- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 48
- 1/48двое суток
- 55
- 1/72трое суток
- 59
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Assalomu alaikum hammaga, yordam kerak bo'lib turgandi, kim HTML fileni google sheetga ulay oladi man qilomiyomman. bilgichlar yozvorsangiz, rahmat oldindan @teacher_passion
без подписи
Aytgancha aytish yodimdan ko’tarilibti. Bu semester hamma fanimni A+ ga yopdim. Esingizdami, goal board qilgandim shunda universitetni kamida 3.7/4 GPA bilan tugatish degandim. Hozirgi GPA, 3.89/4 hali oxirgi semester ham bor, u ham A+ bo’lsa bu maqsadimga erishgan bo’laman. Muhimi baho emas professorning, “Great work, no comment” degan gaplari bo’lsa kerak)
Nobody forced me to study master’s degree at Webster. Now I am struggling, hoping this will end soon)
без подписи
Qarelaaar o’quvchimiz nechi oldi, 5.5 olish oson dersiiiz, lekin examdagi bosiiim Gen Z avlodning fokusi kamligini inobatga olsak bu zo’r natija. Mehnatni o’zlari qildilar man to’liq bu yo’lda birga bo’madim. Cambridgeda Ms Sevinchga Ms Indiraga alohida creditlar beriladi))) Lekin juda xursandman))) Allah xayrli qilsiin.
Assalomu alaikum hammaga, bugungi mavzuyizmiz, to'g'ridan to'g'ri o'quv markazlar va maktablar bilan bog'liq shu biznesda o'zini o'rnini topib ketmoqchi bo'lganlar uchun boshdan kechirganlarim nomli post: O'quv markaz biznesi bu hozirgi kunda eng gullab yashnaydigan bizneslardan biri, IT, SAT, va ayniqsa ingliz tili bozorlari chaqqon. agarda siz shunaqa o'quv markazlarida bo'lsangiz bu narsalarni aniq bilishingiz kerak. 1. Bunaqa markazlarda ustozlar birinchi o'rinda, ularsiz hech kimligingizni tan oling, lekin ustozlarga ular o'quv markaz bo'lmasa hech kimligini miyasiga singdiring. 2. Albatta har bir departmentga alohida e'tibor kerak, sotuv va akademik jamoa bu markazlarning yuragi. 3. Har doim jamoangizdagilar ular nimani xohlashsa bilishini emas, siz ulardan nimani bilishini xohlagan narsangizni bilishsin. O'zbek tilida yaxshi yetkazolmagan bo'lsam inglzichasiga yaxshi ketadi ( They only should know what they are supposed to know, not what they wanted to know, clear?) 4. Kampaniya uchune eng og'ir yo'qotish bu xodim yo'qotishligini tushuning, va bir qancha bonuslar va yengilliklar qiling. 5. Albatta pul oqimi, bu o'quvchi oqimiga bog'liq, CustDev qilib turing, eng kamida bir oyda bir. 6. Nimani xohlashingizni aniq qiling, va hamma narsani yozmalashtiring, og'zaki aytilgan hamma gap bu bo'lmagan gap. 7. Tizim bo'lmasa, hech kimga hech qaysi gapingiz o'tmasligini tushuning, misol, ******da ishlaganimda hech kim manga churq etomasdi, ishga 2-3 soat kech kelsam ham, chunki tizimi yo'q edi, o'zlari ham nima qilishni bilishmasdi, bilishardiki, agar kechikishimdan shikoyat qilishsa mani og'zim ochilishini va oxiri mani yo'qotishlarini. (Cambridge emas, boshqa, nomini aytishni xohlamadim xolos, Cambridgedayam kech qolardim, nu unga penalty olardim.) Xo'sh tizim qilish qiyinmi, ha ba'zilar uchun, ba'zilarga esa yok, 3-4 oy ketadi ishini yaxshi biladigan odam bo'lsa trial and errorda qilib tashlaydigan jarayon, faqat uni qiladigan to'g'ri odam topsa yetarli.
Kanalga yaqinroq kelamiz, bugungi mavzu jiddiy. Bu mavzu ko'plab odamlar yozishmaydigan lekin bor narsa haqida. Xo'sh nima deb o'ylaysiz, bu quyoshda toblanishmi, yoki moxito tayyorlab ichish haqidami? Yo'q, yo'q bu - muomala madaniyati haqida. O'zi muomala madaniyati nima qayerdan kelib chiqqan, aytib o'tirmayman, google qilib qidirvosangiz bo'ladi, lekin ko'pchiligimiz shu madaniyat tarqatilayotganida sal chekkada turganmiz deb o'ylayman, xususan o'zim ham 2 yil oldin muomala qilomasdim, ayniqsa yozma. Biz hozir yozma madaniyatga to'xtalamiz. Siz kimgadir yozyapsiz, va u odam sizga begonami, iltimos, har bir gapingizni bitta xabarda lo'nda qilib yetkazishga harakat qiling, edited yoki salom bergandan keyin u odamni o'qishini kutmang, bu judayam odobsizlik. Iloji boricha formality o'zbekchasiga nima bilmadimu, shuni saqlang, tanimagan bilmagan odamingizga shevada, yoki qisqartmalar va "sh" ni "w" bilan yozib uni hurmatiga erishomaysiz. o'zbek alifbosidagi o'zgartirishlar mustasno, darrov urishib ketmanglar iltimos. Keyingi bosqich, iltimos, agar u odam siz bilan muloqot qilishni xohlamasa joyida gapingizni tugating, yanada chuqurroq borishingiz u odamning sizga bo'lgan hurmatsizligiga va nafratiga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda yozish bu san'at, bilmasangiz o'rganing, SSSR ni bahona qilmasdan. Siz millenial avlodmassiz, iltimos, hayotga munosabatingizni o'zgartiring, buning uchun nuqta va vergulni qayerga qo'yishdan boshlasangiz bo'ladi. To'g'ri man ham oppoqmasman, xatolar qilaman yozgani, typolar ketib qoladi, ba'zida ataylab shevada gapiraman, lekin bu kanal, agar man begona odamga yozsam to'liq formalityni saqlayman, va o'zimni hurmat qilgan holda javob beraman. Ha, aytgancha ovozli xabar yuborsam bo'ladimi deb so'rang, dab durustdan yuborilgan ovozli xabaringiz ignoreda qolib ketmasin. Kuningiz hayrli o'tsin, Assalomu alaikum.
🎓 Har bir qizning kelajagi uning oilasining daromadi bilan emas, salohiyati bilan belgilanishi kerak. Jamiyatning haqiqiy boyligi uning tabiiy resurslari yoki qurayotgan binolarida emas. Haqiqiy boylik — bilimli, salohiyatli va imkoniyatga ega insonlaridir.…
🎓 Har bir qizning kelajagi uning oilasining daromadi bilan emas, salohiyati bilan belgilanishi kerak. Jamiyatning haqiqiy boyligi uning tabiiy resurslari yoki qurayotgan binolarida emas. Haqiqiy boylik — bilimli, salohiyatli va imkoniyatga ega insonlaridir. Bugun dunyo bo'ylab minglab qizlar katta orzular bilan ulg'aymoqda. Ular ilmga chanqoq, ingliz tilini o'rganishni xohlaydi, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olishni va jamiyatga foydali inson bo'lishni orzu qiladi. Ammo ko'pincha ularning yo'lini qobiliyat emas, imkoniyat yetishmasligi to'sadi. Biz bunga befarq qaray olmadik. Shu sababli Girls Education Fund tashkil etildi. Bu — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo bilim olishga ishtiyoqi baland qizlar uchun yaratilgan bepul ta'lim loyihasi. Bizning maqsadimiz oddiy: har bir qizning kelajagini oilasining daromadi emas, uning mehnati va salohiyati belgilashi kerak. Dastur doirasida ishtirokchilar: - 24 oy davomida matematika va ingliz tili bo'yicha sifatli ta'lim oladi. -Har bir o'quvchiga malakali ustozlari dars beradi. - SAT imtihoniga xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi. -Xalqaro universitetlar va grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yo'l-yo'riq va amaliy ko'mak oladi. Ushbu imkoniyatlarning barchasi mutlaqo bepul taqdim etiladi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? • O'zbekistonning 8-10 sinfda o'qiyotgan qizlari. • Ingliz tili darajasi kamida Intermediate bo'lganlar. • Bilim olishga mas'uliyat bilan yondashadigan va o'z ustida ishlashga tayyor qizlar. • Ustuvorlik moddiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandlariga beriladi. Nega bu loyiha muhim? Biz ishonamizki, ta'lim — xarajat emas, kelajakka kiritilgan investitsiya. Bir qizga berilgan imkoniyat faqat uning hayotini emas, oilasi va jamiyatining kelajagini ham o'zgartirishi mumkin. Shuning uchun biz qobiliyatli qizlarning orzulari moliyaviy sabablar tufayli to'xtab qolmasligi uchun harakat qilyapmiz. Agar siz o'zingiz shunday imkoniyatni kutayotgan bo'lsangiz yoki atrofingizda bunga munosib qizlarni tanisangiz, bu xabarni u bilan albatta ulashing. Ba'zan bitta havola kimningdir butun hayotidagi eng muhim imkoniyatga aylanadi. 📝 Ariza topshirish: girlsedufund.org sayti yoki Google form orqali ariza topshirishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/eXeqVsJybmf1GhDL6 🔗 Telegram ☎️ Telefon: +998999051002 @girlsedufund1 🌐 www.girlsedufund.org 🌐 Instagram #GirlsEducationFund #BepulTalim #QizlarTa'limi #EducationForGirls
Pause. I was running all the time, rushing through life without even knowing what I truly wanted. So I stopped. I stopped for a moment. Then that moment became a month - a month to think, a month to change. I stopped writing so much. I stopped telling people what they should or shouldn't do when I wasn't even doing those things myself. Life is full of surprises, and you never know where it will take you. I became so busy chasing Dunya that I forgot everything else. So I paused. I took a breath and asked myself, What am I doing? Where am I going? To be honest, I did absolutely nothing. Can you believe that? Absolutely nothing. Yes, I have university. Yes, I have my regular responsibilities. But apart from that, I did nothing. I spent hours on Instagram and YouTube. And yes, I needed that. I needed all that messy, mindless scrolling to realize where I was actually heading. Oddly, it helped me make shukr a little more. It reminded me to be grateful for being alive, for having my family, and for the ability to think, to speak, and simply to exist. Every time I wanted to post something on this channel, I would write... then delete it. Write again... then delete it. I didn't know where to begin. I didn't know what to say. A chaotic mind. A tired body. An unpeaceful heart. I wouldn't wish that kind of chaos on anyone. Even now, as I write this, I keep asking myself, "Do I even need this?" Don't ask me the answer - I don't know it myself. But one thing is clear: everything has an end. I am waiting for that end to come. I know many people are going through something similar. Don't worry. Maybe this is the beginning of your turning point. Or maybe, like me, it feels like a dead end. There isn't really a purpose behind this text. I'm just pouring the tea. I'm not perfect. I'm tired. And I finally admit it. Even going to the mountains and shouting into the emptiness doesn't help anymore. It no longer brings relief. Sometimes I feel like a black hole. Whatever, and whoever, comes close to me gets swallowed by it, while I continue living exactly the same way. Still... Shukr. Shukr. Shukr. For every inch of my life. For everything I have. For everything I have tried to become. So please, be grateful for what you have.
This is what I expect)))
Universitetda anchadan keyin kelishim, kelib turish kerak albatta. Bundan keyin harakat qilamiz, kemasak bo’maydigan bo’p qopti.
без подписи
Bu yangiliklar mani shokka solyapti, empire buildingdagi Russian couple haqidayam, o’zbek alifbosidagi o’zgarishlar haqidayam gapirgim yok. Bunaqa marry meda yuragim tushqolay dedi qo’rqqanimdan. Manga Sh ni Sh qilib yozish yoqadi. Sizlarda nima yangiliklar?
Hello everyone, have you ever faced a situation where you are sitting and your head teacher or manager comes to you and asks you to cover a lesson because the assigned teacher did not come or missed the class? You have no lesson plan, nothing, and after 3 minutes you will have an actual lesson. You do not know what to do. If yes, let me know, I have a remedy for you😉
Baxtli bo’lishim uchun shu summa kerak ekan, albatta so’mdamas. Bu qanday baxt beradi desangiz aytaman, bu o’z sohamda eng zo’ri bo’lishimga qolgan yo’l. To’g’ri bu bilan yo’l tugab qolmaydi. Lekin hozirgi statusimga shunchasi yetadi. Duo qippoyilaaar, shu pulni ishlash bilan birga u pragrammalarda o’qish ham, zo’r o’qish eng birinchi bo’lish ham nasib qilsin.
Love needs action Trust needs proof Sorry needs change.