UstozUM
СтатистикаOʻqituvchi Umid Murodovning fikrlari, qiziqishlari va atrof olami. YouTube: https://youtube.com/@umidmurodov87?si=kcQZjlKXMSOhs1Nx Instagram: https://www.instagram.com/umidmurodov_7?igsh=dHYybjFuanZ3cHlv
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 235
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tarbiya Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "Insonlarga aralashib yuradigan va ularning aziyatlariga sabr qiladigan moʻmin kishi, odamlarga aralashmaydigan va ularning aziyatlariga sabr qilmaydigan moʻmin kishidan afzalroqdir". P.s. Ijtimoiy hayotga befarq, odamlardan, ayniqsa ogʻayni va yaqinlardan oʻzini olib qochadigan kishilar uchun katta dars! https://t.me/murodov_u87
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 📌Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin: 👉 @e_uzbmb_mandatbot 👉 @e_uzbmb_mandat1bot 👉 @e_uzbmb_mandat3bot https://t.me/murodov_u87
#tafakkur XOTIRJAM BO'LING Xotirjam bo‘ling… Yaratgan bizni g‘amga botish uchun yaratmadi. U Zot mag‘lubiyatga uchraganimizda Uning O‘ziga qaytishni o‘rgatmoqchi, xolos. 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar https://t.me/murodov_u87
#nigoh Qarash... https://t.me/murodov_u87
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi Avvalroq, xalqtaliminfo.uzda boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, mazkur talab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim va tarbiya sifatini oshirish hamda dars soatlari taqsimotidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida kiritilgan. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda dars berish nafaqat muayyan fan bo‘yicha bilimga, balki aynan shu yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasiga ega bo‘lishni ham talab etadi. Vazirlikning ta’kidlashicha, boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya metodikasi bo‘yicha ta’lim olgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ham 1–4-sinflarda dars o‘tish huquqiga ega. https://t.me/murodov_u87
Rabiul avval - oylarning bahori! Xayrli, barakali va salomatlik oyi boʻlsin! https://t.me/murodov_u87
🔥 SEVEN PLUS QUIZ — BU KUN YODDA QOLADI! 12-avgust kuni bilim, mantiq, tezkorlik va jamoaviy ruh bir sahnada jam bo‘ldi! 🧠🔥 Qizg‘in bahslar, kutilmagan javoblar, kuchli raqobat va eng muhimi — zo‘r atmosfera! 🏆❤️ 🥇 G‘oliblar aniqlandi 🎁 Sovrinlar topshirildi 📸 Eng yaxshi lahzalar esa videoda! Barcha jamoalarga ishtirokingiz va ajoyib kayfiyatingiz uchun katta rahmat! 🙌 📲 Quizdan barcha foto va videolarni ko‘rish uchun: 👉 SEVEN PLUS GALLERY kanaliga obuna bo‘ling! Keyingi uchrashuvgacha! 🔥
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi. Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi; — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. https://t.me/murodov_u87
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi 2026-yil 9-avgustdan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida beshinchi “Ustozlar milliy forumi”ga start berildi. Forum avgust oyida bosqichma-bosqich davom ettiriladi. 17–18-avgust kunlari tadbirlar viloyatlar darajasida, 20–21-avgust kunlari tuman va shaharlarda o‘tkaziladi. 24–29-avgust kunlari esa forumning maktablardagi bosqichi pedagogik kengashlar shaklida tashkil etiladi. Manba https://t.me/murodov_u87
#tarbiya Farzand tarbiyasi haqida tarbiyada (qisman boʻlsa ham) muvaffaqiyatli koʻringan ota-onalardan ham tavsiyalar soʻrash kerak. Ular gapga usta boʻlmasligi, soha boʻyicha nazariy ilmlarga koʻp ham ega boʻlmasligi mumkin. Lekin ularda natija bor, demak tarbiyada qoʻllagan uslubi amaliyotdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Oddiy qilib aytgan bitta tavsiyasi katta bir tarbiya qoʻllanmasi boʻlishi mumkin. Oʻzim ham shunday kishilarning oddiy gapiga ham qattiq eʼtibor beraman. Kecha shunday bir tavsiya eshitdim, ilgari ham eshitgandekman, ammo bu safar boshqacha taʼsir qildi: “Farzandlarga yoshlikdan yengil boʻlsa ham ish buyurib turish kerak. Xizmatga oʻrganishidan tashqari savob ishlashsin. Ularga savob olish uchun imkoniyat berish deb qarash ham kerak bunga”. Bu ayniqsa, xizmatiga ehtiyoj boʻlmagan, hamma yumushdan ozod qilinib, faqat oʻqish yoki ishga yoʻnaltirilgan bolalarga tegishli. Ikrom Sharif sahifasidan olindi https://t.me/murodov_u87
#kelinglar Kelinglar, barcha kishilarga va atrofdagi voqealarga yaxshi gumonda boʻlamiz... https://t.me/murodov_u87
#tarbiya Ibn Kasir rahimahulloh, hozirgi vaqtda ota-onalar va bolalar orasidagi munosabatlar uchun ham juda foydali va anglash muhim boʻlgan fikrni aytgan ekanlar: "Farzandlarning ustiga yogʻiladigan baraka ota-onalarning (solih) amallari sababidan boʻladi. Ota-onalarning ustiga yogʻiladigan baraka esa farzandlarning duolari sababidan boʻladi" . "Al-Bidoya van-nihoya" kitobidan https://t.me/murodov_u87
⚡️Yaxshi tashabbus: Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi Endilikda davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan har bir ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun alohida shaxsiy assistent (tarjimon-kotiba) shtat birligi ajratiladi. Shu paytgacha amal qilib kelgan tartibga ko‘ra, maktabda har ikki nafar ko‘zi ojiz pedagog uchun bitta tarjimon-kotiba shtati ajratilardi. https://t.me/murodov_u87
Fidoiylik! O‘limidan bir kun oldin talabalariga baho qo‘ygan o‘qituvchi AQSHning Texas shtatida faoliyat yuritgan matematika o‘qituvchisi Manuel Alejandro Navarro og‘ir ahvolda shifoxonada yotganiga qaramay, reanimatsiyaga kirishidan oldin o‘quvchilarining barcha topshiriqlarini yakuniy baholab chiqdi. U uchun o‘quvchilarining bilim olishi va baholarini o‘z vaqtida olishi eng muhim vazifa edi. Oila a’zolari va yaqinlarining aytishicha, Navarro kasbiy burchini oxirigacha sidqidildan bajarishga intilgan. Topshiriqlarni to‘liq baholab bo‘lgach, ertasi kuni 66 yoshida vafot etgan ustozning bu fidoyiligi bugun ham o‘qituvchilik kasbiga sadoqat, mas’uliyat va haqiqiy ustozlikning yorqin timsoli sifatida e’tirof etilmoqda. Voqea 2020-yil oxirida yuz bergan. https://t.me/murodov_u87
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi? Yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolar ekan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yuborishni boshladi. 5-avgust kuni tashkil etilgan press-tur davomida jurnalistlarga ushbu jarayon, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda yangi darsliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilida mamlakatdagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 550 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,7 milliondan ziyod o‘quvchiga ta’lim beradi. Bolalarning qariyb 795 ming nafari bu yil birinchi sinfga qadam qo‘yadi. Joriy yilning 5-avgust holatiga ko‘ra, ulardan 680 ming nafari yoki rejaning 85 foizi maktablarga qabul qilingan. Ana shu o‘quvchilar uchun har yili an’anaviy tarzda topshiriladigan “Prezident sovg‘asi” jamlanmasi ham tayyorlandi. Bu yilgi jamlanma 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, ikki dona oddiy qalam, 12 rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, ikki dona o‘chirg‘ich, 12 rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan. Press-tur avvalida vazirlik huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan ushbu o‘quv qurollarini hududlarga olib ketayotgan avtomobillar karvoni kuzatildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, sovg‘alar 15-avgustga qadar mamlakatning barcha hududlariga yetkaziladi. Shundan so‘ng, qabul qilingan o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 25-avgustga qadar barcha maktablarga to‘liq tarqatilishi rejalashtirilgan. “Prezident sovg‘alari” “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng tantanali ravishda o‘quvchilarga topshiriladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu jamlanmalar nafaqat davlat maktablari, balki nodavlat maktablar hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarida tahsil oladigan birinchi sinf o‘quvchilariga ham beriladi. Vazirlik har bir bolani o‘quv qurollari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun adm.maktab.uz elektron platformasi orqali kesimida o‘quvchilarning nomma-nom ro‘yxatini shakllantirgan. Bu jarayonda davlat maktablari bilan bir qatorda nodavlat va boshqa idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari ham hisobga olingan. Press-tur davomida 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan yangi darsliklar majmuasi ham ommaviy axborot vositalari vakillariga taqdim etildi. Mutaxassislar yangi darsliklarning o‘ziga xos jihatlari, mazmunidagi yangiliklar hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shunday qilib, yangi o‘quv yili arafasida birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari bilan ta’minlash, yangi darsliklarni maktablarga yetkazish hamda ta’lim muassasalarini o‘quv yiliga tayyorlash ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Belgilangan muddatlarga amal qilinsa, sentyabr oyida 795 mingga yaqin bola maktabdagi ilk kunini “Prezident sovg‘asi” bilan qarshi oladi. Manba https://t.me/murodov_u87
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING 276-SONLI BUYRUGʻI "Uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilarning uyda yakka tartibda ta’lim olishi uchun 2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash to‘g‘risi"da 29.07.2026 yil https://t.me/murodov_u87
🇹🇷 HAMMA KUTGAN TURK TILI KURSLARI ENDI SEVEN PLUS ACADEMYDA! 🔥 Qisqa muddatda til sertifikatini qo’lga kiritmoqchimisiz? 📅 Kurslar BUGUNDAN START OLADI! ⏰: 14:00 Turk tili sizga qanday imkoniyatlar yaratadi? ✅ Agar siz abituriyent bo’lsangiz va qisqa muddat ichida chet tili sertifikati kerak bo’lsa, turk tili eng yaxshi tanlovlardan biri. ✅ To’g’ri tayyorgarlik orqali qisqa muddatda B2 va C1 darajalarini qo’lga kiritish imkoniyati mavjud. ✅ Universitet va xalqaro imkoniyatlar uchun muhim qadam. ⚠️ Joylar soni cheklangan! Ro’yxatdan o’tishga shoshiling va o’z o’rningizni hozirdanoq band qiling. 📞 Bog’lanish uchun: +998-94-863-44-77 +998-70-134-44-77 ➡️ @humosevenplus Humo 2-qavat; HAVAS 3-qavat INSTAGRAM / TELEGRAM / YOUTUBE 🌟 SEVEN PLUS - ACHIEVE FAST
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar uchun yangilik! Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi Javlonbek Nurmatov oʻqituvchilar uchun foydali yangilikni maʼlum qildi: Imtihonga uzrli sabab bilan kela olmadingizmi? Endi to'lovingiz kuyib ketmaydi! Chet tili va umumta'lim fanlari milliy sertifikat imtihonlarida uzrli sabab bilan qatnasha olmasangiz — keyingi imtihonga to'lovsiz kiritilasiz yoki to'lovingiz qaytariladi. Uzrli sabablar: kasallik, xizmat safari, oila a'zosining vafoti (tasdiqlovchi hujjat bilan). Diqqat: imtihonga kechikkan, uzrsiz kelmagan yoki qoidabuzarlik uchun chetlashtirilgan talabgorga bu qoida tegishli emas. https://t.me/murodov_u87
⚡️⚡️⚡️ Bugundan kuzgi attestatsiya uchun roʻyhatdan oʻtish boshlanadi ➖ 2026-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi…
#tafakkur QALB XOTIRJAMLIGI Neʼmatlarning eng ulkani qalbning sururi, xotirjamligi va sokinligidir. Zero, qalb sururida fikrning sobitligi, samaradorlik va nafs xushnudligi bordir. 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar https://t.me/murodov_u87