Mudarris Blog
СтатистикаBAYAN ilovasining rasmiy telegram sahifasi Sun'iy idrok (Al) va texnologiya Chat: @mudarrisblogchat Muallif: @hasanxon_muhammad
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 135
- 1/48двое суток
- 154
- 1/72трое суток
- 166
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bayan ilovasida arabcha so‘zni qidirganingizda, faqat tarjimasini emas, shu so‘zga oid turli manbalardagi ma’lumotlarni ham bir joyda ko‘rishingiz mumkin Oldin sinonim va antonimlar bor bo'lgan bo'lsa, endi arab olamida mashhur va keng foydalaniladigan manbaalarni ham birlashtirdik. Mu'jam al-Vasit (المعجم الوسيط) Kuvayt fiqh ensiklopediyasi (الموسوعة الفقهية الكويتية) Arab maqollari (أمثال العرب) Arabcha Vikipediya (ويكيبيديا العربية) Ya’ni, bir so‘zni qidirasiz — Bayan esa uning atrofidagi kerakli ma’lumotlarni bir joyga jamlaydi. Arab tilini o‘rganish, matn o‘qish yoki yangi so‘zning ma’nosini chuqurroq tushunish uchun endi bir nechta manbani alohida-alohida qidirishga hojat yo‘q Android: Google Play iOS (iPhone/iPad): App Store Bayan — til va qalb orasidagi ko'prik #Bayan #ArabTili #Arabcha #Lugat #Arabic
Kecha va'da qilinganidek bugun ilovadagi yangilanishlar haqida aytib bermoqchiman. Ilovada ai qidiruv ishga tushdi. Bu nima degani, bu xuddi Google translate kabi jumla yoki ifoda, so'z birikmasi yozsangiz ham ai buni tarjima qilib sizga taqdim qiladi. Sinonim va unga yaqin bo'lgan ma'nodoshlarini taqdim qiladi. Tarjima tabiiy va to'g'ri chiqadi. Eslatma: ilovani yangilashni unutmang #funksiya
Yaxshi yangiliklarning debochasi: ilovamizning yangi versiyasi playmarketda tasdiqlandi. Ushbu o'zgarishlar haqida ertaga batafsilroq to'xtalaman. Agar siz sezgan bo'lsangiz izoh qismida screenshot bilan qoldiring. Ilovani yuklab olish yoki yangi versiyasini olish uchun havolaga o'ting
Hovlimizda chumolilar bor. Esimda bolalik chog'larimda chumolilar bilan yaqindan tanishganman. Ularning har bir harakatini: bir saf tortib uyasidan 20-30 odim uzoqlikdan yegulik tashishlarini, uya ichidan chiqindilarni olib chiqib tozalashlarini, og'ir yukni bir necha kishilashib ko'tarishlarini hatto urushib janjal qilishlari-da bolalik xotiralarimga muhrlanib qolgan. Shu kunlarda chumolilarimiz hovlimizning etagidan uya qazib, o'zlariga maskan tutishgan. Yana kuzatib anglaganim shu bo'ldiki, chumolilar kunning issig'ida uyalaridan chiqishmayapti, balki kechasi tunda harakatlanib, uyalariga yegulik toshiyapti. Ajoyib-a, chumolilar ham tungi "smena"(night shift)da ish qilyapti. Har bir dangasaga zarbulmasal qilinadigan jonzotlar ham jazirama issiqda dam olib ishlayatganda sizlar ham o'zilarni ehtiyot qililar. Ilovani do'konlarga joylagandan keyin qo'lim ancha bo'shab qolgandi. Oxirgi ikki kundan beri yana ilova ustida ishlayapman. Chumolilardan ibrat olib kechasi ishlayapman. Atrof sokin, tun uzoq. Havo mo'tadil. Fikrlar sof. @mudarrisblog
Assalamu alaykum, hammaga. Kichik bildirishnomamiz bor edi: ilovamiz ma'lumingizkim PlayMarket va AppStore do'konlarida mavjud. Ilovani hech bir cheklovlarsiz osongina mobil qurilmalaringizda ishga tushira olasiz. Bundan tashqari iOS foydalanuvchilari ilovani MacBookda ham yuklab olib qulay va oson ishlatishlari yuqoridagi videoda ko'rsatib o'tilgan. Yanada yangi va yaxshi yangiliklar hali oldinda. @mudarrisblog
Bayan arabcha o'zbekcha lug'at endi AppStoreda ham bor. Yuklab olib, ishlatib ko'rishinglar mumkin. Izoh qoldirib qo'llab-quvvatlab turishinglarni so'rab qolaman. Taklif va shikoyatlar uchun @hasanxon_muhammad profiliga murojaat qilaverasizlar AppStoredan yuklab olish uchun bosing
Ayfonchilar tayyormisizlar? Yangiligimiz bor)
Bayan endi sizning kompyuteringizda Allohga shukr ilovamiz, qisqa muddatda 2,500 martadan ko'p odam yuklab oldi. Bu son kundan kunga ortib bormoqda. Barchaga foydali bo'lishini Allohdan so'rab qolaman. Yaqin do'stlarimizdan ilovani kompyuterda ham ishlaydigan ilovasini yasashimni so'rashgandi. Aslida bu ish qiyin bo'lmasa-da, o'ziga yarasha vaqt va qunt talab qiladi. Ushbu videoda ilovani hech bir qiyinchiliksiz, oson va tez kompyuterda ishga tushirishni ko'rsatib o'tganman. Ko'ring va foydalanib, ulashing. Tushunmagan joyingiz bo'lsa albatta so'rang Google Play Games ilovasini yuklab olish uchun yozuv ustiga bosing Telefondagi Play Market akkauntingiz bilan ushbu ilovadagi akkauntingiz bir xil bo'lsin. So'ng telefoningiz orqali ilovani kompyuteringizga o'rnating. Play Gamesga kiring va ilovadan foydalaning. O'zi oson qilsin
#funksiya Ilovada yana bir qulay imkoniyat borki, uni ko'pchilik hali payqamagan bo'lsa ham kerak. Keling bugun sizlarga u haqida aytib beraman. Aytaylik, siz arab tilida kitob o'qiyapsiz. Bilmagan lug'atlaringizni yozib borish uchun daftar tutasiz va u daftarga boshqa kitobdan chiqqan lug'atni yozmaysiz. Ilovada ham shunday imkoniyat bor: bilmagan so'zingizni qidirib toping va uni o'ng yuqori burchakda turgan "yorliq" belgisini bosing. Odatda bu belgi orqali umumiy bitta "Sevimlilar" ro'yxati shakllanadi. Bayanda esa o'zingiz alohida bo'lim ochib so'zlarni aynan o'sha bo'lim ostida yig'ib, yodlab yurishingiz mumkin. Videoda buni ko'rsatib berganman. Manfaatli bo'lsa, ulashing. Google playda o'z fikrlaringizni yozib qoldiring. Ilova bu yerda https://play.google.com/store/apps/details?id=com.arabdict.arab_lugat
#ehson Dasturchi do'stim bor, O'zbekistonda qo'l bilan sanoqli dasturchilardan. Ko'p ishlarimga yordam bergan, yo'l-yo'riq ko'rsatgan. Hozirgacha maslahatlashib turamiz. Hali bu ilovam bu ko'rinishga kelmagan paytlar, do'stim bilan uchrashib g'oyalarimni, boshlagan ishlarimni ko'rsatdim. Unga juda yoqdi. Ayniqsa, ta'lim sohasidagi bu xizmat ancha manfaatli bo'lishini bildirdi. Keyin esa qanday kompyuterim ishlatayotganimni so'radi va holatini ko'rib chiqdi. Acer Nitro 5 o'yin uchun ishlab chiqilgan laptop. Ancha muncha kompyuterlardan kuchli edi. Shunday bo'lsada tezkor xotirasi va RAM biroz kichikroq edi. Aka, yuring Malikaga tushib chiqamiz dedi-da qo'yarga qo'ymay kompyuterimni o'zini yonidan pullar sarflab haqiqiy monstrga aylantirib berdi. Shundan beri kompyuterimda xotira to'lib qolishi, biror dastur o'rnatsam qotib qolishi haqida hech ham g'am qilmaydigan bo'ldim. Alhamdulillah, juda ravon va soz ishlamoqda. Do'stimni menga kiritgan investitsiyasi sabab mana ilova playmarketga ham yuklandi. Alloh do'stimdan rozi bo'lsin, Jannatda ham birga qilsin. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomat kuni Alloh taoloning soyasida bo‘ladigan yetti toifa haqidagi hadislarida jumladan, shunday deganlar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «...Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi...» Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Hozir bularni nega eslayapman, kompyuterimda ilovani ba'zi joylarini tekshirib to'g'rilash uchun, Android Studioni ishga tushirgandim. Monstrga aylanishidan avval bu dasturni ishlataman desam, ancha vaqt kutardim va juda qizib ketardi. Hozir esa juda yaxshi ishlayapti. Qotib ham qolmaydi, juda qizib ham ketmaydi. Android Studioni qisqacha ta'rifini Nvidia kompaniyasida senior dasturchi Jahongir aka o'z sahifasida yozgandi: 4 kursda diplom ishim uchun Android dastur yozgandim. U paytda $300-400 lik Dell laptop ishlatar edim. 4 yil davomida shuni ishlatganman. Hullas tashqarida havo 30 gradus issiq bo’lsa, men o’tirgan xonada 40 gradus issiq edi. Sababi esa oddiy. Android Studio ishlatar edim P.S: Shuningdek, ushbu loyihamiz ustida kechasi uxlamay chiqayotgan yana bir do'stim bor, inshaAlloh u bilan ham yaqin kunlarda tanishtiraman. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin
#funksiya Oldin aytib o'tganimizdek ilovamiz faqatgina arab tilidan qidirilgan so'zlarnigina emas, o'zbek tilida qidirilgan so'zlarni arabcha tarjimasini ham ko'rsatadi. Natija chiqqandan keyin, arabcha so'z ustiga bossangiz o'sha so'zning arabcha ma'nolari tarjimasiga olib o'tadi.
#funksiya Aslida ovoza qilib aytishga kichiklik qilsa-da bo'lishib qo'ygim keldi: asosiy ekranda qidirsh blokiga barmog'izi qiynalib cho'zib yurish shartmas. Shunchaki tepadan pastga tomon qattiqroq tortasiz qarabsizki qidiruv oynasi ochiladi. Bu ham qulaylik uchun qo'shilgan. Menimcha halaqit qilmasa kerak-a?
Ilova haqida har turli tomondan tashakkur va e'tiroflarni eshitib turibman. Alloh barchalaridan rozi bo'lsin. O'zi qabul etgan bo'lsin Play Marketda ham yozma izoh qoldirib, qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat. Albatta bu ilovani yanada kengroq yoyilishiga, sabab bo'ladi. Lozim topsangiz siz ham izoh qoldiring. Zotan sizning izohingiz biz uchun muhim! Izoh qoldirish uchun ilova sahifasiga o'ting:👇🏻 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.arabdict.arab_lugat @mudarrisblog
без подписи
#funksiya Yuqorida aytganimdek, lug'atda har bir so'z uchun keng qamrovli misollar berilgan, hatto Qur'on va hadisdan. Har bir ma'no misollari ajratib ko'rsatilgan (1). So'zni ma'nosini ko'rib bo'lganingizdan keyin bosh sahifaga qaytmoqchi bo'lsangiz yuqoridagi "Bayan" yozuvi ustiga bossangiz o'sha sahifaga o'tib qolasiz. Orqaga qaytish tugmasini qayta-qayta bosib yurmaysiz.(2) Agar siz qidirilgan so'zlar oynasiga qaytmoqchi bo'lsangiz ekraningizni shunchaki o'ng yoki chapga suring. (3) Agar bir so'zni bir nechta ko'pligi yoki masdari bo'lsa uni asosiy ko'plik va masdar so'zini yozib, qolganini so'z ustiga raqam bilan berdik. Raqamni bossangiz qolgani ochiladi. (4) Ushbu sahifadan so'zni buferga saqlab, qaygadir qo'ymoqchi bo'lsangiz shunchaki asosiy so'z ustiga bir marta bosing. (5)
📚 11 YILLIK UZLUKSIZ MEHNAT, 4 JILD VA 100 000 DAN ORTIQ SO'Z: O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI ENG BUYUK LUG‘AT ENDI CHO‘NTAGINGIZDA! Bilasizmi, o‘zbek tilida arabcha so‘zlar bo‘yicha shunday bir shoh asar borki, uning mislsiz boyligi va ko'lamiga hatto rus tilidagi akademik lug‘atlar ham yetolmaydi. Bu — «Al-Qomus arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘at» idir! Bu shunchaki oddiy lug'at emas. O‘zbekistonning yetakchi olimlari (N. Ibrohimov, A. Oripov, A. Ikromjonov, A. Zayriyev) tomonidan naq 11 yil davomida misqollab, yuzlab qadimiy va zamonaviy manbalardan titkilab yig‘ilgan ulkan ilmiy merosdir. Klassik (Qur'on va hadis tili) hamda zamonaviy arab adabiy va so‘zlashuv tilini to'liq qamrab olgan, fan, texnika, san’at va madaniyatga oid minglab noyob atamalar lug'atdan joy olgan. Ilovada har bir so'zning avval barcha ma'nolari raqamlar bilan berilsa, pastroqda esa o'sha ma'noga oid misollar keltiriladi. O'z ko'zingiz bilan ko'rmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali yuklab oling
Ilova funksiyalarini sizlarga to'liqroq va batafsilroq ko'rsatib berish maqsadida kanalda #funskiya heshtegi orqali postlar joylab boraman. Asosiy sahifada har kuni yangilanadigan hikmat va maqollar bor. Ularni kimgadir ulashmoqchi bo'lsangiz "Ulashish"ni bosasiz va o'zingiz xohlagan namuna foniga joylab istalgan platformada ulasha olasiz Imkoniyatlari: shrift uslublari, hajmi hamda rangini tanlashingiz mumkin #bayanarab #funksiya
"Muloyim" ilova Bir necha hafta oldin bir do'stimiz bilan ko'rishib, ancha suhbatlashdik. Mavzu qilayotgan ishlarimizga ko'chdi. Tabiiyki, erta-yu kech xayol band bo'lgan ish haqida - ilova yasayotganim, oxirgi bosqichda ekanini gapirdim. Telefonimga o'rnatib olgan versiyamdan ba'zi funksiyalar bilan tanishtirdim. Ko'rib juda xursand bo'ldi. Juda foydali ilova bo'lganini ayta turib, men hech eshitmaydigan ta'rifni aytdi: Juda muloyim ilova bo'libdi-da Ilova borasidagi ilk maqtovlarni shu ondan qabul qila boshladim. Ilova foydalanuvchilaridan ham o'z fikr-mulohazalarini Play Marketda ilovamiz ostida qoldirishlarini so'rab qolamiz Barchangizga tashakkur
🚨 ARAB TILINI OʻRGANUVCHILAR UCHUN TARIXIY YANGILIK! Qalin va ogʻir lugʻatlarni koʻtarib yurish davri tugadi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor eng mukammal, ilmiy va keng qamrovli arabcha-oʻzbekcha akademik lugʻat — BAYAN endi Google Play'da! 🎉 Bu oddiy ilova emas, butun boshli akademik lugʻat kitobining toʻliq, raqamli va aqlli talqini boʻlib, u endi internetsiz, doim choʻntagingizda! 💎 Ilovada nimalar bor? 📖 100 000+ soʻz — har biri toʻliq harakatlangan (tashkil) va aniq maʼnolari bilan; 🔍 Aqlli qidiruv — soʻzni yozilishi, oʻzagi (jadhr) yoki koʻplik shakli (jamʿ) orqali soniyalarda topish; 🔤 Sarf boʻlimi — feʼllarning barcha zamon va shaxslardagi toʻliq tuslanishi (tasrifi); 🔗 Sinonim va Antonimlar — soʻz boyligini oshirish uchun maʼnodosh va ziddiyatli soʻzlar bir bosishda; 📚 Kutubxona — mashhur arab adibi Komil Kilani asarlaridan iborat oʻqish matnlari; ✍️ 1000+ nahv testlari — oʻrgangan qoidalaringizni mustahkamlash uchun; 📝 Qoʻllanmalar — nahvga oid ilmiy maqolalar, mavzulashtirilgan lugʻat va arab maqollari; 🤖 Bayan AI — sun'iy intellekt yordamida yangi misol va izohlar olish imkoniyati; 📲 100% OFFLINE — internetsiz, istalgan joyda ishlaydi! 🎓 Talabalar, ustozlar, Qurʼon va hadisni tushunishga intilayotgan har bir kishi uchun eng ishonchli hamroh! ⬇️ Hoziroq bepul yuklab oling: 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.arabdict.arab_lugat 📲 SADAQAI JORIYA: Kim bir yaxshilikka birovni yoʻllab qoʻysa, unga ham shu ishni qilganchalik savob yoziladi. Bu xabarni arab tilini oʻrganayotgan doʻstlaringizga, ustozlar va guruhlarga ALBATTA ULASHING! Zora sizning sababingiz bilan kimdir ilm olsa, Qur'on tilini osonroq tushunsa! 🤲🚀 #BAYAN #ArabTili #Lugat #Arabcha #NahvSarf #IlmTalab #QuronTili ***
Shu postni, yozgach ilovani yakuniy tekshiruvga berib yubordim. Agar tasdiqlansa, qabul qilinsa hamma qorako'zlarga ochilardi. Shundan beri har kuni kiraman-chiqaman, tekshiraman. Javob kelmagan bo'lsa nega kechikyapti deb jig'ibiyron bo'laman. Har kech hozir Amerikada ish vaqti boshlandi Google kompaniyasida ham ish boshlandi. Meni ilovamni tekshirish uchun ishga ketishyapti deb qo'yaman. Erta tongda tasdiq xabari keldimi deb pochtamni tekshiraman. Afsuski o'sha xabar kelavermaydi. Odatda tongda hammani kayfiyati chog' bo'ladi, menda esa aksi bo'ladi: hozir Google ishchilari uyiga qaytdi. Ilovamni tasdig'i yana keyingi kunga qoldi deyman... Alhamdulillah mana ilovamiz uchun tasdiq xati ham keldi. Do'stlar, duolaringizdan umidvormiz. Allohim ushbu xizmatimizni O'zi qabul qilsin. Barchaga manfaatli qilsin. Bugun erta ilova dunyo bo'ylab tarqaydi. Keyingi postda havola qoldiraman, havola orqali yuklab olsangizlar bo'ladi, inshaAlloh.