NASEEB | EDU
СтатистикаSizga ham Naseeb qilsin! O‘quvchilarimiz top-100 universitetlarda 100% grant bilan o‘qishmoqda Farzandingiz kelajagiga eng yaxshi sarmoya bu — ta’lim Aloqa uchun: @naseeb_edu_admin Dunyo universitetlariga yo‘l — biz bilan yaqinroq
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 90
- 1/48двое суток
- 103
- 1/72трое суток
- 111
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://youtu.be/bXXXRB7OEM8?si=wrIcrATTLankF47v
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
https://youtu.be/bXXXRB7OEM8?si=wrIcrATTLankF47v
https://youtu.be/v--r8gZ91Wg?si=ofeDDS6112JYfUGP
видео или голосовое, без подписи
El-yurt Umidi Ustoz uchun shogirdlar yutug’ini ko’rishdan kattaroq baxt bo’lmasa kerak. Asliddin butun ishtirokchilar ichidan eng yuqori balni qo’lga kiritib “El-yurt Umidi” stipendiyasini qo’lga kiritdi. Agarda siz ham shunday natijalarni qo’lga kiritmoqchi bo’lsangiz Asliddinni kanalini kuzatib borishni tavfsiya qilaman. https://t.me/asliddinsthoughts
I am officially EYUF Scholar with the highest score!
Alhamdullilah As always Barokatli Juma
видео или голосовое, без подписи
EYUF natijalar chiqdi! @naseeb_edu
📣 FULL SCHOLARSHIPS FOR HIGH SCHOOL SENIORS❗️ 🎓 The 3rd Annual IVYonaire × OliySad Financial Aid Scholarship Program is now open. Central Asia's largest financial-aid mentorship program — 30+ full scholarships for the region's most promising seniors. ⏳ Deadline: July 2, 23:59 👉 Apply now: LINK. 📊 Our Results 🏆 18 out of 20 students (90% success rate) from our most recent cohort secured full scholarships to highly selective universities worldwide. 📈 Full Scholarships: Rice University, UChicago, NYU Abu Dhabi, CMU-Qatar, GUQ, HKU, HKUST, CUHK, KAIST, SNU, Yonsei. And also, top European universities like UCL, Imperial College,University of Bocconi and many more 🚀 What you get — completely FREE: 🔹 120+ one-on-one meetings over 8 months (July–January) 🔹 Consultations with a former admissions officer from a Top-20 university 🔹 1-on-1 essay mentorship — Common App, supplements & scholarship essays 🔹 Guaranteed strategic profile building — extracurriculars, internships, research & national projects 💸 Cost: $0 — Fully covered by entrepreneurs 🎯 Spots: 30+ students 🗓 Deadline: July 2, 23:59 👉 Apply: LINK 🌟 IVYonaire x 🌟 OliySad
Yonsei Bugungi qahramonimiz yana o’sha Muhammadrizo. O’sha gap, orzu qilishda ehtiyot bo’ling chunki ular amalga oshish xususiyatiga ega. Sizga ham naseeb qilsin! @naseeb_edu
Nima uchun bizdan muhandislar kam chiqadi? Elon Musk dunyoning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biriga aylanganini ko‘rib, ko‘plab ota-onalar farzandlari ham kelajakda uning kabi muhandis yoki innovator bo‘lishini orzu qilishlari tabiiy. Ammo orzuning o‘zi yetarli emas. Agar siz o‘g‘lingiz kelajakda katta muhandis, ixtirochi yoki olim bo‘lishini istasangiz, bunga bugundan zamin yaratishingiz kerak. Yuqoridagi rasmda Germaniyadagi bir otaning dam olish kunini qanday o‘tkazayotganini ko‘rishingiz mumkin. Myunxendagi BMW muzeyiga tashrif buyurganimda, ko‘plab otalar farzandlarini muzeylarga olib kelib, ularga texnika va muhandislik olamini tanishtirayotganiga guvoh bo‘ldim. Bu manzara meni hayratda qoldirdi va kelajakda shunday otalardan biri bo‘lishni niyat qildim. Axir bu juda ajoyib manzara emasmi? Endi o‘zimizga savol beraylik: bizning dam olish kunlarimiz qanday o‘tadi? Siz biror marta otangiz bilan muzeyga borganmisiz? Farzandlarimizning muhandis bo‘lishini istaymiz, ammo ularga biror marta avtomobil motorini ochib, uning qanday ishlashini tushuntirib berganmizmi? Farzandning qiziqishlari bolalikdan shakllanib boradi. Bu jarayonda otaning o‘rni beqiyos. Har bir ota farzandini qaysi sohada muvaffaqiyatli ko‘rishni istasa, uni shu sohaga yoshligidan qiziqtirib borishi kerak. Ana shunda farzandda sohaga nisbatan muhabbat paydo bo‘ladi. Aynan shu muhabbat kelajakda uni o‘z kasbining haqiqiy ustasiga aylantiradi. Bundan tashqari, o‘g‘il farzandning otasi bilan vaqt o‘tkazishi ularning o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashda juda muhim rol o‘ynaydi. E’tibor berganmisiz, ayrim oilalarda o‘g‘il va ota o‘rtasida umumiy suhbat mavzulari deyarli yo‘q? Sababi oddiy: otalar ko‘pincha ish bilan band, dam olish kunlarini esa farzandlari bilan emas, boshqa mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishadi. Natijada farzandning otaga bo‘lgan yaqinligi susayadi. Ota asta-sekin faqat moddiy ta’minot manbai sifatida qabul qilina boshlaydi. Shu sababli barcha hozirgi va bo‘lajak otalarga murojaat qilmoqchiman: Farzandingiz uchun vaqt ajrating. U bilan sayohat qiling, muzeylarga boring, sport bilan shug‘ullaning, birgalikda yangi narsalarni o‘rganing. Farzandingiz bilan o‘tkazgan har bir soat nafaqat uning kelajagiga, balki sizning munosabatlaringizga ham investitsiya hisoblanadi. Kech bo‘lmasdan bir nazar tashlang: o‘g‘lingiz onasi bilan soatlab suhbat qura oladi, ammo siz bilan 5 daqiqa gaplashishga mavzu topolmayapti. Bu esa o‘ylantirishi kerak bo‘lgan holat. Mavzu yuzasidan Aziz aka ham juda foydali video tayyorlaganlar. Menimcha, uni har bir ota albatta tomosha qilishi kerak. @naseeb_edu
HKUSTgz Kunning eng quvonchli xabari. Ustoz uchun o’quvchisining yutug’ini ko’rishdanda quvonchliroq lahzalar bo’lmasa kerak. Bu yil bu tuyg’uni ko’p bor his qildik, Alhamdulillah. Muhammadrizo bu yilgi kuchli o’quvchilarimdan biri. U deyarli topshirgan barcha universitetlarga qabul xati oldi, lekin hech biri to’liq grant taklif qilmayotgan edi. Sabr ila kutsang Alloh senga eng go’zalini tayyorlab qo’ygan deganlari bejiz emas ekan. So’nggida o’zining orzusidagi universitetga to’liq grant asosida qabul qilindi. Sizga ham naseeb qilsin! @naseeb_edu
#Qabul2026 #Akademiklitsey Akademik Litseylarga qabul rasman ochildi va 10-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Har bir 9-sinf bitiruvchisi 3 tagacha akademik litseylarga ariza topshira oladi. Arizalar my.edu.uz portali onlayn topshiriladi Hozirda O'zbekiston hududida 73ta akademik litsey faoliyat yuritmoqda va ular 2025-2026-o'quv yilida 15 mingdan ortiq yoshlarga o'z eshiklarini ochishdi. Quyida ularni eng kuchlilari va mashhurlari haqida qisqacha ma'lumot beraman. 1. International House Tashkent (IHT) - TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi ushbu litsey ko'p yillardan buyon respublika reytingida 1-oʻrinni egallab kelmoqda. Interhouse litseyi oʻquvchilari xalqaro almashinuv dasturlari va xalqaro loyihalarda faol qatnashadilar, chunki bu litsey nafaqat ta'lim, balki yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga katta urg'u beradi. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va Oliy iqtisodiyot maktabi kabi Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorligi litsey o'quvchilariga bu universitetga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Interhouse litseyi bitiruvchilari deyarli barchasi (95%) Oliy Ta'lim maussasalariga qabul qilinadi. 2. Xalqaro Westminster Universiteti akademik litseyi (ALWIUT) - eng mashhur va eng ko'p tilga olinadigan litseylardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bu litsey respublika reytingida 2-o'rinni egallab turibdi, va qabul qilinish ko'rsatkichi juda past litseylardan hisoblanadi. ALWIUT litsey ta'limidan tashqari Cambridge A-level dasturi, ya'ni o'quvchilar o'zlari tanlagan 3 yoki 4ta fanni ingliz tilida mukammal o'rganishadi. Westminster litseyida ta'limdan tashqari turli xil o'quvchilar tashkillaydigan dastur va loyihalar litsey muhitini yanada qiziqarli qiladi. Bu litsey bitiruvchilari nafaqat yurtimizdagi, balki jahondagi top universitetlarni zabt etib kelishmoqda. Bitiruvchilarning OTMlarga qabul darajasi ham juda yuqori - 98%. 3. Toshkent Turin Politexnika Universiteti qoshidagi akademik litsey (ALTTPU) - muhandislik yo'nalishi bo'yicha O'zbekistonda 1-o'rindagi litsey, hamda dunyoda top 240-o'rinda turadigan Politecnico di Torino universiteti bilan hamkorlikda ochilgan universitetning akademik litseyi. Muhandislik yo'nalishini tanlagan yoshlar uchun bu litseydan yaxshirog'i bo`lmasa kerak. Litsey bitiruvchilari 2-kursda Turin universiteti tomonidan olinadigan Test in Ligne imtihonidan yuqori ball to'plagan o'quvchilar o'zbek yo'nalishlarga 1-kursdan qabul qilinishadi, italiya yo'nalishlariga esa 50 balldan yuqori to'plaganlar to'g'ridan-to'g'ri 2-kursga qabul qilinishadi, va 2-kursni bitirib Italiyada 2 yil o'qib kelish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Litsey bitiruvchilarining OTMlarga kirish ko'rsatkichi deyarli 100%. Bulardan tashqari yana ko’plab ta’lim dargohlarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Agarda siz barcha imkoniyatlar yaratib berilgan biror bir xususiy maktabda yoki judayam kuchli tengdoshlaringiz ta’lim olayotgan biror bir maktabda bo’lmasangiz akademik litseylarga topshirish siz uchun yaxshi imkoniyat bo’lishi mumkin. Siz ta’lim olyaotgan maktabingizda yoki sinfingizda siz havas qiladigan maktabdoshlaringiz bo’lmasa va siz o’zingizni eng kuchlisi deb bilayotgan bo’lsangiz, demak siz komfort muhitdasiz. Bu muhitdan tezda chiqish, o’zingizdan kuchli tengdoshlaringizga qo’shilish vaqti allaqachon kelgan. Sizga maslahatim shu bo’lardiku komfort muhitdan tezroq chiqing. Ishonamanki sizni o’zingizdan ko’ra kuchliroq insonlarni muhitida o’sishingiz yanada tezroq bo’ladi. Ko’plab oldingizga qo’ygan maqsadlaringiz undanda katta maqsadlarga almashadi. Quyidgi havola orqali litseylarga hujjat topshirishingiz mumkin: https://my.edu.uz/service/15?slug=admission_lyceum Sizga ham naseeb qilsin! @naseeb_edu
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи