- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 433
- 1/48двое суток
- 1 642
- 1/72трое суток
- 1 771
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
©Husayn Buxoriy
Ey Robbim, meni boy, taqvodor va maxfiy bandalaringdan qil. Boylikdan maqsadim mol-dunyo emas, hech kimga muhtoj bo‘lmaydigan, faqat O‘zingga muhtoj bo‘lgan qalb boyligi bo‘lsin. Taqvodor bo‘lay, hayotim davomida Robbim rozi bo‘ladigan yo‘ldan yuray. Maxfiy bo‘lay, meni odamlar emas, Sen tanishing. Men bilan Sening o‘rtangda qoladigan, hech kim bilmaydigan amallarim bo‘lsin. Balki, vallohu a’lam, Alloh huzurida bunday yashirin va ixlosli banda millionlab insonlar taniydigan mashhur insondan ham ulug‘roq martabada bo‘lishi mumkin. Ey Robbim, meni ana shunday bandalaringdan qil. 📍mutadayyina
-
видео или голосовое, без подписи
нет азана на тахаджуд, потому что сам Aллах призывает тебя поговорить с Ним напрямую.
Har bir narsa o‘zining ziddi bilan imtihon qilinadi. Agar jasur bo‘lsangiz, qo‘rqoqlar bilan, rahmdil bo‘lsangiz, zolimlar bilan, sodiq bo‘lsangiz, vafosizlar bilan, fidokor bo‘lsangiz, nonkoʻrlar bilan imtihon qilinasiz. Yaxshi niyatingiz suiiste’mol qilinishi bilan sinaladi. Chunki bu dunyo o‘z go‘zalligini yashirgan imtihonlar maskanidir. Alloh bandasining ichidagi haqiqatni rohatda emas, balki qiyin insonlar va og‘ir vaziyatlar orqali namoyon qiladi. Yaxshining qadri yomonlar orasida bilinadi. Sabr tosh kabi qattiq qalblar o‘rtasida pishadi. Axloq esa eng ko‘p haqsizlikka uchragan paytda namoyon bo‘ladi. Ba’zan: “Men nima qildimki, bularni boshdan kechiryapman?” deb o‘ylaysiz. Holbuki, masala nima qilganingizda emas, balki kim bo‘lib qolayotganingizdadir. Alloh sizni qiynash uchun emas, balki qalbingizdagi poklikni namoyon qilish uchun ba’zan qiyinchiliklar bilan sinaydi. Agar rahmatingiz zulmga duch kelib ham so‘nmasa, o‘sha rahmat qimmatlidir. Agar sadoqatingiz vafosizlik bilan sinalsa, o‘sha sadoqat yanada qadrli bo‘ladi. Chunki arzon narsalar bunday og‘ir imtihonlarda sinalmaydi. Payg‘ambarimiz ▫ shunday marhamat qilganlar, “Balolarning eng shiddatlisi payg‘ambarlarga, so‘ngra ularga daraja jihatidan eng yaqin bo‘lgan solih bandalarga keladi.” Demak, boshingizdagi qiyinchilik har doim ham jazo emas, ba’zan bu sizning qalbingizdagi go‘zallikni namoyon qiladigan imtihondir. Siz to‘g‘ri yo‘lda davom eting, qadamingizdan charchamang. Zero, Alloh O‘ziga yaqin bandalarini ham imtihonlar orqali yuksaltiradi. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin. 📍mutadayyina
Koʻzlar hech qachon aldamaydi...
Do’stlaringiz yo’qligi sizda biror muammo borligini anglatmaydi. Balki bu Alloh sizni noto’g’ri davradan uzoqlashtirish uchun bergan mehridir. Men ham avvallari nega haqiqiy do’stlarim yo’q deb o’ylardim. Keyin tushundimki, hayotimdagi har bir do’st meni Allohdan uzoqlashtirgan ekan, ya’ni ular hayo va ibodatni masxara qilishar, tinimsiz g’iybat qilishar, namoz o’qimoqchi bo’lsam esa “bunchalik dindor bo’lma, ko’p o’ylayapsan” deb meni ortga qaytarishga harakat qilishardi. Shuning uchun yolg’izlikni tanladim. Odamlar bilan yaqin bo’lishni istamaganim uchun emas, Jannatni bundan ham ko’proq istaganim uchun. Alloh Furqon surasida shunday marhamat qiladi: “Voy holimga! Koshki falonchini do’st tutmagan bo’lsam edi.” Qiyomat kunida ko’p do’stliklar pushaymonga aylanadi, faqat taqvo asosida qurilgan do’stliklar bundan mustasno. Ko’pchilik gunohni o’z xohishi bilan emas, atrofdagilarning ta’siri bilan qiladi. “Bir martagina qil”, “bunchalik dindor bo’lma”, “ortiqcha o’ylayapsan” degan gaplar bilan boshlanadi. Ammo odamlarni rozi qilish uchun qilingan birgina tanlov ham sizni Allohning roziligidan uzoqlashtirishi mumkin. Shuning uchun do’stlaringiz kam bo’lsa ham mayli. Hattoki hozircha faqat siz va Robbingiz bo’lsangiz ham mayli. Chunki Alloh sizning qilgan qurbonligingizni ko’rib turibdi. Bir kun kelib, U sizga Uni eslatib turadigan do’stni ham yuboradi. “Gunoh qilaylik” deydigan emas, “Yuring, namoz o’qiylik” deydigan do’stni. Ungacha yolg’izlikdan qo’rqmang. Hidoyatda sobit qoling. Atrofingizni pushaymonliklarga emas, Allohni eslatadigan narsalarga to’ldiring. Chunki Jannat sari yolg’iz yurish, noto’g’ri insonlar bilan birga halokat sari borishdan yaxshiroqdir. 📍mutadayyina
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
No matter where you go, Allah sees you. 📍mutadayyina
Otangiz qadrini faqat uni yo‘qotganingizdagina anglaydigan, hayotingizga qanchalik katta ta’sir ko‘rsatganini esa butun umringizga nazar tashlab, chuqur o‘ylaganingizdagina tushunadigan insondir. U suyanishingiz kerak bo‘lganida eng ishonchli tayanchingiz, yordamga muhtoj bo‘lganingizda doimo tayyor suyanchig‘ingizdir. Uyning bir chetida turgan bo‘sh kursisi ham aslida hayotingizni qanchalik to‘ldirib turganini anglatadi, uning takror-takror yo‘qligi esa zimmasidagi doimiy mas’uliyatni his qildiradi. Balki u sizga “seni yaxshi ko‘raman” deb aytmas, ammo qilayotgan har bir ishini aynan sizni yaxshi ko‘rgani uchun qiladi. Sizning hayotingizda ham, har bir insonning hayotida ham yo‘lini o‘zgartirib yuboradigan bir lahza bo‘ladi. Ko‘pincha ana shunday lahzalarda otaning ta’siri unutilmas bo‘ladi. Uning yuzidagi jiddiylik qanday bo‘lmasin, qalbining tubida sizning tabassumingizdan quvonchdan qanot chiqaradigan bir yurak bor. Rasululloh ▫ “Ota Jannat eshiklarining o‘rtasidir. Xohlasangiz, uni boy bering, xohlasangiz, uni asrang”, deganlar. Qalbingizga quloq tuting: agar ona siz uchun bag‘ir bo‘lsa, ota siz va onangiz uchun qalqondir, buni otamizni yo‘qotganimizdagina naqadar yaxshi anglab yetamiz. Oʻzi ota-onalarimizni uzoq va barakali umr bilan siylab, bizni ularning duosi va mehridan bahramand boʻlishimizni nasib etsin. 📍mutadayyina
Bu bo’lajak nasibimga yozilgan maktub, Alloh men uchun taqdir qilgan insonga. Biz hali uchrashmaganmiz, balki uchrashgandirmiz-u, faqat Alloh biz uchun nimalarni rejalashtirganini hali bilmaymiz, ammo qo’llarimni duoga ochganimda seni ham o’ylayman. Bu umidsizlikdan emas, balki umid bilan, umid qilamanki, sen bu dunyodan ko’ra Allohni tanlayapsan. Umid qilamanki, o’tmishingdagi yaralaringdan shifo topyapsan va sen uchun yozilmagan narsalarni qo’yib yuborishni o’rganyapsan. Bilasanki, men shunchaki seni kutib o’tirganim yo’q, men sen uchun, sen uchratadigan mening o’sha kelajakdagi holatim uchun o’zim ustimda ishlayapman. Men sen uchratadigan ayol Allohdan qo’rqadigan, mehribon, samimiy va qalban butun inson bo’lishini xohlayman. Mukammal emas, ammo doimo yaxshilik sari intiladigan. Umid qilamanki, sen ham xuddi shunday yo’ldasan, chunki U bizni nihoyat birlashtirganida, men begona inson bilan uchrashishni istamayman. Men qalbini go’yo allaqachon taniydigan insonni uchratishni xohlayman, uni qilgan duolarim orqali tanigandek bo’lishni xohlayman. Bizning muhabbatimiz faqat gullar va va’dalar ustiga qurilmaydi, sabr, tavakkul va sajda ustiga quriladi. Allohga chuqur bog’langan muhabbat bo’ladi. Shunda hatto og’ir kunlarda ham biz bir-birimizdan uzoqlashmaymiz, aksincha, Allohga yanada yaqinlashamiz, ungacha esa men sen loyiq bo’lgan ayolga aylanish yo’lida davom etaman, va umid qilamanki, sen ham men duo qilib so’ragan inson bo’lish yo’lidasan, sababi biz uchun yozilgan narsa allaqachon biz tomon yo’l olgan, va sen, sen kutishga arziydigan insonsan. 📍mutadayyina
видео или голосовое, без подписи
Ba’zan istagimizning kechikishi yoki ayrim voqealar biz uchun yomondek tuyulsa ham, keyinchalik bunda Allohning rahmati va hikmati borligini anglaymiz, sababi inson faqat bugunini ko’radi, Alloh esa o’tmishimizni, bugunimizni va kelajagimizni mukammal biladi. Biz biror narsani chin dildan xohlaymiz, ammo uning biz uchun qanchalik foydali yoki zararli ekanini har doim ham anglay olmaymiz. Shuning uchun ham ba’zi duolarimiz darhol ijobat bo’lmaydi, ayrim eshiklar yopiladi yoki kutishimizga to’g’ri keladi. Bu esa Alloh bizni unutgani uchun emas, balki bizni eng yaxshi vaqtda, eng yaxshi natijaga olib borayotgani uchundir, vaqt o’tgach, ortga nazar tashlaganimizda, o’sha kechikish bizni asraganini, sabr bizni o’zgartirganini va kutish bizni duo qilgan ne’matga munosibroq insonga aylantirganini tushunamiz, shundagina qalb “Allohning tanlovi mening xohishimdan ko’ra yaxshiroq”, degan xotirjamlikni his qiladi. 📍mutadayyina
Siz shunday ne’matlarga egasizki, boshqalar ularga erishish uchun kecha-yu kunduz Allohga iltijo qilmoqda. Siz shikoyat qilayotgan ishingizga ega bo’lishni qancha inson Allohdan so’rab duo qilmoqda. Boshingiz uzra tom bor, holbuki ayrimlar ko’chada tunab, U’ndan boshpana so’rashmoqda, sog’lig’ingiz, oilangiz, yurish qobiliyatingiz, nafas olayotganingiz, namoz o’qiy olishingiz bularning barchasi ulkan ne’matlardir. Ularni qo’lingizdan ketgandan keyingina ne’mat bo’lganini anglaydiganlardan bo’lmang. Shukr faqat til bilan “Alhamdulillah” deyish emas, shukr qalbingiz bilan ne’matning qadrini his qilish va unga munosib hayot kechirishdir. Bir lahza to’xtang, atrofingizga nazar soling va: “Alhamdulillah”, deng, hayotingiz mukammal bo’lgani uchun emas, balki Alloh sizga tasavvur qilganingizdan ham ko’proq ne’mat ato etgani uchun. 📍mutadayyina
Ko’pchiligimiz tavakkul bilan tavakkulni adashtiramiz. “Alloh menga yordam beradi”, deymiz, ammo o’zimiz hech qanday harakat qilmaymiz, bu tavakkul emas, bu tavvakkuldir. Tavakkul xuddi imtihonga umuman tayyorlanmay borib, “Alloh oson qiladi”, deyishga o’xshaydi, holbuki, buning uchun siz hech qanday harakat qilmagansiz. Rasululloh ▫ “Avval tuyangizni bog’lang, keyin Allohga tavakkul qiling”, deganlar, ya’ni avvalo o’zingiz qo’lingizdan kelgan sabablarni qiling, kerakli qadamlarni tashlang, shundan keyin natijani Allohga topshiring. Tavakkul qo’l qovushtirib o’tirish emas. Tavakkul mehnat qilish, duo qilish va qolganini U’ning hikmatiga ishonib topshirishdir, shuning uchun keyingi safar biror ishda to’xtab qolsangiz yoki ko’nglingiz to’lmasa, darrov U’ni ayblamang. Avvalo o’zingizdan, men bu ish uchun chin dildan harakat qildimmi? deb so’rang, chunki Alloh harakat qilgan bandalariga yordam beradi, hech bir ezgu mehnatni zoye qilmaydi. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin. 📍mutadayyina