Molekula ATM || Abdurahim Zokirjonov |
Статистика◎Qiyin mavzularni sodda uslubda tushuntirish. ◎Nazariy ma'lumot uchun super qo‘llanma. ◎Sifatli va tezkor o‘qitish tizimi. ◎A+ (82.51) darajali ustoz Murojaat uchun: +998200021199 +998930510035 https://www.instagram.com/molekula_school?igsh=MTgyZXN6NGdm
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Agar qattiq gapni koʻtara olmasangiz, yaxshi tayyorlaning. Hayot ayab oʻtirmaydi. Imtihon kuni joyingizni koʻrsatib qoʻyadi. Sentabrdan boshlab yaxshi oʻqimayotgan oʻquvchilar darslardan chetlatiladi yoki oʻzidan past guruhlarda qayta oʻqiydi. Urish-soʻkish yoʻq.
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Kurs narxlari avgustdan oʻzgargan. Oddiy guruh - 300 ming soʻm. (Agar oyning 10-sanasigacha toʻlov qilsa chegirmada 270 ming) Sertifikat guruh - 550 ming soʻm (chegirmasiz) . (Iltimos, oylik toʻlovlarni kechiktirmasdan oʻz vaqtida toʻlab boring. Bu markazning kunlik harajatlari va ijara uchun muhim)
Sertifikat guruhimiz haqida: Mana saralash va oʻquvchilarni joylashtirish yakunlandi. Endi qolgan masalalarga aniqlik kiritib olsak. Narx: Kurs narxi: 550 000 so’m/oy Ushbu narxning sabablari: ✅Kuniga 2 mahal dars — boshqa guruhlarga nisbatan 2 barobar ko’p mashg’ulot vaqti ✅Qat’iy nazorat tizimi – bu ancha katta mas’uliyat hisoblanadi ✅Maqsadli dastur — aynan milliy sertifikat imtihoni talablariga moslashtirilgan masalalarni tahlil qilamiz. Bu ancha katta energiya oladi. ✅Cheklangan, intensiv davr — oktabrgacha maksimal natijaga erishish uchun har bir guruhga qabul qilingan bola bilan individual ishlaymiz. Bu narx hech qanday e’tirozga sabab boʻla olmaydi. (Insof tamoyillariga asoslanib belgilangan). Imkoniyatlarni pastdagi postda oʻqishingiz mumkin. Javobgarlik: Bu masala iloji yoʻq bizning boʻynimizda. Har bir bola qachon? qayerda yuribdi? Toʻlaqonli nazorat qilamiz. Kun davomida markazdan tashqariga chiqmaydi. Kvartirasiga oʻzimiz olib borib topshiramiz. (Agar boshqa kurslarga borsa, yozma xat yozib berasiz:” farzandim mana shu kunlari soat - -: - - dan soat - - : - - gacha shu ustozga kursga boradi. Ustozi tel raqami:____________ . Bu vaqtdagi xavfsizligini oʻzim ta’minlayman“ -degan mazmunda. Kun tartib: Ertalab soat 5:00 dan 8:00 gacha dars boʻladi. 8 dan 12:10 gacha berilgan topshiriqlarni toʻla-toʻkis bajaradi. 12:10 dan 13:30 gacha tanaffus. (Abedini xususiy maktab oshxonasida qiladi. Buning uchun xususiy maktab direktori ortiqcha toʻlov olmasligini aytdi. Sizlarga qoʻshimcha yordam boʻladi) 13:30 dan 17:00 gacha qoʻshimcha darslarini qiladi. 18:00 dan vaziyatga qarab 22:00 gacha yana masala tahlil boʻladi. 23:00 gacha birma-bir kvartira egasiga shaxsan oʻzim oʻquvchilarni topshiraman) Chora: Agar farzandingiz berilgan tartibdagi vazifalarni kun davomida bajarmasa, yoki tahlil qilib oʻtilgan masalalarni imtihonda ishlay bilmasa, darslardan chetlatiladi va keyingi saralashga qadar qayta oddiy guruhda tayyorlanadi. Agar farzandingiz yonidan, yotoqxonasidan telefon topib olinsa shu zahoti oʻrtasidan devorga mixlab qoʻyiladi. 1 kun boʻlsa ham dars qoldirmaslik kerak. Davomat masalasini hech qachon kechirmayman! Kafolat: Bu narsa koʻp omillarga bogʻliq(o’quvchining o’zi ustida ishlashi, davomat, vazifalarini vaqtida bajarishi, individual salohiyati, omad va hk). Hech qaysi markaz sizga kafolat bermaydi(bu bizni qoʻlimizda emas, shunchaki sababchimiz). Lekin shuncha harakatimizga yarashasini berishini soʻraymiz. Nasib qilsa natijalar bizni uyaltirib qoʻymaydi. Shunday boʻlsa ham: agar oʻquvchi 80% dan past ball toʻplasa keyingi serifikat imtihonigacha kursda bepul oʻqiydi. Taqdirlash: Agar kimdir A yoki A+ sertifikat olsa, davlatga toʻlangan 556000 soʻm pulini oʻzim qaytarib beraman. Agar qaysidir masala qolib ketgan boʻlsa koʻrishib yoki telefon orqali gaplashib olamiz.
Nima deb o'ylaysiz, o'qituvchilik hayotni berishga arziydimi? @TarixIskandar
без подписи
📣 KIMYO KURSLARIGA KATTA QABUL BOSHLANDI! ❗️ DIQQAT: Katta ehtimol bilan bu — oxirgi guruh! Kimyoni chuqur va oson tushunish, oliy o’quv yurtlariga tayyorgarlik ko’rish uchun so’nggi imkoniyat! ✅ Tajribali o’qituvchi ✅ Nazariya + amaliyot ✅ Noldan darslar ✅ Shogirtlarsiz tizim ⚠️Bu guruhdan keyin qabul to’xtatiladi — keyingi imkoniyatni kutmang! 📌Manzil: The Bright School xususiy maktabi 🗓 Qabul boshlanishi: 1-avgustdan 📞Ro’yxatdan o’tish: +998 93 051 00 35 +998 20 002 11 99 Molekula school
Yakpuf Bir bir ko’za yasovchi kulol bo’lib, uning ikki shogirdi bor ekan. Kulol yasaydigan ko’zalar odamlar orasida mashhur ekan. Oradan vaqt o’tib, kulol o’zining birinchi shogirdiga oq fotiha berib, uni mustaqil usta kulol bo’lganini e’lon qilib, o’z yurtiga kuzatibdi. Ikkinchi shogird o’ziga oq fotiha berilmaganidan ichi kuyibdi. Mayli deb, yana bir yil kulol bilab ishlabdi. Uning nazarida u kulol biladigan barcha narsani o’rganib olgandek ekan. Oradan vaqt o’tib, shogird ustozidan ajralib o’zi mustaqil ishlamoqchi bo’lganini kulolga ma’lum qilibdi. Kulol indamay rozi debdi. Ajralib chiqqan shogird o’ziga yangi ustaxona ochib, g’ayrat bilan ishga kirishibdi, ko’zalar yasashni boshlabdi. Ustozidan o’rgangan, ko’rgan barcha bilimlarini ishga solibdi. Lekin, ne ajabki, u yasagan ko’zalar xira bo’lib chiqar ekan. Qayta va qayta urunishlari ham ish bermabdi. Xaridorlar uning ko’zalarini sotib olishdan bosh tortishibdi. Nima qilarini bilmay boshi qotgan shogird, bosh egib ustozining oldiga boribdi. - Ustoz, sizdan oq fotiha olmasdan ish boshlaganim menga qimmatga tushdi. Ishim yurishmadi, ko’zalarim xira bo’lib chiqaverdi. Meni kechiring, menga oq fotihangizni bering, - deb ko’ziga yosh olibdi. Ustozi unga: - Ey shogirdim, senda katta kulol bo’lish salohiyati mavjud edi, biroq sen hali biliming tugal bo’lmay turib ketishga oshiqqan eding. Men ko’zalarni sirlashdan avval ularni bir marta puflab keyin sirlar edim. Shu bois men yasagan ko’zalar tiniq chiqardi. Sen hali mana shu yakpuf (tojikcha “yak” – bir, “puf” - puflamoq) ni o’rganmay turib chiqib ketganing mana senga qimmatga tushdi, - deb javob beribdi. Shogird yana ustozi oldida qolib undan bilim olibdi. Kelasi yil u ham oq fotiha olib o’z ishini boshlabdi. Ey farzand, unutmagin, sen olayotgan biliming senga foyda berishi uchun, shu o’rgangan biliming tufayli rizq topishing uchun sen uch zotni rozi qilishing shart. Bular avvalo Alloh, ikkinchi ota-ona va uchinchi ustoz. Agar bulardan aqalli bittasi sening o’rgangan bilimingdan rozi bo’lmas ekan, o’rganganlaring senga also foyda keltirmaydi. Men bu gaplarni ancha yillar avval ustozimdan eshitgan edim. Bugun uni sizlarga aytib bergim keldi. Xulosa o’zingizdan… Abdurahim Zokirjonov
🩷🩷🩷 🎤Barcha 9-10-11- sinf oʻquvchilarini yangi ochilayotgan milliy sertifikat guruhimizga taklif qilamiz. Oʻquvchilar imtihon orqali saralab olinadi. Imtihon chorshanba (22-iyul) kuni soat 15:00 da boshlanadi. Imtihondan oʻtgan 10 kishi 1-avgustdan yotoqxona rejimida oʻqishlarini davom ettirishadi. Darslar kuniga 2 mahal boʻladi. Biz dars sifatiga javob beramiz. Siz imtihondan oʻtsangiz boʻldi. Roʻyxatdan oʻtish uchun: 📞+998930510035 📞+998200021199 Raqamlari bilan bogʻlanib joyingizni band qilib qoʻying. (Manzil: Yangiqoʻrgʻon tuman, The Bright School xususiy maktabi binosi. Moʻljal: Sport maktabi yonida)
без подписи
Mana nima uchun yaxshi oʻqimagan oʻquvchi bizda darslardan chetlatiladi(haydaladi).
без подписи
Assalomu alaykum, hurmatli o'quvchilar! 📚 Biologiya fanidan yangi guruhlarimizga qabul davom etmoqda! ❤️Milliy sertifikat guruhi — haftasiga 6️⃣ kun. ❤️ Biologiya (noldan) guruhi — haftasiga 3️⃣ kun. 📢 Eslatma! ⌛ Ertaga soat 13:00 da Biologiya (noldan) guruhi uchun birinchi dars bo'lib o'tadi. Sizni darsda kutib qolamiz! 📞 +998947872003 ✈️ @farxodjavxarov ✅ https://t.me/javxarovf 📌 Manzil: 10-maktab, Yuksalish MFY, 2-qavat.
‼️ESLATMA #abituriyent Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin. ❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG! To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
без подписи
Bilmasalar soʻraymaydilarmi?! Bilimsizlikning davosi savoldir. Hadisdan
19.2 | Gazlar aralashmasi
19.2 | Vant-Goff ga oid
19.2 | Konsentratsiyalar nisbati
19.2 | Foiz konsentratsiyaga oid