Nahv Academy feedback
Статистика- Последний пост
- 15 нояб.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Va Alaykum As-Salam Va Rohmatullohi Va Barokatuhu Alloh rozi bo'lsin sizdan domla ilmingiz bundanda ziyoda bo‘lsin, Alhamdulillah Amaliy Nahv kursi menga juda katta foyda berdi va sizni dars o‘tish yo‘nalishingiz ham juda manfaatli va foydali bo‘ldi lug‘atlarni yodlashga, gap tuzishga qiynalar edim va tarkib qilishni umuman bilmas edim hozir esa Alhamdulillah tarkib qilib bemalol ajrata olyabman, Alloh fazli bilan va eng katta sababchi bo‘lgan sizni sharofatingiz bilan, men avvallari qoidalarni yodlashim kerak shuncha qoidani qanday yodlayman degan fikr turar edi va arabcha tarkib qilish desa vahimalidek tuyilar edi, lekn sizni dars o‘tish yo‘nalishingiz fikrimni o‘zgartirdi dars davomida qoidalar o‘z o‘zidan miyamda qoldi osonlik va yengillik bilan o‘rgandim birinchi marta Nahvni o‘rganishim bo‘lsa ham chunarli va foydali bo‘ldi, xolisona tavsiya qilaman nimadan boshlashni qanday tartibda ketishni bilmayotgan talabalar uchun JazakaAllohu Hoyron domla
Hammaga hayrli kun. Kursni menga eng maqul kelgan tarafi darslarni qayta ko'rish imkoniyati chunki nahvni birinchi marta o'qiyapman va ba'zi atamalarni yangi ma'lumotlarni bittada tushunib olish balki boshqalarga osondir lekin menga oson bo'lmayapti shunda o'tilgan darslarni qayta qayta eshitib tushunishga harakat qilyapman va darslarni qayta eshitib bildimki darslar bosqichma bosqich "hazm" qilishga oson fokus shu darsda o'rganishimiz kerak bo'lgan mavzuga qaratilgan va sekin shoshilmasdan tushunarli qilib o'tilgan ekan. Va yana bir jihati o'tirib lug'at yodlamadim ertak tarjima qilib qilib so'zlar o'zlari yod bo'lishdi bushro dan foydalanish, arabcha yozish, fe'llarning o'zagini bilish ertakni tarjima qilib yo'l yo'lakay "ortirganlarim" bo'ldi
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته Yaxshimisiz, uhti? Dars saharda soat 4:00da😄🌆 Lekin shu vaqt juda qulay ko'pchilik uchun va barakali bo'lvotti. Man ham hozirda "Amaliy Nahv" kursining 11-mavsumida o'qivomman (3-oyga o'tdim), va natijamdan juda mamnunman⚡️⚡️⚡️ Man Nahvni hayotimda birinchi marotaba o'rganayotgan bo'lsamda, lekin bu murakkab ilm zehnimga osonlikcha joylashganiga avvalambor Alhamdullah, va shu bilan birga shunga sababchi bo'lgan ustozimizning tuzgan manhajlari {bosqichma-bosqish osondan boshlab, asta sekin o'zimiz sezmagan holda qiyinlashadigan tartibdagi darslar va 90% amaliyotga qaratilgan metodikalari, va, shuningdek, talabada intizomni shakllantirish maqsadida ustoz tomonidan davomat va uy vazifalari nazorati, va asosiy darsdan tashqari sheriklar bilan takror qilish va, qo'shimchasiga, boshqa takror Ustoza bilan o'tilgan mavzuni takror qilib, darsda olingan ilmni mustahkamlash imkoniyati, juda zo'r puxta o'ylangan va manfaatli bo'ldi⚡️⚡️⚡️} Jonli darslar qiziqarli va sodda, deyarli har bir inson zehniga yaqin formatda tushuntiriladi. Man har bir darsni bittada tushunishga muvaffaq bo'ldim va hozirda manda jumlalardagi so'zlarni tez e'roblash ko'nikmasi hosil bo'ldi, Alhamdullah. Oldinlari esa kimdur jumlalarni tez e'roblasa, "SubhanAlloh, bu kishi nima dvotti? Qanday qilib har bir fe'l, ism va harfga munosib ta'rifni ayta olvotti???😅🫣" der edim. Yoki "Voy, odamlar qanday qilib harakatsiz (e'robsiz) matnlarni o'qiy olishvotti?🥹" der edim. Hozir esa o'zimga ham shu e'roblash oson tuyulvotti va tezlikda ham muammo his qilmayabman, Alhamdullillah, va ustozimizga rahmat (yangi dastur tuzib, ilm ulashganlari, mehnatlari va sabr bilan har bir darsda har birimizni tekshirib, xatolarimizni to'g'rilaganlari uchun). Alloh rozi bo'lsin, ilmimizni ziyoda va xayrli qilsin. P.S. Shuningdek, angladimki, Nahv ilmi (e'robsiz/harakatsiz) arabiy matnlarni behato tez o'qish, to'g'ri tarjima qilishda va, shuningdek, behato so'zlashishda juda yordam berar ekan. بإذن الله
Amaliy nahv 11-mavsum
O'rta nahv kursida darslar tartibli , muntazam nazorat ostida buladi. Tanlangan kitoblar har biri alohida dunyo, ulardan nafaqat nahvni balki odobni , tarbiyani ham organish mumkin va so'z boyligingiz oshishida ham qo'llanma bo'la oladigan eng yaxshi kitoblar tanlangan. Bu kurs xuddiki xazina, undan foyda ololgan kishi bulsa buldi. Yana muhim tomoni shuki, bilim darajangiz mos bulgan sheriklar bilan o'qiysiz, chunki bunga guvoh bo'ldim. Darajasi sizdan past bo'lgan o'quvchining hijjalab o'qishini kutib vaqtingiz o'tmaydi. Bu kurs o'quvchi uchun eng yaxshi tanlovdir.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. O'rta nahv kursi man uchun, jumladan barcha guruhdoshlarim uchun ham foydali bo'ldi va bo'lyapti dib o'yliman. O'qigan, o'qivotgan kitoblarimiz barchasi bir-biridan foydali, ayniqsa, (تعليم المتعلم في طريق التعلم) kitobi ni rasa yoqtirdim, ichida manfaat to'la, ham arab tili tomonlama ham odob tomonlama o'sish bo'lar ekan bu bosqichda. Bu uchun ustozimizga katta rahmat, Alloh ulardan va barcha sheriklarimizdan rozi bo'lsin va ustozimizni bizdanda zakovatli tolib va tolibalar bilan siylasin☺️
O'rta nahv 5-mavsum
وعليكم السلام ورحمة الله وبركاته Amiyn, Ustoz, sizdan ham Alloh rozi boʻlsin, haqiqatda barokatli va koʻp manfaatli dars oldik, ikki kishi boʻlsak ham guruh yopilmagani uchun rahmat. Faqat mutolaadan tashqari qoʻshimcha sharhlar, ulashilgan tajribalar uchun minnatdormiz, koʻp tomonlama foyda hosil qildik, amalga tavfiq berib foydamizga hujjat boʻlsin
O'rta nahv 4-mavsum
Aytganingiz kelsin ustoz. Alloh sizni bergan bizni olgan ilmimizni foydamizga hujjat qilsin, ikki dunyoda manfaatli qilsin. Darslardan ko'p-ko'p foydalar oldik. Ilmdagi intizom, davomiylik, sherik bilan dars qilish naqadar muhim ekaniga sizni darsingizda o'qib guvoh bo'ldim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin
Amiyn ustoz. Siz ham vaqtizga rozi boʻling. Aynan sizni sharofatiz bilan, boshlangʻich nahv va oʻrta nahvda oʻqish orqali nahv boʻyicha tartibli ilm oldik. Har birimizning kamchiliklarimizdan kelib chiqib yondashganingiz uchun, xatolarimizni sabr bilan toʻgʻrilaganingiz uchun, tamrinlarga dangasaligimni bilib bu borada alohida eʼtibor berganingiz uchun rahmat ustoz. Aynan sizni darslaringizdan uzluksizlikni oʻrgandim. Bergan bilimlaringizga rozi boʻling. Alloh ilmingizga baraka bersin. Oʻtgan har bir darsingiz siz uchun sadaqai joriya boʻlsin.
Alloh taolo rozi boʻlsin sizdan Ustoz Bizga qilgan shafqatingiz hurmatidan zurriyotlaringizdan olimlar obidlar chiqishini duo qilamiz. Ustoz bizdan rozi boʻling.
Amin amin amin. Ustoz sizga kottakon rahmat. Kamchilik sizda emas, bizda(menda) rosa ham ko’p bo’ldi. Darslarni vaqtida, to’liq qilmay.. Alloh taolo rozi bo’lsin. Judda ham ko’p foydalar oldik. Tarjimalarga ancha tilimiz kelishib qoldi. Boshida 2,3ta so’zdan qilardim tarjimalarni hozi ancha gaplarni qilishga o’rganib qoldik. Deyarli birinchi martta arabiy kitoblarni tugatdim siz va shu kurs sabab bo’lib. Alloh taolo rozi bo’lsin. O’zini xos bandari, siddiqlari, valiylari, zohiriy va botiniy ilmlar olimidan qilsin. Bizdan rozi bo’ling.
3-mavsum
без подписи
📚 O'rta nahv kursi talabalarining fikri (feedback/otziv) 📌 Nahv Academy - "Ilm sari ilk qadamingiz"
📚 O'rta nahv kursi talabalarining fikri (feedback/otziv) 📌 Nahv Academy - "Ilm sari ilk qadamingiz"
📚 O'rta nahv kursi talabalarining fikri (feedback/otziv) 📌 Nahv Academy - "Ilm sari ilk qadamingiz"
без подписи
📚 O'rta nahv kursi talabalarining fikri (feedback/otziv) 📌 Nahv Academy - "Ilm sari ilk qadamingiz"