70-75 ballik ESSE namunalari
Статистика-ToshDO'TAU bitiruvchisi -BBA esse eksperti -100% lik sertifikat egasi -Oliy ma'lumotli 5 yillik pedagog -100 lab o'quvchilarning ustozi SHOHIDA SHODMONOVAning kanaliga XUSH KELIBSIZ! @ShodmonovaSh7 NATIJALAR:https://t.me/Shohida_natijalar
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 29
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 494
- 1/48двое суток
- 566
- 1/72трое суток
- 610
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Talabalikka tavsiya etilgan barchani chin yurakdan tabriklayman. Yutuqlaringiz davomli bo'lsin❤️
😊😊😊😊 ⚡️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 2 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. ✅ Bizning kanallar : 1.https://t.me/mukammal_esse_namunalari 2.https://t.me/Shohidamilliysertifikat 3.https://t.me/Shohida_natijalar
Kimda natijalar ko'rindi? Mandat chiqib boshladi❤️
1-2 soatlarda natijalar ko'rina boshlaydi❤️hammaga omad tilayman😍
✅Yuqori balli esse namunasi Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar ishtirokidagi videolarni cheklash masalasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda: - Ayrimlar bu bola huquqlarini himoya qiladi, deb ta’kidlaydi. - Ayrimlar esa bunday cheklov ota-ona huquqi va ijod erkinligiga aralashuv ekanini bildiradi. So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, yoshlar, keksalar va hatto yosh bolalargacha ishtirok etgan turli videolar, trendlar, ular nomidan yuritilayotgan sahifalarga guvoh bo'lmoqdamiz. Bu borada, xususan, yosh voyaga yetmagan bolalar qatnashgan roliklarga taqiq qo'yish borasida bir necha qarashlar mavjud: ba'zilar uning bolalar uchun afzal jihatlari haqida so'z yuritsa, boshqalar bunday choralar ota-onalar manfaati va ijodiy faoliyatiga to'sqinlik qilishini ta'kidlashmoqda. Birinchi navbatda cheklov tarafdorlari bolalarning shaxsiy hayoti va xavfsizligini himoya qilish zarurligini ta'kidlashadi. Ular hali mustaqil ravishda fikrlash doirasiga ega bo'lmaganligi tufayli ongli qarorlar qabul qila olmaydi. Ular ishtirokidagi videolarga qisqartirish kiritilsa, kelajakda ularning shaxsiy hayoti va obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatish ehtimoli kamayadi. Sababi, barcha turdagi kontentlar uzoq vaqt mobaynida saqlanib qoladi. Shuningdek, bolalar nomidan blog yuritish yoki biror mahsulotni ular orqali reklama qilib tijorat maqsadida foydalanuvchilarga ham chora ko'rilishi lozim. Bu yoshlar voyaga yetganda ota-onasi bilan yuzaga chiqadigan turli muammolarning oldini olishga yordam berishi mumkin. Ikkinchi tomon firklariga to'xtalsak, ular bunday cheklashlarni amalga oshirish ota-onalar ijodiy faoliyatini kamaytiradi deb bilishadi. Farzand tarbiyasi va hayoti uchun eng mas'ul shaxs ota-ona hisoblanib, video va kadrlarni ulashish yoki ulashmaslik masalasini o'zlari hal qilishlari kerak. Bu kabi jiddiy tashabbuslar inson huquqiga zid holatlarni shakllantirishi mumkin. Bolalar ishtirokidagi videolar ko'pincha oilaviy hayot, tarbiya jarayoni va ko'ngilochar va qiziqarli trendlarni aks ettiradi. Bunday kontentlarni cheklash esa yosh, rivojlanayotgan bolalardagi ijodkorlik qobiliyatini ham kamaytirish ehtimoli mavjud. Mening fikrimcha, ijtimoiy tarmoq kasbiy faoliyat maydoni hisoblanib, unda tartib-qoidalarga rioya qilgan holda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Misol uchun, bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilmaslik, ularning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan kontentlarni joylamaslik kabi choralar joriy qilgan holda amalga oshirish lozim. Statistik ma'lumotlarga ko'ra internet tarmoqlarida eng tez tarqalayotgan, faol bo'lgan hamda yuqori ko'rishlar soniga ega bo'lgan roliklarning 72.6 % i aynan bolalar bilan bog'liq. Bu boshqa kategoriyalarga qaraganda yuqori ko'rsatkich hisoblanib, bunday videolar ko'pchilik tomonidan ma'qullanayotganini anglatadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ijtimoiy platformalarda bolalar bilan bog'liq videolarni cheklashning bir nechta ijobiy taraflari mavjud bo'lsa-da, uning katta yoshlilarga nisbatan huquqiy jihatdan zarar keltirish hamda shaxsiy faoliyatiga to'sqinlik qilish singari tomonlari koʻproq ahamiyatga ega. https://t.me/esselar_kanali1
Ertaga ko'pchilik uchun tong boshqacha otadi😍😁
Nasib qilsa yangi haftadan boshlab kanalimizda esse darslari bo'lib o'tadi. Bizdan uzoqlashmang❤️
🎲 “ANTUAN DE SENT-EKSYUPERI "KICHKINA SHAHZODA" QISSASI BO‘YICHA” @Milliysertifikat_adabiyotlar kanali uchun @Yodgora_Baxrombekova tomonidan tuzildi testi 🖊 15 ta savol · ⏱ 15 soniya
MANDAT😍 2026-2027-oʻquv yili uchun yakuniy mandatni e’lon qilish uchun barcha ishlar yakuniga yetib qoldi. Natijalar tez orada (bugun kunning ikkinchi yarmidan boshlab yoki 15-avgust kuniga oʻtar vaqtidan boshlab) e'lon qilinadi! Barcha abituriyentlarga omad! ✅ Bizning kanallar : 1.https://t.me/mukammal_esse_namunalari 2.https://t.me/Shohidamilliysertifikat 3.https://t.me/Shohida_natijalar
Uxlaymiz, uxlaymiz o'rtoqlar😁bugun mandat "otmen"🤦♀ O'zbek xonadonida yaqin kunlarda ancha muncha hayvonlar jon beradi🙊
Mandatni kutyotganlar bormi? Siz kutgan onlar yaqin😍
Ko'zingga termulib, o'tsa hayotim❤️(chiroyli jumla)
📚 KUZGI IMTIHON UCHUN BADIY ASARLARDAN TAYYORLANISHDA QIYNALYAPSIZMI? Yechim tayyor! ✅ 🔥 “Badiiy asarlar yuzasidan savol-javob” elektron qoʻllanmasi Qoʻllanma ichida: ✅ Yangi badiiy asarlar boʻyicha savol-javoblar ✅ Sheʼrlar uchun namunaviy savol-javoblar…
📚 KUZGI IMTIHON UCHUN BADIY ASARLARDAN TAYYORLANISHDA QIYNALYAPSIZMI? Yechim tayyor! ✅ 🔥 “Badiiy asarlar yuzasidan savol-javob” elektron qoʻllanmasi Qoʻllanma ichida: ✅ Yangi badiiy asarlar boʻyicha savol-javoblar ✅ Sheʼrlar uchun namunaviy savol-javoblar ✅ Hikoya, qissa, drama va romanlarning: — qisqa mazmuni — gʻoyasi — syujeti — asosiy qahramonlari 📖 BMBA tasdiqlagan roʻyxat asosida tayyorlangan. 🎯 Asarlarni tez oʻrganing va imtihonga ishonch bilan kiring! 💰 Narxi: 68 000 soʻm 🔥 Chegirma: 58 000 soʻm (dastlabki 10 kishi uchun) 📲 Murojaat: @Yodgora_Baxrombekova 💳 Toʻlov: 5440810377414957 (Xasanov Rustamboy nomida)
#atalgan❤️
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❓Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi. ✈️ Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi; — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Mandat 15-avgustgacha chiqadi! Qabulning 2-bosqichi 8-avgust kuni yakunlandi. BMBA xabariga ko‘ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. Bu degani: qabul 8-avgustda tugagan bo‘lsa, yakuniy natijalar taxminan 15-avgustga qadar e’lon qilinishi kerak. ✉️Buyog'i nima bo'lishini bilmay kutib o'tirgan abituriyentlarga yuborib qo'ying. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
⚡️ESSE MAVZUSI: Mamlakatda inflatsiya darajasini pasaytirish maqsadida turli iqtisodiy choralar ko‘rilmoqda: — Ayrimlar inflatsiyaning oldini olishda davlat tomonidan narxlarni qat’iy nazorat qilish zarur deyishadi; — Boshqalar erkin bozor iqtisodiyoti narxlarni tabiiy ravishda tartibga solishi mumkinligini ta’kidlashadi. ✅Ushbu mavzusida esse mashq qilish tavsiya etiladi. ✅ Bizning kanallar : 1.https://t.me/mukammal_esse_namunalari 2.https://t.me/Shohidamilliysertifikat 3.https://t.me/Shohida_natijalar
⚡️Kutilma: Endilikda talabgorlar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat test sinovlari uchun 598 ming soʻm toʻlov qilishadi 2026-yil II yarim yilligida oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarida talabgorlar imtihonlarda ishtirok etish uchun 598 ming soʻm toʻlov amalga oshirishadi. Oldingi mavsumlarda bu summa 556 ming 200 soʻmni tashkil etgan. ✅ Bizning kanallar : 1.https://t.me/mukammal_esse_namunalari 2.https://t.me/Shohidamilliysertifikat 3.https://t.me/Shohida_natijalar