MODERN EDUCATION (Alternativ ta'lim)
Статистика💼Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ta'lim markazi... Biz bilan bog'lanish uchun: @modernalternativ_bot TEL: +998942789998 +998973707181 Biz bilan siz👉 ➡️Biologiya ➡️Kimyo ➡️Ona tili ➡️Majburiy fanlar ➡️Rus tili
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
❗️Bugun “perevod” uchun arizalar qabuli yakunlanadi #perevod Talabalar bugun, 5-avgust kuni soat 23:59 ga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
#abituriyent Hurmatli “MODERN" ta'lim markazining OTMga imtihon topshirgan o‘quvchilari kelasi hafta abedgacha bo'lgan oraliqda (vaqtingizga qarab dushanbadan jumagacha) yo‘nalish tanlash uchun o‘quv markazga kelishingizni so‘raymiz. Xabarni qolganlarga ham yetkazib qo‘ying.
⚡️Akademik litseylarning kirish test natijalari chiqdi 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
#Soʻragan_edingiz ⚡️Oʻqishni koʻchirishda kurs pastlamasligi uchun qoʻyilgan 2 ta asosiy talab 1) Fanlar farqi 4 tadan oshmasligi lozim; 2) GPA bali kamida 2,4 boʻlishi lozim. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda talabaning arizasiga muvofiq quyi kurs (yoki semestr)dan oʻqishini davom ettirishga ruxsat beriladi. O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
#Rasmiy_bayonot ❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlarning inobatga olinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamiz: 📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📌 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi. O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
E'LON ❗13-iyul ya'ni ertaga 10:00 da oxirgi dars! Ustozlar duosi va ayrim estalik suratlari olinadi. So'ng hayrlashamiz. Milliy sertifikatga ega o'quvchilarimizni ham kutamiz. Shu paytgacha barcha abituriyentlarimiz so'nggi darsga kelishgan. Sizlar ham 100% lik davomat bilan kelishlaring shart. Barchaga yetkazinglar. -------- Bu xabar bu yil o'qishga topshiruvchi abituriyentlarimiz uchun tegishli. Qolgan barcha guruhlar darslari o'z vaqtida bo'ladi. (Ertangilik "nol guruh"ining kimyo darsi indinga 8:00 ga ko'chirildi.) @modernkimyo
2026-2027-O‘quv yili qabuli uchun test baholash mezonlari tasdiqlandi 2026-2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlar 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘ini bajaradi.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan ko‘chirish sinovlari ballari tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarning o‘tish ballari belgilandi. 👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/624…
Xorijiy va nodavlat OTMlardan ko‘chirish sinovlari ballari tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarning o‘tish ballari belgilandi. 👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/624 @talimuz
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Kimyodan sertifikat olib, fanni yakunlaganlar natijalari kiritilmagan. Sababi ular kursni to'xtatishgan va imtihonda ishtirok etishmagan. ❗️Qolgan o'quvchilarimiz natijalari past. Bu yil yana ball ko'tarilishini inobatga olsak bu to'plangan ballar ishonchni oqlamaydi. Ota-onalar farzandingiz o'qishini jiddiy nazoratga oling. Kursda hattoki kuniga 3 yoki 4 ta mavzu o'tilmoqda, kurs kunlari haftada 5-6 kun bo'lmoqda, biz o'qituvchilar hamma narsa qilyapmiz. Qars ikki qo'ldan chiqadi. O'quvchi ham harakat qilishi kerak. To'g'ri natija Allohdan, lekin sababini ham qilish kerak. Dars qilishga eringan va hohishi bo'lmagan abituriyentning talaba bo'lishi amrimahol.
Ona Tili va Adabiyot Javoblari Rasman E'lon qilindi, kirib bemalol ko'rib olishingiz mumkin, hurmatli Abituriyentlar! 📢✨
#диққат ‼️2026/2027 ўқув йили учун давлат гранти квоталари тасдиқланди 2026/2027 ўқув йили учун бакалавриат ва магистратура босқичларининг кундузги таълим шакли бўйича давлат гранти асосида қабул квоталари Президент ҳужжати билан тасдиқланган. Давлат гранти квоталари таълим йўналишлари ва мутахассисликлар кесимида белгиланади. 👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
Бугундан абитуриентлар учун ОТМга қабул жараёнлари бошланади 5 июнь кунидан давлат олий таълим муассасаларига кириш учун рўйхатдан ўтиш жараёнлари старт олади. Абитуриентлар ҳужжатларини my.uzbmb.uz платформаси орқали 25 июнга қадар (шу куни ҳам) топширишлари мумкин. Муҳим жиҳати, дастлабки босқичда абитуриентлар фақат тест топширадиган фанлар мажмуасини танлайди. Бу босқичда олийгоҳ ёки таълим йўналишини танлаш талаб этилмайди
🌙✨ Assalomu alaykum ✨🌙 Barchangizni muborak Qurbon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman 🤍 Alloh qilgan ibodatlaringizni va duolaringizni qabul qilsin 🤲 Xonadoningizdan tinchlik, baxt, fayz va baraka arimasin 🕊️ Har bir kuningiz quvonch va yaxshiliklarga to‘la bo‘lsin 😊✨ Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🕌🌙
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! @modernkimyo
Kuzgi Milliy Sertifikat Imtihonlarida TOP Natijani Koʻzlaganlar Diqqatiga! 🎯 🔥Sertifikat darajangizni kafolatlaydigan, siz kutgan oʻsha “Daxshatli” intensive guruhga qabul boshlandi! Bu shunchaki dars emas, bu — biologiyadan natijalarni 100% ga olib chiquvchi maxsus tizim! 🔥 NEGA BU GURUH MUTLAQO BOSHQACHA? 🔼 Nazariya va Masala – Mukammal Balans: Koʻpchilik sertifikatda masaladan yoki murakkab nazariyadan yiqiladi. Bizda darslar har ikkala yoʻnalishni ham parallel, chuqurlashtirilgan tartibda qamrab oladi. 👥 2 TA OʻQITUVCHI — 2 KARRA SIFAT: Guruhga bitta emas, ikkita professional ustoz biriktiriladi! Bu — har bir oʻquvchiga individual yondashuv, xatolar ustida tinimsiz ishlash va ikki karra nazorat degani! 😀Haqiqiy Imtihon Atmosferasi: Davriy mock-testlar va DTM (BMBA) darajasidagi eng soʻnggi, eng qiyin masalalar tahlili. 📆 DARSLAR QACHONDAN BOSHLANADI? 🚀 Start: 4-IYUN Vaqtni boy bermang, joylar soni cheklangan! Kuzgi sertifikat imtihonigacha poydevorni shunday mustahkam qilamizki, savollar sizga oʻyinchoq boʻlib qoladi. ⛔️ HOZIROQ ROʻYXATDAN OʻTING! Muvaffaqiyat tasodif emas, uni hozirdan rejalashtiring. Oʻz kelajagingizni professionallarga ishoning! 📞 Aloqa uchun telefon: +998 88 426 20 26 😀 Telegram: @Ahrorbek_Umarov ❗️ Shoshiling! Maksimal natija qayd etishni istaganlar allaqachon safimizda!
#ТЕЗКОР #РАСМАН ҚУРБОН ҲАЙИТИ 27-МАЙ ЧОРШАНБА КУНИ. ❗️Қурбон ҳайити муносабати билан кетма-кет 5 кун дам олади