tgindex
BONUJON

Yo'q, shoir deb qarama atay, Hukm etmakka shoshilma bir oz. Men kuyinib sevaman, netay? Men kuyinib so'zlayman, xolos. Rauf Parfi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
162
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
291
25 постов
Вовлечённость
179,6%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
22
1/48двое суток
25
1/72трое суток
27

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://t.me/QuestionUz_Robot?start=a4a49721c86348 Sizchi? Ayni vaqtda nimani istaysiz?

  • Tandirdan yangi uzilgan issiq non yegim kelyapti…

  • без подписи

  • Bugun meni jonim qizimni tugʻilgan kuni, unga faqat yaxshiliklarni tilayman, oppoq oppoq baxtlarni ravo koʻraman ❤️ Oʻzi sevgan hayotni maza qilib yashaydi, istagan his tuygʻularini koʻrsata oladi, seva oladi, nafratlana oladi, yaxshi koʻra oladi, qabul qila oladi! Unga havas qilaman, u bilan koʻp koʻp vaqt oʻtkazgim keladi❤️ U bilan eng eng baxtiyor lahzalarimni, tirik xotiralarimni yashaganman, yashashda davom etyapman, davom etaylik… Seni yaxshi koʻraman Qoʻzim😘 https://t.me/mahliyo_xurram https://t.me/nanash_qiz

  • без подписи

  • Onamga qoyil qolaman! Mana bir yarim oyki, soatni bilmayman, sana va hafta kunlaridan bexabarman, bir necha kun oldin sodir boʻlgan voqealar hozirgina boʻlgandek, shu onda roʻy berganlari ancha vaqt oldin oʻtib ketgandek tuyiladi. Oxirgi marta qachon ikki soat toʻliq uxlaganimni eslolmayman, avvallari boʻladigan kuzgu qarshisidagi oʻzimni erkalashlar, oʻzimni sevishlarni unutdim. Har safar koʻrsam koʻzim quvnaydigan insonlarim, tanam yayraydigan yerlarim, sevimli davralarimdan uzoqdaman. Oʻqish va yozishni qanchalik istasam ham, hammasidan ortib, oldingidek berila, oʻzimni bagʻishlay olmayapman. Uyda boʻlsam uyga, koʻchaga chiqsam koʻchaga, tabiat bagʻriga yo odamlar orasiga otilsam, hech qaysi birida oʻzimni butun his qilolmayman. Bir boʻlagim boshqa tomonda, qandaydir oʻngʻaysiz, allaqanday noaniq, tuman bosgan, ammo shu bilan birga doim meni entiktiradigan, ta’mi shirin tarafda boʻladi. Farzandimda! Yuqoridagilarni hech biri meni xavotirda solmayapti, balki bir necha yilda hammasi oldingidek boʻlar, ammo vaqt oʻtib, jonimni baxsh etganim-bolam mendan qaysidir vaqtda unga e’tibor berolmaganim yo unga asl hayotni, asl baxtning nima ekanini tushuntirolmaganim uchun ranjimasa boʻlgani. Uning baxti men uchun hammasidan muhim. Shu sabab baxt soʻzini ismiga jo etganman. Uni suyib, uning ismini tilga olganimda har safar unga baxtli boʻlishni tilayman men! Va soʻngida, onamga qoyil qolaman, onam bu yoʻlni uch marta bosib oʻtgan… Bonujon @nanash_qiz

  • без подписи

  • 24 июл.16621из TillanisoEN

    Keling, "O'zbek keliniga" ni yana bir o'qiymiz. Qishloqqa har kelganda chorasizlikdan shunaqa she'rlar yozib qaytaman. Bundan boshqasiga hozircha ojizman. O'zbek keliniga (Kulgan boshqalardir, yig'lagan menman" Cho'lpon, "O'zbek qiziga" she'ridan) Ko'zimni ochganimda Boshqa ship edi Qo'rqib ketib qayta yotdim. Ko'zimni ochganimda ustimda qo'l edi, Qo'rqib ketib Qayta yopdim. Ko'zimni ochganimda O'zim yo'q edi, O'zimni eng tublarga otdim. Ko'zimni ochganimda Ko'zim yo'q edi. Bir qarich til edi o'rnida Hammaning poyiga gilamdek to'shaladigan Hamma bosib o'tadigan ul shirin so'zlarni Hammaning ko'ngliga borib yetadigan O'z ko'nglimdan qolgan Askardek sergak, hushyor tilim bor edi. Ko'zimni ochganimda yo'q edi Labim - O'zim - So'zim yo'q edi. Ko'zimni ochganimda Yuzim yo'q edi. Qiyofasi chaplangan bir yuzsizlik "Kelin" degan o'zsizlik - Oqib borayotgan qiyofasizlik Vaqt qattoligi (*) kabi Oqib borardi ma'nosiz bir Harakat - "Xizmat, xizmat va rozi qilmoq" ( *) Manglayga bachadondan bitgan qismat Jimlik bilan oqardi umr - Tish bosib tishga. Ko'zimni ochganimda endi faqat tishim bor edi. Ismim yo'q edi hatto, Tuqqan bolam-u Tinmay qilgan xizmat, Ishim bor edi. Ko'zimni ochganimda , birdan qo'rqdim Yuragimni tublarga otdim. O'z-o'zimni izlab topmay O'n sakkizda mangu yo'qotdim. Izohlar: 1. Salvador Dalining "Vaqt qattoligi" asariga ishora. Unda oqib borayotgan soat tasvirlanadi. 2. Almira Tabayevaning "Bachadonni dekolonizatsiya qilish" she'ridan. TILLANISO

  • 20 июл.1871из mahliyo_xurram

    Yuzimga yopilgan eshik – haqiqat, Menga ochiq qolgan jarohat— qonun. Sizga kerak bo‘lgan soxta sadoqat, Mening tomog‘imda qotib qolgan un. Savol bermang. Doim javobim bitta Ichimdagin aslo ko‘tarmas taroz Siz yurgan beminnat, nurli jannatda, Mening shodliklarim beʼmani xolos. Yiqilsam — o‘zimning qonimga botay, Menga yordam cho‘zgan qo‘lingiz — zahar. O‘zimni eng arzon narxlarda sotay, Faqat vaʼz oʻqimang menga, odamlar! Hech kim qarzdor emas, yoʻq hech bir aybdor, Faqat bu dunyoda begonaman, bas. Mening o‘z ichimda o‘z jallodim bor, Menga boshqa jazo kerakmas! Mahliyo. @mahliyo_xurram

  • *** Boridan bezdi jonim, borligin sezdi jonim; jonim yo yerga kirdi, yo ko‘kda kezdi jonim. Ko‘zimdan sizdi jonim, bir savol ezdi jonim: jonim-ay, jonim beray, seni kim chizdi, jonim?! Seni kim chizdi, jonim?! Mansur Jumayev @nanash_qiz

  • 9 июл.2486из QuestionUZ_Robot

    📨 Sizga yangi anonim video xabar bor! Факат сен (2018) Узбек тилида - 1080p

  • без подписи

  • 4 июл.286из jontemir_t

    Айланмас жамиятлар — турғундир. Ҳидланиб кетган одам автобус, метрога тушса, атрофидагилар ундан қандай ирганса, айланмас жамиятдан ҳам дунё шундай ўзини олиб қочади. Ҳақиқат олиб қочади. Гўзаллик олиб қочади. Кирмошин айланаркан кийимлар тозарар, қон айланаркан тана тозарар, коинот айланаркан олам тозарар. Бир мансабда узооқ ўтирган одам айланмас. Бадбўйга ботар. Ҳукм чиқаришга ўтар. Қанча узооқ ўтирса, қўл остидагиларни шунча тушунмас. Ўзига келаётган пул узилмас чунки. Ҳар қандай муаммо қўл остидагиларга тушар. Ўзи бундан ҳоли. Нега уларга қўшилиб мен ҳам келаётган даромаддан узилишим керак аҳвол чиндан оғир бўлса деб ўйламас. Негаки айланмас. Хаёллар, тасаввур, қарашлар айланар. Айлананинг бурчаклари, чўққиси йўқки, эгаллаб олсанг. Подишоҳ бўлсанг. Бошлиқ бўлсанг. Маркази қаерда унинг? Кўчада юрган одамлар кўзимга чўзинчоқ айланадек кўринади. Бирхиллари гирдобдай шиддатли. Ютиб юборай дейди. Ютилгинг келади яқинлашиб. Соф. Беғубор. Айланмай қўйгани айланиб турганига маслаҳат беради. "Анавилар ҳеч нарса қилиб бермаябди сенга." Айланиб турган, дунё фалсафасини ўзида борини бошқаларга бериш деб билгани (балки ўзин шундай кўрсатган) эса бирдан тўхтайди. Энди айланмаётганлар биттага кўпайди. Сўз айланар ҳатто. Бирорта турғун сўз яшаб қолмас. Сўзни айланиб турган муҳаббат қайта жонлантирар. Айланмай қўйган одамни муҳаббат тарк этган бўлади. Муҳаббатдан мосиво ҳаракатсиз қалб шавқ тўла қалбни кўрганда куяди. Унга яқинлашса, ўзига ўхшатади ё унга қўшилиб яна айлана бошлайди. Кўпинча ўзига қўшиб олади. Эътиборли бўлинг. Муҳаббати ўлганлардан узоқ туринг. Улар ҳар ишни аниқ қилишади. Лекин айланмай қўйганлар. Муҳаббати тирик одамнинг энергияси сиздаги айланиш даврийлигини яна ҳам узайтиради. Яхшилаб кузатинг. Қувват таралиб турувчи айланалар борми ўзи атрофингизда? Жонтемир @Jontemir_t

  • *** Tegrangga engashib turgan kelinchak, Oydin oromingga qilmayin halal, Seni boʻsalarga koʻmib tashlaydi, Anor gullariga oy qoʻngan mahal. Sadqasi ketasan bunday oqshomning, Koʻz yumging kelmaydi, kiprikni qoqqing. Yulduzlar koʻksini emasan qonib, Tongga yoʻl ochmaydi biron bir shovqin. Shunchaki uygʻonib ketishing mumkin, Yelkangga choʻk tushgan bir oʻrim sochdan. Oʻzingda boʻlmaysan, uloqtirasan, Peshonang boʻyida turgan ogʻochga. Faqat bir juft yurak tinglar bir-birin, Muborak visoldan dong qotgan olam. Shunday ham xumorsan, shunday ham shirin, Ishqning vujudidan tugʻilgan bolam… Bonujon @nanash_qiz

  • 4 июн.3674из mahliyo_xurram

    UNGA Bir zilzilalik joni bordir shaharlarning Shoirlarning bir sevgilik umri bordir Ayollarning qoʻrquvi bor Bir unutilmoqdan... Shaharlar zilziladan, Shoirlar sevgidan, Ayollar unutilmoqdan hayiqib oʻtar. Zilziladan soʻng Shaharda ne qolsa – oʻsha devordir Sevgidan soʻng shoirda ne qolsa Soʻzdir oʻsha. Unutilmoqdan keyin Ayoldan ne qolsa, Oʻsha sendirsan... Oqshin Yenisey

  • Chidashning ham chegarasi bor. Injiqlikning ham evi bor!

  • Sening “yigʻlama” deyishingni sogʻinaman, xolos…

  • 29 апр.6621из shamsiqamar_Uz

    “JAYDARI MARTIN” Jek Londonning “Martin Iden” asari asosida spektakl 🗓 2/05 🕰 18:00 🎤 O'zbek tilida (16+) ⏳90 daqiqa 📍Xoreografiya Akademiyasi Kirish: Donat 50+ Kechga qolganlar spektaklga kiritilmaydi! Ro'yxatdan o'tish: ☎️ +998(99)828•96•83       +998(99)711•15•20 * * * «ЖАЙДАРИ МАРТИН» Спектакль по мотивам романа Джека Лондона «Мартин Иден» 🗓 2/05 🕰 18:00 🎤 Узбекском языке (16+) ⏳90 минут 📍Академия Хореографии Вход: Донат 50+ Опоздавшие на спектакль не допускаются! Регистрация: ☎️ +998(99)828•96•83       +998(99)711•15•20 | Инстаграм  | Фейсбук |       | Телеграм канал |

  • Yoki teskarisi

  • Samarqandda avtobusga chiqishdan oldin tormozi ishlamaydigan poyezddan manzilingga yetganda sakrab qolishni mashq qilishing kerak!