Mazmun | Farruh Abdullayev
Статистика📚 Ta’limda mazmunga e’tibor 🎯 Direktor, o‘qituvchi, ota-onalar uchun maslahatlar 🎥 Konsalting | Kurslar 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mazmun 📩 Savol va takliflar uchun: @mazmun_edu_bot, @mazmunadmin Batafsil: https://bento.me/mazmunedu
- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 76
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 266
- 1/48двое суток
- 304
- 1/72трое суток
- 328
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🏆 Agar sizga: "Farzandingiz ta'limi uchun 1️⃣ 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 so'm ajratyapmiz" desak - ishonasizmi? Biz - bo'lajak o'quvchilarimiz uchun 1 000 000 000 so'mlik ta'lim granti dasturini e'lon qilamiz. Bu shunchaki raqam emas, bu - yuzlab bolalar uchun yangi imkoniyat, yangi kelajak. Grant imtihonida 5-sinfdan 11-sinfgacha o'quvchilar qatnashishi mumkin ⚠️ Farzandingizda 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 imkoniyati ham bor! Grantda qatnashish uchun quyidagi ko'k yozuv ustiga bosing👇👇 Ro'yhatdan o'tish 📱 Telegram | 📱 Instagram | 🌐 website
❤️ALPHA SCHOOL ENDI SIRDARYO SHAHRIDA! Farzandingiz uchun sifatli, zamonaviy va natijaga yo‘naltirilgan ta’lim izlayapsizmi? Unda sizni xushxabar kutmoqda! 📍Alpha School endi Sirdaryo shahrida o‘z faoliyatini boshlaydi. Biz sizga quyidagilarni taklif etamiz: ✅Davlat ta’lim standartlari asosidagi kuchli fanlar bazasi ✅Zamonaviy STEM yondashuvi va innovatsion ta’lim ✅Ma’naviy-axloqiy tarbiya va sog‘lom muhit ✅Tajribali va fidoyi pedagoglar jamoasi ✅Har bir o‘quvchiga individual yondashuv ✅Sifatli ta’lim va kafolatlangan natijalar 📣Qabul tez orada boshlanadi! 🎒1-sinfdan 9-sinfgacha o‘quvchilar qabul qilinadi. Joylar soni chegaralangan! Farzandingiz kelajagi uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 🗣Ushbu xushxabarni sifatli ta’lim izlayotgan ota-onalar va yaqinlaringiz bilan ulashing! ❤️Alpha School — sifatli ta’lim va go‘zal tarbiya maskani. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ✅ TELEGRAM 📱🔛 📱INSTAGRAM 📱YOU TUBE
🔔 Biz sizni izlayapmiz! ➖ Boshlang'ich ta'lim (rus sinf); ➖ Boshlang'ich ta'lim (o'zbek sinf); ➖ Matematika (rus/o'zbek sinf) ➖ Ingliz tili o'qituvchisi ➖ Biologiya/Kimyo (rus/o'zbek sinf) ➖ Rus tili va adabiyoti (rus/o'zbek sinf) ➖ Tarix, huquq va tarbiya (rus/o'zbek sinf) ➖ IT (rus/o'zbek sinf) ➖ Gimnastika ustozi ➖ Hamshira ➖ Psixolog ➖ Logoped 📌 Talablar: • Oliy ma'lumotli va kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lish. • Mutaxassisligi bo'yicha tegishli diplom va sertifikatlarga ega bo'lish. • O'quvchilar bilan samimiy va professional ishlay oladigan, xushmuomala bo'lish. • Mas'uliyatli, intizomli va jamoada ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish. • O'z ustida muntazam ishlaydigan va kasbiy rivojlanishga intiladigan bo'lish. ✅Bizning takliflarimiz: • Raqabatbordosh, yuqori va o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi. • Qulay, zamonaviy va do'stona ish muhiti. • Kasbiy rivojlanish uchun muntazam trening va seminarlar. • Maktab tomonidan 3 mahal bepul ovqatlanish. 🏛 Tashkilot: Xususiy maktab 📍Manzil: Toshkent viloyati Zangiota tumani (Choshtepa metro bekati yaqinida) 💵 Maosh: Suhbatda kelishiladi ⏱️ Bandlik: Shartnoma asosida Murojaat uchun:👇 📲 Telegram: @mazmundaishla_bot
Assalomu alaykum. Bu bir muddat yoʻqolib qolganligimning sababi…😀 Qoʻshilib oling: @mazmun_maktabi
🎙 O‘qituvchi qanday qilib chiroyli nutqqa ega bo‘lishi mumkin? O‘qituvchining nutqi - uning eng kuchli ish qurollaridan biri. Chunki dars faqat bilim berish emas. Dars - tushuntirish, ishontirish, ruhlantirish, tartibga chaqirish va o‘quvchini fikrlashga undash jarayoni. Chiroyli nutq deganda balandparvoz gapirishni tushunmaslik kerak. Chiroyli nutq - bu aniq, ravon, tushunarli va ta’sirli gapira olishdir. Buning uchun ustoz avvalo ko‘p kitob o‘qishi kerak. Kitob o‘qigan insonning so‘z boyligi kengayadi, fikri tartiblanadi, gaplari tabiiy ravishda mazmunli bo‘lib boradi. Ikkinchidan, ustoz o‘z nutqini eshitib ko‘rishi kerak. Ba’zan biz qanday gapirayotganimizni o‘zimiz sezmaymiz: ortiqcha pauzalar, takroriy so‘zlar, keraksiz “haligi”, “anaqa”, “nima desam ekan” kabi iboralar nutqimizni kuchsizlantiradi. Uchinchidan, darsda qisqa, lo‘nda va jonli gapirishga odatlanish kerak. O‘quvchi uzun va chalkash jumlalarni emas, aniq misol, sodda izoh va hayotiy tushuntirishni yaxshi qabul qiladi. To‘rtinchidan, ustoz ovoz ohangiga e’tibor berishi kerak. Bir xil ohangda gapirilgan eng yaxshi fikr ham zerikarli eshitiladi. Mehr ham, talabchanlik, hayrat, savol va ishonch ham - bularning barchasi ovozda bilinishi kerak. Eng muhimi, chiroyli nutq tug‘ma qobiliyat emas. U mashq bilan shakllanadi. Har kuni 5 daqiqa ovoz chiqarib o‘qish, o‘z fikrini qisqa bayon qilish, darsdan keyin o‘z nutqini tahlil qilish - ustozni asta-sekin ravon va ta’sirli so‘zlaydigan mutaxassisga aylantiradi. Unutmang, o‘qituvchining chiroyli nutqi nafaqat quloqqa yoqadi, balki o‘quvchini uyg‘otadi, qalbiga ta’sir qiladi va darsning sifatini oshiradi. 😉 Mazmun - rivojlanishni istovchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
2050-yilda maktab ta’limi qanday bo‘ladi? (SI tahmini) Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va virtual muhitlar ta’limning ajralmas qismiga aylanadi. O‘quvchi endi faqat darslikdan emas, sun’iy intellekt yordamchisi, interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar va shaxsiy ta’lim dasturlari orqali ham bilim oladi. Har bir bolaning o‘ziga mos o‘quv yo‘li bo‘ladi: kimdir tezroq o‘rganadi, kimdir ko‘proq mashq qiladi, kimdir vizual, kimdir amaliy usulda bilimni yaxshi qabul qiladi. Sun’iy intellekt buni tahlil qilib, ta’limni individuallashtiradi. Ammo bitta muhim savol bor: unda o‘qituvchi kerak bo‘lmay qoladimi? Yo‘q. Aksincha, o‘qituvchining roli yanada muhimlashadi. 2050-yilda o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, tarbiyachi, tahlilchi, motivator va insoniy qadriyatlarni saqlab turuvchi shaxs bo‘ladi. Sun’iy intellekt ma’lumot beradi, lekin mehr bermaydi. Texnologiya javob topadi, lekin bolaning ko‘zidagi xavotirni sezmaydi. Platforma topshiriq beradi, lekin o‘quvchiga ishonch bag‘ishlay olmaydi. Shuning uchun kelajak maktabida eng kuchli o‘qituvchi - texnologiyadan qo‘rqmaydigan, insoniylikka urg'u beradigan o‘qituvchi bo‘ladi. 2050-yil maktabi aqlli texnologiyalar maktabi bo‘lishi mumkin. Ammo uning yuragi baribir ustoz bo‘lib qoladi. 😉 Mazmun - rivojlanishni istovchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
Yana bir sinfda oʻziga xos dam olish daqiqasi Sizlar ham darslaringizda bunday daqiqalarni qilib turasizlarmi? 💬 Bunday daqiqalar uchun yana boshqa qanday mashgʻulotlarni taklif etasiz?
Alfa School’da dars tahlili jarayonidan lavha "Mazmun" faqat seminar-treninglar bilan emas, maktabdagi real dars jarayonlarini kuzatish, tahlil qilish va metodik rivojlantirish ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi. Dars sifati tasodifan oshmaydi. U muntazam kuzatuv, to‘g‘ri tahlil, aniq tavsiyalar va amaliy yondashuv orqali rivojlanadi. Bugun ta’lim muassasalari uchun eng muhim masalalardan biri - o‘qituvchining darsdagi amaliy mahoratini kuchaytirish, metodik ishlarni jonlantirish va ichki sifat nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Shu sabab Mazmun jamoasi maktablarda: dars kuzatuvi va tahlili ✅ metodik tavsiyalar berish ✅ o‘qituvchilar bilan amaliy ishlash ✅ ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan rivojlantiruvchi yondashuvlar bo‘yicha ham hamkorlik qiladi. 📞 Agar siz ham maktabingizda metodik ishlarni kuchaytirmoqchi, darslar sifatini oshirmoqchi va jamoangizni amaliy qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning. Maktabinggizni metodik rivojlantirishni bugundan boshlang. 🛫 Murojaat uchun: @mazmunadmin 😉 Mazmun - rivojlanishni istovchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#pedagogik_yondashuvlar Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv Har bir sinfda o‘quvchilar turlicha: kimdir tez o‘zlashtiradi, kimdir ko‘proq vaqt talab qiladi, kimdir esa faqat amaliyot orqali tushunadi. Oddiy darsda ustoz hammaga bir xil tushuntiradi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda esa ustoz o'ziga savol beradi: “Bu o‘quvchilar qanday o‘rganadi?” 🎯 Amalda nima qiladi: - Mavzuni tushuntirgach, 2-3 xil usulda mustahkamlash: (test, og‘zaki savol, kichik amaliy mashq) - Savol berishda faqat kuchlilarni emas, sustroq o‘quvchilarni ham jalb qilish - Qiyin tushungan o‘quvchilarga dars davomida kichik yordam berish Masalan: Bir o‘quvchi tushunmayapti - dars oxirini kutmaysiz, shu zahoti soddaroq misol bilan tushuntirasiz. 💡 Natija: O‘quvchi o‘zini “umumiy sinf ichida yo‘qolib qolgan odam” emas, balki e’tibor berilgan shaxs sifatida his qiladi. 😉 Mazmun - fanini sevdiruvchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#ustozlarga “Ustoz, ona tili va adabiyot menga nimaga kerak?” Bu savolni ko‘p o‘quvchilar, deyarli barcha fanlarda beradi (jismoniy tarbiya va informatikadan tashqari 😁). Ba’zan ustoz sifatida bu savoldan ranjishimiz ham mumkin. Ba’zan esa aniq javob topilmay qoladi. Lekin aslida bu yomon savol emas. Bu - o‘quvchining fanni hayot bilan bog‘lab tushunishni xohlayotganidan dalolat. Masalan, 8-sinf o‘quvchisi so‘radi: “Menga ona tili va adabiyot nimaga kerak?” Unga shunday javob berish mumkin: “Ona tili senga fikringni aniq aytish uchun kerak. Adabiyot esa odamlarni, hayotni, his-tuyg‘uni chuqurroq tushunish uchun kerak. Sen kelajakda qaysi kasbni tanlama - baribir gapirasan, yozasan, tushuntirasan, odamlar bilan muloqot qilasan. Agar fikringni to‘g‘ri ifodalay olmasang, biliming kuchli bo‘lsa ham, o‘zingni ko‘rsata olmaysan. Adabiyot esa seni shunchaki she’r yodlatish uchun emas. U odamlarning fe’li, hayoti, xatosi, orzusi haqida o‘ylashga o‘rgatadi. Bu esa hayotda odamlarni tushunish, to‘g‘ri qaror qilish va ichki dunyongni boyitish uchun kerak.” Mana shunda o‘quvchi xar bir fan ortida ma’no borligini sezadi, tushunadi. Ustoz uchun muhim qoida: o‘quvchi “Bu fan nega kerak?” deb so‘rasa, javobni mavzuga emas, hayotga bog'lab bering. Chunki o‘quvchiga formuladan oldin ma’no kerak, qoidadan oldin sabab kerak. Yaxshi ustoz faqat fanni o‘rgatmaydi, uning nega kerakligini ham tushuntiradi. 💬 Sizning faningizdan o‘quvchi “Bu menga nimaga kerak?” deb so‘rasa, qanday javob berasiz? 😉 Mazmun - fanini sevdiruvchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
Assalomu alaykum, hurmatli “Mazmun” kuzatuvchilari! Yaxshi dam olayapsizlarmi? Kimlardir allaqachon ishni ham boshlab yuborgandir! ❔ Ta’til paytida ustozlar shunchaki dam olishi kerak deb o‘ylaysizmi? Bu albatta to‘g‘ri, lekin aynan shu vaqtni ustozlarga yangi kuch, yaxshi kayfiyat va o'zgacha motivatsiya beradigan foydali vaqtga aylantirsa ham bo‘ladi. Agar siz ustozlaringizning charchog‘ini chiqarishni, ularni biroz “uyg‘otishni”, jamoaviylikni oshirishni, foydali bilimlar berishni va yangi chorakka yanada ko‘tarinki ruhda tayyorlashni xohlasangiz, biz bu borada sizga yordam bera olamiz. “Mazmun” jamoasi ustozlar uchun seminar-treninglar o‘tkazadi. Seminarlarimiz samimiy, foydali, amaliy formatda bo'lib o'tadi. 🛫 Agar qiziq bo'lsa hoziroq aloqaga chiqing: @mazmunadmin 😉Mazmun - doimiy rivojlanishni xohlovchi ustozlar uchun!
#ustozlarga 🌿 Ustoz ham charchaydi Ba’zan ustoz ham charchaydi. Darsga kiradi, tushuntiradi, tinglaydi, nazorat qiladi, yana qaytadan davom etadi. Tashqaridan qaraganda hammasi oddiy ko‘rinadi, lekin ichida ancha charchoq, toliqish yig‘ilib qolgan bo‘ladi. Ko‘p ustozlar charchaganini bildirmaydi. Chunki mas’uliyat bor. Chunki bolalar termulib turibdi. Ularning ko'zlarida umid bor. Lekin bir narsani unutmaylik: ustoz ham inson. Unga ham ba’zan dam, e’tibor va yaxshi gap kerak bo‘ladi. Har kuni sinfga kirib, yuzlab bolalar bilan ishlash oson emas. Shuning uchun charchoq - bu sustlik, mas'uliyatsizlik belgisi emas. Bu mehnat qilinayotganligining belgisi. Agar biroz charchagan bo‘lsangiz, o‘zingizni ayblamang. Balki ozroq to‘xtang, nafas rostlang, o‘zingizga ham mehr bilan qarang. Sizning mehnatingiz tezda ko‘rinmasligi mumkin. Lekin izi, ta’siri albatta bo'ladi. 💬 Siz ham ba’zan charchoq holatini his qilasizmi? 😉 Mazmun - bu charchog'ini bildirmaydigan, fidoyi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#ustozlarga Darsga kirishdan oldingi 5 daqiqa ham juda muhim Ko‘pincha dars qo‘ng‘iroq chalingandan keyin boshlanadigandek tuyuladi. Aslida esa ustoz uchun dars undan oldingi bir necha daqiqada boshlanadi. Shu paytda ustoz biroz "yig‘ib" (yaxshi ma'noda😃) olsa, dars ham boshqacha o‘tadi. O‘zingizga mana bu 3 ta savol bering: - Bugun bolalar nimani tushunib chiqishi kerak? - Bu safar kimlarga ko‘proq e’tibor berishim lozim? - Sinfga qanday kayfiyat bilan kiryapman? Ba’zan yaxshi darsning siri murakkab metodda emas, shunchaki darsga tayyor holatda kirishda bo‘ladi. Unutmang, siz sinfga faqat o‘zingiz kirmaysiz. Siz bilan birga kayfiyatingiz ham kiradi. Endi, navbatdagi darsingizdan oldingi 5 daqiqaga e’tibor berib ko‘ring. Balki aynan shu narsa darsingizni o‘zgartirar. 💬 Siz darsdan oldin o‘zingizni qanday tayyorlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring. 😊 Mazmun - doimiy rivojlanuvchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#iqtibos_va_izoh 🎓 “Education is the most powerful weapon which you can use to change the world.” (Ta’lim - dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir.) - Nelson Mandela Ko‘pchilik dunyoni o‘zgartirish uchun katta mablag‘, yuqori lavozim yoki ulkan imkoniyat kerak, deb o‘ylaydi. Aslida esa eng katta o‘zgarish ta’limdan boshlanadi. Ta’lim - bu shunchaki dars berish emas. U insonning fikrlashini o‘zgartiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va kelajagini shakllantiradi. Shuning uchun Nelson Mandela ta’limni dunyoni o‘zgartira oladigan eng kuchli qurol deb atagan. Chunki oddiy qurol majburlashi mumkin, ammo ta’lim ongni uyg‘otadi. Qurol qo‘rquv uyg‘otadi, ta’lim esa ishonch va imkoniyat yaratadi. Qurol vayron qilishi mumkin, ta’lim esa quradi, o‘stiradi va yuksaltiradi. Bugun sinfga kirayotgan har bir ustoz oddiy ish qilayotgani yo‘q. U ertangi jamiyatni, ertangi avlodni va ertangi taraqqiyotni shakllantirmoqda. Agar biz kuchli jamiyat, ongli avlod va yorqin kelajakni istasak, eng avvalo ta’limga jiddiy qarashimiz kerak. Chunki haqiqiy o‘zgarish hamisha ta’limdan boshlanadi. 😉 Mazmun - ta'limni har narsadan ustun qo'yuvchilar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Alloh taolo tutgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz va ezgu duolaringizni qabul qilsin. Xonadoningizdan tinchlik, qalbingizdan xotirjamlik, hayotingizdan baraka arimasin. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
XUSUSIY VA DAVLAT MAKTABLARINING RAHBARLARI DIQQATIGA! ❓ Bahorgi ta’til davrida o‘qituvchilaringiz uchun mazmunli va amaliy seminar-trening rejalashtiryapsizmi? Biz pedagogik jamoangiz uchun amaliy, foydali va natijaga yo‘naltirilgan treninglar tashkil etamiz. Asosiy yo‘nalishlar: - darsni samarali tashkil etishning zamonaviy usullari; - sinf boshqaruvi va intizomni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; - o‘quvchi va ota-onalar bilan samarali muloqot; - o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi, motivatsiyasi va kasbiy o‘sishi; - jamoaviy hamkorlik va sog‘lom ish muhiti yaratish; - maktabingiz ehtiyojidan kelib chiqadigan maxsus mavzular. Formatlar: 🚩 2-3 soatlik trening 🚩 To‘liq kunlik amaliy seminar-trening ❗️Qulay narx va sifatli yondashuv orqali maktabingizga haqiqiy mazmun olib kiring! Bog‘lanish: @mazmunadmin 😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#pedagogik_olimpiada #namunaviy_savollar 1-namunaviy savol Vaziyat: 7-sinf o‘quvchilari yozma topshiriq bajarishdi. O‘qituvchi ularning keyingi ishlarida natija yaxshilanishini xohlaydi. Quyidagi qayta aloqa usullaridan qaysi biri eng samarali hisoblanadi?…
#pedagogik_olimpiada #namunaviy_savollar 1-namunaviy savol Vaziyat: 7-sinf o‘quvchilari yozma topshiriq bajarishdi. O‘qituvchi ularning keyingi ishlarida natija yaxshilanishini xohlaydi. Quyidagi qayta aloqa usullaridan qaysi biri eng samarali hisoblanadi? A) O‘quvchiga ishning kuchli tomonini ko‘rsatib, aniq kamchiligini aytish va yaxshilash bo‘yicha qisqa yo‘l-yo‘riq berish B) O‘quvchiga ish bo‘yicha umumiy taassurot bildirib, keyingi safar yanada e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya qilish C) O‘quvchiga xatolar borligini aytib, keyingi vazifada ularni takrorlamaslik kerakligini eslatish D) O‘quvchiga ish yaxshi chiqqanini aytib, shu usulda davom etishini tavsiya qilish 💬 Oʻz variantingizni izohda yozing 😉 Mazmun - bilimdon ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
#ustozlarga XX ASR TURKISTONDA TA’LIMGA KATTA TA’SIR KO‘RSATGAN PEDAGOG VA MA’RIFATPARVARLAR... ... yoxud ta’limni shunchaki savod chiqarish deb emas, balki millatning kelajagini belgilovchi kuch sifatida ko‘rganlar Bugungi ta’limda ishlatayotgan ko‘plab g‘oyalarimizning ildizi jadidlar va ma’rifatparvarlar faoliyatiga borib taqaladi. Ular maktabni yangilash, darslik yaratish, yangi usulda o‘qitish va tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan. 1) Abdulla Avloniy (1878–1934) Jadid pedagogi, ma’rifatchi, yozuvchi va jamoat arbobi. U maktab, tarbiya va axloq masalalariga bag‘ishlangan asarlari bilan o‘zbek pedagogik tafakkuriga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Avloniyning mashhur gapi: “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir.” 2) Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) Turkistonda yangi usuldagi milliy maktablar rivojiga katta hissa qo‘shgan jadid ma’rifatparvari. U yangi maktab, milliy matbuot va zamonaviy ta’lim g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan. 3) Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) Jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, pedagog, dramaturg va publitsist. U maktablarni isloh qilish, yangi darsliklar yaratish va xalqni ma’rifatga chaqirish yo‘lida katta xizmat qilgan. 4) Abdurauf Fitrat (1886–1938) Olim, pedagog, yozuvchi va jadid ziyolisi. Fitrat ta’lim tizimini yangilash, milliy tafakkur va madaniyatni rivojlantirish, zamonaviy fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash g‘oyalarini ilgari surgan. 5) Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929) Pedagog, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi. U yangi usul maktablarini tashkil etish, yoshlar tarbiyasi va ma’rifat tarqalishida faol ishlagan. 📌 Xulosa: Bu ma’rifatparvarlarimiz ta’limni shunchaki savod chiqarish deb emas, balki millatning kelajagini belgilovchi kuch sifatida ko‘rgan. Ularning qarashlari bugun ham ustozlar uchun dolzarb hisoblanadi. 🛫 Ushbu postni hamkasb ustozlarga yuborib qo‘ying. 😊 Mazmun - doimiy rivojlanuvchi ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube
📚 Yangi metodik qo‘llanma tayyorlanmoqda Aziz ustozlar, ajoyib yangilikni sizlar bilan bo'lishib qo'yay dedim. Hozirda “XXI asr darsi” nomli metodik qo‘llanma ustida ish olib bormoqdamiz. Ushbu qo‘llanmada zamonaviy ta’lim talablari, darsni samarali tashkil etish, o‘quvchini faol ishtirokchi qilish va XXI asr ko‘nikmalarini dars jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ish beradigan metodlar jamlanadi. Xudo xohlasa, qo‘llanmani aprel oyida yakunlab, siz aziz ustozlarga taqdim etishni rejalashtiryapmiz. Ishonamizki, “XXI asr darsi” qo‘llanmasi darslaringizni yanada samarali tashkil qilishda foydali yordamchi bo‘ladi. Tez orada qo‘llanma haqida batafsil ma’lumotlarni yana ulashamiz. 😉 Mazmun - zamonaviy ustozlar uchun! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Facebook| 😎 You Tube