tgindex
Marginalia

Il nefaut jamais rien outer...

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
36
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
42
20 постов
Вовлечённость
116,7%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
19
1/48двое суток
21
1/72трое суток
23

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Zero dunyoda tushunilishdan ortiq baxt yoʻq. Ayniqsa, ijodkor uchun. Ulugʻbek Hamdam. @monbella

  • 13 авг.2121из kitob_ombori

    KO'PCHILIK KATTALAR TUSHUNTIRIB BERA OLMAYDIGAN G'ALATI HIS. Hech kim yetarlicha gapirmayotgan sokin epidemiya. Shunday vaqtlar bo'lganki, dam olish kunlarini intiqlik bilan kutar edim. Yangi kinoning chiqishi katta voqea edi. Sayohatga chiqish sarguzashtni anglatardi. Bayram tonglari sehrli tuyulardi. Hatto do'stlar bilan qahva ichish kabi oddiy narsalar ham intiqlik bilan kutadigan lahzalarim edi. Hozir esa odamlardan doim bir xil gapni eshitaman. "Hammasi joyida... Shunchaki hech narsa meni avvalgidek hayajonlantirmay qo'ydi." Ular tushkunlikka tushib qolganini aytishmayapti. Ular hamon ishlamoqda. To'lovlarni amalga oshiryapti. Farzandlariga g'amxo'rlik qilyapti. Sport zaliga boryapti. Hayot davom etmoqda. Lekin avvalgi jo'shqinlik yo'q. Oddiy narsalarga ma'no baxsh etuvchi o'sha uchqun endi ko'rinmayotgandek. Eng qizig'i, qanchadan-qancha odamlar ayni bir vaqtda xuddi shu narsani his qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha daqiqa vaqt o'tkazsangiz, minglab odamlarning xuddi shu holatni tasvirlagan izohlarini ko'rasiz. Turli yoshdagi, turli kasb egalari va turli xil hayotiy tajribaga ega insonlar. Eng g'alati tomoni shundaki: Ularning aksariyati bu holat aynan qachon boshlanganini ayta olmaydi. Hammasi sekin-asta, deyarli sezilmas darajada sodir bo'ldi. Qayerdadir quvonchli lahzalar biroz kamaydi, qayerdadir bir xil zerikarli kunlar ko'paydi. Yelkamizga yana bir qancha vazifalar tushdi, asabiylashish va tashvishlanish uchun yana yangi bahonalar paydo bo'ldi. Va mana shunday yashab yurib, o'zimiz ham sezmagan holda, hayotimiz nimanidir orziqib kutib yashashdan ko'ra, shunchaki "bugungi kunni ham amallab o'tkazib olay" degan odatga aylanib qoldi. Bitta vazifani tugatasiz-u, darhol keyingisi haqida o'ylashni boshlaysiz. Ishdan uyga kelasiz va ertangi kun haqida o'ylashga tushasiz. Ta'tilga chiqasiz, lekin miyangizning bir qismi allaqachon ishga qaytishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Hatto hech qanday ishingiz qolmaganda ham, darhol telefoningizga yopishasiz. Va aynan shu yerda eng qiziqarli narsa sodir bo'lishni boshlaydi. Biz har bir bo'sh daqiqani nimadir bilan to'ldirishda juda ustasi farang bo'lib ketdik. Tirbandlikda turibsizmi? Intagramni varaqlaysiz. Tushlik qilyapsizmi? Shorts ko'rasiz. Yotoqda yotibsizmi? YouTube ko'rasiz. Zerikdingizmi? Yana telefonni titasiz. O'zingizni noqulay his qilyapsizmi? Swipe qilasiz. Hech narsani his qilmayapsizmi? Yana netda o'tirasiz. O'zimizga shunchaki ayni damdagi lahzani his qilishga juda kamdan-kam hollarda ruxsat beramiz. Va ehtimol, bu biz o'ylaganimizdan ham muhimroqdir. Chunki intiqlik bilan kutish uchun bo'shliq kerak. Hayratlanish uchun bo'shliq kerak. Zerikish uchun ham bo'shliq kerak. Hatto quvonch uchun ham bo'shliq kerak. Har bir sokin lahzalar darhol qandaydir axborot bilan to'ldirilganda, oddiy kechinmalar ham g'alati tarzda jozibasiz bo'lib qoladi. Bu hayotning go'zalligi yo'qolgani uchun emas. Balki biz uni payqashga tayyor emasligimiz sabablidir. Bolaligingizni eslang. Bola chumolilarning oziq-ovqat tashiyotganini yigirma daqiqa davomida kuzatishi mumkin. U oddiy qutidan kosmik kema yasay oladi. U tug'ilgan kunigacha bo'lgan kunlarni bittalab sanay oladi. U kattalar hatto e'tibor bermaydigan narsadan chin dildan quvonishi mumkin. Bolalar qandaydir baxt sirlarini kashf qilganliklari uchun bunday qilishmaydi. Ular shunchaki doimiy axborot oqimiga o'rganib qolishmagan. Ular hamon kutishni bilishadi. Ular hamon zerikishni his qilishadi. Ular hamon o'z xayollari bilan qolishga ruxsat berishadi. Kattalar hayoti esa, ehtimol, bizga asta-sekin buning teskarisini o'rgatadi. Biz hamma narsani mukammallashtiramiz. Ishimizni. Rejalarimizni. Moliyaviy holatimizni. Uyimizni. Tanamizni. Samaradorligimizni. Hatto dam olishimizni ham. Oqibatda, hayotni samarali qilishga shunchalik e'tibor qaratamizki, uni chinakamiga yashashni unutamiz. Bu — o'z ishingizni tashlab ketishingiz, barcha ijtimoiy tarmoqlarni o'chirib tashlashingiz yoki boshqa davlat ketish uchun chipta sotib olishingiz kerak degani emas. Ba'zan yechim ancha soddaroq bo'ladi.

  • "Acı ve kederle birleşmiş kalpler sevinç ve mutlulukla ayrılmayacaktır. Üzüntüyle örülmüş bağlar sevinç ve zevk bağlarından daha güçlüdür. Gözyaşlarıyla yıkanmış aşk birlikte kalacaktır. • Cubran Xalilin sevgi hakkında şiir kitabı “Hearts united in pain and sorrow will not be separated by joy and happiness. Bonds that are woven in sadness are stronger than the ties of joy and pleasure. Love that is washed by tears will remain eternally pure and faithful.” • Book of love poems by Khalil Gibran. “ Ogʻriq va qayg'uda birlashgan qalblar quvonch va baxt kelgach ajralmaydi. G'amginlikda to'qilgan bog'lanishlar quvonch va zavq rishtalaridan kuchliroqdir. Ko'z yoshlar bilan yuvilgan sevgi abadiy pok va sodiq qoladi”. • Jubron Xalilning sevgi she'rlari kitobi. by myself. @monbella

  • Vijdon azobi odatda aybdor bo‘lmagan insonlarni azoblaydi. "Qarzga olingan umr" Erix Mariya Remark @monbella

  • без подписи

  • Hamma narsa So'zdan ijod etilgan va So'zga qaytajakdir. @monbella

  • Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb, Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir. Ishontir yaxshisi farishtaman deb, Men xudo emasman, Menga baribir. Anvar Obidjon

  • Kel, yulduzlar to'shalgan yo'ldan Yetaklasin bizni muhabbat. G'amlaringni chiqar ko'ngildan, Shod kunlarni eslaylik faqat. Sayr etaylik, kel, birga erkam, Rozi ketsin bizdan umrbod. Shodlik uchun yaralgan olam, Sevmoq uchun berilgan hayot. Erkin Vohidov @monbella

  • Why do you like music ?

  • ‍* * * Йўлларингга тўшаб шерозий гилам, Бадахшон лаълидан ясаб тиллақош – кутаман бир қучоқ гулдаста билан, сендан-чи... дарак йўқ, эй лавҳи Наққош? Оврўпадан етиб келди газмоллар, Амирқон этикнинг урчди савдоси – теграмда рақс тушар ғарбий ғизоллар, бир сендан мужда йўқ, эй Ишқ ҳавоси! Ҳануз етолмайман, қонимда оташ – қайнар нафасингга муштоқ талвасам. Ўзинг айт, ҳолим не кечгуси, эй Ашк, кўзим косасидан чиқиб келмасанг? На-да хушнуд этар туркий девонлар, на форсий каломлар айлагай мамнун – елкангни оғритар тутқун томонлар, қачон келар дея халоскор Жунун? Айтгил, қанча карвон ўтди қошингдан, кафтингдан сув ичди неча нортуя? Банорас паранжи ўраб бошингдан, айт, кимлар ранжитди, эй тирик Воя! Руҳимга эш бўлмас сароб – бу олам, ўртамизга қандоқ биёбон тушмиш, эй Дўст, келолмайсан... мен-чи боролмам, наҳот, қанотидан айрилган қушмиз? 2021. Муҳаммад Сиддиқ @monbella

  • Erkinlik - bu mas’uliyatsizlik ham, maqsadsiz yashash ham emas. Uning sabablaridan koʻra, oqibatlarini anglash osonroq. @remarkdan_qaydlar

  • ​The words of our loved ones have great power. It can heal us better than all the drugs in the world and kill us faster than all the executioners. Yaqin insonimizning soʻzlari katta kuchga ega. U - bizni dunyodagi barcha dorilardan koʻra yaxshiroq davolashi va barcha jallodlarga qaraganda tezroq oʻldirishi mumkin. ©️Eleanor Roosevelt @monbella

  • Mi hai delusa

  • Men "Julienman" Tabiiyki, har birimizning ichimizda Julien bor. @monbella

  • Eng xavfli illat - riyokorlik!

  • O'zim murdorman-u, mudaaoyim mo'l.... @monbella

  • 24 июл.913из kitob_ombori

    Biz hammamiz prollarmiz! (3-qism) Oruellning mashhur "1984" asarida Partiya prollarni telekranlar (kuzatuv kameralari) orqali nazorat qilmaydi. Bunga hojat ham yo'q. Ular prollarni "prol-oziq" — arzon ko'ngilochar dasturlar, pivo, lotereya va sport bilan band qilib qo'yishadi. Eslasangiz Oruell asarda prollarning qiziqishlarini shunday ta'riflaydi: "Og‘ir jismoniy mehnat, qo‘shnilar bilan urush janjal, kino, futbol, pivo va asosiysi tadbirbozlik. Mana nimalar ularning dunyoqarashini shakllantiradi. Ularni boshqarish judayam oson." Prollar umuman savodsiz, siyosatni tushunmaydi, lekin lotereya yutuqlari tarixini, raqamlar kombinatsiyasini yoki sport natijalarini mukammal eslab qolishadi. Ularning tahliliy qobiliyati yo'q qilinmagan, balki mutlaqo xavfsiz va ahamiyatsiz joyga (sport va qimorga) yo'naltirib yuborilgan. Odamlar o'z intellektini hukumatni tanqid qilishga emas, balki "ofsayd" bo'lgan yoki bo'lmaganini, qaysi futbolchi kuchliroq ekanligini isbotlashga sarflaydilar. Okeaniya partiyasi prollarni qullikda saqlash uchun ularni zanjirband qilmagan, aksincha, ularga "futbol va pivo" bergan. Hozir ham ko'p narsa o'zgarmagan: insonlar o'zlarining iqtisodiy kishanlarini sezmasliklari uchun ularga har doim yangi, emotsional va hissiy "tomosha" berib turiladi. #tahlil #siyosat #tarix #futbol @kitob_ombori

  • Hozir menga qiyin. Ammo qalbim kechqurun uyasiga qaytgan asalariday, muhabbatga limmo-lim. Basharti ikki narsadan birini tanlashga toʻgʻri kelsa, men oʻylab oʻtirmay, qayta va qayta hozirgi qismatimni tanlagan boʻlardim. Erix Mariya Remark "Uch ogʻayni". @monbella

  • без подписи

  • Satira yoʻqotishni, yumor topishni xohlaydi. @monbella