Otabek Eshmamatov
Статистика- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 66
- 1/48двое суток
- 75
- 1/72трое суток
- 81
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Афсонавий боксчи Руфат Рисқиев 76 ёшда ҳаётдан кўз юмди. Руфат Рисқиев ўзбек боксчилари орасида биринчи бўлиб, 1974 йилда жаҳон чемпиони унвонига эришган. 1976 йилги Монреаль олимпиадасида кумуш медаль қўлга киритган. Қайсидир маънода ўзбекистонлик боксчиларнинг…
Афсонавий боксчи Руфат Рисқиев 76 ёшда ҳаётдан кўз юмди. Руфат Рисқиев ўзбек боксчилари орасида биринчи бўлиб, 1974 йилда жаҳон чемпиони унвонига эришган. 1976 йилги Монреаль олимпиадасида кумуш медаль қўлга киритган. Қайсидир маънода ўзбекистонлик боксчиларнинг бўлажак ғалабаларига пойдевор қўйган спортчилардан бири ҳисобланади. Охирги йилларда Рисқиев оғир хасталик билан курашаётган эди. Руфат аканинг яқинларига ҳамдардлик билдирамиз. t.me/Davron_Fayziev
Футболчининг аламли ҳаёти... Доим ҳам оиланг билан бўлавермайсан. Иссиқ-совуқ пайтларда сафарда бўлишинг мумкин. Навбатдаги турга кетаётганингда эрка ўғлинг кузатгани чиқади: — Менга нима олиб келасиз, ада? — дейди. Йўлдасан... Қўнғироқ... — Ўғлим, ўғлинг омонатини топширди... Қандай ахир, қандай? Тўрт йил аввал қизчасини ўз қўллари билан қабрга қўйгани каммиди? Қандай қилиб яна бундай синов? Ахир ота-онасининг дуосини олиб юрган бўлса, бировга оғир гапирмаса, ирода топиб ҳаётидаги фаолиятини давом эттиришда куч топа олган бўлса... Яратган суюкли бандасига синов беради. Темурхўжа, бардам бўл, ука! Ўғлинг ва қизинг сени ва оилангни жаннатда, эшикларни очиб кутиб олади ҳали. Ҳали сен боқий дунёда уларни тўйиб-тўйиб бағрингга босасан! PS: Temurxo‘ja Abduxoliqovga Olloh sabr bersin, hech kimga farzand dog‘ini ko'rsatmasin. Manba: Nodirxo‘ja Yuldashev telegram kanali 👇👇👇
Nihoyat Krishtiano Ronaldo va Jorjina qonuniy nikohdan o‘tishdi. Baxtli bo'lishsin deyman (bu juftlikka yoshlar iborasini ishlatishga ham xijolat bo‘lasan) 👇👇👇
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Happy birthday to you!!! Bugun o‘zbek xalqining ardoqli o‘g‘loni, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Ravshan Ermatovning tug‘ilgan kuni. Ravshan Sayfiddinovich hayotda o‘ta kamtar inson, rahbar sifatida esa o‘ziga juda talabchan, xodimlarni yaxshi gapirib ishlatishni biladigan zamonaviy menejer. Fursatdan foydalanib Ravshan akaga uzoq umr, sihat-salomatlik va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo'lsin! 👇👇👇
Беҳруз Каримов фаолиятини Швейцариянинг «Лугано» клубида давом эттиради. Ўзбекистон миллий терма жамоасининг 19 ёшли ҳимоячиси Европа клуби билан шартнома имзолади. Бу ҳақда Ўзбекистон футбол ассоциацияси маълум қилди. 2007 йил 7 августда туғилган Каримов футболчилик фаолиятини «Одил Жуниор» академиясида бошлаган. Кейин «Олимпик»да ўйнаган, 2025 йил февралида эса Термизнинг «Сурхон» клубига ўтган. Ўнг қанот ҳимоячиси қисқа вақт ичида миллий терма жамоагача етиб борди. ЖЧ-2026да Колумбия ва Португалияга қарши учрашувларда Ўзбекистоннинг асосий таркибида майдонга тушди. Энди у Швейцариянинг энг тарихий клубларидан бири саналган «Лугано» сафида ўйнайди. 1908 йилда ташкил этилган клуб уч марта Швейцария чемпиони бўлган ва тўрт марта мамлакат кубогини қўлга киритган. «Лугано» 2025/26 йилги мавсумни Швейцария Суперлигасида 3-ўринда якунлади ва УЕФА Конференциялар лигаси саралашида иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди.
видео или голосовое, без подписи
Javohir Sindarov - Saint Louis Rapid & Blitz 2026 turnirida 2-o‘rinni egalladi Rameshbabu Praggnanandha Grand Chess Tour seriyasiga kiruvchi nufuzli Saint Louis Rapid & Blitz 2026 turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Asosiy 9 tur rapid va 18 tur blits bahslari yakuniga ko‘ra hindistonlik grossmeyster turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab, musobaqa kubogi hamda 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov esa faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda 40 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasini qo‘lga kiritdi. 👇👇👇
🟡 📸 03.09.2008 Instagram|Facebook|YouTube|X @hasanpirmuhamedovhp
🟡 📸 03.09.2008 Instagram|Facebook|YouTube|X @hasanpirmuhamedovhp
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Luis Mejía Oviedo: “Kurashning 2030 yilgi o‘yinlar dasturiga kiritilish imkoniyati yuqori” 🇩🇴Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ziyoviddin Xodjiniyazov Santo Domingo shahrida Markaziy Amerika va Karib dengizi sport tashkiloti – Centro Caribe Sports Prezidenti Luis Mejía Oviedo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. 🔰1924-yilda tashkil etilgan Centro Caribe Sports bugungi kunda Markaziy Amerika va Karib dengizi mintaqasidagi 35 ta mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasini birlashtiruvchi nufuzli sport tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot tomonidan ilk Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari 1926-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu musobaqalar dunyodagi eng qadimiy mintaqaviy kompleks sport o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 🏆Joriy yilda XXV Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari 24-iyuldan 8-avgustga qadar Dominikan Respublikasining Santo Domingo shahrida bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinlar doirasida Panamerika Kurash chempionati ham tashkil etilib, Kurash sportining xalqaro salohiyati hamda yirik kompleks sport musobaqalariga tayyorligini namoyish etuvchi muhim taqdimot maydoniga aylandi. 🎙Uchrashuv davomida Luis Mejía Oviedo Kurash sportining Panamerika mintaqasida jadal rivojlanayotganini alohida e’tirof etdi. U Panamerika Kurash chempionati va uning doirasida tashkil etilgan xalqaro seminarlar yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazilganini ta’kidlab, ushbu tadbirlar Kurashning yirik kompleks sport o‘yinlari dasturidan o‘rin olish salohiyatini yaqqol namoyon etganini qayd etdi. Tomonlar, shuningdek, 2030-yilda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari dasturiga Kurashni rasman kiritish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. ❗️Luis Mejía Oviedoning ta’kidlashicha, 2030 yilgi o‘yinlar dasturi yuzasidan muhokamalar hali davom etmoqda va Kurashning rasmiy sport turi sifatida dasturga kiritilish imkoniyati yuqori. U Kurashning xalqaro miqyosdagi taraqqiyoti, zamonaviy boshqaruv tizimi hamda mintaqadagi ommalashuv sur’atlarini yuksak baholadi. 🤝Uchrashuv yakunida tomonlar Kurash sportini Markaziy Amerika va Karib dengizi mintaqasida yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sport turining yirik kompleks o‘yinlar dasturidan munosib o‘rin egallashiga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. 📌Uchrashuvda Panamerika Kurash Ittifoqi Prezidenti Jaime Casanova, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Kadirov hamda rais yordamchisi Sardorbek Karimov ham ishtirok etdilar. —— Luis Mejía Oviedo: “Kurash Has Strong Prospects of Being Included in the 2030 Games Programme” 🇩🇴Acting President of the International Kurash Association, Ziyoviddin Khodjiniyazov, held an official meeting in Santo Domingo with Luis Mejía Oviedo, President of Centro Caribe Sports, the governing sports organization for Central America and the Caribbean. 🔰Established in 1924, Centro Caribe Sports is today a prestigious sports organization uniting the National Olympic Committees of 35 countries across the Central American and Caribbean region. The first Central American and Caribbean Games were held in 1926 and are recognized as one of the world’s oldest regional multi-sport events. 🏆This year, the 25th Central American and Caribbean Games are being held in Santo Domingo, Dominican Republic, from 24 July to 8 August. Within the framework of the Games, the Pan-American Kurash Championships are also being organized, serving as an important platform to demonstrate Kurash’s international potential and its readiness to be included in major multi-sport events. 🎙During the meeting, Luis Mejía Oviedo particularly acknowledged the rapid development of Kurash throughout the Pan-American region. Read more 👉 https://kurash-ika.org/2026/08/04/luis-mejia-oviedo/ 🥇@Kurash_Press
Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 turniriga start berilmoqda 2–7-avgust kunlari AQShning Sent-Luish shahrida nufuzli Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Ushbu turnirda hamyurtimiz, grossmeyster Javohir Sindarov ham dona suradi. Musobaqa 2-avgust, yapni bugun boshlanib 7-avgustga qadar davom etadi. O‘yinlar har kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 200 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bahslar rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilib, vaqt nazorati rapidda 25+10 hamda blitsda 5+2 formatida bo'lib o'tadi. To‘liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov Fabiano Karuana Vinsent Keymer Anish Giri Jorden van Foreest Levon Aronian Uesli So Praggnanandhaa Rameshbabu Leinier Dominguez Avonder Liang Ushbu musobaqada Javohir Sindarovga omad tilayman! 👇👇👇
Yangi mavsumda "Real Madrid" shunday ko‘rinish olsaya?! Bo‘lishi mumkin. Himoya to‘rtligi hal bo‘lgan, Konate erkin agent sifatida "qirollik klubi"ga o‘tgan bo'lsa, Kukurelya va Dumfris sotib olindi. Ular yoniga Ryudigermi, Militao yoki Hyuysenlardan biri qo‘shilsa "Real" himoyasi Kurtua bilan birga qanday dahshatli ko‘rinish olishini tasavvur qilavering. Hatto bu tarkibda Trent Aleksandr Arnoldga joy topilmayapti. Yarim himoya uchligi Valverde, Chuameni va Bellengem misolida ham chakki emas, ammo ular safiga yana Rodri qo‘shilsa bormi, Joze Mourinyoga hech ham havas qilib bo'lmaydi. Hujum triosidan agar Maykl Olise ham joy olib qolsa bormi bu jamoani ko‘ra solib qochib qolaverish kerak. Ammo hali "Real" Rodri va Olise masalasini ijobiy hal qilgani yo‘q va bo‘lishi ham dargumon. Shunday ekan, bu taxminiy tarkibdan cho‘chib o'tirishga aslo hojat yo‘q. Yana kim biladi, bu futbol! 👇👇👇
Jahon futboli tarixida Jahon chempionati hamda Yevropa Chempionlar ligasi (Yevropa Chempionlari kubogi)da g'alaba qozongan, shuningdek "Oltin to‘p" sohibi bo‘lganlar soni Ispaniya Jahon chempioni bo'lgach naqd 11 nafarga yetdi. Ro‘yxatga so‘nggi qo‘shilgan futbolchi Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri bo'ldi. 👇👇👇
🏆 ЖЧ-2026 якунларига кўра ФИФА томонидан турнирнинг энг яхшилари аниқланди. 🥇 Чемпион — Испания миллий жамоаси 🥈 2-ўрин — Аргентина 🥉 3-ўрин — Англия 4-ўрин — Франция Индивидуал совринлар: ⚽️«Олтин тўп» — Родри (Испания) 🥈«Кумуш тўп» — Лионель Месси (Аргентина) 🥉«Бронза тўп» — Килиан Мбаппе (Франция) 👞 «Олтин бутса» — Килиан Мбаппе (10 гол, 4 ассист) 🥈 «Кумуш бутса» — Лионель Месси (8 гол, 4 ассист) 🥉 «Бронза бутса» — Жуд Беллингем (7 гол, 1 ассист) 🧤 «Олтин қўлқоп» — Унаи Симон (Испания) 🌟 Энг яхши ёш футболчи — Пау Кубарси (Испания) 🤝 Fair Play мукофоти — Нидерландия терма жамоаси. 👉⚽️@futbol_qoidalar