tgindex
Maryam’s

Дизайнер Марьям 🕊️модельер-конструктор ва 3D дастури бойича мутахассис 👩🏻‍💻Maryam’s онлайн курси асосчиси 🍵30 йиллик тажриба 🩷кушимча саволлар учун админга мурожаат килиш @MOD_5555

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
38
Всего постов
104
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Дизайн
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 027
−18 за 4 дн.
Сутки
−57
−0,94%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
323
40 постов
Вовлечённость
5,4%
к подписчикам
Постов в день
5,4
всего 104
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
315
1/48двое суток
360
1/72трое суток
389

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Birinchi darsdan qaytdim. Osmonda uchib yuribman. Ertasiga yana darsga borishim kerak. Faqat bitta muammo bor: pul yo'q. Kechagi pulni qarzga olgandik. Bugun yana kerak. Nima qildim? Yana bir joydan qarz topdim. Va bordim. Pastga tushib to'lovni qildim. Chekni oldim. Ko'tarib chiqdim. Eshikni taqqilladim. Ochdi. Menga qaradi va shunday dedi: — Bor. Yo'qol. Men bir zum turib qoldim. — Nega? — Kirmaysan. Bor, chekni kassaga qaytar, puligni ol. Va boshqa kelma. — Nega?! Men to'ladim-ku! Va o'shanda u menga baqirdi: — Sen qachongacha qarz olib kelasan? Jinnimisan? Ertaga bankni ham talab olasanmi? — Sening puling yetmaydi. Bu bir kunlik dars emas. Bu bir oylik ham emas. Bu yillar davomida davom etadi. Buni tushunyapsanmi? — Sen o'zing hisoblab ko'rdingmi? Kallang joyidami? Sen matematikani bilasanmi? Davomi bor...

  • 🧕 Qizlarjonlar yaxshimisizlar? Kunilarni yaxshi boshlab oldilarmi? 📖 Bugun hikoyamizni davom ettiramizmi? Sizga maqul boʻlyaptimi? ❤️Reaksiyalaringizni kutib qolaman!

  • 💐Assalomu alaykum. Xayrli va barakali shanba tongi muborak! 🤍Bugungi kuningiz mazali choy ustidagi samimiy suhbatlar, yaqinlaringizning kulgusi va kutilmagan quvonchli xushxabarlarga toʻla boʻlsin. ⚜Qalbingizdan halovat, yuzingizdan tabassum arimasin. Telegram || Instagram ||YouTube || Tiktok || Natijalar || Yopiq kanal

  • 🌟 MARYAM'S ACADEMY mini kurslari ichida nimalar borligini koʻrib chiqdingizmi? Abzor kanalimizni koʻrdingizmi?

  • 🏆Bugun 1- va 12-mini kurslarimizni alohida ajratdik. Bu ikkalasi eng ko'p so'raladigan, o'quvchilarimiz eng ko'p natija ko'rgan yo'nalishlar. 💰 Odatda 1 200 000 so'm turadi. Bugun — 999 000 so'm. ❕Ishonasizmi-yo'qmi, bilim shunday narsa: bir marta olasiz, umr bo'yi ishlatasiz. Bugungi kichik toʻlov, ertangi katta bilim bo'lib qaytadi. 👍Faqat juma kuni bilan cheklangan. Qiziqqan bo'lsangiz, kechga qoldirmang!

  • 😀 Mening qalbi nurlilarim, azizlarim! ✈️ Juma kuni munosabati bilan sizlar uchun judayam qulay sharoit qilib berishni xohladik. Bundan iloji boricha foydalanib qoling! ✈️ Siz uchun manfaatli boʻlishiga men ishonaman. @ACADEMY1MARYAMS

  • без подписи

  • без подписи

  • 💜Qizlarjonlar, siz uchun Juma Hadiyamiz bor. Albatta ulgurib, foydalanib qoling! 💜Mini kurslarimiz narxi hozirda 1 200 000 soʻm. 💜Faqatgina bugun Juma kuni 1- va 12- mini kurslarni 999 000 soʻmga olishingiz mumkin! Sizga berilgan katta imkoniyatdan foydalanib qoling!💜 💜Hoziroq bogʻlaning: @ACADEMY1MARYAMS

  • 🌟 MARYAM'S ACADEMY "MINI KURSLAR OBZOR" KANALI 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+kXsJWTujF1oxYTQ6

  • 🫰Azizlarim, siz uchun Juma Hadiyamiz bor! 🤫Albatta foydalanib qoling!

  • без подписи

  • 🌙Assalomu alaykum. ​​Juma tongi muborak boʻlsin, qadrdonlarim! 🌸Ushbu ulugʻ va nurli kunda qalbingizdagi eng ezgu niyatlaringiz, chiroyli duolaringiz qabul boʻlsin. 🌿Qalbingizga xotirjamlik, xonadoningizga fayz-baraka va sihat-salomatlik tilayman. 🪴Bugungi kuningiz faqat yaxshilik va quvonchlarga boy oʻtsin! Telegram || Instagram ||YouTube || Tiktok || Natijalar || Yopiq kanal

  • 13 авг.4031212

    🌟MILLIY MATOYIMIZNING HAQIQIY DNKASI BO‘LGAN USHBU FASON SIRINI BILASIZMI? 🌟Ayollarimiz va qizlarimiz sevib kiyadigan ushbu ko‘ylak fasonini hamma yaxshi ko‘radi! 🌟Bugun men sizlarga bu ko‘ylakning yoqa andozasini noldan boshlab, ilgarilari hech kim ochiq ko‘rsatmagan eng maxfiy sirlari bilan o‘rgatmoqchiman. Videoni ko‘rib, konspekt qiling va andozani 1:1 shaklda xuddi men kabi takrorlab tayyorlab oling! 🌟Ushbu ko‘ylakning to‘liq bichilish va tikilish video darsligi ham tayyor! 🌟Ko‘ylakning barcha sirlari jamlangan darslikka ega bo‘lish uchun hoziroq izohlarda "Maryams" deb yozib qoldiring! Telegram || Instagram ||YouTube || Tiktok || Natijalar || Yopiq kanal

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Va keyin qo'shib qo'ydi: — Mayli. O'tir. Nimalar olding, ko'rsat. Ko'rsatdim. — Hammasini olibsan. Bo'ldi, o'tir. Meni birinchi kelganimda ko'rsatgan katta stolga o'tqazdi. Qizlar, o'sha stolga o'tirganimda men o'zimni bir narsa his qildim. Shunday xursand edimki — yetkazib bera olmayman. O'sha kuni qisqagina, asos haqida bir dars o'tdik. Va men o'sha bir kunlik darsda shunchalik ko'p narsa oldimki... O'rtada ustozim menga qarab qo'ydi: — Baribir sen O'zbekistondan kelgansan. Baribir ketasan. Tez kunda xayrlashamiz biz sen bilan. Men aytdim: — Xavotir olmang. Men ketmayman. Men oxirigacha boraman. Qizlar bir-biriga qarab, sekin kulib qo'yishdi. Ustozim ham ishonmadi. Yuz foiz ishonmadi. 👉 Sizga ham "sen baribir tashlab ketasan" deb aytishganmi? Kim aytgan edi va siz nima qilib ko'rsatdingiz? Ertaga men sizlarga ikkinchi kunni aytaman. O'sha kuni menga eshikni ochib, faqat bitta so'z aytdi: "Bor, yo'qol." Davomi ertaga...

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Va men bordim. Shanba kuni. Pastga tushib to'lovni qildim. Chekni oldim. Ro'yxatdagi narsalarni ko'tarib chiqdim. Endi bir narsani aytay, qizlar — men o'zimni past ko'rib bormaganman. Menda o'z darajam bor edi. O'zimcha men O'zbekistonda birinchi raqamlardan biriman deb yurardim. Eshikni taqqilladim. Ochdi. Menga qaradi. — Keldingmi? — Ha. — Chek qani? Birinchi savoli shu bo'ldi. Salom ham emas. Chekni ko'rsatdim. — To'ladingmi? — Ha. — Qarz oldingmi? Bir zum jim qoldim. Keyin rostini aytdim: — Ha. U menga qaradi va shunday dedi: — Tamom. Qarz olib kelgan bo'lsang, ertaga kelmaysan. Davomi bor...

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Endi uydagi manzara. Ro'yxat qo'limda, uyga kelaman. Kech bo'lgan. Ko'rsataman. Va uyda so'kish eshitaman. — Jinni bo'lganmisan? Kallang joyidami? Qanaqasiga biz haftasiga shuncha pul to'laymiz? Bu kampir kim o'zi? Va bilasizmi, ularni ayblab bo'lmaydi. O'sha paytda internet yo'q. Bir odamning ismini yozib qidirib, kim ekanini bilib bo'lmaydi. Ular uchun bu shunchaki "bir kampir" edi. Men esa nima qildim? Tinchimadim. Kechasi ham uxlamadim. Ikki-uch kun to'xtovsiz gapirdim. Yeb qo'ydim odamning miyasini. Va oxiri — pulimiz bo'lmasa ham — qarz oldik. O'sha ro'yxatdagi narsalarni ham qarzga oldik. Bilasizmi uyda nima deb o'ylashdi? "Mayli, bir marta borsin. Borgandan keyin o'zi tushunadi, qaytib bormaydi. Hech bo'lmasa jag'i yopiladi." 👉 Sizga ham shunday bo'lganmi — bir narsani xohlaganingizda uydagilar tushunmagan? Va siz nima qilgansiz — voz kechganmisiz, yoki turib olganmisiz? Davomi bor...

  • #Mening_Hikoyam Endi bir narsani ochiq aytay, qizlar. Bu gapim ba'zilarga yoqmasligi mumkin. Bizning davrimizda ustozga yalinishardi. "Iltimos, o'rgating" deb yalinganmiz. Pulini to'lasak ham kirgizmasligi mumkin edi. Bugun esa aksincha bo'lib qoldi. Bugun ustozlar "o'rgataman, o'rgataman" deb yuradi. O'rganuvchi esa o'ylanib turadi. Va odamlar ko'pincha pulga qaraydi — "men to'ladim, demak sen menga o'rgatishing shart." Vaholanki o'sha bitta to'lovning orqasida ustozning necha yillik mehnati turadi. Men buni sizni ayblash uchun aytmayapman. Shunchaki bir davrni ko'rgan odam sifatida aytyapman. 👉 Va sizdan so'rayman: sizningcha, ilmning qadri nimada — to'langan pulda, yoki boshqa narsadami? Fikringizni yozing, chin dildan bilgim keladi.

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Birinchi uchrashuv. Bordim. Qabul qildi. Va menga bir varaq qog'oz uzatdi. Ro'yxat. Bunday oboy olasan. Plyonka olasan. Marker olasan. Va yana, yana... Ro'yxat uzun edi. Har biri pul. Keyin sharti: — Dars falon kuni. Bir daqiqa kech qolsang — kirmaysan. Pastga tushib to'lovni qilasan, chekni ko'tarib kelasan. Cheksiz kirgizmayman. Va shu bilan gap tugadi. — Bo'ldi. Ko'ramiz. Meni chiqarib yubordi. Men o'sha ro'yxatni qo'limga olib, osmonda uchib chiqdim. Rost aytyapman. Xursand edim. Hozir buni eshitib o'tirgan odam aytishi mumkin: "Bu qiz jinni bo'lgan. Bunday muomaladan keyin odam qaytib bormaydi." To'g'ri. Ko'pchilik qaytib bormaydi. Lekin qachonki siz bir narsani chin dildan xohlasangiz — o'shanda oriyat degan narsa orqaga surilib turadi. Davomi bor...

  • #Mening_Hikoyam Davomi... Uning ismi — Raisa Ivanovna. Bugun men sizlarga o'rgatayotgan hamma narsaning asosi — modellashtirishning tamal toshi — o'sha ayolning ilmi. Bugungi Maryam's — o'sha metodning ustiga qurilgan. Buni men hech qachon yashirmayman va hech qachon o'zimniki deb aytmayman. Alloh rahmat qilsin. Joyi jannatda bo'lsin. O'sha paytda uning yoshi oltmish beshdan oshgan edi. Va u shu metodni ellik yilga yaqin ishlab chiqqan edi. Men uni bir joydan eshitib qoldim. Va tinchimadim. 👉 Sizda ham shunday bo'lganmi — bir ustozning nomini eshitib, "men aynan shu odamdan o'rganishim kerak" deb yurgansizmi? Kim edi u? Davomi bor...