Marhamat tuman AKM | Rasmiy kanal
СтатистикаMarhamat tuman axborot-kutubxona markazining telegram kanali
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 49
- Всего постов
- 117
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 36
- 1/48двое суток
- 41
- 1/72трое суток
- 44
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📚O'QISHGA TAVSIYA ETAMIZ📚 ✍️Luqmon Bo'rixon 📖Jaziramadagi odamlar ⚡️«Jaziramadagi odamlar» o‘ziga xos roman. Gaplari uzun-uzun: nuqtalari kam, vergullari ko‘p... Voqealar sho‘rlab borayotgan maʼnaviyatning (yoki maʼnaviyatsizlikning) odamlar orasiga singib borishini tasvirlaydi. Ichkilikbozlik, haromdan hazar qilmaslik, tilyog‘lamalik, axloqsizlik kabi illatlarning jamiyatni tanazzulga uchratishi kulgi va bolaning jaydari tili bilan ko‘rsatib berilgan. Bosh qahramon Lolaxon bu jamiyatga taqdirning taqozosi bilan tushib qoladi. Asarda u yuksak maʼnaviyat ramzi emas, aql-idrok va tafakkur ramzi ham qilib tasvirlanmagan. U shunchaki go‘zallik, nafislik obrazi. Axloqsizlik va eʼtiqodsizlik kundalik kulgugi aylanib qolgan bu jamiyat tafakkur, yuksak ong, oliy bashariy tuyg‘ular u yoqda tursin, oddiy tabiiy go‘zallikka ham o‘rin topib berolmaydi. Telegram|Facebook|Instagram|Twitter
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📚 KITOB ULASHISH — MAHALLADAN BOSHLANADI! ⚡️Marhamat tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Guliston" MFY aholisi o‘rtasida "Kitob ulashish — mahalladan boshlanadi" mavzusida kitob aksiyasi tashkil etildi. Aksiyaning asosiy maqsadi — mahallada kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonadonlarga yaqinlashtirishdan iborat bo‘ldi. Telegram|Facebook|Instagram|Twitter
#YagonaVatan ⚡️Marhamat tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 -yilligi munosabati bilan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Telegram|Facebook|Instagram|Twitter|Youtebe
#Yosh kitobxonlar ⚡️Marhamat tuman axborot-kutubxona markazining yosh kitobxonlarning bir kuni
#YagonaVatan 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga 17 kun qoldi! 🇺🇿 Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎞Marhamat tuman axborot-kutubxona markazida siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. ⚡️Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. Telegram|Facebook|Instagram|Twitter
#bilimlar_shodasi Kichik ishlarni ham buyuk muhabbat va mas’uliyat bilan bajarish — haqiqiy madaniyat belgisidir. Albert Eynshtey
⏳⏳⏳⏳ Bugun 14-avgust, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon kaltakesaklar kuni. 🌏Butunjahon xattotlik kuni. 🌏Telegram mesenjerining tug‘ilgan kuni. 🇵🇱Polsha – Energetika sanoati xodimlari kuni. 🇩🇴Dominikan Respublikasi – Muhandislar kuni. #muhim_voqealar 🔹1865 – Sankt-Peterburgda zoologiya bog‘i ochildi. 🔹1888 – Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi. 🔹1936 – Olimpiya o‘yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi. 🔹1947 – Pokiston mustaqil davlat bo‘ldi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. 🔹2016 – hamyurtlarimizning ikki nafari Rio Olimpiadasida shoxsupaga ko‘tarildi: Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritdilar. #tavalludlar 🔹1860 – Ernest Seton Tompson – kanadalik yozuvchi va rassom. 🔹1867 – Jon Golsuorsi – ingliz yozuvchisi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1907 – Mirkarim Osim – yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va madaniyat xodimi. 🔹1930 – Yayra Abdullayeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1978 – Sardor Komilov – jurnalist, bloger, rejissyor, “Sayyod” blogi asoschisi va muharriri. https://t.me/marxamattakm
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи