Menxam nomoz oqiyman
Статистика- Последний пост
- 6 июн. 2021 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Таҳорат қандай қилинади? 📽#видео
5) XUFTON NАМOZI o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz Kanalimiz👇 @menxamnamozoqiyman
4) SHOM NAMOZI o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz Kanalimiz👇 @menxamnamozoqiyman
3) Asr Namozi o'qilishi ayollar uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz Kanalimiz👇 @menxamnamozoqiyman
2) Peshin Namozi O'qilishi Ayollar🧕 uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz Kanalimiz👇 @menxamnamozoqiyman
1) Bomdod Namozi O'qilishi Ayollar Uchun | Namoz o'qishni o'rganamiz Kanalimiz👇 @menxamnamozoqiyman
(5) Xufton namozi o'qish tartibi Bizni kuzatib borish uchun linkni bosasiz👇👇👇 @menxamnamozoqiyman
(4) SHom namozi o'qish tartibi Dostlarga ulashing savob oling Bizni kuzatib boring👇👇👇 @menxamnamozoqiyman
(3) Asir namozi o'qish tartibi Döstlarga yuboring örganib olishsin Ulanish👇👇👇 @menxamnamozoqiyman
(2) Peshin namozi o'qish tartibi Biz bilan qoling👇👇👇 @menxamnamozoqiyman
(1) Bomdod namozi o'qish tartibi Erkaklar uchun. Abu Hanafa Imomi Azam Mazhabi böyicha @menxamnamozoqiyman
Tahorat olish tartibi @menxamnamozoqiyman
📿Istigʻforning 40 xosiyati.. 1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi; 2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi; 3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi; 4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi; 5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi; 6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ; 7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi; 8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi; 9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi; 10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi; 11. Mol-dunyoga baraka kiritadi; 12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi; 13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq; 14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi; 15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi; 16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi; 17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi; 18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ; 19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi; 20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi; 21. Boshga tushgan balolarni daf etadi; 22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi; 23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ; 24. Istigʻfor majlis kafforatidir; 25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ; 26. Shayton vasvasasini qaytaradi; 27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ; 28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi; 29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi; 30. Xursandchilik olib keladi; 31. Yuzni nurli qiladi; 32. Rizq kelishini osonlashtiradi; 33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ; 34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi; 35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi; 36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi; 37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi; 38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi; 39. Qalbni tiniqlashtiradi; 40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi... @menxamnamozoqiyman
Ғафлатда қолманг! Ашуро кунининг фазилатлари:Бир йиллик гуноҳларга каффорат, бир йиллик барака☝🏻 Эслатма! 2020 йилнинг 20 август куни – янги 1442 ҳижрий йил – Муҳаррам ойи бошланишининг 1 кунидир. Ашуро куни 2020 йилнинг 29 август, шанба кунига тўғри келади.🌙 Муҳаррам ойи қандай ой? Муҳаррам ойи – мусулмонлар тақвимининг биринчи ойидир. Бу ой Аллоҳ таоло уруш, қон тўкишни ҳаром қилган (Зулҳижжа, Зулқаъда, Муҳаррам, Ражаб) тўрт ойнинг бири бўлиб, унинг ўнинчи куни яъни, ашуро куни алоҳида фазилатларга эга. 🌙 Ашуро қандай кун? Бу кун ҳақида Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бу шундай яхши кундирки, бу кунда Аллоҳ Бани Исроилни душманларидан қутқарган. Шу боис Мусо алайҳиссалом бу кунда рўза тутган. Мен Мусога кўпроқ (яқин бўлишга) ҳақлироқман”, дедилар ва у кунда рўза тутиб, одамларни ҳам унинг рўзасини тутишга буюрдилар” (Имом Бухорий ривояти).🌙 Ашуро куни рўза тутиш ўтган бир йиллик гуноҳларга каффорат бўлади. Бу ҳақда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси – Аллоҳдан умид қиламанки – бир йил олдинги гуноҳларга каффорат бўлади”, деганлар (Имом Муслим ривояти).🌙 Бу кун яқинларга кенгчилик қилиш, бир йиллик кенгчиликка сабаб бўлади. Абу Саъд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро куни аҳли аёлига кенглик яратса, Аллоҳ унга йил бўйи кенглик яратади”, дедилар (Имом Байҳақий ривояти).🌙 Суфён ибн Уяйна раҳматуллоҳи алайҳ: “Бу ҳадисни олтмиш йил тажриба қилдим ва фақатгина яхшилик кўрдим”, деганлар.🌙 Ашуро кунини Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қандай ўтказардилар? Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бу кунни ўтказиб юбормаслик учун қаттиқ ҳаракат қилардилар, унинг савобига эришиш учун бу куннинг келишини интиқлик билан кутардилар. Бу ҳақда Ибн Аббос розияллоҳу анҳу айтадилар: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни Ашуро куни рўзасини бошқасидан афзал кўриб, соғиниб, Рамазон ойи рўзасини кутиб соғингандек, бошқа кун ва ой рўзасини кутганларини кўрмадим” (Имом Бухорий, Имом Муслим ривояти). 🌙 Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Ашуро куни рўзасини тутиб, одамларни ҳам бу куннинг рўзасини тутишга буюрганларида, саҳобалар: “Ё, Расулуллоҳ! Бу кун яҳудий ва насронийлар улуғлайдиган кун-ку!” дейишди. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Аллоҳ хоҳласа келаси йил тўққизинчи куни ҳам тутамиз”, дедилар. Аммо, келаси йил келмасидан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам вафот этдилар (Имом Муслим ривояти).🌙 Уламоларимиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ушбу ниятларига эътиборан, Ашуро кунига қўшиб бир кун олдинги ёки бир кун кейинги кунда ҳам рўза тутмоқ афзал дейдилар.🌙 Аллоҳ таоло ушбу ойнинг фазилатларидан барча мўмин-мусулмонларни тўлиқ баҳраманд этсин. Ўзининг розилигини топадиган амалларда бардавом қилсин.🤲🏻 @menxamnamozoqiyman
Telefon uchun HD suratlar👆😊
Yaqinlarizga ulashing
Barcha ezgu hislar siz ila yashar, Eng yaxshi xislatlar doim yarashar, Siz Olloh siylagan ilohiy zotsiz, Shu bois boshiga ko'tarar bashar. Oila bog'ida bog'bon o'zingiz, Jannatdan taralgan ifor o'zingiz. Bugun poyingizda zaminu falak, Siz uchun eng go'zal Hayit muborak! @menxamnamozoqiyman
❤️MAKTABNI SOG'INGANLAR UCHUN❤️ @menxamnamozoqiyman👇👇👇 @maktab_dav👆👆👆
CHIMILDIQA KIRMAY O'ZINI OSGAN KIYOV Qo’shyuraklar yog’dusi O’zin beshak chimildiq Bo’y qizlarning orzusi Atlas to’shak chimildiq Go’shangada shirin hayollar og’ushida o’z yorini kirib kelishini kutayotgan kelinchakning hayolllarini hovlida ko’tarilgan yeg’i ovozi bo’lib qo’ydi. Hovli o’rtasida "Chimidiqqa ham kirishga ulgurmagan bolam” – deb faryod tortayotgan ona, uning qo’llarida esa kelinchak intiqlik bilan kutayotgan kuyov bolaning jonsiz jasadi yotardi. . Chimildiqqa kirmay o’zini osgan Kuyov To’ydan uch kun oldin Jamshidni qo’l telefoni jiringladi - Allo. - Jamshid men Boburman… - Hozir sen xaqinda o’ylab turgandim boy bo’larkansan. Tezroq uyga kel bir ikkita ishlar bor yordamin kerak do’st… - Senga aytadigan juda muhim gapim bor… - Tinchlikmi nima bo’ldi… - Tez yetib kela olasanmi… - Qeyerdasan ? - "Mersi” kafesida. - Hozir boraman. Jamshidni kafega kirganganda Bobur chekkadagi stolda o’zi yolg’iz o’tirardi. - Qanday muhim gap ekan juda shoshirtirdinding odamni. - Bir oy oldin dachada dam olganimiz esindami? - Ha esimda. - Nigorachi? - Kel shularni eslatma? Bunday ishlarni tashlaganman endi. Uch kun keyin to’yim bo’layapti axir. - O’sha Nigora "SPID” ekan. - Hazillashyapsanmi? - Yo’q jiddiy aytyapman. Bir haftadan beri o’zimni nohush his qilib yurgandim. Klinikaga borib do’xtirga uchrashsam analiz topshirishimni aytdi. Man uni aytganlarini bajardim. Analiz natijalariga ko’ra OITS ga chalinganim malum bo’ldi. Ishongim kelamadi. Doxtir kasallikni yuqish yo’llarini tushintirgandan keyin esimga Nigora tushdi. Tezda uni toptim. U ham analiz topshirdi. Taxminim tog’ri chiqdi manga undan yuqqan ekan. Nigorani o’sha paytda o’ldirgim keldi, lekin uni shundoq ham Xudo urib qo’yganku o’zi. Shuning uchun "SPID” bo’lganini bilib qiynalanib yashasin deb tinch qo’ydim. Nima bo’sa ham xudodan. Bugun kechasi davolangani Germaniyaga uchib ketyapman. - Nima deyishni ham bilmayman do’stim. Xudo shifo bersin. - Yana bir gap o’sha kuni Nigoraga tegmaganding? - Yo’g’ey! Man odobli bolamanku – bu gapdan keyin ikkalasi ham birdaniga kulib yuborishdi. Bubur xursand edi chunki o’sha kuni Jamshid Nigoraga yaqinlashmagan ekan. Demak u so’g’lom. - Do’stim afsus to’yinda xizmat qilish nasib etmas ekan. - Muhimi so’glik Bobur. - O’gil to’yinda yoninda turish nasib qilsin - Aytganing kesin. Bobur bilan xayrlashib kafedan chiqqan Jamshid to’g’ri klinika bordi. Chunki u ham o’sha kuni Nigora bilan birga bo’lgandi. Uni ham OITS ga chalingani ma’lum bo’ldi. Jamshid analiz topshirmasdan ham oldin buni sezgandi. U uzoq o’yladi. Bir yoqda to’y bir yoqda bu kasallik. Oxiri bir qarorga keldi "To’y bo’ladi chunki xaqiqatni undan boshqa xech kim bilmaydi”. To’y ham o’tdi. Chimidiqqa kiradigan payt ham bo’ldi. Jamshid kuyovjo’raga "Men hozir kelaman” dedida hovlini orqa tomoniga o’tdi. Og’ilxonaga kirib yuqoridagi ustunga arqonni bog’ladida o’zini osdi… So’ngi damda o’zining bedavo kasalini Kelinchakka ham yuqishini istaganman Jamshid uni bahti uchun o’zini osishga qaror qilgandi. Ammo u adashgan edi. Chimildiqqa kirmay o’zini osgan Kuyovning bevasining hayoti bahtizlikning tupsiz jariga qulashini o’ylagan edi... @menxamnamozoqiyman
КОРОНАВИРУС БИЛАН СУҲБАТ - Сен недан яралдинг, матлабинг нима, Маконинг ҳудудсиз, манзилинг изсиз. - Эй одам, мен ҳақда бундай сўз дема, Ҳеч не яралмаган Аллоҳ измисиз! - Нечун одамларга қўрқув солурсан, Илон каби чиқдинг айт, қайси индан? - Эй банда, сен ҳамон ношудсан, ғўрсан, Худодан қўрққанлар қўрқмайди мендан! - Айт қандай асрансин сендан одамлар, Бедаво жабрингга борми бир малҳам? - Фақат бир чора бу - ҳушёр қадамлар, Ўзин асраганни асрар худо ҳам! - Не сир бор бундайин ваҳминг ортида, Айт қайга бекинсам қилмайсан ҳужум? - Мен ожиз қолурман дуо олдида, Ёпиқ эшикларга етмайди кучим! - Нечун шарпанг кўзга ҳеч кўринмасдир, Қанча синайдирсан сабрлар кучин? - Асли менинг исмим Covid эмасдир, Мен бир Синовдирман одамлар учун! Ўзин асраганни асрар Аллох! •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•