Muxtorov’s blog
СтатистикаZiyodbek Muxtorov Ta'limda boshqaruv va B2C yo'nalishida amaliy tajriba. Sinov va xatolardan olgan xulosalarimni ulashaman. Manager of: @englishlife_and | @Boburiy_maktablari Bog‘lanish: @ziyodbekmuxtorov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 206
- 1/48двое суток
- 236
- 1/72трое суток
- 254
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yakka o’zing hech kimsan Qaysi lavozimda bo‘lishingdan qat’i nazar — o‘zingni “eng muhimiman” deb o‘ylama. Biznesni bitta mashinaga o‘xshatsak: - Biznes egasi — benzin. Pul va g‘oya beradi, lekin zapravkalar ko‘p. - Direktor — haydovchi. Yo‘nalish ko‘rsatadi, lekin shofyorni almashtirsa bo‘ladi. - Menejer — akkumulyator. Energiya beradi, lekin uni ham yangilash mumkin. - Xodim — g‘ildirak. Natijani beradi, lekin teshilsa, boshqasi qo‘yiladi. Lo‘nda gap shuki: mashina bularning hammasi birga bo‘lsagina yuradi. Birortasi yolg‘iz o‘zi hech narsani hal qilmaydi. O‘zingni almashtirib bo‘lmas deb o‘ylama, jamoaning kuchi faqat birlikda ekanini unutma. @muxtorovz
English life 10 branch! Tez kunda Potug’ city’da ❤️ @muxtorovz
🏆 Insho: Bizga qiyinchiliklar kerak! Sun’iy qiyinchiliklar bo‘lmaydi. @muxtorovz
🔥Talaba bo'lsangiz albatta o'qing! Universitet olim qilmaydi. Insholarni A4 ga chop etib o'qishni tavsiya qilaman. @muxtorovz
⚡️Substack'dagi birinchi insho! Odat shakllantirish. Eng kichigidan boshlang. Matn kattaligi A4 qog‘ozga to‘liq chiqarish uchun mo‘ljallangan. @muxtorovz
Mirahmad's Blog'da ham endi uzun matnli postlarni o'qiymiz! O'tib reaksiya qoldirib qo'yinglar. Matn ajoyib. Tasavvur qiling, bir inson butun umr ko'rgan-kechirganlarini matn orqali ulashib boryapti. Aytaylik, shu inson hozir 30 yoshda va bir postni o'qish uchun o'rtacha 4-5 minut vaqt ketadi. Bu degani siz 4-5 minut ichida bir insonning bir yil umrini yashab qo'ydingiz. Qilgan xatolaridan xulosa oldingiz. Matn o'quvchiga vaqtini tejab beradi. Matn tanishish qiyin bo'lganlar bilan tanishtiradi. Audioga ovoz yetarli. Videoga yaxshi surat yetarli. Matn esa fikrsiz bo'la olmaydi. Shu sababli sun'iy intellekt video, rasm, ovoz yasayotgani bitta pallada, matn yozayotgani boshqa pallada turibdi. Matn kuchli. @muxtorovz
Fazliddin Blog boshlabdi kanalidagi postlarini o'qib chiqdim. Yugurish haqida yozilgan postini menga yoqdi o'qib koring. Biologiya qiziqarli fanda Fazliddin yozgandek koʻpchilik sutemizuvchilarda ter bezlari juda yomon rivojlangan Itlar va boʻrilar terlay olishmaydi. Siz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak itlar tanasini sovutish uchun ogʻzini ochib, tilini chiqarib tez-tez nafas oladi bu (panting). Yirik hayvonlar ham asosan nafas olish va biroz teri orqali soviydi, lekin yugurish vaqtida ularning mushaklari juda tez issiqlik ishlab chiqaradi. Insonda 2 dan 4 milliongacha ekrin ter bezlari bor. Biz yugurganimizda butun tanamiz boʻylab suv (ter) ajralib chiqadi bugʻlanishi evaziga tana haroratini tezda pasaytiradi. Teri osti yogʻ qatlami tabiatan issiqlik izolyatori (oʻtkazmaydigan qatlam) vazifasini bajaradi. Semirgan insonda bu qatlam qalinlashadi. Natijada, mushaklar ishlab chiqargan issiqlik tashqariga chiqib keta olmay, tana ichida qolib ketadi. Inson millionlab ter bezlariga ega boʻlishiga qaramay, terlash tizimi tanani sovutishga ulgurmaydi va odam juda tez qizib, charchab qoladi. Ortiqcha yogʻ qatlami faqat teri ostida emas, ichki aʼzolar atrofida ham toʻplanadi (visceral yogʻ). Bu yogʻlar diafragmani qisib, oʻpkaning toʻliq yozilishiga xalaqit beradi. Ko'zim bilan ko'rganman. Yurak esa har bir ortiqcha kilogramm yogʻ dokasini qon bilan taʼminlash uchun ikki barobar koʻproq kuch bilan ishlashga majbur boʻladi. Natijada inson xuddi ogʻzini ochib nafas oladigan hayvonlar kabi juda tez hansirab qoladi. Xulosa: Biz o'z tanamizni qiynab turishimiz kerak bo'lmasa yog' bosib ketadi. @muxtorovz
Poytug‘lik o‘z ishini yaxshi ko‘radigan ustoz tanishlaringiz bo‘lsa, ularda bizning jamoaga qo‘shilish imkoniyati bor. Siz orqali kelgan nomzod biz bilan rasmiy mehnat shartnomasini imzolasa, sizga alohida tashakkur bonusimiz bor. Bu xabarni Poytug‘lik tanishlaringizga yuborib qo‘ying.
Onasini o'qiting! Boladan oldin onani tarbiyalang!
Assalomu alaykum! Oilada 3ta farzand bor, va faqat bittasin xususiy maktabda o'qitishga moliyaviy imkon bor. Shunda nima qilish tog'ri bo'ladi. Usha pulni hamma bolaga togaraklar bilan taminlashga, yoki orasidan bitta iqtidorligni tanlab faqat shunisini o'qitish kerakmi?
YouTubeda oʻzbek tilidagi podkastlar ham koʻpayib ketdi, istalgan odam hayotini gapirib beryapti. Menimcha, hozir YouTubeda podkast eshitish ham, agar toʻgʻri podkast tanlanmasa, vaqtni bekorga sarflash bilan bir xil. Podkastlarga tayyorlanadigan, juda oʻrinli savollar beradigan bitta kanal bor "Gashtak". Kelgan mehmonlardan ham boshlovchining saviyasini bilsangiz boʻladi. Yaxshi suhbatlar havolasini qoldirib qoʻyaman, vaqt ajratib koʻrishingizga arziydi. 1. Korzinka asoschisi Zafar Khashimov bilan suhbat. 2. Rahimov School asoschisi Aziz Rahimov bilan suhbat. 3. Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat. @muxtorovz
Telegram birdan yo‘q bo‘lib qolsa. Telegram birdan yo‘q bo‘lib qolsa, yozishni boshqa platformada davom ettiraman. Boshlab qo‘ydim. Telegram Blog yaxshi. Oilangiz, do‘stlaringiz, hamkasblaringiz o‘qiydi. Siz bilan gaplashgandek bo‘lishadi. O‘zingiz yo‘q bo‘ladigan kun kelganda ham, fikrlaringiz qoladi. Telegram yo‘q bo‘lib ketsa, shuncha yozganlarim havoga uchadimi, o‘ylab qoldim. Ha, agar o‘zim yashamayotgan hayotni ko‘rsatsam, amal qilmaganimni gapirsam, shunday bo‘ladi. Yozganlarimga birinchi o‘zim amal qilib, keyin boshqalarga shunaqa qilsa foydali ekan deyman. Yoki aksi bunday qilgan edim, xato bo‘lib chiqdi, deb xatolarimni ulashaman. Dildan chiqqan narsalar xotirada qoladi. Demak, boshqa platformada ham shu ishni davom ettirsa bo‘ladi. Kelajak avlodga keladigan bo‘lsak, ularga yurgan yo‘llarimizni yashab ko‘rsatib berganimiz qulayroq. Ya’ni shu qilib turgan ishimni o‘n yildan keyin ham qilib tursam, ular o‘zlari ko‘rib olishadi. Yozganlarim — olgan saboqlarim. Siz ham shartta bitta kanal ochib, shunchaki xulosalaringizni yozib borsangiz, adashmagan bo‘lasiz. @muxtorovz
O’zbekistonda Instagram ishlatadiganlar 10 yilda qancha bo’lsa, o’tgan yili shuncha qo’shildi. Sababi — qisqa videolar ko'pligi, telefon sotib olish oson, internet arzon. Hozirgi kunda onlayn boʻlish oson, oflaynga oʻtish qiyin. Bu haqida Aziz aka juda kuchli insho yozgan edi, oʻqib koʻring. Instagramda faqat kuzatuvchi bo'lsangiz, uni o'chirish kerak, o'zim ham shunday qilganman. Ilm, foyda ulashsangiz kiring. Mutaxassis bo'lsangiz, karyerangizda o'sishingizni media 2x tezlashtiradi. Kompaniyangizda xodimlar soni 200+ bo'lsa, albatta ishlaringizni mediada bo'lishing. Kompaniya kattalashgach o'sayotganlarni ko'rish qiyinlashadi, agar kuchli HR bo'lmasa. Media ko'zga ko'rinishga yordam beradi, sizni tanishni boshlashadi, uyda muzlatgich ham to'ladi. Ustozlarimizni mediada ko'rishdan xursandman, oxirgi vaqtda ular ancha ko'paydi. Hammasini belgilay olmaymanu, mediada yangilarni qo'llash uchun belgilayman. Paxtaobodlik ustoz 8 yillik tajribasini mediada bo'lishib boradi. @muxtorovz
“Bilmayman” deyishni o‘rganing. O‘rganishga ochiqman, eng yaxshi odatim ham shu. O‘quvchidan savol keladi: insonning o‘rganuvchiligini qanday bilamiz? Shunchaki tanqid qilib ko‘ramiz. Himoyalansa, u o‘rganuvchi emas. Himoyalanish: “Men unday qilmoqchi emasdim”, “Internet ishlamay qoldi-da”, “Telefon qildim, hammasi o‘chirilgan deyapti”. O‘rganuvchi: “Bilmadim aynan qayerida xato qilibman?”, “Bilmadim qanday qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?”. Bilmaslikni tan olish qiyin. O‘zim ham shaharga birinchi kelganimni bildirmaslikka harakat qilib, Furqatdan piyoda qaytganim esimda. Bilmaslikni jiddiy olib yuborish kerak emas, shunchaki bilmaslik sizning insonlar orasida qadringizni tushirib qo‘ymaydi. Agar siz shunday o‘ylasangiz, sizning hakamingiz tashqarida ekan, ehtiyot bo‘ling. Bilmaganimni o‘rganish uchun tengdoshimni ham kichigini ham ustoz deb bilaman. Bilmasangiz, so‘rab o‘rganavering, kam bo‘lmaysiz. Menga eng ko‘p foyda bergan odatim ham, tavsiya beradiganim ham shu. Faqat savol berishni ham o‘rganing: - Oyiga qancha topasiz? - 25 yoshda ingliz tili o‘rgansa bo‘ladimi? - Sizningcha, baxtli bo‘lish siri nimada? Savollar aqlni ko‘rsatadi! O‘zingizni ishga olarmidingiz? O‘zingizga qizingizni berarmidingiz? O‘g‘lingizga kelin qilarmidingiz o‘zingizni? Asl siz bilan boshqalar tasavvuridagi sizning farqingiz bormi? @muxtorovz | Savollar aqlni o‘stiradi!
без подписи
без подписи
Oflayn bannerlar marketing samaradorligini oshiradimi?
Adobe Figma'ni 20 milliard dollarga sotib olmoqchi edi! Claude o'ziga dizayn qilish funksiyasini qo'shishi bilan Figmaning aksiyalari narxi kallasi bilan quladi. Qanday zamonlarda yashayapmiz, AI'ga to'g'ri prompt + g'oya bersangiz bo'ldi, natijasini ko'ring. Oldin vakansiya uchun grafik dizayn postini 3 kun kutardik, natijada qizil fonga stul joylab berar edi. Hozir bozor boshqacha ishlayapti. Endi odamlarni oddiy ishlar bilan hayron qoldirib boʻlmaydi. Qilayotgan ishingizga kreativlik olib kirmasangiz bo'lmaydi, Arteldan oʻrganing. @muxtorovz
⚡️ English Life Paxtaobod filialiga Support Teacher kerak! Kelajagingizni ta’lim sohasida ko‘rasizmi? O‘quvchilarga chin dildan yordam berib, ustozlikni o'rganishni xohlasangiz — jamoamizga taklif qilamiz. Talablar: - Ingliz tili darajasi: B2+ / IELTS 6.5+; - O‘quvchilar bilan ishlashda mas’uliyatli va talabchanlik; - O‘rganishga ochiq ko'zi yonib turadigan yoshlar - Doimiy Paxtaobod tumanida yashashi kerak Sizga nimani taklif qilamiz? - Real tajriba va kuchli networking; - Karyera qurish imkoniyati; - Munosib oylik maosh (suhbat asosida). 📍 Manzil: English Life o‘quv markazi Paxtaobod filiali 👉 Arizalar uchun: @ziyodbekmuxtorov
Bugun yugurish haqida gaplashamiz. Yugurish sporti ancha ommalashib qoldi bizda ham. Bu ajoyib. Yugurish eng foydali va eng arzon sport turi boʻlsa kerak. Matn quruq tavsiyalar haqida boʻlmaydi, oʻzim qanday boshlaganimni aytib beraman. Matn taʼsir qilish kuchini oshirish uchun yozib ketaman mualif 2x yarim marafonda qatnashgan (21 km). Yugurishdan olgan xulosalarimni ulashaman. Yugurishni yurishdan boshlang. Tashlab qoʻymaslik uchun sizni malomat qila oladigan yaqinlaringizga yurishni boshlaganingizni ayting, ular sizga yordam beradi. Oʻzim birinchi hamkasblarim bilan bir guruh ochib, yugurish challengeni qilganman, shundan keyin yugurish odat boʻlib qolgan. Kunlik 5+ km dan oshganingizdan keyin sizga albatta yugurish ilmi ham kerak, buni Bek Olimjon aka zoʻr tushuntiradi. Kunlik 10+ km dan oshganlarning hammasi marafon yugurishni boshlaydi, bunda har kim Bobur akaning YouTube kanalini izlab boradi. Yugurishni boshlashni tezlashtirish uchun kunlik 2+km yugurishni odat qilganlar bilan suhbatlashing. Doʻstimiz Fazliddin har kunlik oʻzidagi oʻzgarishlarni aytib berganda eshitib xursand boʻlyapman. Matn shu yergacha edi. Yugurish uchun koʻchaga chiqib Strava ilovasini yoqib 2 km masofani bosish kerak boʻldi. @muxtorovz