? ✈️ 2 yoshgacha bo'lgan chaqaloqlar uchun 90% gacha ✈️ 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 25% gacha ➡️ Toshkentdan Istanbulga • Kattalar uchun chipta 2,27 mln so'mdan https://i.avs.io/URcT_JNo • Kattalar + chaqaloq 2,43 mln so'mdan https://i.avs.io/Kvk89s_U • Kattalar + bola 4,45 mln so'mdan https://i.avs.io/lrtxm0Jx Bolalar uchun aviachiptalarni qanday sotib olishni va boshqa yo'nalishlarga chiptalarni aviasales.uz kanalida ko'ring 👈🏻 Aviachiptalarni eng arzon narxlarda xarid qilish uchun obuna bo'ling
Menimcha yorilmasam bo’lmaydi. Men hech qachon tushunmasdim nega bilimli, salohiyatli yoshlarimizning ko’pchiligi O’zbekistonni tashlab ketishadi? To’g’ri, chet elda olingan ko’nikmalarni amalda qo’llash uchun O’zbekiston hali AQSH yoki bizdan 50-100 yil oldinda yashayotgan davlatlar kabi sharoit yaratib berolmasligi mumkin. Lekin kimdir bu yerda o’sha sharoitni yaratishi kerak-ku? Va men o’sha, ommaga qarshi chiqadigan, kishi bo’lishni xohlardim. Yoshligimdan maktabga ketishdan oldin soat 6:00dagi madhiyani birgalikda aytish uchun ham erta turardim. Bitta qat’iy qarorim bor edi: eng kerakli sohani tanlayman, eng zo’r joylarda ta’lim olaman, va O’zbekistonga qaytaman. 17 yoshimdan bu o’yni real hayotga aylantira boshladim. Sinfda eng yaxshi o’quvchilardan edim, sharoitimiz yetishmasa ham sertifikatlarni eng yuqori ballarga topshirish uchun o’zim harakat qildim. Va bugun bemalol aytolamanki, minglab O’zbekiston yoshlariga eng muhim yo’nalishlarni ko’rsatdim. 2021-yildan SAT va chet elda o’qishni ommalashtirib kelaman. Bugun bozordagi SAT ustozlarining 90%ini o’zim tayyorlaganman, 10,000ga yaqin talaba bilan ishlaganman, va bloglarimni 400 mingdan ortiq odam kuzatadi. Millionlab odamlar darslarimni ko’rishgan. Hozirda gaplashgan har 5 kishidan 4tasi “men SAT va universitetlar haqida sizdan yoki o’quvchilaringizdan eshitganman” deydi. Va bu yil, birinchi marta, SAT bo’yicha O’zbekistonda rasman imtiyozlar berildi. Bunda mening hissam katta ekanini bemalol ayta olaman. Men odamlarga shunchaki motivatsiya bermadim, buni o’z hayotim bilan ham isbotladim. 22 yoshimda, 6 yillik tanafusdan so’ng ko’pchilik “kech qoldim” deb o’ylagan paytda, men dunyodagi eng top universitetlardan biriga qabul qilindim. O’zim hammaga o’rgatayotgan aqidalarimga sodiq qoldim va biz O’zbeklar top universitetlarda o’qishimiz mumkin va kerakligini tirik misoli bo’ldim. Menga yuzlab yoshlar “men hammasiga kech qoldim deb o’ylagandim, siz buni aksini isbotladingiz” deb yozishdi. Mana shu yutuqlarning barchasini Vatanimni sevganim va minnatdorchiligimdan qildim. Lekin, rostini aytsam, bir O’zbekiston farzandi sifatida tan olinishni, va shu yo’lda davom etishim uchun rag’batlantirilishni kutdim. Natijada, hattoki “tabriklayman” so’zini ham eshitmadim. Buni achchiq shikoyat sifatida aytmayapman. Aytmoqchi bo’lganim shu: agar men, natijalari hujjatlashtirilgan, raqamlarga ega odam, tan olinish haqida savol berayotgan bo’lsam, demak O’zbekistonda mendan ham ko’proq qilgan, lekin hech qachon “rahmat” eshitmagan minglab odamlar bor. Shuning uchun ushbu postni ularga bag’ishlayman. Ey, o’z sohasida jim ishlab, hech kimning ko’zi tushmagan joyda kimnidir o’qishga, ishga, yaxshi hayotga undagan, O’zbek! Sizning hissangiz ko’rinmas bo’lishi mumkin, lekin u haqiqiy. Tan olinish kelishi yoki kelmasligidan qat’iy nazar, O’zbekiston farzandi ekanligingizdan mag’rurlanishga haqlisiz. Davom etamiz! Chunki kimdir buni ko’rishidan oldin ham, bu ish qilinishga arziydi.
Menimcha, intizomni shakllantirish bu paradoks. Chunki, siz 2 xil holatdagina intizom bilan biror nimaga kirishishiz mumkin. U ham bo’lsa nimagadir o’ta katta ishtiyoqingiz bo’lsa, yoki nimagadir majbur bo’lsangiz. Va ikkalasi ham ko’pincha bizga bog’liq holda shakllanmaydi. Hayotim davomida o’zimni eng intizomsiz, yalqov odam deb bilardim. Ba’zi jabhalarda, albatta. Oxirgi ikki-uch oy davomida ibodatlarim masalasida qat’iyroq kirishishni boshladim va men bunda intizom shakllantirish haqida o’ylamadim. O’zimni har qanday kechinmalarimni tashqi va ichki taraflama trekking qildim va xolisona vaziyatni baholashga harakat qildim. Bundayam intizomni roli bo’lmadi. Ishlarimni doimgidek oxiriga taqabmas, paydo bo’lganida qilishni boshladim va intizom haqida o’ylamadim. Uy yumushlari men uchun eng oxirgi prioritetda edi va oilamdan tanbeh eshitib majburligimdan qilardim. Hozir miyyamni tozalash uchun bularni qilaman. Va eng qiziqarlisi, men erta turolmasdim, mana oxirgi haftaki erta turishni odat qilyabman. Va bularda ham men intizom shakllantirish uchun emas shunchaki menga bular maroqli va foydali ekanligi uchun qilyabman. Hop, lekin savol tug’iladi. Biz har doim erta turish, hammasini vaqtida qilish, ibodatlarni vaqtida ado etish foydali ekanini bilamiz. Lekin, baribir qilmaymiz. Asl mohiyat nimada? Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, Alloh qalbingizga solishida va siz qiladigan duo/niyatda deb o’ylayman. Va buni qo’llab-ko’rmagunimcha yaqinlarim bergan maslahat ham, soatlab ko’rilgan podkastlar ham, mediadagi virusli motivatsion kontentlar ham bir tiyin bo’ldi. Intizom zo’rlab shakllanmaydi. U ichki holat o’zgarganda o’zi paydo bo’ladi. Men ichki holatni o’zgartirish uchun duo qildim. Qolganini Alloh qildi. Va davom etaman.