tgindex
Mutolaam📌
@mutolaa_xonamузбекский

Mutolaa sahifalaridagi ilm va shaxsiy xulosalar. Ortig‘i yo‘q: muallifsiz iqtiboslar va sayoz postlar bu yerda begona. Faqat mohiyat. Faqat kitob.

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
79
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
117
20 постов
Вовлечённость
148,1%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
57
1/48двое суток
65
1/72трое суток
70

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Arab tilida ajoyib bir jumla bor: لِجَمَالِ الْوُجُوهِ الثَّمَنُ كِفَايَةٌ، وَلِجَمَالِ الْقُلُوبِ تَكْتَفِي الْقِرَاءَةُ. Yuzlarning chiroyi uchun pul kifoyadir, Ammo qalb go‘zalligi uchun kitob o‘qimoq lozim.

  • 11 авг.31из behruz_reader

    Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi. Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi. To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni yechish, ilmiy tahlil va jamiyatda insonlar bilan qanday muloqot qilish ko’nikmalari ham o’rgatiladi. Hozir men sizga tavsiya qiladigan videoda manashu mavzu yoritilgan. Videoda oliy ta’limning asl funksiyasi, mehnat bozorining bugungi real talablari, universitet faqat mutaxassislik emas, balki shaxsiy rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar eklanligi tushuntirilgan. 📹: https://youtu.be/ZdQz0satAmI?si=Lmfqj_MO_UKRXU4f

  • 📖 Sentyabrni kutmang. Bugundan boshlang. Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli haftalar qoldi. Tez orada darslar, imtihonlar, topshiriqlar va deadline’lar yana kundalik hayotimizga qaytadi. Shuning uchun avgust — shunchaki dam olish oyi emas. Bu o‘zingizni qayta tartibga solish uchun yaxshi imkoniyat. The Productive Muslim aynan shu jarayonda foydali bo‘lishi mumkin. Kitob sizga: — vaqtni qanday rejalashtirishni; — chalg‘ituvchi narsalarni kamaytirishni; — oʻqish va ibodatni muvozanatlashni; — kuningizga baraka kiritishni o‘rgatadi. Va eng yaxshi yangilik — uning o‘zbekcha tarjimasi ham chiqdi. 🎉 Sentyabr kelganda “endi tartibga tushaman” demaslik uchun, avgustdayoq boshlang. Ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun katta reja emas, kuniga bir necha sahifa yetarli. Kitoblarni Hilol Nashr kitob dukonlaridan topishingiz mumkin yoki Online xarid qilishingiz ham mumkin. Behruz Reader | Tafsiya

  • Siz o'zingiz haqingizda nimaga ishonsangiz, asta-sekin shunga aylanasiz. Biz insonlar ko'pincha ilm bizga nima deyotganiga qarab emas, balki o'zimiz to'g'ri deb ishongan narsaga qarab yashaymiz. Keyin esa hayotimizni o'sha ishonchlarimiz shakllantiradi. Ko'pchilikdan shunday gaplarni eshitaman: "Agar o'zimni har kuni tanqid qilmasam, rivojlana olmayman." Aslida esa tanqidning ikki turi bor. Biri insonni o'stiradigan tanqid. Ikkinchisi esa insonni o'zidan sovutadigan, "sendan baribir hech narsa chiqmaydi" degan ichki ovoz. Birinchisi foydali. Ikkinchisi esa zararli. Zamonaviy psixologiyada "self-identity" (o'zini kim deb bilishi) degan tushuncha bor. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson o'zini qanday inson deb bilsa, uning qarorlari va odatlari ham asta-sekin shu tasavvurga moslashadi. Masalan: — "Men kitob o'qishni yoqtirmayman." — "Men sportchi emasman." — "Men intizomli inson emasman." Bu gaplarni takrorlayvergan sari miya ham shu fikrlarni tasdiqlaydigan sabablarni izlay boshlaydi. Ammo inson: "Men har kuni oz bo'lsa ham rivojlanayotgan odamman." deb o'ylasa va bunga mos ravishda har kuni bir necha sahifa kitob o'qisa, ozgina mashq qilsa yoki foydali odatini davom ettirsa, vaqt o'tishi bilan bu uning shaxsiyatining bir qismiga aylanadi. Buning sababi sehr emas. Nevrologiyada neyroplastiklik degan tushuncha bor. Miya takrorlanadigan fikr va takrorlanadigan amallarga moslashadi. Qaysi yo'lni ko'p ishlatsangiz, o'sha yo'l mustahkamlanadi. Psixologiyada esa self-fulfilling prophecy tushunchasi mavjud. Ya'ni inson o'zi haqidagi ishonchiga mos qarorlar qabul qiladi. Natijada o'sha ishonch ko'pincha haqiqatga aylanishi mumkin. Lekin bu yerda juda muhim bir noziklik bor. Shunchaki: "Men muvaffaqiyatliman." deb takrorlashning o'zi yetarli emas. Har bir fikr ortidan unga mos amal kelishi kerak. Aks holda miya so'z bilan amal o'rtasidagi nomuvofiqlikni sezadi. Shuning uchun eng to'g'ri yondashuv: To'g'ri fikr + kichik, ammo davomli amal. Islom ham aynan davomiylik va ichki o'zgarishga katta ahamiyat beradi. Alloh taolo marhamat qiladi: "Albatta, Alloh bir qavmning holatini, ular o'zlaridagi narsani o'zgartirmagunlaricha o'zgartirmaydi." (Qur'on, Ar-Ra'd surasi, 13:11) Rasululloh ﷺ esa dedilar: "Allohga eng suyukli amallar oz bo'lsa ham davomli bo'lganidir." (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Bu ikki manbani zamonaviy ilm bilan yonma-yon o'qisak, juda chiroyli bir haqiqatni ko'ramiz. Insonni katta shiorlar emas, balki har kuni takrorlanadigan fikrlar va ularga mos kichik amallar o'zgartiradi. Bugun o'zingizga qanday murojaat qilyapsiz? "Men qila olmayman." yoki "Men hali o'rganyapman." Bu ikki jumla o'rtasidagi farq faqat so'zlarda emas. Ular ertangi qarorlaringizni, odatlaringizni va asta-sekin hayotingizni ham shakllantiradi. Shuning uchun o'zingizga aytadigan so'zlaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlang. Ammo undan ham muhimi — har kuni o'sha so'zlaringizni kichik bo'lsa ham amalingiz bilan tasdiqlang. Chunki fikr yo'nalish beradi, amal esa o'zgarishni boshlab beradi. Behruz Reader

  • Inson o‘z maqsadini oddiy xohish emas, balki biologik ehtiyoj darajasidagi zarurat deb qabul qilsa, unga erishish uchun butunlay boshqacha harakat qiladi. Masalan, chanqaganimizda suv izlaymiz. Kimdir: "Bu yerda suv topolmaysan", desa ham izlashdan to‘xtamaymiz. Chunki chanqoqlik bizni harakat qilishga majbur qiladi. Oxir-oqibat suvni topib ichamiz. Maqsadlarimizga ham shunday munosabatda bo‘lsak, ya'ni ularni shunchaki istak emas, balki zarurat deb bilsak, qiyinchiliklar bizni ortga qaytarishi qiyinroq bo‘ladi. Bu esa maqsadga erishish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Bu kanalimga doim saviyali kontentlar bilan kelaman. Yana birini olib keldim. https://youtu.be/Jb6DcwN6mTg?si=Lw3ugMVeeWO__C-7

  • Jamiyat uchun eng muhim ishlarni umuman sezmaymiz. Ularni o'ylamaymiz ham. Masalan, elektr borligini, suv kelayotganini yoki ko‘cha tozalanganini deyarli o‘ylamaymiz. Biz ularning qiymatini odatda ular yo‘qolganda tushunamiz. Tasavvur qiling obodonlashtirish xodimlari 10 kun shaharni tozalamasa, avtobus va metro haydovchilari 10 kun ishga chiqmasa yoki shifokorlar bemorlarni ko’rmasa. Manashu 10 kun ichida jamiyatda haqiqiy xaos boshlanadi. Qiziq tomoni, shu vaqt ichida Instagramda kuzatadigan mashhur insonlaringizning aksariyati 10 kun, hatto bir oy ko‘rinmasa ham, kundalik hayotingizda deyarli hech narsa o‘zgarmaydi. Bugun kimning obunachisi ko‘p bo‘lsa, kimning mashinasi qimmat bo‘lsa yoki kimni millionlab odamlar kuzatsa, ularni muhim insondek qabul qilamiz. U insonning jamiyatga qo'shayotgan hissasi qanday ekanligiga qaramaymiz ham. Aslida jamiyatning haqiqiy poydevori ertalab ishga chiqadigan, kechqurun uyiga qaytadigan va ertasi kuni yana o‘sha ishni qiladigan odamlardan iborat. Ular mashhur emas. Ular haqida videolar olinmaydi. Ularning ishiga millionlab like bosilmaydi. Lekin ular ishlashdan to‘xtasa, buni millionlab odamlar darhol sezadi. Ba'zida ertalab 9 dan kechki 6 gacha bo'lgan ish grafikini kamsitib qo'yamiz. Inson erkin bo'lishi kerak. Ishga majburan bormasligi kerak deymiz. Kechirasiz lekin jamiyat bunaqa ishlamaydi. Jamiyatda hammaning vazifasi bor. U kattami kichikmi farqi yo'q. Vazifa egalariga nisbatan hurmatsizlik qilish ularga yuqoridan qarash noinsoflik bo'ladi. Ba'zan insonning jamiyatdagi ahamiyatini uning qanchalik mashhurligi bilan emas, u yo‘q bo‘lganda nimalar to‘xtab qolishi bilan o‘lchash kerakdir deb o'ylab qolaman.

  • Iste'molchigina bo'lib qolmang Til, fan va ilmda o'qish ko'nikmasi oson. Gapirish qiyin. Eshitish oson. Yoza olish qiyin. Yodlay olish qiyin. ✖️Kitoblarni o'qigan aqlli bo'lib qolmaydi. ✅Fikrlagan, sintez qilgan, ijod mahsuli chiqargan saviyali bo'ladi. ✖️Ko'p video ko'rgan tajribali bo'lib qolmaydi. ✅Qo'li va aqli bilan jarayonda ishtirok etib, yasagan, qurgan, ishlab chiqqan mutaxassis bo'ladi. ✖️Qur'onni tushunmay o'qigan kam foyda oladi. ✅Fikrlab, tafsiri bilan o'qigan va yodlagan qori bo'ladi. Tajribadan texnikalar ishlab chiqqan, o'rgatgan boshqaga ham foydasi tegadi. ✖️Faqat o'qib, tomosha qilib yurish sizni o'stirmaydi. Qabul qilish ko'nikmasining o'zi yetmaydi. ✅Yuqoriroq mahoratlar bilan shug'ullaning, ularni rivojlantiring. ✖️Shunchaki tinglash amaliy foyda bermaydi. ✅Tinglash, sintezlash, to'ldirish, ustiga qurish, amal qilish foyda beradi. #foyda Faqat iste'molchi bo'lib qolmang. Yozuvchi, tahlil qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, quruvchi, rivojlanatiruvchi bo'ling. Dunyoga quyi aql bilan emas, yuqori tafakkur bilan ta'sir qilinadi. © ULUL ALBAB yozdi

  • 31 июл.1222из behruz_reader

    I think many Muslims have these misconceptions: 1. The dunya is for others, while Muslims should only focus on the Akhirah. 2. Just make dua. That's enough. Everything will change the way you want. 3. Just have sabr. No need to work hard or take action. 4. Praying five times a day and fasting alone are not enough. Being a true slave of Allah also means being productive, serving society, and fulfilling our responsibilities. 5. "It's all written." Yes, Allah has decreed everything. But then why did Allah give you this life, your abilities, and the means to act? If we replace these misconceptions with the correct mindset, we can truly become Allah's vicegerents (khalifahs) on earth. Inglizcha kitob oʻqiyapman. Shu sababli ham inglizcha yozyapman. Komentda oʻzbekchasi ham bor

  • Do you understand?

  • 💰 Boylik bilan maoshni chalkashtirmang. Maosh — siz ishlaganingizda keladigan pul. Ishni to‘xtatsangiz, pul ham to‘xtaydi. Boylik esa — siz uxlayotganingizda ham ishlaydigan narsa: biznes, ijara uyi, dastur, kurs, kitob, kontent yoki boshqa aktiv. Shuning uchun maqsad — ko‘proq soat ishlash emas, o‘zingizga tegishli narsa qurish. Bir marta yarating. Tizimga aylantiring. Uzoq muddatli o‘yin o‘ynang.

  • Erkinlik ikki xil 1. Yoshlikda “istagan narsamni qilish erkinligi” kerak bo’ladi. 2. Vaqt o’tib boshqa erkinlik qadrliroq bo’lib qoladi: keraksiz odamlardan, keraksiz majburiyatlardan, keraksiz xohishlardan xoli bo’lish.

  • без подписи

  • Odamlar soatlab kino(foydali) koʻrmaydi Odamlar soatlab kitob oʻqimaydi Odamlar soatlab podcast eshitmaydi Agar siz soatlab odamlar qilmaydigan toʻgʻri ishni qilib va uni odamlarga ulashsangiz, u sizni mashhur, boy, foydali va hurmatga loyiq foydali inson qiladi. Mening shaxsiy fikrim va tajribamdan #tajriba

  • Odyssey Filmdagi yashirin maʼnolar 1. 🧜 Sirenalar (The Sirens) Eng katta chalg‘ituvchi narsalar xavfli ko‘rinmaydi. Kelajagingiz uchun eng katta tahdidlar odatda xavfli bo‘lib ko‘rinmaydi. Cheksiz ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash, o‘yin-kulgu va tinimsiz bildirishnomalar xavf tug‘dirayotgandek tuyulmaydi. Ammo ular qaytarib bo‘lmaydigan eng qimmatli boyligingizni — e'tiboringizni sekin-asta o‘g‘irlaydi. Diqqatingizni vasvasa paydo bo‘lishidan oldin himoya qiling. Chunki oldini olish oqibatlarini tuzatishdan ancha oson. 2. 👁 Siklop (The Cyclops) Kibr ba'zan to‘siqning o‘zidan ham kattaroq muammolarni keltirib chiqaradi. G‘alaba qozonishning o‘zi yetarli emas. Qachon sukut saqlashni bilish ham muhim. Ko‘pchilik odamlar muvaffaqiyatini o‘zlari barbod qiladi: - e'tirofga haddan tashqari erta intilish, - o‘zini ortiqcha isbotlash, - yoki muvaffaqiyat tufayli kibri shishib ketishi sababli. Kamtarlik ko‘pincha kibr xavf ostiga qo‘ygan narsalarni himoya qiladi. 3. 🏝 Kalipso (Calypso) Har bir go‘zal maskan ham siz uchun yaratilmagan. Ko‘pchilik ma'nosiz bo‘lsa ham, qulay hayot bilan kifoyalanadi. Qulaylikni haqiqiy qoniqish bilan adashtirmang. Eng oson yo‘l har doim ham siz orzu qilayotgan hayot sari olib bormaydi. 4. 🐷 Sirse (Circe) Odatlaringiz asta-sekin kim bo‘lishingizni belgilaydi. Har bir odatingiz shaxsiyatingizni shakllantiradi. 1. O‘qiydigan kitoblaringiz. 2. Birga vaqt o‘tkazadigan insonlaringiz. 3. Iste'mol qiladigan kontentingiz. Bularning barchasi yillar o'tib qanday insonga aylanishingizga ta'sir qiladi. Takror-takror iste'mol qiladigan narsalaringiz oxir-oqibat sizni o‘zgartiradi. 5. 🌸 Lotusxo‘rlar (The Lotus-Eaters) Haddan tashqari qulaylik kelajagingizni sezdirmay o‘g‘irlashi mumkin. Siz har doim ham hayot qiyinlashgani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchramaysiz. Ba'zan esa hayot shu qadar qulay bo‘lib qoladiki, o‘sishdan to‘xtaysiz. Kelajakda qurmoqchi bo‘lgan hayotingizni unutadigan darajada qulaylikka berilmang. 6. 🐂 Geliosning Muqaddas Moli (Helios' Sacred Cattle) Bir lahzalik vasvasa hamma narsaga qimmatga tushishi mumkin. Ko‘p pushaymonlar bitta fikrdan boshlanadi: Faqat shu safar. Bir marta atiga O‘zingizni boshqarish aynan vasvasa o‘zingizga mutlaqo oqlanayotgandek tuyulgan paytda eng muhimdir. Kichik qarorlar ko‘pincha hayotingizdagi eng katta natijalarni belgilaydi. 7. 🐍 Skilla (Scylla) Ba'zan mukammal tanlovning o‘zi mavjud bo‘lmaydi. Hayot ko‘pincha sizga mukammal variantlarni emas, murakkab tanlovlarni taqdim etadi. Ideal yechimni kutish sizni bir joyda qotirib qo‘yishi mumkin. Haqiqiy taraqqiyot mukammal bo‘lmasa ham, kelajagingizni himoya qiladigan tanlovni qilishdan boshlanadi. Xulosa Haqiqiy mahluqlar "Odisseya" aslida afsonaviy mahluqlarni yengish haqida emas. U insonning ichidagi mahluqlarni yengish haqida: 1. Chalg‘ish. 2. Qulaylikka mukkasidan ketish. 3. Kibr. 4. Shoshqaloqlik. 5. Noto‘g‘ri qarorlar chiqarish Minglab yillar o‘tgan bo‘lsa-da, bu mahluqlar hanuz mavjud. - Faqat ularning qiyofasi o‘zgargan. Behruz Reader

  • https://t.me/qarashlarim_uz/4121 Mana bu postga qiziqqan holda izlanish qilib koʻrdim Assalomu alaykum ustoz Sunʼiy intellekt bilan mana shu mavzuga chuqurroq izlanish qilib koʻrdim. Balki foydali narsalar topilar

  • Survivorship bias — Nega faqat g'oliblarga qarab xulosa chiqarish xavfli? Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda shunday hikoyalarni ko'ramiz: "Universitetni tashladi va milliarder bo'ldi." "Kuniga 4 soat uxlab muvaffaqiyatga erishdi." "Hech qanday diplomsiz dunyoni o'zgartirdi." Ammo biz bir narsani unutamiz: bu hikoyalar omon qolganlar hikoyalari, yo'qolganlar emas. Bu hodisa psixologiyada survivorship bias (omon qolganlar xatosi) deb ataladi. Bu — faqat muvaffaqiyatga erishganlarni ko'rib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan minglab odamlarni e'tibordan chetda qoldirish natijasida noto'g'ri xulosa chiqarishdir. Oddiy misol 1000 kishi biznes boshladi. - 950 nafari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. - 50 nafari muvaffaqiyat qozondi. Biz esa faqat o'sha 50 kishining intervyularini ko'ramiz va: "Demak, muvaffaqiyat siri ertalab 5 da turish ekan." Aslida esa muvaffaqiyatsiz bo'lganlarning ko'pchiligi ham xuddi shunday qilgan bo'lishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidagi mashhur misol Urush vaqtida samolyotlar bazaga qaytganda, ularning qaysi joylari ko'proq o'qqa tutilgani kuzatildi. Dastlab muhandislar aynan o'sha joylarni mustahkamlash kerak deb o'ylashdi. Lekin statistik Abraham Wald boshqacha fikr bildirdi: "Biz faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'ryapmiz. Qaytib kelmaganlari qayeridan zarba yeganini bilmayapmiz." Demak, zirhni o'q tekkan joylarga emas, balki o'q tegmagan joylarga qo'yish kerak edi. Chunki o'sha joylardan zarba olgan samolyotlar umuman qaytib kelmagan. Xulosa Muvaffaqiyatli insonlardan ilhom olish yaxshi. Ammo ularning hikoyasini universal qoida deb qabul qilish xato. Har qanday natijani baholashdan oldin o'zingizga bir savol bering: "Men faqat omon qolganlarni ko'ryapmanmi yoki ko'rinmayotgan minglab muvaffaqiyatsizlarni ham hisobga olyapmanmi?" Ba'zan haqiqat ko'zga ko'ringanlarda emas, balki ko'rinmay qolganlarda yashirin bo'ladi. Behruz Reader

  • Podcast Effective va Effecient so'zlarini hayotga tadbiq qilishni o'rganasiz, In Shaa Allah Ustozim @ustozation "dan.

  • без подписи

  • «Botaniklar ham biznes qiladi» — kitob nomini o'qib, o'zimni esladim. Maktabda a'lochi edim. Lekin o'sha bilimlarni qayerga qo'llashni bilmasdim. Olimpiadadan medal, hayotdan yo'nalish yo'q. Muallif to'g'ri yozgan: ilmning foydali yoki foydasizligi uning o'zida emas — uni qo'llaydigan odamda. Amaliyotchi akademik bo'lish uchun bitta savol yetarli: «Bu bilimni ertaga qayerda ishlataman?» Javob yo'q bo'lsa — o'qish emas, yig'ish bo'lyapti.

  • O'zbekistonda yiliga har million kishidan 83 tasi hayotdan ixtiyoriy ketadi. Lyuksemburgda — 82. Lyuksemburg — dunyoning eng boy davlati. Biz — ulardan 10 barobar kambag'alroq. Lekin hayotdan to'yganlar soni — bir xil. Nega? Chunki odam tana bilan emas — tasavvur bilan yashaydi. Garvard professori Uilyam Jeyms butun Amerika yig'ilib kutgan nutqini bitta gapga sig'dirgan edi: "Odamlar o'zlari haqida nima deb o'ylashsa — o'sha narsa bo'lib qolishadi." Keyin "rahmat" deb chiqib ketdi. Bronza olgan sportchi kumush olganidan baxtliroq bo'ladi. Chunki kumush olgan: "Bir oz bo'lsam oltin olardim" deb o'ylaydi. Bronza olgan esa: "Ro'yxatdan tushib qolardim"deb o'ylaydi. Bir xil podium. Ikki xil tasavvur. Ikki xil hayot. Shuning uchun: Hayotingni o'zgartirmoqchimisan — avval tasavvuringni o'zgartir. Chunki tasavvuringda baxtli bo'lmaguncha, voqelikda baxtli bo'lmaysan. To'liq maqola fayl ichida