tgindex
Mebelium

Mebel industriyasi haqida ma'lumotlar berib boramiz🛋️

Последний пост
21 апр.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
783
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 299
20 постов
Вовлечённость
165,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 90,000 so'mga arziydimi, nima deysiz? Men o'zimning yopiq kanalimga a'zo bo'lganlar uchun, ko'plab brendlardan chegirmalar olib beryapman. Siz ham kanalimga qo'shilib bu chegirmalardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Undan tashqari yopiq kanalimda, mijozlaringizga mebelingiz narxini professional ko'rinishda taqdim qilishingiz uchun ham oson yechim qilib qo'yganman. Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉🏻 @mebelhubb_bot

  • 27 мар.682313из abdulbasitvakhidov

    Mebelning narxi sotib qo'yishini istaysizmi? Unda siz ham mana shunday premium ko'rinishga ega "Tijorat Taklifi" tayyorlashingiz kerak! Endi bu juda oson. Yopiq kanalimga obuna bo'ling va o'z logotipingiz tijorat taklifi tayyorlash platformasidan foydalaning. Obuna bo'lish uchun: 🔗 https://t.me/mebelhubb_bot 👉 @abdulbasitvakhidov

  • 22 нояб.1 22453

    Maktab o'quvchilari uchun, mebel-yog'ochsozlik sohasining eng qiziq, lak-bo'yoq qismini tanishtirish va qiziqtirish maqsadida ekskursiya uyishtirdik. U yerda maktab bolalari obuna bo'lishlari shart bo'lgan bir nechta fikr egalarini ham tanishtirdim 👉🏻 @mebelium_uz

  • 26 окт.1 25326

    Sizga bir sirni aytaman, yozib oling: Mebel uchun $100,000+ to'laydigan insonlar Instagramda o'tirmaydi! Amaldorlar, biznesmenlar, savdogarlar bilan ko'p ko'rishdim. Ularning 90 foizi instagram, TikTokga deyarli kirmaydi, ular vaqtlarini behuda sarflamasligiga…

  • Apple kompaniyasining, mebel dizayniga ta'siri! Nega tekis, minimalistik yuzali mebellarga insonlarning qiziqishi oshib boryapti va bunga "Apple" kompaniyasining qanday aloqasi bor? "Flat design"dan keyingi tendensiya nima bo'larkin-a? "Glass" ya'ni oynali dizaynlarmi?😀 Qiziq... 👉🏻 @mebelium_uz

  • 7 окт. 2025 г.975125из abdulbasitvakhidov

    Tahminan $30,000ga mebel sotayapman Mijoz meni instagramda anchadan beri kuzatarkanlar "Sizni professional deb bilaman" dedilar "Boshqa mebelchilar 45 kunda bitirib beramiz dedi" deyaptilar – 3 oy, dedim – Iye, siz ulardan kamroq muddat aytmaysizmi? - dedilar – Sizdan buyurmani olish uchun aytaman, lekin mebel 3 oyda bitadi, dedim. Borini aytdim. 3 oy muddatga buyurtmani oldik Xulosa: Sizdan sotib olishlariga sabab bo'luvchi omil har doim ham muddat, narx, bonus bo'lavermaydi. Ishonch! U eng zo'r sotuvchi. Avval siz ishonch uchun ishlaysiz, keyin ishonch sizga ishlaydi! P.s: 3 oy bo'layapti, lekin buyurtma bitmadi. Bitmasligi aniq edi, sababi joyni ta'mirlashga ham vaqt kerak edi 👉 @abdulbasitvakhidov

  • Odamlar nega mebel sotib oladi? Marketing va biznesda bir ibora bor — JTBD (Jobs To Be Done) Bajarilishi kerak bo'lgan ishlar deb tarjima qilsa bo'ladi Vazifasi mijozlar narsalarni nima uchun xarid qilishlarini aniqlash Masalan divanni mijozlar nima uchun sotib olishadi? O'tirish, yotish, dam olish uchun deb javob beramiz Qisman to'g'ri! Lekin mijozlarda JDBT yondashuvini ishlatganimda bir narsani aniqlaganman: Odamlar juda ko'p holatda uylariga kelgan odamlarga (hozir ijtimoiy tarmoqlarda) mebelni ko'rsatish uchun sotib olishar ekan Buni aniqlash uchun savollarni to'g'ri berish kerak. Masalan: - "Bu divandan kimlar foydalanadi — bolalar, mehmonlar yoki o'zingiz?" - "Siz uchun nima muhim — qulayligi, joy tejashi yoki chiroyli ko'rinishi" - "Ko'proq dam olish uchun olyapsizmi yoki mehmon kutish uchun?" Mehmonlar va chiroyli ko'rinish uchun degan javobni ko'proq olaman Mebel sotayotganda JTBD yondoshuvidan foydalanishingiz, sotuvingizni oshirishda yordam beradi! 👉🏻 @mebelium_uz

  • Mebelchilik kelajagi qanday? «Yaqin kelajakda eng dolzarb mavzu ekologiya va salomatlik bo'ladi. Shunday ekan mebel ishlab chiqarishda homashyolarning tabiat va inson salomatligiga zararsizligiga qattiq e'tibor berishimiz kerak! E1 hattoki E0 darajadagi xavfsiz yog'och plitalardan foydalanishga o'tishimiz zarurdir. Bizning kompaniyamiz, bugungi kunda zararsiz homashyolar savdosiga to'liq o'tdik» deydi "EMAN MATERIALS" kompaniyasi hamasoschisi va rahbari Akrom Nuritdinov Bundan tashqari spiker Kastomizatsiya urf bo'lishi haqida ham aytib o'tdi. P.s: Kastomizatsiya (inglizcha customization) — mebelni mijoz o'z xohishiga qarab (o'lchami, rangi, uslubi, formasini) o'zgartira olishi. 👉🏻 @mebelium_uz

  • без подписи

  • Sizga bir sirni aytaman, yozib oling: Mebel uchun $100,000+ to'laydigan insonlar Instagramda o'tirmaydi! Amaldorlar, biznesmenlar, savdogarlar bilan ko'p ko'rishdim. Ularning 90 foizi instagram, TikTokga deyarli kirmaydi, ular vaqtlarini behuda sarflamasligiga shaxsan guvoh bo'ldim. Istalgan mavzuda millionlab ko'riladigan videolar chiqarib "shaxsiy brend" qurish orqali, ko'p to'laydigan mijozga yetib borish ehtimoli menimcha 10%. Katta ishlar qiladigan mebelchi tanishlarim ham mijozlarini Instagram orqali topishmaganini aytishadi. Quyidagi so'zlarni menga aytgan deyarli barchaga mebellar sotganman: - "Sizni tavsiya qilishdi" - "Do'stim sizdan olgan ekan" - "Fikrlaringiz menga yoqadi" - "Sizni hurmat qilaman" Mebel uchun $100,000+ to'lov qiladigan va sotuvda 100% natija olib keladigan so'zlarni aytadigan mijozlarni qanday topish haqida maqola yozmoqchiman. O'qiysizmi? Javobingizga qarab maqolani yozaman. © Abdulbosit Vohidov 👉 @mebelium_uz

  • Mebel ishlab chiqarishda 5ta asosiy standartlar bor: 1. Sifat va xavfsizlik standartlari Masalan: ISO9001, ISO45001, EN12520... Mebellarning ishlab chiqarish jarayonidagi sifat va mehnat xavfsizligini, mexanik mustahkamligini va uzoq xizmat qilishini nazorat qilish uchun standartlar. Misol uchun: stulga o'tirganda sinib ketmasligi, shkaf ag'anab ketmasligi, krovatning asosi sinib ketmasligi... 2. Ekologiya va kimyoviy xavfsizlik Masalan: EN 71-3, CARB / TSCA, E0, E1, E2... Mebel ishlab chiqarishda ishlatilgan homashyolarning inson salomatligi va ekologiyaga zararsizligini nazorat qilish uchun standartlar. Misol uchun: MDF/DSPning formaldegid miqdori, lak va bo'yoqlardagi zararli moddalar yo'qligi, kesilgan yog'ochlar o'rniga boshqasi ekilganligi... 3. Mustahkamlik va ergonomika standartlari Masalan: ISO5970, EN527, EN1729, EN 1725, BIFMA X5.1 / X5.5... Mebellarni mustahkam va inson foydalanishi uchun maksimal qulay bo'lishini taminlash uchun standartlar. Masalan: stolning balandligi belni og'ritmasligi, stul tanaga botmasligi, krovatdan oyoq chiqib qolmaslik... 4. Favqulotda holatlarga chidamlilik Masalan: BS 5852, CAL TB 117... Mebel mahsulotlari yong'in, suv toshishi, tok urishi, anomal issiq yoki sovuqqa qanchalik chidamliligini nazorat qilish uchun standartlar. Misol uchun: Suv toshish xavfi bo'lgan joylarda ishlatiladigan mebellarga, suvga chidamli MDF/DSP ishlatish, bolalar bog'chasi, maktab, mehmonxonalarda olovga chidamli MDF/DSPlardan foydalanish. 5. Milliy standartlar Masalan: O'zDSt, GOST Har bir mamlakatning o'z hududidagi mahalliy sharoit, iqlim, xavfsizlik meyorlari va istemolchilar talablaridan kelib chiqib belgilanadigan standartlar. Misol uchun: O'zbekistonda E1 darajasidagi MDF/DSP lar ishlatishga ruhsat beriladi, Yaponiyada esa E0 bo'lishi talab qilinadi. E2 ishlatganlar qamaladi. 📌 O'zingiz ishlab chiqarayotgan mebellarni inson hayoti uchun xavfsiz va dunyo standartlariga mos qilib ishlab chiqarishni istasangiz ChatGPTga quyidagi promptni (so'rovni) yozing: Men "xxx" (krovat, shkaf, yotoqxona to'plami, stol, stul...) ishlab chiqaraman. Ishlab chiqarayotgan mahsulotim inson salomatligi uchun zararsiz va rivojlangan davlatlarga eksport qilishimga yaroqli bo'lishi uchun qanday standartlarga amal qilishim kerak? Chuqur tahlil qil va amaliy qo'llanmalar ber! © Abdulbosit Vohidov 👉 @mebelium_uz

  • Zo'r mebelchi bo'lish oson. Shunchaki mahsulotni, ishlab chiqaruvchidan xaridorga oson va arzon yetkazib berishni eplasang bo'ldi. Ingvar Kamprad — IKEA asoschisi 👉 @mebelium_uz

  • без подписи

  • без подписи

  • Hurmatli o'quvchi, Tahminan 2 yil oldin, ikki mebelchi, ishlari o'xshamagani sabab sohadan chiqib ketishni reja qilishdi. Ularning topishi, orzulari, aql-zakovati bir xil edi. Biri fabrikasini yopib Rossiyaga ishlashga ketmoqchi bo'ldi. Ikkinchisi hamma narsasini sotib Toshkentdagi mebel fabrikasiga oddiy ishchi bo'lib kirmoqchi bo'ldi. Ikki yil o'tgach bu ikki inson muallif(Abdulbosit) oldiga keldi. Ikkisi bir biridan ancha farq qilardi. Farq nimada? Birinchisi Buxorodan bo'lib, o'zining fabrikasiga ega, topishi yaxshilangan va mebel sohasida ancha obro'ga ega bo'lgan edi. Ikkinchisi bir mebel fabrikada oddiy ishchi bo'lib ishlayotgan va o'zining mebel fabrikasini qayta ochish rejasida edi. Farqli qo'llanma Gap shundaki, o'z orzulariga birma-bir erishayotgan birinchi muvaffaqiyatli mebelchi, ikki yil oldin mebelchilar uchun qo'llanma kitob o'qiganini aytdi. U kitob uni chet elga ishchi bo'lib ketish niyatidan qaytargan va o'z mebelchilik biznesini yaxshilash yo'llarini o'rgatgan. O'rganganlarini qo'llab, sohada muvaffaqiyatga erisha boshlagan. Bilim — bu kuch Hozir "Mebelchi izlagan kitob" nomli elektron kitobining sotib olganlar sonini ko'rayapman. 140+ dona. Demak 140dan ortiq soha vakillari, bizneslarini yaxshilashlari uchun yechimlar topmoqdalar. Buni 17 ta, kitobdan foyda olgan o'quvchilarning yozgan izohlaridan bilish mumkin. Pulni tejovchi xarid Siz ham yechimlar topuvchi o'quvchilardan bo'lmoqchimisiz? Unda "Mebelchi izlagan kitob"ni hoziroq 199,000 so'mga xarid qiling. Shu matn orqali sotib olishingiz 56,000 so'm tejashingizga imkon beradi. Sababi kitobning asl narxi 255,000 so'm. Agar kitob menga foyda bermadi deb hisoblasangiz, istalgan payt to'lovni qaytarib olishingiz mumkin! --------------------------------------------- Ikki mebelchi esingizdami? Yuqorida aytganim. Ularning yana bir katta farqi bor edi: Birinchisi — kerakli narsalarni va ularni qanday qo'llashni bilardi. Ikkinchisi — ko'p narsalarni bilardi ammo qanday qo'llashni bilmasdi. Muvaffaqiyatga investitsiya Men sizga "Mebelchi izlagan kitob"ni sotib olgan zahoti muvaffaqiyatli bo'lasiz, deb va'da bermayman. Ammo men sizga shuni kafolat bera olaman: siz foydali, tajribada sinalgan, sodda qo'llanmalarni kitobdan albatta topasiz. Hurmat bilan: Abdulbosit Vohidov (muallif) Kitobni sotib olish uchun: 🖋 @mebelchi_kitobi_admin Tejab qolish uchun "Matn orqali yozdim" deb menejerni ogohlantiring😊 👉 @mebelium_uz

  • Aql, ma’lumot, ilm va tajribaning farqlari Aql — yo’l borligini anglash. Masalan: Men bilaman, mebel sohasida katta daromad qilsa bo’ladi (95-98% inson aqlini ishlata oladi) Ma’lumot — nechta yo’l borligini bildiruvchi manba. Masalan: 3 xil yo’l bilan daromad qilish mumkin ekan: ⁃ Katta miqdorda mebel ishlab chiqarish va bozorlarda sotish; ⁃ Shourum ochish; ⁃ Sotuv ilmini o’ganish. (Ma’lumot, sohada ishlayotgan va ishlamayotgan har kimdan olinishi mumkin) Ilm — shu yo’llarning qaysi biri to’g’riroq ekanini bilib olish. Masalan: Sotuvni o’rganish daromad maqsadiga erishishning eng qisqa yo’li ekan. Onlayn savdo mebelchilikning kelajagi va shu yerdan katta daromad qilish mumkin. (Ilm — kitoblar, ustozlar, darslar, sohada tajribasi borlardan olinadi) Tajriba — tanlagan yo’lidan yurib ko’rish. Misol: Onlayn platforma yasash va uni ishlatib ko’rish (Tajriba asosan qilib ko’rib olinadi) Bu maqolamdan olgan xulosalarim: ⁃ Bilish (aql orqali anglash) natija emas ekan va har kim bilishi mumkin; ⁃ Ma’lumot va ilmni farqlash kerak ekan; ⁃ Tajribalar (qilib ko’rish) natija uchun eng yaqin yo’l ekan; Siz qanday xulosalar oldingiz? 👉 @mebelium_uz

  • Mebelchilarga foydali bo'ladigan kontaktlar (Hamma mebelchi tanishlaringizga yuborib qo'ying. Qidirib yurishmasin) ISHLATILGAN USKUNALAR OLDI-SOTDISI Tel: +998 99 865 35 70 Telegram kanal: t.me/mebelstanokbor FREZERLAR, ROVERLAR UCHUN TIG'LAR, SHKURKALAR Tel: +998 99 515 33 33 Telegram kanal: t.me/abbosfrez ARZONCHI USKUNALAR (ROVER, FREZER, ARRALAR, TORSOVKA) Tel: +998 99 853 72 96 Telegram kanal: @odilbek_nabiev BAZIS KURSLARI (EMAN) Tel: +998 95 119 64 60 Telegram kanal: @emanuz BAZIS KURSLARI (BRRAUF) Tel: +998 90 325 77 78 Telegram kanal: t.me/BazisUz KICHIK USKUNALAR USTASI Tel: +998 90 186 18 73 (Madyor aka) SHPON DO'KONI Tel: +998 99 302 84 36 Telegram kanal: t.me/shponshop Esimda borlarini yozdim. @mebelium_uz kanaliga obuna bo'lib qo'ysangiz, foydali kontaktlar juda ko'p, yana ulashaman😉

  • Amortizatsiya nima? Amortizatsiya — bu asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini, ularning xizmat muddati davomida bosqichma-bosqich xarajatlarga o'tkazish jarayoni. Sodda qilib aytganda yuqoridagi matoxlarning pulini chiqarish uchun, sotiladigan tayyor mahsulot tan narxiga pul qo'shish. Masalan siz quyidagi harajatlarni tan narxga qo'shasiz (misol uchun keltiraman): 1. MDF — 46$ 2. Furnitura — 40$ 3. Ish haqi — 15$ 4. Yo'lkira harajati — 5$ Mahsulot harajati: 106$ Sotuv narxi (20% foyda bilan): 127.2$ Endi amortizatsiyani qo'shamiz (Kichik bizneslarda, mahsulot tan narxiga 5% qo'shib yuboriladi. Bu hisob-kitobni osonlashtirish uchun. Buxgalteriya hisoboti bo'yicha amortizatsiya boshqacha hisoblanadi): 1. MDF — 46$ 2. Furnitura — 40$ 3. Ish haqi — 15$ 4. Yo'lkira harajati — 5$ 5. Amortizatsiya — 5.3$ Mahsulot harajati: 111.3$ Sotuv narxi (20% foyda bilan): 133.56$ Ko'rib turganingizdek, amortizatsiyani qo'shish mahsulotning sotuv narxini oshiradi. ☝🏻 Bu eng to'g'ri hisoblash. Chunki asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, o'zining o'rniga yangisini olish uchun pul to'plashlari shart. Bu fabrikangiz uzoq yil ishlashi, kengayishi va rivojlanishi uchun zarur! 👉🏻 @mebelium_uz

  • Mebelchilar uchun asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. ⚙️ Asosiy vositalar (ОС - Основные средства) Bu — korxonada uzoq muddat (odatda 1 yildan ortiq) xizmat qiladigan, ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy (qo'l bilan ushlash mumkin bo'lgan) aktivlar (sotsa pul bo'ladigan narsalar). Asosiy vositalarga nimalar kiradi? ● Bino va inshootlar — zavod binolari, ustaxona, ombor, ofis binosi ● Mashina va uskuna — Altendorf arra, ЧПУ uskuna, press, kromka uskunasi ... ● Transport vositalari — avtomobil, forklift (avtokaralar), yuk mashinasi ... ● Ofis jihozlari — kompyuter, printer, mebel (stol, stul) ● Ishlab chiqarish inventari — konteynerlar, qo‘l asboblari (agar ularning muddati uzoq va qiymati yetarlicha katta bo‘lsa. Misol uchun: drel, qo'l frezeri, dolbyoshka, ombir...) 💡 Nomoddiy aktivlar (НМА - Нематериальные активы) Bu — jismoniy shakli bo‘lmagan, ammo korxonaga foyda keltiradigan aktivlar. Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi? ● Dasturiy ta’minot (software) — korxona uchun maxsus xarid qilingan dasturlar (masalan, AutoCAD, Bazis, SAP, AmoCRM, 1C ERP) ● Litsenziyalar, patentlar —brend pantenti, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki dizayn patentlari ● Tovar belgilari (brendlar) — logotip, kompaniya nomi ● Goodwill (firma obro‘si) — brend obro'si, mijozlar bazasi, taniqliligi, xodimlar tajribasi (odatda brendni sotayotganda hisobalanadi) Tushuntira oldimmi yo'qmi bilishni istardim. Fikringizni yozib qoldiring iltimos😊 👉🏻 @mebelium_uz

  • Shisha va guruch qobig‘idan DSP yasashdi Rossiya va Xitoy olimlari DSPni guruch qobig‘i, yog‘och qirindilari va suyuq shishadan tayyorlashdi. Bu texnologiyaning mualliflari — Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Qattiq jism kimyosi va mexanik kimyo instituti (SO RAN) olimlari hamda Xitoyning Dalian Kesite Solid Phase Chemical Material Co., Ltd. kompaniyasi tadqiqotchilari. Bu haqda BFM.ru va Togliatti24.ru nashrlari xabar berdi. Afzalliklari — ekologik toza, suvga chidamliroq, yong'inga o'ta chidamli. Kamchiligi — qimmat. Balki kelajakda narxni tushirish yo'llari topilar. 👉🏻@mebelium_uz