Monotheos
СтатистикаMonotheos — ilm va ma‘rifat ulashuvchi kanal. YouTube kanal: youtube.com/@monotheos_uz @mono_library - kitoblarimiz majmui Aloqa: @mono_aloqa_bot
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 107
- 1/48двое суток
- 122
- 1/72трое суток
- 132
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Arablar O‘rta asrlarning "Qorong‘u asrlari" davrida sivilizatsiya bayrog‘ini baland tutdilar. Keyinchalik esa Roger Bacon kabi yevropalik nasroniylar ilm-fanning ko‘p qismini ulardan o‘rgandilar. Ana shu bilimlar keyinchalik O‘rta asrlarning oxiriga kelib Yevropada ilm-fan rivojlanishiga asos bo‘ldi. — Bertrand Russell, tarixchi va faylasuf 💬Telegram | 📹YouTube
без подписи
Agar musulmonlar qibtiylarni (Misr nasroniylarini) haqiqatan ham "qilich bilan" islomga kiritgan boʻlsalar, buni unchalik muvaffaqiyatli uddalay olmagan. Chunki musulmonlar Misrni zabt etganidan keyin ham qariyb uch asr davomida nasroniylar Misr aholisining asosiy qismini tashkil etishda davom etgan. 💬Telegram | 📹YouTube
https://t.me/+kHgwfjUPatg0NDgy Mana, vanihoyat uzoq kutilgan doktor Raida Jarrorning “atheism: a giant leap of faith” deb nomlangan asarining oʻzbek tilidagi toʻliq variantini siz o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilamiz. Bu kitobni tarjima qilishimizni e'lon qilganimizdan buyon juda ko'pchilik qiziqish bildirib kutishdi. Mana endi uni toʻliq oʻqib chiqing va fikrlaringizni bildiring. Manfaati ikki dunyoyingizga foydali bo'ladigan sodda tildagi kitobni taqdim qilayotganimizdan xursandmiz. Kitobni tarjima, tahrir va sahifalashda xolis ishtirok etgan insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Alloh ulardan rozi bo'lsin! Bu ishlar xolis, hech kim yoki hech qaysi g'oyalarga nisbatan beg'araz qilindi. Bunda bizga Allohni oʻzi madadkor boʻldi, u xohladi va kitob oʻzbek tilida chiqdi. Ehtimol kelgusida kitobning audio va qog'oz shakli ham eʼlon qilinadi. Shu sabab kitobga faqat birlamchi manbadan kirishga imkon va uni boshqalar tijoriy maqsadlarda ishlatmasliklari uchun yopiq kanalda ochiq taqdim qilindi. - Hurmat va ehtirom ila, Muslim Mind
Nietzsche: Xristianlik va Islom haqida (1895) Xristianlik bizni qadimgi sivilizatsiyalarning butun merosidan mahrum qildi. Keyinchalik esa musulmon sivilizatsiyasining merosini ham yoʻq qildi. Ispaniyadagi mavrlarning (musulmonlarning) ajoyib madaniyati aslida bizga Rim va Yunon madaniyatidan ham yaqinroq, didimiz va hissiyotlarimizga ham mosroq edi. Ammo u oyoq osti qilindi (qaysi oyoqlar tomonidan ekanini aytmayman). Nega? Chunki u olijanob va jasur ruhdan tugʻilgan edi. Chunki u hayotni — hatto mavrlar hayotidagi nafis va hashamatli tomonlarini ham — qadrlardi va unga "ha" der edi. Keyinchalik salibchilar shunday bir sivilizatsiyaga qarshi urush ochdilarki, aslida uning oldida tiz choʻkishlari maʼqulroq boʻlar edi. Hatto 19-asr Yevropa madaniyati ham uning yonida juda kambagʻal va zaif koʻrinadi. Albatta, salibchilarning koʻzlagani oʻlja edi: Sharq boy edi. 💬Telegram | 📹YouTube
Eng yaxshi arab adiblari hech qachon Qur’ondek mukammal asar yarata olmagani ajablanarli emas. — Douard Henri Palmer 💬Telegram | 📹 YouTube
Ikki musulmon bir zardushtiylar ibodatxonasini majburan masjidga aylantirganida, Abbosiylar voliysi (Al-Afshin) uni masjidga aylantirganlarning har biriga ming darra urdirib, ibodatxonani o'z egalariga qaytarib berdi. — Tarix At-Tabariy (33/187) 💬Telegram | 📹 YouTube
без подписи
https://youtu.be/QzQoHyMehxw?si=7xH72Uuq4CiwIT3i
без подписи
#mem 💬 Telegram | 📹 YouTube
#savollar 1.Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega atrofidagi dushmanlari yolgʻonchi ekanini aytmadi? 2. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega sahobalar iymon keltirdi? 3. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega jihotda eridan ayrilgan sahobiyya ayollar yolgʻonchiga chiqarmadilar? 4. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega tanbeh eshitgan, dakki yegan, jazolangan sahobalar yolgʻonchi ekanini isbotlashmadi? 5.Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafotidan soʻng boshqa sahobalar iymondan voz kechmadi? 6. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotidan soʻng sahobalar oʻzlarini paygʻambar deb eʼlon qilishlariga nima toʻsqinlik qildi? 7. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega Nabiy sollallohu alayhi vasallam shon-shuhrat taklif qilinganda qabul qilmadi? 8. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega shon-shuhratga erishgach daʼvosidan voz kechmadi? 9. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega oʻzi keltirgan daʼvoga oʻzi hoh oshkora hoh mahfiy amal qildi? 10. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega keltirgan daʼvosidan aziyat yetsa ham voz kechmadi? 11. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega oʻzi keltirgan daʼvoning dastidan oʻz ahli-oilasiga aziyat yetsa ham oʻz daʼvosida davom etdi? 12. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yolgʻonchi boʻlsa, nega sahobalar jangu-jadalga xatto dushmandan son jihatdan kam boʻlsa ham, jismoniy jihatdan zaif boʻlsa ham kirishishdi? Bu kabi savollarni yana yuzlab berish mumkin. Aql yuritgan insonlarga shu savollarni oʻzi ham kifoya qiladi. ✈️𝐆ʻ𝐨𝐥𝐢𝐛 𝐟𝐢𝐤𝐫𝐥𝐚𝐫
Ahmadiylar payg‘ambar deb biladigan G‘ulom Ahmad Qodiyoniyning kazzob ekanligiga dalil. Ochig‘ini aytsam, bu juda ham axmoqona va kulguli. Xullas, G‘ulom ellik jildli "Barohin Ahmadiya" kitobi uchun mablag‘ yig‘adi, lekin atigi beshta jildni yozib tugatadi! Keyin u shunday deydi: "Men avval ellikta yozmoqchi edim, endi beshtaga tushirdim, chunki ellik bilan besh o‘rtasidagi farq nolga teng." 💬 Telegram | 📹 YouTube
без подписи
https://youtube.com/shorts/nereabVwJAQ?si=oZ3wRyfoFUzuNJTV
без подписи
Hayvonlarning anatomik tuzilishi hayratlanarli darajada murakkab bo‘lib, har bir qismi o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Optik qonuniyatlarni tushunmasdan ko‘z paydo bo‘lganini yoki eshitish qobiliyatini anglamasdan quloq rivojlanganini tasavvur qilish mumkinmi? Bu masalalarni chuqur o‘rganib chiqqanimizda, kuzatishlarimiz natijasida nomoddiy va aqlli bir mavjudot ishlab turganini ko‘rmaymizmi? — Isaak Nyuton, Fizik va astranom. Fizika otasi 📚 Optika kitobi, 369-bet 💬 Telegram | 📹 YouTube
"Agar ateistlarimiz aqlli ateist bo'lganlarida edi..." Aslida, O‘zbekistonda ateizm hozir ham, kelajakda ham marginal qatlam bo‘lib qoladi. Ya’ni, ular katta siyosiy kuch yoki ta’sirga ega bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Chunki globallashuv sharoitida musulmon dunyosida dindorlik darajasi ortib bormoqda va bu jarayonda musulmon xalqlari o‘z global o‘zligini izlashga kirishgan. Masalan, XIX asrda har birimiz o‘z urug‘imiz bilan ajralib turardik — kimdir qipchoq, kimdir boshqa. XX asr esa milliy davlatlar asri bo‘ldi. Endi hammamiz o‘zbekmiz. Ammo ushbu asr oxiriga borib, “o‘zbek”, “tojik” yoki “qoraqalpoq” kabi mahalliy o‘zliklar yo‘qolib ketmasa-da, tor ko‘lamli bo‘lib qoladi. Chunki insoniyat asta-sekin global o‘zlikni izlashga o‘tmoqda — bu tabiiy jarayon. Shu nuqtada, O‘zbekistondagi ateistlar qatlamining asosiy muammosi shuki, ular hali ham birinchi ma’muriyat davrida shakllangan xavotirli shablonlardan chiqib keta olmayapti. Ularning da’vosicha, agar biz huquqiy-demokratik davlat bo‘lishni istasak, musulmonlar siyosatga aralashmasligi kerak. Aks holda, O‘zbekiston hech qachon demokratik davlatga aylanolmaydi, deyishadi. Bu esa asossiz va mantiqsiz da’vodir. Bunday yondashuv na demokratik, na liberal fikrlashni anglatadi. Aslida, bunday pozitsiya sovet davrida dindorlarga nisbatan olib borilgan repressiv, totalitar siyosatni oqlashga o‘xshaydi. Agar bizdagi ateistlar chinakamiga ongli va konstruktiv bo‘lishsa, ular shunday deyishardi: “Keling, hech kim buzolmaydigan o‘yin qoidasini birga belgilaylik.” Ana shundagina sog‘lom jamiyat shakllanishi mumkin bo‘lardi. © Kamoliddin Rabbimov 💬 Telegram | 📹 YouTube
#mem 💬 Telegram | 📹 YouTube
#iqtibos Usmonli turklar turli dinlardagi xalqlarni bitta soliq va dono befarqlik bilan boshqargan bir paytda, xristian hukmdorlar yagona din hukmron bo‘lishi uchun o‘z yurtdoshlarini qonga g‘arq qilganlar. — Leibniz, "Mars Christianissimus" kitobidan, 1683-yil 💬 Telegram | 📹 YouTube