tgindex
Iyman Tech
@mr_mustafoyevанглийский

Formal Iyman Tech company page notices : https://t.me/javabytyping room: https://meet.google.com/ddn-afxp-xpq algorithm and DS :https://t.me/algorithm_with_mustafoyev english :https://t.me/iyman_english jobs :https://t.me/java_iyman_jobs

Последний пост
3 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
243
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
319
20 постов
Вовлечённость
131,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Men bugun bir akamning so'zlarini eshitdim va kelajakni o'ylab, har bir qadamimning kombinatsiyalarini rejalashtirib chiqdim! Akam butun boshli dasturlarni Claude'ning 100 dollarlik versiyasi yordamida yozdirayotganini eshitib, kelajakda AI yanada rivojlansa, davomiy yaxshilashlar (update) yoki buglarni ham o'zi aniqlab, muammolarni bartaraf etishiga ishonch hosil qildim. Shunda o'zimga savol berdim: men o'rganishni davom ettirishim kerakmi? Biroz o'ylab, endi bor e'tiborimni marketingga, bozorning qanday rivojlanishi va mahsulot sotish tajribasini o'rganishga qaratishim kerak, degan xulosaga keldim. Ammo keyin yana o'ylanib qoldim: kod yozish qismini to'laqonli AI'ga ishonib topshirish qanchalik to'g'ri bo'ladi? Baribir, o'zimning yuragim talpinib turadigan haroratda ishlashim, muammolar va ularning yechimlari ustidan to'laqonli nazoratni o'z qo'limda ushlashim uchun arxitekturani chuqurroq o'rganishim, to'g'rirog'i, doimo o'rganishim menga foydadan xoli bo'lmas ekan! AI esa — bu tajribali dasturchilarni o'zida jamlagan ajoyib jamoadoshim ekan! @mr_mustafoyev 03.07.2026 Bukhara

  • Yana bir narsani sezdim, hayotda nimadandir(har kimda har xil) qiynalib bo'lsa ham o'tmasangiz va boshqa osonini tanlab ketsangiz, u har safar boshqattan oldingizdan chiqaverarkan va shunchaki qiynaladigan vaqtingizni uzaytirarkansiz xolos!

  • Atrofingdagilar optimist kabi fikrlamasa yoki o'sha sohada mutaxasis bo'lmasa demak ular oldida qilayotgan ishingni yoki qilmoqchi bo'lganingni hech ham gapirma shunchaki quruq vaqting ketgani qoladi, juda qattiq kurashib aytganlari hech bir arzimagan narsa bo'ladi!

  • Chorasizlikdan qochib chorasizlik oldida rabbing bilan qolishing aslida choradir!

  • Foydali suhbatlar bo'ladi deb umid qilaman, inshaalloh men ham borsam kerak!

  • 27 июн.156из Sardoroga_blog

    Assalomu alaykum Bugun UzGeeks meetupi bo'lib o'tadi. Startup qurish va investitsiyalar haqida mutaxassislar bilimlarini ulashishadi. 27-iyun, shanba(bugun), Amity University. Meetup 14:00 da boshlanadi. Xarita: Amity University Labzak koʻchasi, 70 https://yandex.uz/maps/org/amity_university/27344936067?si=4cjpb0wdk5rjfxk6mfq2zvmwww https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7 Barchani kutamiz

  • Bitta akam mana shuni olibdi, xo'p men qachon olaman shunaqa mashina deb o'yladim va bir aniq fikrga keldim, kim nima qilsa qilsin uni aynan takrorlab ham aynan bir xil natijaga borib bo'lmaydi, aynan rizq doirasida ketganda! Shunchaki o'zingdagiga shukur qil va shunchaki o'zingni kechagidan bugun yaxshiroq qil va senga xoslangani keladi! Va yana rohatlan! @mr_mustafoyev 26.06.2026 Toshkent

  • видео или голосовое, без подписи

  • TopCoach: ayol startaper yaratgan va talabalarni Ivy League’ga olib kirayotgan loyiha “On StartupBase”ning navbatdagi soni mehmoni — TopCoach platformasi asoschisi Orzugul Umarovna. U o‘z loyihasi, xorijda o‘qimoqchi bo‘lganlar duch keladigan asosiy muammolar…

  • 24 июн.1861из startupbaseuz

    TopCoach: ayol startaper yaratgan va talabalarni Ivy League’ga olib kirayotgan loyiha “On StartupBase”ning navbatdagi soni mehmoni — TopCoach platformasi asoschisi Orzugul Umarovna. U o‘z loyihasi, xorijda o‘qimoqchi bo‘lganlar duch keladigan asosiy muammolar, shuningdek, ayol founder sifatida startap qurishning murakkab tomonlari haqida gapirib berdi. Top Coach xorijda o‘qishni istagan talabalarni tajribali mentorlar bilan bog‘laydigan platforma bo‘lib, universitet tanlash, grantlar va qabul jarayonlari bo‘yicha individual konsultatsiyalar taqdim etadi. ⛔️ To‘liq suhbatni tomosha qiling LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • Bugun futbolni ko'rmasam kerak, yurak ko'tararmikin deb, tinchgina erta uxlab shot ni ertalab ko'raman! Nima deysizlar 😁😭

  • 17 июн.2532из algorithm_with_mustafoyev

    Birinchi Slide Windowni ishlatishim uchun bir tomondan 2 ta left va right ga ketma-ket indexlarni saqladim! va sekinlik bilan chap tomondagi va o'ng tomondagini tekshirishni boshladim va agar o'ng tomondagi katta bo'ladigan bo'lsam profitni hisoblab oldingi bilan taqqoslab kattasini maxProfitga o'zlashtirdim va kichik bo'lsa demak chap tomondagini 1 tadan oshirib bordim va bu juda yaxshi Time O(N) demak yechim zo'r hammasini aylanishi uchun right < prices.length yetardi! va yechim int left = 0, right = 1; int maxProfit = 0; while (right < prices.length) { if(prices[left] < prices[right]) maxProfit = Math.max(maxProfit, prices[right] - prices[left]); else left++; right++; } return maxProfit; va right leftni kutib turmaydi left agar boshida qolib ketgan bo'lsa demak left boshida qolib ketdi va har safar right 1 tadan chegaraga yaqinlashib bormoqda! left ortda qolib ketsachi va right yetib oldi while ishini tugatdi! va [1,2,4,2,5,7,2,4,9,0,9] mana bu holatda sizni kodingiz 8 qaytardi va javob esa 9 edi xo'p kodni bir joyini to'g'irlasangiz va yechim 100%

  • 15 июн.2372из algorithm_with_mustafoyev

    Two Pointers bo'yicha ishlayapman! bugungi o'zimni masalam: https://leetcode.com/problems/container-with-most-water/description/

  • 11 июн.26661из algorithm_with_mustafoyev

    Men aslida LeetCode'da yoki shunga o'xshash platformalarda masala ishlashni dasturlashim uchun deb o'ylarkanman! Aslida, u hayotimdagi har qanday muammoga yechimni olib kirishim uchun analiz qilishni o'rgatarkan! Proyekt qurishimiz ham shunaqa-ku, ha, to'g'ri, lekin biz ko'pincha oldin ishlatgan narsamizni qaytarib qo'yishimiz ko'proq va bu kunlik miyaga davomli bosim bermasligi mumkin. Masala ishlash esa — doim kunlik, yangicha yo'llarni o'rganish orqali miyaga beriladigan davomli chiniqtirishdir!

  • 1 апр.381из abdullabutaev

    O‘zbekiston bank tizimida yangi bosqich boshlandi O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun nihoyat huquqiy asos paydo bo‘ldi. 2026-yil 27-mart kuni qabul qilingan O‘RQ–1126-sonli qonun bilan tegishli kodeks va qonunlarga o‘zgartirish kiritildi. Shu orqali islomiy bank faoliyatiga oid asosiy tushunchalar qonunchilikka kiritildi va bu yo‘nalishdagi huquqiy bo‘shliq yopilyapti. Bu banklar, mijozlar va investorlar tomonidan uzoq kutilgandi. Islomiy bank endi g‘oyadan real bank modeli sifatida shakllanishni boshlayapti. Nimalar o‘zgaryapti? Banklar alohida litsenziya asosida islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Bunda banklar huzurida maxsus kengash faoliyat yuritishi talab qilinadi. Soliqqa tortish masalasida ham muhim o‘zgarishlar bor — ayniqsa QQS bilan bog‘liq uzoq kutilgan masala yechildi. Bu nimani anglatadi? Birinchidan, banklar uchun yangi mahsulotlar va yangi operatsion model paydo bo‘lyapti. Ikkinchidan, investitsiyalar va depozitlar oqimi uchun yangi kanal ochilmoqda. Uchinchidan, bu shu paytgacha qadriyatlari sabab bank bilan faol ishlamagan auditoriyani tizimga yaqinlashtirishi mumkin. Shu yilning o‘zidayoq kamida 1 ta “islomiy darcha”, 2026–2030 yillarda esa 2 ta to‘liq islomiy bank ishga tushishi aytilmoqda. Lekin qonun qabul qilingani - bu yo‘lning faqat boshlanishi. Oxirgi 3-4 oy ichida bir nechta davlat va xususiy banklar bilan uchrashuvlarim asosida ayta olamanki, banklar hali islomiy moliya xizmatlarini ishga tushirishga tayyor emas. Asosiy muammolardan biri - ABT tizimlari. Bugungi aksariyat ABTlar an’anaviy bank xizmatlari uchun qurilgan. Ular orqali yangi turdagi islomiy bank xizmatlarini hozircha to‘liq ko‘rsatish imkoni yo‘q. Shu sabab ko‘plab banklar yangi ABT yoki mos yechimlar qidirmoqda. Hozirgi tizim bo‘ladimi yoki yangi ABT bo‘ladimi, uni moslashtirish, yangi mahsulotlarni sozlash va ishga tushirishga kamida 3–4 oy vaqt ketadi. Ikkinchi katta masala — kadrlar tayyorgarligi. Hozir bosh banklarda ayrim rahbar xodimlar yangi yo‘nalish bo‘yicha bilimini oshirmoqda. Endi buni filiallargacha tushirish,xodimlarni islomiy bank xizmatlarini to‘g‘ri tushunish va ko‘rsatishga tayyorlash kerak. Ya’ni bugungi real vaziyat shuni ko‘rsatmoqda :qonuniy asos yaratildi, lekin endi navbat tizim, mahsulot, dasturiy ta’minot va xodimlarga keldi. Yaxshi tomoni shundaki, dasturiy ta’minot masalasi ham, xodimlarni tayyorlash masalasi ham yechiladigan masalalar. Qonun uch oydan keyin, 2026-yil 29-iyundan kuchga kiradi, ungacha ulgurish mumkin. Qaysi bank birinchi bo‘lib, islomiy bank xizmatlarini taklif qilishni boshlarkan ? https://t.me/abdullabutaev

  • https://www.linkedin.com/posts/mustafoyev-muhammad-02361b379_update-activity-7443911133721329664-v-Yu?utm_source=share&utm_medium=member_android&rcm=ACoAAF2Hs1sB_g7KMZK3AcpVBw07faVPrR4Wklw Ha yaqinda biz boshlagan ba'zi ishlarni ham aytishni boshlayman! Inshaalloh!

  • 9 мар.1 1774

    Ko'pchiligimiz "nafs" deb ataydigan tushunchaning miyamizda aniq bir manzili borligini bilarmidingiz? Bu — Anterior Mid-Cingulate Cortex (aMCC). ⚡️ Irodangizni qanday qilib "kattalashtirish" mumkin? Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aMCC — bu miyaning…

  • Iroda — bu miyaning operatsion tizimi, uni har kuni qiyinchiliklar bilan yangilab turish shart.

  • Anterior Midcingulate Cortex

  • 27 февр.35966из abdusattor

    😴6 soat uxlash = 24 soat uyg'oq yurish bilan teng Tadqiqotlarga ko'ra, agar siz 14 kun davomida har kuni 6 soatdan uxlasangiz, 14-kunga borib miyangizning ishlash qobiliyati bir sutka davomida umuman uxlamagan odamniki bilan bir xil darajaga tushib qoladi. 4 soat uxlaydiganlarda esa bu ko'rsatkich 2 sutka (48 soat) uxlamagan odam darajasida bo'ladi. Uyqu yetishmasligining 3-4 kunidan boshlab, inson o'zini endi charchagan deb hisoblamaydi. Tana charchoqqa ko'nikadi. Siz "men yaxshiman, o'rgandim" deb o'ylaysiz. Miya esa ko'nikmaydi. Uning reaksiya tezligi pasayadi, diqqat tarqoqlashadi, xotira yomonlashadi. Siz o'zingizni “yaxshiman” deb hisoblaysiz, lekin obyektiv testlar miyangiz xuddi "mast" holatda ishlayotganini ko'rsatadi. Siz shunchaki normal holat qanday bo'lishini unutib qo'yasiz. Xo’sh nega biz buni sezmaymiz? Surunkali uyqusizlik miyaning o'z faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini ko'r qilib qo'yadi. Siz o'z imkoniyatlaringiz pasayib ketayotganini payqamay qolasiz. Bu xuddi mast odamning "men bemalol mashina hayday olaman" deb ishonishiga o'xshaydi. Uyqu yetishmasligining asosiy oqibatlaridan biri diqqatni jamlash qiyinlashadi va oddiy vazifalar ko'proq vaqt ola boshlaydi. Va yana asabiylik va hissiy beqarorlik ortadi. Uyquda kattalar uchun biologik ehtiyoj 7 soatdan 9 soatgacha hisoblanadi. 6 soat uxlash qahramonlik emas, miyani sekin-asta ishdan chiqarish degani. "Men 6 soat uxlab ham o'zimni yaxshi his qilyapman" degan gap, aslida miyangiz o'z holatini baholay olmayotganini anglatadi. Tanamiz sog'lom bo'lishi uchun emas, shunchaki "normal" ishlash uchun ham 7-8 soat uyqu zarur.

Iyman Tech — tgindex