📚MATH GALACTICA
СтатистикаTeacher: Kazakova Madina👩🏻🏫 Milliy sertifikat: A+ SAT: 1220/730 IELTS: 5.5 Welcome to the world of mathematics!🧮📖 🗒 Interesting information 📊 Formulas 📚 The necessary books 📈 Tests 💡Motivation Time Channel link: @math_galactica🌏
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Языки
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 25
- 1/48двое суток
- 28
- 1/72трое суток
- 30
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
SI tomonidan o'zbek tiliga o'girildi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Wang Hong yaqinda Fields medalini qo'lga kiritgan birinchi xitoylik ayol matematik va bu medalni tarixda olgan uchinchi ayolga aylandi. Bu mukofot matematika olamidagi eng nufuzli mukofotlardan biri, ko'pincha "matematikaning Nobel mukofoti" deb ataladi. Uni medali bilan birga uning estetik kiyinish didini ham muhokama qilishyapti ekan. Odatda olimlar deganda eski laboratoriyada, tashqi ko'rinishga e'tibor bermaydigan insonlarni tushunadigan odamlar uchun Hong did va bilimni birlashmasi bo'lgan
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi. Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33089 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar: https://t.me/xushnudbek/33089 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va davlat oliygohidan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va nodavlatdan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham test orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi (xuddi 2-banddagi kabi). 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. 🆕 Joriy yilda o’qishni ko’chirishda yangi tartib amal qiladi, ya’ni endi imtihonida sertifikatlar ham inobatga olinadi. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasiga saylandi AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm Ma’mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltayeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qo'mitasi (Committee for Developing Countries) a'zoligiga saylandi. Kanalga ulanish: ➖@uzauz
https://youtu.be/qJ94MsKVpjQ?si=5u-KrjFzdbfqMaMb
#tafakkur Akademik Abdulla Azamov tomonidan yozilgan Mirzo Ulug'bek va uning jahonni lol qoldirgan "Zij" i haqida @akademik_azamov
видео или голосовое, без подписи
#abituriyent Joriy yilda SAT imtihonida 1200 balldan oshiq sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar soni 3 ming 23 nafar ekan. Ballar kesimida ko‘rsatkichlar: 1200–1249 ball — 676 nafar (22,4%); 1250-1299 ball — 572 nafar (18,9%); 1300-1349 ball — 516 nafar (17,1%); 1350-1399 ball — 451 nafar (14,9%); 1400-1449 ball — 364 nafar (12%); 1450-1499 ball — 261 nafar (8,6%); 1500-1549 ball — 141 nafar (4,7%); 1550-1600 ball — 42 nafar (1,4%). Shuningdek, mandat.uzbmb.uz/SAT2026 sahifasi orqali SAT sertifikatiga ega abituriyentlar o‘zining qaysi o‘rinda turganini ko‘rib olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054 Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim. 📥 Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi: 1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi. 2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi. ❗️Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi. Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group
❗️ SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun muhim yangilik: kvota belgilandi #abituriyent Unga ko’ra, SAT sertifikatiga (1200 balldan yuqori) ega abituriyentlarni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishiga o’tgan yili jami 200 ta kvota berilgan, shundan 150 tasi o’zbek, 50 tasi rus guruhi uchun. Agar joriy yilda ham shuncha kvota berilsa, unda ushbu yo’nalishga SAT sertifikatiga ega jami 100 nafar abituriyent davlat grantiga qabul qilinadi (75 tasi o’zbek, 25 tasi rus guruhiga). Bunda SAT sertifikat baliga qaraladi, ya’ni 1600 dan pastga tushib keladi. • SAT sertifikati imtiyoziga ega abituriyentlarga 5 tagacha yo’nalish tanlash huquqi beriladi; • agar beshalasiga ham kira olmasa, unda mandatdan keyin bir hafta davomida vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylarini tanlash huquqi beriladi; • agar kimdir SAT bali pastligi sababli baribir o’zim xohlagan yo’nalishga kira olmayman deb o’ylasa, unda imtiyozdan foydalanishni rad qilishi va o’z xohishi bilan testga kirib, omadini sinab ko’rishi mumkin; • lekin bir narsani unutmangki, SAT imtiyozi bilan davlat grantiga kirganlar uchun 4 yillik grant kafolatlanadi, ular grant taqsimotida qatnashmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Asl video havilasi https://www.instagram.com/reel/DZXMlNCotz2/?igsh=MW1venRyNzltMmRlYg==
видео или голосовое, без подписи
https://youtu.be/0pXjYViuvBE
Matematikani o’rni sohalarda📚🧮
#useful Types of Integral
#sonlar_nazariyasi Muallif: F. Haydarov 📚Oling, o'qing, izlaning, o'z ustingizda ishlang! @matematika_universal_1