- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15
- 1/48двое суток
- 17
- 1/72трое суток
- 18
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
АҚШ таълими энди Тошкентда. American International School of Tashkent ўқувчиларга: • Америка таълим дастури • Тўлиқ инглиз тилида дарслар • Халқаро ўқитувчилар • American High School Diploma ва Ўзбекистон давлат аттестати Дастур Cognia аккредитациясига эга Ivy Global School билан ҳамкорликда амалга оширилади. Шунингдек, Study Abroad дастури орқали кейинчалик АҚШда таълимни давом эттириш имконияти мавжуд. Ҳозирда 8, 9, 10 ва 11 синфларга қабул давом этмоқда. Ўринлар чекланган. 📞 +998 55 504 07 77 📍Тошкент шаҳри, Шарқ Тонги кўчаси, 8 🌐 aistashkent.uz
🟥🟥🟥 Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik! 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-jamoa aʼzolari: ➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-jamoa aʼzolari: ➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich. ⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada
❗️1-avgustdan farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi Bunda birinchi bosqichda topshirilgan arizani bekor qilish shart emas. Ikkinchi bosqich uchun my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul” (https://my.gov.uz/uz/service/797) xizmati orqali yangi ariza yuborish kerak. Buning uchun ariza topshirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida “Tuman doirasida qabul” bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi, bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi. ℹ️ Yangi ariza tasdiqlansa, tizim maktabga hujjat topshirish sanasini avtomatik belgilaydi va bu haqda xabarnoma yuboradi. Shundan keyin ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borishi lozim. #1Sinf #Qabul2026 #MyGov #Maktab #Ta'lim #RaqamliMakon ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎗 Mirzaobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'ining 2026-yil 30-iyul kuni Mirzaobod tumani 13-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "T.Ahmedov" MFY aholisi bilan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi ! Ta'lim sohasida aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.F.Tanikulova Mirzaobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. 🔴 Qabulda fuqarolarning Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga ishga joylashtirish va farzandini davlat bog'chasiga joylashtirish Badal to'lovlarini kamaytirish bog‘liq masalalarda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaat va takliflari o'rganildi. ⚡️Murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida batafsil tushuntirish berildi. Mirzaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi telegramm|Instagramm |Facebook|youtube
#Diqqat# Hurmatli ota-onalar endi farzandingizni o‘zingiz tanlagan maktabga berish imkoni yana paydo bo‘ldi. Mirzaobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanallariga a'zo bo'ling.👇 telegramm|Instagramm |Facebook|youtube
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi. Ishtirok etish shartlari: 🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi 🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? 🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) 🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch 🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) 🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi ❗️Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. 🫥AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 ________ Международная олимпиада по информатике впервые пройдёт в Узбекистане С 9 по 16 августа 2026 года Ташкент станет площадкой 38-й Международной олимпиады по информатике (IOI 2026) – старейшего в мире состязания среди юных программистов, ежегодно проводимого с 1989 года. С 9 по 16 августа Ташкент соберёт 386 юных программистов более чем из 97 стран. Принимая олимпиаду впервые, Узбекистан примет участие в олимпиаде двумя национальными сборными. Проведение IOI 2026 станет важным шагом в укреплении международного имиджа Узбекистана и демонстрацией результатов проводимых в стране реформ в сфере информационных технологий и цифрового образования. Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Umumtaʼlim tashkilotlari oliy toifali oʻqituvchilarining magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi ✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 👉 Unga koʻra: ➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan hamda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish tizimi joriy etiladi. 👉 Bunda: ➖ oʻqish jarayonlari ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi; ➖ pedagoglar maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi; ➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi; 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. ❗️ Bu muhim: oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish shartlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. 👉 Qarorning to‘liq matni Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2026 DIQQAT, E’LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI. ✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 E’LON Mirzaobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’lum qiladi: 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🔹 Shtab onlayn qabul jarayonlarini muvofiqlashtiradi 🔹 Ish vaqti: Dushanba – Juma 🕘 09:00 – 17:00 🎓 Qabul rejalari Yangi o‘quv yilida tumandagi umumta’lim maktablarining 1-sinflariga 1662 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. 💻 Qabul shakli 📌 Qabul jarayonlari to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi ☎️ Aloqa va murojaatlar Fuqarolarning savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: 📞 Call-markaz: +99 867 310 15 73 📱 Moderator: +99 894 636 36 78 👉 Kanalga ulanish: @mirmmtmbbot
🎞 Sirdaryoda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi
⏰ DIQQAT, YO‘RIQNOMA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga onlayn hujjat topshirish jarayoni quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi: 👉 my.gov.uz 👉 ariza.piima.uz 🇺🇿 Mazkur video yo‘riqnoma orqali ariza.piima.uz saytida Prezident maktabiga hujjat topshirish jarayoni bilan bosqichma-bosqich tanishishingiz mumkin. ☎️ Hujjat topshirishda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishni unutmang. Savollar yuzaga kelganda, Agentlikning 1206 qisqa raqamiga murojaat qiling. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
#xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni