Yo'ldalik...
СтатистикаNarsa yo'qki xoriji olam erur, Har ne istarsen, o'zingda jam erur. (Rumiy)
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 87
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 93
- 1/48двое суток
- 106
- 1/72трое суток
- 114
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O’ZING TIK KET Bilolmasman, bu dunyosi hikmatm-u, yo siymu zar, Tilsimlarin ochmoq bo’lib qancha chopmay, hayronman. Koshonamni, xos xonamni sinchiklab ko’radilar, Ko’nglim ko’rar, ko’nglim so’rar bir do’st topmay hayronman. Bir o’y singdi yuragimga, xuddi nashtar, xuddi o’q, Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q. Zog’lar sendan chekingaydir, hatto bog’lar ketgaydir, O’stirganing uchun qulluq, sen deb ozor cheksinmi? O’zing yerdan ko’targaning — tog’lar sendan ketgaydir, Yaqinlab bor, biror toshi tanimasa, o’ksinma. Horib, suyanmoqchi bo’lsang, bog‘ qurigan, bodom yo’q, Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q. Faqatgina olar do’stmas, berar do’sting bo’lsa ham, O’zing tik ket, omonatdir, bir ustunin ushlama. Qabrgacha, o’limgacha borar do’sting bo’lsa ham, O’limgacha o’zing tik ket, yo’llarda yer tishlama. Adl yasha! Bilgan holda, ko’zlaringda motam yo’q Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q! ✍ Halima XUDOYBERDIYEVA @mushohadaa
#mulohaza Jonda man naysondaman, xazondaman, Tanda man insondaman, hayvondaman. ✍ Eshqobil Shukur Ichda shu qadar ayovsiz kurash borki, dosh berishga toqat yetmaydi. Ha-ha, sabr emas, kuch emas, toqat yetmaydi. Chunki aksariyat holatda masala ta'ma qilish yoki asl muhabbatni istash borasida bo'ladi. Turib-turib qilayotgan (amal deb o'ylanayotgan) hamma harakating ortida senga va'da qilingan yuksakliklarni ko'zlash bormasmi, deyman. Qani, qalbingda bor bo'lsa, valiy zot Uvays Qaraniy ishqlarining bir zarrasini bo'lsa ham topib bergin-chi deyman. Topolmagach, hech qursa, shu narsalarni o'ylayapsanku, o'zingni, nafsingni taftish qilyapsanku, deb o'zimni ovutaman. Bularni bu yerga yozayotib, shuni yozishdan ham boshqalar "O-o, bu shuunchalar nafsini tergay olishga chiqibdi-aaa?!" deb o'ylashsa qanday mazza degan bir obro'parastlikning uchqunlari ichimda kezib yurganini bilaman. Ammo Eshqobil Shukur yozganlaridek: "Tanda man insondaman, hayvondaman"... Shunchalik o'ylashim shartmi, boshqa ko'chalarni tasavvurda keza qolaylige deb qo'yaman... Ammo qaysi ko'chaga bosh urmay biror savolning, biror o'yning qarshisidan chiqyapman. Bir tomchi suv bermasa, chanqadim... Shu suvga yetish yo'lini izlayotgan, ammo bitta joyda aylanib yurgan, o'zini o'zi adashtirib qo'yayotgan kimsalar ovozini tuygandek bo'laman. Ichimda ming bir ovoz. O'sha aylanib yurgan kimsa ham, shovqinli ko'chalarda yallo qilayotgan shovvoz ham, minbarga chiqib olib minbarsizlikdan va'z o'qiyotgan oliftaboz ham, ich-ichida biiiir chiroq lipillab yonib qolib "Holimiz O'zinggagina ayon-kuu" deyotgan umid ham o'zimizmiz. Faqat doim ham tan ololmay qolamiz-daaa... @mushohadaa
#mulohaza Luqmon Boʻrixon "Jaziramadagi odamlar"ni bolaning tilidan hikoya qilgan. Barcha voqealar bola, undan soʻng oʻsmir Samadning tasavvuri orqali bayon qilinadi. Shu uslubda yozilgan asarlarning samimiyligi bordek. Adabiyotshunoslik nazariyasi asosida aytganda idillivayiv ruh balandroq pafosda koʻrinadi. Ehtimol, kattalar uchun chivin chaqqanchalik taʼsir qilmaydigan, odatga aylangan hodisalar bola nigohida naqadar ayanchliligi fosh boʻlganligi uchundir. "E-e, nima boʻpti?!", "Hammayam shunaqa-ku..." deb oʻzimizni ovutib qoʻyadigan ayblarimizni bolalar haspoʻshlamas, kechirmas! Shularni his etaroq oʻzimizga achinib ketamiz. Asar bahona bolalik xotiralar qoʻzgʻaldi. Har bir yozarman aslida faqat bolaligini yozar. Oʻshandagi uchratgan kishilari xotirotga ulkanligi bilandir, qoʻrquv solishi bilandir, quvontirishi bilandir muhrlangan. Oʻsha tasavvurdagi sharpalar keyin uchratgan insonlar qiyofasi bilan uyqashib boshqa personajlarning tugʻilishiga sabab boʻlar. Shularni oʻylay-oʻylay koʻzim ilinibdi. Tushimda qoʻshni momomlarning uyi yonidagi tepadan pastga tushib, yana pastdan tepaga chiqib yotgan emishman. Hozir u tepalar qayda deysiz. Tekislanib, uy solingan. Ammo aniq-tiniq oʻsha joyda mitti qizga aylanish zavqi bir hayajonlantirdi. Bola nigohi bilan bir kungina boʻlsa ham umrimni kuzatgim keldi. @mushohadaa
Sirli suhbat (Turkum) Yoʻlga chiqdim. Qayerlardadir burilishlar. Oftob kuydirayapti. Yoʻldan issiq hovur koʻtarilyapti. Tuyqus his etyapmanki, sizlar ham shu manzildasiz. Eshityapsizmi kimlarningdir qiyqirigʻi, baland musiqa ovozini? Qayerdan kelyapti u…
Sirli suhbat (Turkum) Yoʻlga chiqdim. Qayerlardadir burilishlar. Oftob kuydirayapti. Yoʻldan issiq hovur koʻtarilyapti. Tuyqus his etyapmanki, sizlar ham shu manzildasiz. Eshityapsizmi kimlarningdir qiyqirigʻi, baland musiqa ovozini? Qayerdan kelyapti u gʻalati ovozlar? Uzoqdan qora koʻrindi, qanaqadir binoga oʻxshaydi. Sirtdan qaraganda yaltiroqdan holi, hech bir eʼtiborni tortmaydigan ekan-u, ichkaridan kelayotgan dup-dup ovozlar beixtiyor oʻziga magnitdek tortish kuchi bormiye? Chunki qanchalab yoshlar-u hatto kattalar u yerga kirishga oshiqishyapti. Men ham ne ekan deb qiziqish ustun kelib yaqinlashsam, ustunlari-yu, tashqi qalʼadek mustahkam devorlarini chirmovuq oʻtlar oʻrab borardi... Beixtiyor seskanib ortga chekindim. Lekin oʻshanda bunaqa manzillar hali oldinda koʻp ekanligini bilmasdim... @mushohadaa
Kuchukcha Oppoqqina, kichkinagina kuchukcha. Tug‘ilganiga hali uncha ko‘p bo‘lmagan. Kimdir uni tashlab ketganmi, bilmadim. Hamma yoqda sandiraqlab yuribdi. Ko‘zlari toʻla mung, maʼyus. Xuddi shu ma’yus nigoh bilan hammaga bir-bir termulib qo‘yadi. Ertasiga qo‘shnilardan: "Bu kimning kuchugi? Boraverib jonga tegdi-ku" , degan gaplarni eshitdim. Uning ko‘ziga har qaraganimda yurak-bag‘rim ezilib ketardi. Ikki kunda cho‘pdek ozib ketdi. Uni boqib olaylik degandim "kuchuklarni ko‘paytirib nima qilasan?!" deyishdi. Keyin... keyin uni boshqa bir yoqlarga tashlab kelishibdi. Nechinchidir sinfda daftarning bir chekkasiga qoralab qoʻyilgan voqelik ekan. Esga tushdi, qalbga ham...) @mushohadaa
#kechinma Adashmasam, 5-sinfni tugatish, 6-sinf boshlari edi. Oʻsha mahalda ilk marta Halima Xudoyberdiyeva sheʼridan tinglaganman. "Ilhom" adabiy klubida Aziza opam "Dengizda" sheʼrini tahlil qilib bergandilar. Hayrooon qolganman. "Dengiz" "Hayot" ekan…
#kechinma Adashmasam, 5-sinfni tugatish, 6-sinf boshlari edi. Oʻsha mahalda ilk marta Halima Xudoyberdiyeva sheʼridan tinglaganman. "Ilhom" adabiy klubida Aziza opam "Dengizda" sheʼrini tahlil qilib bergandilar. Hayrooon qolganman. "Dengiz" "Hayot" ekan-da, deganman. Atrofimdagi har bir narsani qiyos qilib boshlaganman. Demak, daraxt shunchaki daraxt emas, "men" boʻlishim mumkin. "Argʻimchoq" faqat uchishga moʻljallangan oʻrindiq emas, "borib-kelib turgan, tebranayotgan umr" ham boʻlolar ekan-da... (Xayolparastlik shunday-shunday boshlangandir...) Shundan soʻng "Buyuk qushlar"ga qiziqib qolib, oʻzimizdan topolmaganman. Akamlar taʼtilga uyga borishganda olib borishgan. Aytgan kitoblarimni topib kelishardi. 🥹❤️ Oʻsha mahallar "Buyuk qushlar" kichikkina qizchaning ulkan doʻstiga aylangan. Doim olib yurardim. (Kitob holidan sezish mumkin🙈) Har oʻqiganimda "Qanday ajib-a?!" deb hayratlanardim. "Umr oti chopagʻon juda" deb boshlanuvchi sheʼr esa doimo aytgichim edi. @mushohadaa
#kechinma Sen qalbini ogʻritganman deb oʻylagan insonlaringdan kechirim soʻraging keladi. Soʻragansan ham, ammo qalblarining tub-tublarida ogʻriq qolmaganmikan deysan. Qalb ogʻrigʻi unutilishi uchun tuproq ila boʻylashmoqqa tayyor boʻlib ketasan... Koʻngil atalmish ulkan olam qarshisida dunyolari "hech" tuyilib ketadi. Ammo "jiiiim" qolishdan boshqa yoʻl koʻrmaysan. Yoʻq-yoʻq, yaxshiki duo atalmish shifo bor. Shifo bor... Shifo bersin!.. Beixtiyor hazrat Navoiyning baytlarini takrorlaysan: "Koʻzni oʻz aybingdan olma va oʻzgalar aybiga koʻz solma" ... Koʻzni oʻz aybingdan olma... @mushohadaa
Sogʻinch... Uning aniq taʼrifi bormikan? Bor boʻlsa, taʼrifini eshitgan ikkinchi taraf xuddi shunday tasavvur qila olarmikan? Yoʻq-yoʻq, u har bir kishi hislarida yangilanadi. Bir necha yillar avval tushilgan suratlarga qarab turib oʻtgan lahzalarni qumsab ketdim. Berganlari va bermaganlari xayolga kelaverdi. Bir surat qorning zavqlaridan hikoya qilsa, boshqasi kuz boʻylab simfoniya boshlaydi. Alisher Navoiy muzeyini bitta oʻzim uzoq vaqt tomosha qilganimni oʻylasam, qiziquvchanroq boʻlganmanmi deb qoʻyaman... Har bir manzilda ruhimiz rassomi qalbimiz suratiga nimanidir muhrlab ketgan. (Xuddi Dorianning surati kabi...) Oʻsha muhrlanganlarni koʻz bilan koʻra olsak, qanday holga tushar ekanmiz-a? (Oʻylashning oʻzi yurakka vahm soladi. Ammo Rahmatidan umidvormiz!) Sogʻinch... Maktab partasiga ismingni yozib qoʻyishganidan xafa boʻlganing-u, tandirga yopilgan issiq nonni sovuq suvga botirib yeganing... @mushohadaa
#mulohaza Qaysiki amalga ishonib qolinsa, oʻsha joydan darz ketish boshlanadi... Qaysidir amalda yoki xulqda oʻzingni "bardamroq" deb oʻylagan daqiqangdan boshlab sinovga tusharkansan... Baribir aylanib-aylanib oʻsha "bardamroq" jihatingga "zarba" keladi. Qani, zarbaga chidab koʻr-chi? Boʻgʻin-boʻgʻinlaring zirqirab ketadi. Chunki faqat oʻzingga ishonib, oʻzingga suyanib qolgan boʻlasan. Ich-ichingdan oʻzingni olqagan boʻlasan. Boshqalar eplolmayotgan narsalarni epladim, deb yuqorilangan boʻlasan... Ehh, bilsaydik, Oʻzidan berilgan neʼmatga qilingan shukr oʻrniga qilingan kibrning zahrini, ayovsizligini! Holimizni holsizlikka yoʻyib, madadni Oʻzidan kutish lahzalarigina xotirjamlik bergusi... Ne bersa-da goʻzal berishiga umidvorlik daqiqalarigina totli... Adashtirmasin! @mushohadaa
#teatr "Nahotki chorasizlik menga chora bo'lsa"... Ey Ishq, Seni istab, Senga qo'l cho'zganlarni quruq qo'yma. Bir nurli mujdangga musharraf qil. Yo'lga chiqqanlarga yo'l beryapsan. Tepalab-tepalab yuryapmiz. Pastqamlab-pastqamlab yuryapmiz. Ba'zan timirskilanib-timirskilanib bir nimalarni izlasak, ba'zan bo'y-bo'y bo'lib falagingga qo'l uzatib qo'yamiz. Ammo ne bo'lsa ham, hatto "chorasizlik" deb ataganimiz tashnalik manzillarida ham chorangdan imdodlar bor! Kurashish kerak! Ishq uchun ham! "O'ZBEKISTON DAVLAT DRAMA TEATRI"da" Layli va Majnun" spektaklining ilk namoyishlari boshlangan. Men hayratlarga ko'milib keldim. 1 yillar avval "Sab'ai sayyor"ga tushganimizda biroz xafalik bilan qaytgan edik. ( Ammo "Layli va Majnun" haqiqatda go'zal his qilinibdi. Ayniqsa, Majnunni o'z vujudi-yu ruhiyatiga singdirishga qattiq urinilgani seziladi. Ich-ichimdan har bir aktyorga rahmat dedim. Chunki baytlarni ham yetkazib, tushunarli tarzda aytishdi. Ishqni torlariga ko'chirib, "Oh!" chekkan musiqiy jo'rlik esa ruhingizni asarga esh qilib yuboradi. Siz ham beixtiyor tebranasiz, Zikrga yo'g'rilasiz. Spektakl tugab qolmasligini istadim. Bunaqasi doim ham bo'lmaydi. Boring! Faqat jon-qulog'ingiz bilan baytlarni tinglashga va his qilishga, Majnunga aylanishga boring! (Aytgancha, chorasiz ekanligini tan olib, ostonasiga bosh qo'yib borish haqiqiy chora!) @mushohadaa
*** Ishon, odam, bahorga ishon, qara, go‘dak kabi beg‘ubor — minginchi bor olovday porloq gullarini ko‘rsatar bahor. Bahor senga ishonar, qara, suzib chiqdi ko‘ziga yurak — qarab turar senga intizor, sen bahorni sevishing kerak. Ko‘ziga boq, haydama uni…
#Shavkat_Rahmon Shoir lirikasida Navoiy, Bobur va Mashrab an’analari Badiiy ijod hech qachon o’z-o’zicha, mutlaqo bo‘sh maydonda ko‘rinish bermaydi. Avvalgilarning inkori, tamomila teskarisi deyilgan modern adabiyotda ham, mutlaq yangilik emas, an’anaviy uslubga parodiya (sakral) kuzatiladi. Bu esa baribir bir-biriga bog’liqlik va bir-birini taqozo qilish demakdir. Chunki har qanday shoir yoki yozuvchi o‘zidan avvalgi adabiy tajriba, estetik qarashlar, badiiy tafakkur shakllari va ma’naviy qadriyatlar bilan muayyan darajada bog‘liq holda ijod qiladi. Inkor ham aslida ana o‘sha bog‘liqlikdan yuzaga keladi. Shu ma’noda, adabiyot taraqqiyoti uzviylik va davomiylik tamoyiliga asoslanadi. Demak, an’anaviylik badiiy tafakkurning tabiiy belgilaridan biri bo‘lib, u har bir iste’dodli ijodkor faoliyatida bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘ladi. Haqiqiy iste’dod o‘zidan oldingi ijodni shunchaki takrorlamaydi, balki uni o‘z ruhiyati, dunyoqarashi va davr ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirgan holda yangicha mazmun kasb ettiradi. Natijada adabiy an’ana badiiy taqlid emas, balki ijodiy o‘zlashtirish va yangilash shakliga aylanadi. Shu jihatdan qarasak, har bir yirik yozarman ijodida ikki qatlam — an’anaga suyanish va individual yangilik yaratish qatlamlari o‘zaro uyg‘un holda yashaydi. Bu haqida adabiyotshunos olim Uzoq Jo‘raqulov shunday nazariy asosni ta’kidlaydi: “An’anaviylik adabiyotning ichki xossalari (spetsifikisi)ga faol ta’sir ko‘rsatishi barobarida, mohiyatiga ko‘ra adabiy-tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi oltin qoidaning asosi hamda “ijrochisi” hisoblanadi. Poetik sinkretizm, sintetizm va differensiatsiya jarayonlarini o‘rganish natijasi o‘laroq maydonga keladigan nazariy mezonlar tizimi esa shu oltin qoidadan quvvat oladiki, bunday uyg‘unlashtiruvchi fenomen adabiyotshunoslikda tarixiy poetika istilohi ostida tushuniladi”. Bundan ko‘rinadiki, bizning faslimizga qo‘yilgan “an’anaviylik” tarixiy poetikaning asos unsuri va butun adabiyotni davrlashtirishning muhim xususiyatidir. Adabiyotshunosligimizda mumtoz adabiyot namunalarimiz ana shu badiiy davomiylikning eng muhim manbalaridan biridir. Zero, mumtoz adabiyot asrlar davomida xalqning estetik tafakkuri, ruhiy dunyosi, axloqiy qarashlari va badiiy didini shakllantirgan ulkan ma’naviy xazinadir. Unda inson ruhiyati, ishq, hijron, haqiqat, adolat, komillik, isyon, vijdon, zamon va jamiyat kabi masalalar chuqur badiiy umumlashmalar bilan bir qatorda “Balog’at ilmi” masalalari ham chuqur tahlil etilgan. Bunday yuksak pafosdagi o’rganilish obyekti yuksak yozish stilistikasi va tafakkurni ham talab qilgan. Shu bois keyingi davrlar adabiyoti, jumladan zamonaviy she’riyat ham bu manbalardan chetda qolmaydi. Aksincha, har bir davr ijodkori mumtoz merosdan o‘z estetik ehtiyojiga mos ruhiy va poetik quvvat oladi. Chunki asos baquvvat bo‘lgan joyda daraxtning chuqurroq o‘rnashib qolishi va ko‘karishi oson kechadi. Mutlaq erkinman deb osmonga ildiz otishni o‘ylash esa qulashga olib kelishi hech gap emas. Yozuvchi Ahmad A’zam xulosasi bilan aytganda: “inson o‘zi yashab turgan, o‘zini shakllantirgan, o‘sib-ulg‘aytirgan o‘zligidan, o‘zini tarbiya qilgan o‘tmishdan ayrilsa, u shu o‘zlikni faqat lug‘atlardan izlоvchiga aylanadi, xolos”. Demakki, mumtoz adabiyotning ta’siri faqat tarixiy-adabiy hodisa emas, balki bugungi badiiy tafakkur tarkibida yashab kelayotgan estetik hodisadir. Shu nuqtai nazardan Shavkat Rahmon ijodi ham mumtoz adabiyot bilan ichki aloqadorlikda o‘rganilishi zarur. Uning she’riyatida kuzatiladigan ruhan teranlik, ijtimoiy dardning baland pafosda ifodalanishi, metaforik tafakkurning kuchliligi hamda haqiqatning poetik ruhi o‘zbek mumtoz she’riyatining ayrim yetakchi an’analari bilan mushtaraklik kasb etadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Mashrab ijodi bilan ma’naviy-estetik yaqinlik Shavkat Rahmon poetikasining ayrim qatlamlarini chuqurroq anglash imkonini beradi. @mushohadaa
*** Ishon, odam, bahorga ishon, qara, go‘dak kabi beg‘ubor — minginchi bor olovday porloq gullarini ko‘rsatar bahor. Bahor senga ishonar, qara, suzib chiqdi ko‘ziga yurak — qarab turar senga intizor, sen bahorni sevishing kerak. Ko‘ziga boq, haydama uni — minginchi bor qilmagin xato. Ostonangdan ketmaydi bahor, sen aslingga qaytmaguncha to. Sharqiratar asov soylarin, nafasidan ranglar ufurar, o‘ynayverar yashil qushlarin, gullarini yondiraverar… © Shavkat Rahmon Shu kitob haqida oʻqib juda sevindim. 1,5 yillardan buyon olamida yashashga urinib koʻrayotganim jasoratli yurak egasi ijodining baʼzi jihatlari haqida quyida ozgina fikrlar ulashsam. (Sheʼrlarini har oʻqiganda eʼtibor qilinmagan qaysidir jihatlari koʻrinaveradi) @mushohadaa
#mulohaza Tovush tili... Bir muddatdan buyon jiiim holga kirib, atrofni tinglashga urinyapman... Bu qanday boʻladi? Deylik, taksiga chiqib qoldingiz. Derazani biroz ochib tashqaridan shamol ovozini, koʻchadagi boshqa mashinalar tovushi-yu, qushlar chugʻurini…
#ruhiyat Qachon sinchkov kuzatdik? Shovqinga oʻzimizni uryapmiz. Chunki tashqaridagi shovqin ichimizdagi sukunatni maʼlum muddat berkitib tura oladi. Shovqinga chidash mumkin, moslashish mumkin. Ammo sukutning bosimiga har doim ham bardosh bera olmaymiz.…
#ruhiyat Qachon sinchkov kuzatdik? Shovqinga oʻzimizni uryapmiz. Chunki tashqaridagi shovqin ichimizdagi sukunatni maʼlum muddat berkitib tura oladi. Shovqinga chidash mumkin, moslashish mumkin. Ammo sukutning bosimiga har doim ham bardosh bera olmaymiz. Nega? Chunki sukut ortida yigʻilib-yigʻilib kelinayotgan "qaytariq"lar boʻladi. Bola kichikligida nimalarnidir qilib koʻrmoqchi boʻlsa, qaytarish kerak emas, deyishadi. Bu narsa sinab koʻrish, ishonch ortish, mustaqil qaror qabul qila olish koʻnikmalari shakllanishida yordam berarkan. Endi ichimizda doimiy "qaytarib" kelinayotgan vaziyatlarning qaltisligini tasavvur qilaveraylik... Ammo sukunatdan, koʻnglimizdagi savollardan qochgan bilan bir nimani qoyillatish qiyin. Aslida yechim "oʻzimizni tutib berish"dan boshlanish ehtimoli yuqori. Bir maqolada aytilgan ekanki: "Sanʼat asarlariga (rasm, haykal, musiqa) uzoq vaqt termulib oʻtirish (yoki bir nuqtada tinglab oʻtirish) kutilmagan (kreativ) fikrlar shakllanishiga yordam berar ekan. @mushohadaa
Ey ruh, nimakim Senga begona – Unga bo‘lmagin Sira hamxona. Seni falakka Ko‘tarur faqat Go‘zallik yakka, Yolg‘iz muhabbat! © Gyote "Faust" @mushohadaa
#yaqin Boyagina Qashqadaryoda mehmonda edik. Oʻtgan yil Ramazon vaqtlari edi. Bu Ramazonni ham kuzatibmiz... Juda nurli ekanliklaridan iliqlik tuyganman. Birinchi boʻlib xayolimga duolari kelaveradi. Bunaqa duoni faqat ulardan eshitgan boʻlsam kerak... Faqat oʻzimizni oʻylashdan ortmay qolgan bu vaqtda kimningdir esiga kelishi qiyin boʻlgan insonlar uchun ham duoda boʻlish uchun ulkan yurak kerak, menimcha! Hammadan oʻrganar ekanmiz. Bu narsa men uchun dars boʻlib qolgan. Kimgadir bir yaxshi iliqlik va mehr qoldira olish aslida hammamizga ham nasib qilsin. Shu oʻlchov asos boʻlgan joyda vaqt muvozanatidan chiqib ketamiz. Ulkan vaqt qarshisida hammamiz boʻysinuvchimiz. Koʻnuvchimiz. Hech kimi yoʻqlar uchun ham qilgan duolari marhamatidan savol-javoblarida osonlik bersin. Rahmati va Lutfi bilan qarshilasin! @mushohadaa