tgindex
"Mineral resurslar instituti" DM

"Mineral resurslar instituti" DM

Статистика

Geologiya fanlari universiteti "Mineral resurslar instituti" DMning rasmiy telegram sahifasi. 🌐 Web-sayt: mridm.uz 📧 E-mail: info@mridm.uz 📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64 -uy

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
26
Всего постов
98
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
516
+4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
200
40 постов
Вовлечённость
38,8%
к подписчикам
Постов в день
3,7
всего 98
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
178
1/48двое суток
203
1/72трое суток
220

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🎓Bugun mineral resurslar institutida 2026 yil 22 iyunda "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-1155 Qonuni mavzusida seminar o'tkazildi. ✅Ishtirokchilarga asosiy yangiliklar va ularning ahamiyati yetkazildi: 👍Korruptsionerlarning elektron reestri: korruptsiya bilan bog'liq jinoyatlar sodir etgan shaxslarning maxsus elektron reestri yaratildi. 🌀Qat'iy cheklovlar: reestrga kiritilgan shaxslarga davlat xizmatiga kirish, rahbarlik lavozimlarini egallash, saylanadigan lavozimlarga nomzod bo'lish hamda davlat xaridlarida qatnashish taqiqlanadi. 🇺🇿Jazoning muqarrarligi: Jinoyat kodeksiga "korrupsiyaga oid jinoyatlar" tushunchasiga ta'rif berilib, unga 18 turdagi jinoyatlar kirishi belgilandi. Talon-toroj va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, etkazilgan zararni to'liq qoplamagan shaxslarga nisbatan shartli ozod qilish yoki jazoni engilrog'i bilan almashtirish tartibi qo'llanilmaydi. 🇺🇿Davlat xaridlari nazorati: Davlat xaridlarida tovarlar va xizmatlarning boshlang'ich narxi bozor narxidan asossiz farq qilishining oldini olish bo'yicha ma'muriy jarimalar va talablar mustahkamlandi. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 2026-yil 13-avgust kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan Mineral resurslar instituti DMda “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida Geologiya fanlari universiteti hamda uning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, geologiya va mineral resurslar sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Mineral resurslar instituti DMning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, geologik izlanishlar, mineral xomashyo resurslarini o‘rganish, ularni baholash va istiqbolli konlarni aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan geologiya va mineral resurslar yo‘nalishida zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Muloqot davomida Geologiya fanlari universiteti va uning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari bilan Mineral resurslar instituti DM o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tajriba almashish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, geologiya va mineral resurslar sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv davomida soha rivoji, malakali kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Mazkur aksiya doirasida tashkil etilgan uchrashuv Geologiya fanlari universiteti hamda Mineral resurslar instituti DM o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish va geologiya sohasining istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir jarayonlari foto va videolavhalar asosida tayyorlanib, Mineral resurslar instituti DMning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritildi. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 💼2026-yil iyun–avgust oylarida Mineralogik tadqiqotlar sektori xodimlari tomonidan 1906-sonli “Respublika hududida tarqalgan alohida istiqbolli ma’dan namoyondalari ma’danlari tarkibida sanoat uchun muhim yo‘ldosh elementlarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganish” davlat budjeti loyihasi doirasida Navdaroz-Chashmazor va Shavkatli maydonlarida dala tadqiqot ishlari olib borildi.   🚕Dala tadqiqotlari davomida mazkur maydonlarning geologik va mineralogik xususiyatlari o‘rganilib, ma’danlashuv belgilari mavjud bo‘lgan istiqbolli uchastkalarda geologik-mineralogik kuzatuvlar amalga oshirildi. Tadqiqotlar jarayonida tog‘ jinslari va ma’dan namunalari belgilangan tartibda tanlab olinib, ularning joylashuvi, tashqi ko‘rinishi, mineral tarkibi va ma’danlashuv xususiyatlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar qayd etildi.   💎Yig‘ilgan namunalar keyingi bosqichda mineralogik-petrografik va kimyoviy-analitik tadqiqotlar o‘tkazish uchun tayyorlandi. Laboratoriya tadqiqotlari orqali ma’dan namunalari tarkibidagi asosiy hamda sanoat uchun muhim bo‘lgan yo‘ldosh elementlarning miqdori va tarqalish xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ularning istiqbollilik darajasiga baho berish ko‘zda tutilgan.   👨‍💻Olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida loyiha doirasida keyingi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan namunalar va dala materiallari to‘plandi. Mazkur materiallarni kompleks laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish asosida Navdaroz-Chashmazor va Shavkatli maydonlaridagi ma’danlarning mineralogik va geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda sanoat ahamiyatiga ega yo‘ldosh elementlarning tarqalish qonuniyatlarini baholash rejalashtirilgan. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 💼“Geologiya qidiruv ishlari metodikasi” sektorida “Mineral resurslar instituti” DM va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan “NKMK” AJ 2-GMZ 1-sonli chiqindilar omborining sanoat ahamiyatini geologik-iqtisodiy baholash bilan geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish” loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 🗓Joriy yilning iyul-avgust oylarida “Geologiya qidiruv ishlari metodikasi” sektori mutaxassislari A.X. Oxunov, J.E. Muhammedov, A.Sh. Yorqulov va N.T. Ergashovlar loyiha doirasidagi 1-bosqich dala-tadqiqot ishlarini 2-GMZning 1-sonli chiqindilar omborida olib borishdi. Tadqiqot ishlari davomida 2-GMZning 1-sonli chiqindilar omborining 1-2-kartasidan eksperimental blok tanlab olindi va rejalashtirilgan 336 ta burg‘ilash qudug‘idan 174 ta burg‘ilash qudug‘i o‘tildi. Burg‘ilash ishlari “NKMK” AJ tomonidan KamAZ avtotransporti negizidagi “УРБ” (Qidiruv burg‘ilash uskunasi) yordamida amalga oshirildi.. Burg‘ilash ishlari 20x20m bo‘lgan qidiruv to‘rlari bo‘yicha olib borildi. Burg‘ilash quduqlaridan 1m bo‘lgan intervalda jami 1910 ta geologik namunalar olindi. Namunalar 3-Geolgiya-qidiruv partiyasining namunalarni saqlash omboriga yetkazildi va ularning har biri qayta tekshirildi. “Mineral resurslar instituti” DM mutaxassislari tanlangan eksperimental blokda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari jarayonida qo‘llaniladigan namuna olish usullarini metodik jihatdan o‘rganib chiqdilar. O‘rganish natijalariga ko‘ra, burg‘ilash jarayoni to‘g‘ri hamda metodik talablarga muvofiq tashkil etilganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda tadqiqot hududida burg‘ilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • 💼 🤝 MRI DM va AQShning Syensqo kompaniyasi: Innovatsion hamkorlik va yangi istiqbollar «Mineral resurslar instituti» DMning Olmaliq tajriba-sinov va geoinnovatsion texnologiyalar markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut direktori va AQShning nufuzli Syensqo kompaniyasi Biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Anuar Seydaliev o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. 📌 Uchrashuv kun tartibidagi asosiy mavzular: 🧠Innovatsion texnologiyalar: Murakkab tarkibli ma’danlar va texnogen chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy usullari. Intensifikatsiya jarayoni: Ma’danlarni flotatsion boyitishda yangi turdagi selektiv reagentlardan foydalanish va samaradorlikni oshirish. 👍Kadrlar salohiyati: Institutning texnolog mutaxassislari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish va olingan nazariy bilimlarni qo‘shma laboratoriya tajribalari orqali mustahkamlash. 🏭 Ishlab chiqarishga integratsiya: Muloqot davomida mamlakatimizning tog‘-kon sanoati gigantlari — Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari (NKMK va OMKMK) ob’ektlarida olib boriladigan tadqiqotlarda MRIning o‘rni va istiqboldagi ustuvor vazifalari belgilab olindi. ✈️ Xalqaro hamkorlik va takliflar: Anuar Seydaliev MRI rahbariyati va mutaxassislarini ilmiy-amaliy tajriba almashish maqsadida quyidagi tadbirlarga taklif etdi: ⚙️Qozog‘istonning Ostona shahrida joylashgan Syensqo texnologik laboratoriyasiga tashrif buyurish. Joriy yilning 15 sentabr kuni Olmaota shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Rangli metallarni boyitishda zamonaviy texnologiyalar» mavzusidagi texnik seminarda ishtirok etish. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 💼“Geokimyoviy tadqiqotlar” sektorida “G‘arbiy O‘zbekiston hududidagi etalon obyektlarni o‘rganish va tajriba-uslubiy izlanishlar asosida yopiq maydonlarda ma’danli foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni bashoratlash maqsadida vaqtinchalik uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. 🤝1832/2-24-sonli “G‘arbiy O‘zbekiston hududidagi etalon obyektlarni o‘rganish va tajriba-uslubiy izlanishlar asosida yopiq maydonlarda ma’danli foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni bashoratlash maqsadida vaqtinchalik uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish” loyihasi doirasida 2026-yil iyun-avgust oylarida Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan Temirkon maydonida ikkilamchi va atmogeokimyoviy dala tadqiqotlari olib borildi. Shuningdek, hozirgi kunda Ajibugut maydoni bo’yicha kameral ishlar olib borilmoqda. 👨‍💻Jumladan kameral ishlar davomida Ajibugut maydonidan olingan ikkilamchi geokimyoviy namunalarning analitik tahlil natijalari oʻrganildi va geokimyoviy maʼlumotlar bazasi yaratildi. 🥇Maʼlumotlar bazasi yordamida Ajibugut maydonida 1:25 000 miqiyosidagi Au, Ag , W va Hg birlamchi va ikkilamchi geokimyoviy elementlarning tarqalish xaritasi tuzildi. 📱 Web |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

"Mineral resurslar instituti" DM — tgindex