- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 157
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 27
- 1/48двое суток
- 30
- 1/72трое суток
- 33
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📊Qon bosimi darajalarini bilasizmi? https://t.me/medicstudent03
🔴Ushbu kinoni barchaga koʻrishni tavsiya qilaman‼️ 🎥 "Baxt ortidan izlab" Bu kino shuni o‘rgatadi: ☑️Qiyinchilik bahona emas, muvaffaqiyatga olib boruvchi sinovligini; ☑️Bugungi mashaqqat — ertangi muvaffaqiyatning narxi ekanligini tushunib yetasiz! P.S. Vaqtingiz bo'lganda iloji bo'lsa, dam olish sifatida shu kinoni ko'rib chiqing, oz bo'lsada manfaatli bo'ladi.
🫁 Intubatsiya — bemorning nafas yo‘liga maxsus naycha (endotraxeal trubka) kiritib, nafas yo‘lini ochiq saqlash va zarur bo‘lsa sun’iy nafas oldirish imkonini beradigan tibbiy muolaja. Eng ko‘p qo‘llaniladigan turi — endotraxeal intubatsiya. Bunda odatda laringoskop yordamida og‘iz orqali trubka ovoz paylari orasidan o‘tkazilib, traxeyaga joylashtiriladi. Trubkaning uchi qizilo‘ngachga emas, aynan traxeyaga tushishi muhim. Intubatsiya odatda umumiy narkoz vaqtida, bemor mustaqil nafas ololmaganda, og‘ir nafas yetishmovchiligida, reanimatsiya vaqtida yoki nafas yo‘lini aspiratsiyadan himoya qilish zarur bo‘lganda bajariladi. Trubka orqali bemorga kislorod berish va uni sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi (IVL) apparatiga ulash mumkin. 🧑⚕ Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
❌ DMED Videodarslik 😎 18-darslik 📌 Amaliyotchi hamshiralar uchun ✔️ Tug‘ilgan sanasi ma’lum bo'lmagan bemorni qidirish 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ➡️ @toifatestlaribot 👩⚕️Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
❌ DMED Videodarslik 😎 17-darslik 📌 Amaliyotchi hamshiralar uchun ✔️ Bemorning profili Hujjatni bemor profiliga biriktirish 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ➡️ @toifatestlaribot 👩⚕️Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
❌ DMED Videodarslik 😎 16-darslik 📌 Amaliyotchi hamshiralar uchun ✔️ Bemorning profili Bemor profilidagi shaxsiy ma’lumotlar yangilash 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ➡️ @toifatestlaribot 👩⚕️Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
❌ DMED Videodarslik 😎 15-darslik 📌 Amaliyotchi hamshiralar uchun ✔️ Patronaj rejasini tuzish 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ➡️ @toifatestlaribot 👩⚕️Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
❌ DMED Videodarslik 😎 13-darslik 📌 Amaliyotchi hamshiralar uchun ✔️ Bemorlarning o'z hududiga biriktirilishi 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ➡️ @toifatestlaribot 👩⚕️Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
⚡️ Dmed bo'yicha 1-Videodarslik 👩💻 Registratura 📈 Qabulga elektron ro'yxatdan o'tish 🔭 Biriktirilganlikni tekshirish 📝 Bemor haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni kiritish ✏️ 🖨 Qabulni bekor qilish, talonni chop etish 📖 Hujjatlarsiz bemorlarni ro'yxatdan o'tkazish 📌 Manba: dmednews 💯 Toifa testiga onlayn tayyorlanish ✔️ @toifatestlaribot 👩⚕️ Yana ham ko'plab ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
🔰O’ZBEKISTON RESPUBLUKASI PROFILAKTIK EMLASHLAR KALENDARI. 🔝 Apikal Med || Tibbiy blog
Oʻtkir appenditsit siptomlari (15ta) 👩⚕️ Oʻtkir appenditsit (MKB-10: K35 — Oʻtkir appenditsit) shoshilinch abdominal xirurgiyaning eng koʻp uchraydigan patologiyalaridan biridir. Bemorlarning atigi 50-60 foizidagina oʻtkir appenditsitning tipik (klassik) klinik manzarasi namoyon boʻladi. Chuvalchangsimon oʻsimtaning anatomik joylashuvi (retrotsokal, pelvik, subgepatik, retroperitoneal) xilma-xil boʻlishi va patofiziologik yalligʻlanish kaskadining turli bosqichlari (kataral, flegmonoz, gangrenoz, perforativ) klinik simptomatikaning keng doirasini yuzaga chiqaradi. Jarrohlik amaliyotida toʻgʻri va oʻz vaqtida tashxis qoʻyish hamda boshqa oʻtkir xirurgik yoki ginekologik patologiyalar (masalan, oʻtkir xolesistit MKB-10: K81.0, tuxumdon apopleksiyasi MKB-10: N83.8) bilan differensial diagnostika o'tkazish uchun yalligʻlanish va peritonitni tasdiqlovchi qator obyektiv va subyektiv simptomlar kompleks baholanishi talab etiladi. I. Dastlabki (Subyektiv) Simptomlar Kasallikning inisiatsiya bosqichida intraluminal bosimning ortishi va visseral innervatsiyaning qo'zg'alishi asosan subyektiv va noaniq belgilarni keltirib chiqaradi. 🔴 1. Kocher-Volkovich simptomi (Og'riq migratsiyasi): Oʻtkir appenditsitning eng ishonchli va eng koʻp uchraydigan (70-80% holatlarda) ilk xirurgik belgisidir. Kasallikning birinchi soatlarida og'riq epigastral sohada yoxud kindik atrofida diffuz, o'tmas xarakterda boshlanadi. Bunga sabab, o'simtaning afferent simpatik nerv tolalari T8-T10 dermatomlariga (me'da, o'n ikki barmoqli ichak va ingichka ichak innervatsiyasiga mos) borib taqalishidir. 4-6 soat o'tgach, yallig'lanish o'simta devorining seroz qavatiga va qorin pardaning parietal varag'iga (parietal peritoneum) o'tadi. Parietal qorin parda aniq somatik innervatsiyaga ega bo'lganligi sababli, og'riq o'ng yonbosh sohasiga (Fossa iliaca dextra) ko'chadi va lokal, qat'iy va keskin xarakter oladi. 🔴 2. Anoreksiya (Ishtahaning yo'qolishi): Og'riq bilan bir vaqtda yoki undan oldin yuzaga keladigan patognomonik belgi. Yallig'lanish tufayli ajralib chiqqan interleykinlar (ayniqsa IL-1 va TNF-alfa) hamda intraluminal gipertenziya gipotalamusdagi ovqatlanish markazini tormozlaydi. Ko'pgina akademik protokollarda "Bemor ochlikni his etsa, appenditsit tashxisi shubha ostiga olinishi kerak" degan qoida mavjud. 🔴 3. Ko'ngil aynishi va qusish: Og'riq boshlanganidan keyin 1-2 marta qayd etiladigan reflektor qusish bo'lib, u yengillik keltirmaydi. O'tkir yallig'lanish ta'sirida splanxnik asab tizimining qo'zg'alishi va gastrik staz natijasida yuzaga keladi. Qusishning og'riqdan oldin boshlanishi ko'proq o'tkir gastroenterit (MKB-10: A09.0) yoxud oziq-ovqat toksikoinfeksiyasiga xosdir. II. Obyektiv Xirurgik Simptomlar (Mahalliy Peritonit Belgilari) Bemorning obyektiv ko'rigi o'ng yonbosh sohasida to'qima giperesteziyasi, mushak himoyasi va mahalliy peritonitni izlashga qaratiladi. 🔴 4. Shchyotkin-Blumberg simptomi: Qorin bo'shlig'i xirurgiyasining asosiy diagnostik mezoni bo'lib, parietal qorin pardaning yallig'lanishini (lokal yoki tarqalgan peritonitni — MKB-10: K65) anglatadi. Xirurg barmoqlarini o'ng yonbosh sohasidagi qorin devoriga asta-sekin, chuqur botirib boradi, og'riq sezilishi mumkin. Biroq, qo'l to'satdan va keskin olinganda, og'riq qorin pardaning tortilishi hisobiga ekstremal tarzda kuchayadi (Rebound tenderness). Ushbu simptom gangrenoz va perforativ appenditsitda o'ta aniq bo'ladi. 🔴 5. Rovzing (Rovsing) simptomi: Xirurg chap yonbosh sohasida tushuvchi chambar ichak (colon descendens) proyeksiyasida barmoqlari bilan kuchli bosib, ichak gazlarini retrograd tarzda (pastdan yuqoriga va ko'richak tomonga) siqadi. Gazning ko'richak (caecum) va chuvalchangsimon o'simta bo'shlig'iga bosimi ortishi hisobiga o'ng yonbosh sohasida kuchli og'riq yuzaga kelishi Rovzing simptomining musbat ekanligini tasdiqlaydi. 🔴 6. Voskresenskiy simptomi ("Ko'ylak" simptomi): Xirurg bemorning yupqa ko'ylagi ustidan qo'lini epigastral sohadan pastga, chap va o'ng yonbosh sohalariga qarab sirpantirib, tezkor harakatlantiradi. O'ng yonbosh sohasiga kelganda og'riqning keskin kuchayishi musbat simptom sanaladi. Bu holat mushaklarning reaktiv spastik qisqarishi va yallig'langan parietal qorin pardaning tirnalishi bilan bog'liq. 🔴 7. Sitkovskiy simptomi: Bemor chalqancha yotgan holatdan chap yonboshiga o'girilib yotganda, o'ng yonbosh sohasida og'riqning kuchayishi. Patogenetik asosi shundaki, chap yonboshga yotganda ko'r ichak, yallig'langan chuvalchangsimon o'simta va ichak tutqichi (mesenterium) o'z og'irligi hisobiga pastga, medial tomonga siljiydi. Yallig'langan boylam va o'simtaning tortilishi og'riq refleksini beradi. 🔴 8. Bartomye-Mixelzon simptomi: Bemor chap yonboshiga qiya yotgan holatda xirurg o'ng yonbosh sohasini palpatsiya qiladi. Bu pozitsiyada o'ng qorin devori mushaklari maksimal darajada bo'shashadi va ko'richak osti yaxshiroq seziladi. Palpatsiya vaqtida chuqur va aniq og'riqning paydo bo'lishi appenditsit diagnostikasi uchun yuqori qiymatga ega. 🔴 9. Obrazsov simptomi (Psoas sign): Asosan retrotsokal (ko'richak orqasidagi) joylashgan appenditsitda musbat bo'ladi. Xirurg qorin devorini o'ng yonbosh sohasida sekin bosib turadi, so'ngra bemordan o'ng oyog'ini tizzadan bukmasdan tepaga ko'tarishni (yoxud chap yonbosh yotganda o'ng oyoqni orqaga maksimal tortishni) so'raydi. M. psoas major (katta bel mushagi) ning qisqarishi uning ustida yotgan yallig'langan o'simtani ezadi va kuchli og'riqni yuzaga keltiradi. 🔴 10. Koup (Cope) yoki Obturator simptomi: Tos bo'shlig'ida (pelvik) joylashgan appenditsitda kuzatiladi. Bemor chalqancha yotgan holatida o'ng tizzasi va chanoq-son bo'g'imi 90 gradusga bukiladi. Xirurg oyoqni ichkariga qarab keskin aylantiradi (ichki rotatsiya). M. obturatorius internus ning qisqarishi o'simta bilan kontaktga kirishib, gipogastral yoxud qov osti sohasida og'riq beradi. 🔴 11. Yaure-Rozanov simptomi: Retrotsokal va retroperitoneal appenditsitlarda xirurg Peti (Petit) uchburchagi sohasida — o'ng bel va yonbosh suyagi qirrasi oralig'ida barmoqlari bilan kuchli bosganda chuqur og'riqning sezilishi. Ushbu sohada qorin parda yo'qligi sababli, qorin old devoridan palpatsiya qilinganda og'riq yengil yoxud umuman bo'lmasligi mumkin. 🔴 12. Razdolskiy simptomi: Xirurg o'ng yonbosh sohasida qorin oldingi devori bo'ylab barmoq uchlari yoki perkussion bolg'acha yordamida yengil perkussiya (urib ko'rish) qilganda og'riqning namoyon bo'lishi. Parietal qorin pardaning yallig'lanish zonasidagi giperalgeziyasi (lokal peritonit) sababli yuzaga keladi. 🔴 13. Ivanov simptomi: O'ng va chap kindik-yonbosh (umbilico-ilial) masofalarining assimetriyasi. Yallig'lanish oqibatida o'ng yonbosh sohasidagi mushaklarning reflektor qisqarishi va tarangligi hisobiga kindik o'ng va pastki tomonga bir oz tortiladi, natijada o'ng kindik-yonbosh chizig'i chapdagisiga nisbatan vizual ravishda qisqaroq ko'rinadi. 🔴 14. Kryukov simptomi: Bemor chuqur nafas olib nafasini ushlab turganda va qayta nafas chiqarganda qorin bo'shlig'i a'zolari diafragma ta'sirida yuqoriga-pastga siljiydi. Xirurg o'ng yonbosh sohasini palpatsiya qilib turgan vaqtda yallig'langan o'simtaning harakati qorin pardaga ishqalanishi hisobiga chuqur og'riqni chaqiradi. 🔴15. Mixelzon simptomi (Homiladorlarda): Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrida kengaygan bachadon ko'richak va chuvalchangsimon o'simtani o'ng qovurg'a ostigacha surib yuboradi. Bemor o'ng yoniga yotganda (homilador bachadon o'ng tomonga ag'darilib, yallig'langan o'simtani devorga qisadi) va palpatsiya qilinganda og'riqning keskin ortishi Mixelzon simptomining musbatligini ko'rsatadi. Bu holat o'tkir appenditsitni o'tkir xolesistit (MKB-10: K81.0) yoki pielonefritdan (MKB-10: N10) ajratishda nihoyatda muhimdir. Yana ham ko'proq ma'lumotlar @tibbiyot_haqida kanalida
Qonning biokimyoviy tahlili
Хирургические инструменты (Jarrohlik asboblari)🤩 Xirurg bo‘lmoqchi bo‘lganlarga yuborib qo‘yamiz https://t.me/medicstudent03
" Ronaldo " mnemonikasi 😎 https://t.me/medicstudent03
💉EMLASH KALENDARI Bu narsani hamma havo va suvdek bilishi kerak Yosh UASH do'stingizga tashlab qoying https://t.me/+qP6pMhmuT4Q0OTcy https://t.me/+qP6pMhmuT4Q0OTcy
Taqdirini yarim yo‘lda qoldirmoqchi bo‘lganlar yoxud g‘animat umrning shiddati Oq xalat kiyib kechalari uxlamayotgan bo‘lajak shifokor birodarim... Chizmalaru kodlar ichida kelajak qidirayotgan muhandis yoshlar... Va qo‘lida hunari bilan hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan Ausbildung izlovchi yigit-qizlar... Bir on to‘xtab, o‘zingizga savol bering: shu cheksiz mehnatlaringiz, yoshlik shijoatingiz faqat shu tor zamin ichida, arzimas qadrlanish evaziga sovurilib ketishiga rozimisiz? Bugun Germaniya tibbiyot, texnika va professional kasb egalariga eshiklarini lang ochib qo‘ygan. Bu shunchaki orzu emas — yillik qat'iy va rasmiy statistika. Ammo minglab yoshlarning bu buyuk imkoniyatini birgina to‘siq — til bilmaslik g‘ovlagi barbod qilmoqda. Biz quruq qoidalarni yodlatmaymiz. Neyronlarni faollashtiruvchi zamonaviy amaliy metodika (Handlungsorientierter Unterricht) orqali 1 oylik bepul vebinarlarda nemis tilini nutqqa chiqaramiz. ‼️ 4 -Avgustdan 4-Sentyabrgacha Mutlaqo Bepul A1 daraja uchun darslarimizga taklif qilamiz . Umr — oqar daryo, fursat esa g‘animat. Bugun dadil qadam tashlamasangiz, ertaga kech bo‘lishi tayin. 👉 Kanalga ulaning va kelajak eshigini oching: Hallo German — Maqsadlar nemis tilida gapirganda!🔖 Telegram YouTube
Mexanizm Yelka mushaklari qisqarib bo'shashish mexanizmi https://t.me/medicstudent03
без подписи
без подписи
без подписи