tgindex
“Maxam-Chirchiq” Aj xotin-qizlari

“Maxam-Chirchiq” Aj xotin-qizlari

Статистика
@mohiraraisузбекский
Последний пост
30 мар. 2025 г.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
111
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 807
20 постов
Вовлечённость
1627,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

  • #8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_kuni 🌷Yurtimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodati va totuvligida, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz. 🌸Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir. Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin! Hurmat bilan, “Maxam-Chirchiq” AJ Ma’muriyati.

  • без подписи

  • #8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_kuni 🌷Xalqimiz azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan moʻtabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko‘rsatib kelgan. 🌹Shu bois ishga kelayotgan korxonamiz xotin-qizlariga tonggi bayramona kayfiyat ulashildi.

  • #8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_kuni #chorlov 🌸Ona - buyuk siymo, uni ardoqlash esa har bir farzand uchun farzdir. Darhaqiqat, Ona mehri uning duosi insonni ko'klarga ko'tarishga qodir, shuni chuqur anglagan holda, jamiyatimiz xodimlari orasida "Men onam bilan faxlanaman", "Ayol- mehr bulog'i" mavzularida chorlov tashkil etildi. 🌷Ushbu chorlovda korxonamiz xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

  • #Bayram_shukuhi ♻️ 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan jamiyat xotin-qizlari o‘rtasida "Sog'lom ayol-Yangi O'zbekiston tayanchi" shiori ostida shashka bo'yicha turnir tashkil etildi. Turnirning yakuniy natijalariga ko'ra: 🥇- o‘rinni TMICH sexi -Sh.Ismetova; 🥈- o‘rinni 1-tozalash sexi xodimi N.Xolxodjayeva; 🥉- o'rinni MEUTS sexi xodimi - G.Shermatova egalladi. ✅ Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

  • #Zulfiyaxonim_tavalludining_110_yilligi ⚡️1-mart – Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi "Adiblar xiyoboni"da Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshchiligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. ✨Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, talaba-yoshlar, jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Maxam-Chirchiq” AJ xodimlari ishtirok etishdi.

  • #Milliy_liboslar_kuni ⚡️Milliy libos – bu nafaqat an’anaviy kiyim, balki yurtimiz madaniyati va o‘zligimizning ajralmas qismidir. Shu bois, “Maxam-Chirchiq" AJda ham har haftaning juma kuni milliy liboslarda faoliyat yuritish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. ✅Ushbu tashabbus xalqimizning milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, tarixiy me'rosimizni asrab-avaylash va yosh avlodga ulug‘vor an’analarimizni yetkazish maqsadimiz hisoblanadi.

  • без подписи

  • без подписи

  • #Jarayon ♻️ Kuni-kecha korxonamizda jamiyatning bosh bo‘g‘ini bo‘lgan - oila mustahkamligini ta’minlash, qadim an’ana va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga qaratilgan “Qaynona va kelin – oila totuvligining ikki qanoti” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ❇️ Unda korxonada faoliyat yuritayotgan ibratli oilalar mehmon sifatida ishtirok etishdi hamda qaynona-kelin munosabatlari, oila ahilligini mustahkamlovchi omillar, oiladagi o‘zaro hurmat haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.

  • 10 февр. 2025 г.8671из tktiuz

    👩‍🎓 Barchangizni "WOMEN IN STEM" xalqaro festivalida ishtirok etishga taklif qilamiz. 🎊 2025-yil 12-13 fevral bo'lib o'tadigan Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan tashkil etilayotgan "Women in STEM" xalqaro festivali dasturidan quyidagilar o'rin olgan: ✅12-fevral Xalqaro ilmiy forum “STEMda ayollar va qizlarning ishtiroki: yutuqlar va muammolar”. Yalpi majlis. Ishtirokchilar: talaba, professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilar. ✅ 13-fevral Davra suhbati va seminar-trening "STEMning kelajak yulduzlari" Ishtirokchilar: TKTI akademik litseyi, Toshkent sh. va Toshkent viloyati umumta’lim maktablari hamda kollejlari o‘quvchi qizlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilar. Format: offlayn/onlayn 🗾 TKTI, Kimyoviy injiniring  fakulteti (Toshkent sh., M.Ulug‘bek ko‘chasi, 41-uy). 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Jarayon ♻️ Ammoniy sulfati va sulfat kislota ishlab chiqarishida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi. 🟢 Tadbirda gender tengligi, ayollar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

  • без подписи

  • без подписи

  • #Jarayon #korrupsiyaga_qarshi_kurash ⏺“Maxam-Chirchiq" AJda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida bugun katalizator sexi ishchi-xodimlari ishtirokida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, jamiyat xodimlarida orasida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish hamda odob-axloq qoidalariga amal qilish masalalariga bag'ishlangan muloqot o'tkazildi.