tgindex
Nasimiy
@nasimiy_1узбекский

Shaxsiy qarashlar va ijodimdan ayrim namunalar uchun ochilgan! Kanallar: @endotalim @toshkent_tibbiyot @karaoke_singer @uzbekcha_retro @turkcha_mp @jony_new @rep_disco Loyihalar: -Discussions -Proaktiv -zzz -Endocrinology with DJ

Последний пост
18 февр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
278
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 962
20 постов
Вовлечённость
1065,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bir necha yil oldin yaratgan foydali botimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman, manfaatli bo'lsa duo qilib qo'yarsiz :) Qo'shilish uchun havola: @Ramazon_t2023_bot

  • Hayotdan xulosalar (2-qism) 1) Qanday yashama baribir kimningdir hayot hikoyasida salbiy qahramonsan 2) Chuqur o'ylab qaralsa barcha inson fitratida xudbinlik yashiringan va barcha munosabatlar faqat manfaat evaziga quruladi (ota-onaning farzandiga bo'lgan munosabatidan tashqari) 3) Muammoning qanchalik katta ekanligi odatda siz uni qanday qabul qilishingizga bog'liq 4) Inson olgan tarbiyasi va genlari majmuidan iborat 5) Hozirgi zamonda ma'lumotni eslab qolishdan ko'ra uni mavjud ekanligini bilish ahamiyatliroq 6) Pul farovonlik uchun zarur bo'lgan faktorlarning eng muhumi 7) Insonlar senga quloq solishi uchun natija ko'rsatgan bo'lishing shart 8) Odatda ko'pchilik muammolarga yechim topish qiyin emas, ammo hamma ham yechimni qidirishga urinib ko'rmaydi, manashu haqiqiy muammo 9) To'g'ri savol bera olish to'g'ri javob berishdan muhumroq - o'rganishning asosi ham kerakli savolni bera olish, kerakli javobni emas 10) Aqlli odam aqlliligini biladi, dono aqlsizligini - aqlli odam nimani bilishini yaxshi biladi, dono odam esa nimani bilmasligini 11) Seni kuzatayotgan hamma ham qarsak chalish maqsadida emas 12) Foyda olishdan ko'ra foydali bo'lishni o'ylaydigan odam ko'proq foyda oladi Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman! Sizga qaysi xulosalar ko'proq yoqganini kommentda yozib qoldiring

  • https://t.me/+xOSXMDPZBlJmZTMy

  • Bilimsizlik yohud Kibriddin Manmanovich Sizlarga hayotimda bo'lib o'tgan real voqea haqida aytib bermoqchiman: 5-kurs xirurgiya sikli, "oshqozon osti bezi kasalliklari" haqida bir professor leksiya o'qimoqda, keling uni Kibriddin Manmanovich deb atay qolamiz. Kibriddin domla yoshlari ulug', allaqachon nafaqa yoshidagi katta professorlardan edi, domla leksiyani interaktiv ko'rinishda boshladilar va oshqozon osti bezi anatomiyasini tushintirib bo'lgach auditoriyaga quyidagi savolni berdilar: "Demak barchamizga malumki giperglikemiya bu qandli diabet demakdir, shundaymi bolalar" dedi professor, talabalardan tasdiq kutgan bir paytda auditoriyadagi "bir talaba" yo'q deb javob berdi, talabaga o'qraygancha uni o'rnidan turgizib nega bunday deganini so'radi, talaba giperglikemiya bu qonda qand miqdori oshishi xolos ekanini va bu jarayon sog'lom odamlarda ham kuzatilishi mumkinligini, giperglikemiyaning boshqa juda ko'plab patalogik sabablari mavjud ekanini takidladi Kibriddin Manmanovich uning nazdidagi bu "aqltoy" talabaning unga bergan javobini eshitib jahli chiqib ketdi, chunki u professor, go'yoki xato qilishga haqqi yo'q va oddiy talabadan qarshi fikr eshitish u uchun isnotdek, Kibriddin domla dedi: "menga aql o'rgatma, sen oddiy talabasan, men esa professor" Oddiy talaba uning gapini inkor etib xato ekanligini isbotlab berganini birinchi o'rinda o'zi ichun qabul qilolmadi va himoya reaksiyasi jahl ko'rinishida yuzaga chiqdi, agar u o'zini "daho" hisoblamaganda va umrini oxirigacha bilimsiz ojiz banda bo'lib qolishini tan olganda edi, talaba fikrini osongina qabul qilolgan va muloyimlik bilan javob qaytargan bo'lardi Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, donolik bilimsizlikni tan olishdan boshlanadi, inson umrini oxirigacha bilimsiz bo'lib qoladi va buni tan olgan odamgina umrini oxirigacha rivojlanadi, takabbur esa katta ehtimol kibrga berilib rivojlanishdan to'xtaydi va malum darajaga yetganda qotish kuzatiladi. Bilimsiz va naqadar ojiz ekanligimizni tan olish kibrdan xolos bo'lishimiz hamda shaxsiy va kasbiy jihatdan cheksiz o'sishimiz uchun eng to'g'ri yo'l deb hisoblayman Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman! Hurmat bilan DJ

  • Gamarjoba, bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib o'tgan konferensiyadan qaytdik, safar judayam qiziqarli va tasurotlarga boy bo'ldi, ajoyib insonlar, ajoyib diskussiyalar, shahar aylanishlari, sovg'alar va eng asosiysi unutilmas xotiralar va tajriba. Konferensiya professor Yelena Romanovna tomonidan olib borildi, birinchi kuni leksiyalar va ikkinchi kuni endokrinologlar o'rtasida musobaqa tashkil etildi. Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli o'tdi, bizning jamoamiz 1-o'rinni egallab ajoyib sovg'alar bilan taqdirlandi (nimagadir bunga ich ichimdan juda ishongandim) Xursanchiligimni sizlar bilan ham ulashgim keldi, bunday safarlar faqat ilmiy emas dunyoviy qarashlarni ham rivojlantirishiga amin bo'ldim...

  • Ko'proq xato qiling! Xatolar inson rivojlanishining bir bosqichi deb hisoblayman, inson xato qilar ekan ko'nikmasi kamligi va yoki bilmagan bilimlari qaysi ekanligini bilib olishdek muhum axborotga ega bo'ladi Xato qilish va shu xatodan chiqariladigan xulosalar qayta shu xatoni qilmaslikka undaydi, bu esa inson uchun muhum bo'lgan hayot yo'li va shaxsiy prinsplarini shakllantirishi uchun juda zarur Odatda insonlar xato qilishadi ammo undan xulosa qilishmaydi va bu xatoni qayta qayta takrorlashga sabab bo'lishi mumkin. Qilingan xatodan xulosa chiqara olish va mos yechim topish rivojlanish uchun eng markaziy nuqta hisoblanadi Shunchaki chizib berilgan chiziqlardan yurish bu birovni hayotida yashashga o'xshaydi, yani bu chiziqlar kimningdir qilgan xatolaridan va xulosalaridan kelib chiqib chizilgan xolos, aslida har bir insonning o'z hayot chiziqlari va prinsiplari bo'lsagina o'zini shaxs sifatida his eta oladi Xuddi shuningdek farzandlarga ham erk bergan holda xato qilishiga qo'yib berilsagina u rivojlanadi, hayotni anglaydi, shaxs sifatida yetila oladi, muvofaqiyatsizliklarni yengib o'tishni o'rganadi va bu orqali mustaqillikka erishadi Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, hech qachon xato qilishdan qo'rqmang, shunchaki urunib ko'ring, agar xato qilsangiz saboq olasiz, xato qilmasangiz qandaydir natijaga erishasiz, ikkala holatda ham yutkazmaysiz Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman!

  • "Sarob" yohud "Ko'ngil ishi" Hayot so'qmog'ini oralab Sal kam yetmishniyam qoralab Chorladim o'g'limni yonimga Nasihatlarimni saralab.... Dilbandim, quloq sol so'zimga Tomchidek o'xshaysan o'zimga Ko'nglingni ishini so'rayin Javob ber tik qarab ko'zimga Yoshing ham o'ttizga boryapti Otangni madori tolyapti Ko'ngilga tugganing bormidi? "Uylash" jaa orqada qolyapti Shuncha vaqt boshimni egmading Nobakor yo'llarga kirmading Sandayam ko'ngil bor, aytaqol "Qaysi"ni qulog'in tishlading? Qorami, mallami, kaltami Yo bo'yi sandanam kattami Tanloving saniki, jon bolam Ishqilib "bo'yyetgan" paytdami? Urismi, tatarmi millati Yetarli, bo'lmasa illati "Surati" emasdir ustivor Qiymatin ziynati siyrati Ismini aytsang bas, bo'lgani Onang bilan boramiz ko'rgani Uzoqdan bo'lsayam mayliga Muhumi yurakdan urgani! Bizlaram to'y ko'rsak deymizda Jigarim g'amingni yeymizda Manzilni aytganing zahoti Sovchimiz Toshkanmi Termizda Suyganing bo'lmasa kuyunma Ollohim berishi qiyinmi Odamlar gapini qo'yaver Nasibda hozirmi, keyinmi! Nasimiy (17.05.2024)

  • Qizlar uchun jiddiy va qiziqarli bot yaratdim, qatnashib ko'ring, fikrlaringiz man uchun juda qiziq! Botdan yigitlar ham foydalansa bo'ladi, faqat javob yozish shart emas :) Sinab ko'rish uchun havola: @harmonyquiz_bot

  • URA !!! Bugun yaqinda GETZ PHARMA kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan endokrinologiya sohasi bo'yicha klinik ordinatorlar o'rtasidagi "Eng yaxshi klinik ordinator" nomzodi uchun konkurs javobi e'lon qilindi. Konkurs 2 bosqichda bo'lib o'tdi: 1) Prezentatsiya qilish (25 ball) 2) Test savollariga javob berish (20 ball) Xullas Gruziyaga uchadigan bo'ldim :)

  • Hayotdan xulosalar 1) Odamlar seni sen o'ylaganingdan ko'ra kamroq bilishadi 2) Qilgan ishing qanchalik katta bo'lmasin butun koinot oldida zarrachalik ahamiyatga ega 3) Insonlarga haqligingni isbotlashga harakat qilma, bu dunyoda hammaning o'z haqiqati bor garchi bu haqiqat aslida xato bo'lsada 4) Hech qachon birovni fikriga asoslanib kimdir haqida xulosa chiqarma 5) Aqlli inson bo'lish uchun bilimli bo'lishni o'zi yetarli emas 6) Inson degan mavjudod olamda naqadar kichik zarracha ekanligini tushinganda kibr hissi pasayishi mumkindir balki 7) Qimmatli vaqtingni arziydigan insonlargagina sarfla 8) Boshqaruvchi emas lider bo'l, chunki insonlar boshqarilishdan ko'ra ergashishni yoqtirishadi 9) Xato bo'ladimi to'g'rimi fikrlar qarama-qarshiligi doim rivojlanishga sabab bo'ladi, aytilgan fikrga qarsak chalish fikrni aytgan odam uchun ham qarsak chalgan odam uchun ham faqatgina zararga ishlashi mumkin 10) Olingan bilimni tahlil qila olish qobilyati insonni bilish darajasidan ko'ra muhumroq 11) Hamma xato qiladi va xato qilishga haqli lekin hamma ham xatodan xulosa qilmaydi 12) Lotareyada yutib olgan miyyang bilan buncha kibrlanmasang 13) Senga qarata aytilgan salbiy fikrga nisbatan ham neytral qaray olganingda milliardlab insonlardan farq qila boshlaganingni anglab yetasan Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman! Nasimiy

  • PUL BAXT OLIB KELADIMI? Ushbu savolga javob berish uchun baxt haqida qisqacha fikr yuritamiz. Baxt tushinchasini hamma har xil tariflaydi va aniq bir tarifi mavjud emas. Tasavvur qilaylik "baxt bu insonning o'z istak va ehtiyojlarini qondirishi uchun kerak bo'lgan narsalarga ega bo'lishi" va bunday ehtiyojlar har bir odamda turli xil bo'lishi mumkin. Juda ko'pchilik insonlar baxt nima deb so'ralgan savolga "ota-onamning yonimda ekanligi" deb javob qaytarishadi, demak bunday insonlarda ota va ona mehriga ehtiyoj yuqori degan xulosa kelib chiqadi. Misol uchun bir insonda pulga ehtiyoj yuqori deylik, katta ehtimol bilan ko'proq pul topish u inson uchun baxt olib kelishi mumkin yoki boshqa bir insonda pul juda ham ko'p bo'lmasada o'zini baxtli his qila olishi uchun unga tinchlik yoki halovatning o'zi yetarli bo'lishi mumkin. Pul baxt olib keladimi? Juda ko'p beriladigan va baxs munozaralarga sabab bo'ladigan savol. Umuman olganda har qanday narsa baxt olib kelishi mumkin, masalan Afrikaning chekka hududlarida yashovchi bolakaylarga toza suv ichish yoki to'yib ovqatlanish bir baxt,kasbini sevgan fotograf uchun eng oxirgi modeldagi foto apparatga ega bo'lish baxt, mashina jinnilari uchun Lamborgini, BMW yoki Mercedes Benz kabi mashinalarga ega bo'lish baxt, qo'shnimiz G'aybulla aka uchun uyining tomi Abdulla akanikidan baland bo'lishini o'zi ham bir baxt) Insonning aksariyat ehtiyojlarini(hammasi ham emas) pul bilan qondirib bo'lganligi uchun pul baxt olib kelishi mumkin degan g'oya nisbatan haqiqatga yaqin. To'g'ri ayrim ehtiyojlarni pulga ham qondirib bo'lmaydi lekin ular soni qondirib bo'ladigan narsalarga nisbatan kamroq. Ammo shuni takidlash kerakki pulga qondirib bo'lmaydigan ehtiyojlarning qadri anchagina baland bo'lishi mumkin (masalan chin do'stlik, sevgi, sadoqat kabi boshqalar tomonidan beriladigan tuyg'ularga bo'lgan ehtiyojlar va xarakter, iymon-etiqod kabi inson hislatlariga oid ehtiyojlar) Pul muammolarni doim ham hal qilolmasada juda ko'p hollarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Masalan o'lim bilan kurashayotgan onasini davolatishga pul topolmay yurgan farzand uchun yoki uyida ochlikdan yig'layotgan farzandlarini ko'rgan ota uchun pul albatta baxt olib kelishi tabiiy hol. Ammo shundaylar borki pulga ko'milgan holda ham o'zlarini baxtsiz his qilishlari mumkin. Ko'pincha bunday insonlar baxtni nimadan topish kerakligini bilmay qiynalishadi, chunki ularning moddiy ehtiyojlarida muammo bo'lmaydi, pul hal qilmaydigan ehtiyojlar soni esa anchagina kam) Xulosa qiladigan bo'lsam pul insonlarga baxt olib kelish yoki kelmasligi inson ehtiyojlaridan kelib chiqib har xil bo'lishi mumkin. Shukronalik esa har qanday vaziyatda inson o'ziga tuhfa qila oladigan baxtning yagona manbai deb hisoblayman! Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr! Nasimiy

  • Naqadar chiroyli ko'zlari Go'dakdek beg'ubor so'zlari Aqlimni oldiya o'zlari 16 yoshli qizaloq! Sochidan taralgan ifori Yuzida yarashgan bir holi Ziloldan yaralgan iboli 16 yoshli qizaloq! Ko'zida qandaydir sehr bor Farishta yuzida mehr bor Mehrga intizor…

  • Sevishni xohlayman ibosi uchun Hayodan yaralgan libosi uchun Dunyolar go'zali bo'lmasin mayli Go'zallardan go'zal dunyosi uchun Sevishni xohlayman o'sha rostgo'yni Vafodan bo'y cho'zgan tikqomat "bo'yni" Aqlli bo'lmasin mayli, betakror Fikrimga mubosib "fikrni"…

  • Shaxsiy rivojlanish Nimani bilishini yaxshi bilgan odamdan ko'ra nimani bilmasligini yaxshi bilgan odamning rivojlanish ehtimoli yuqori Kerakli javobni beroladigan odamdan ko'ra kerakli savolni beroladigan odamning rivojlanish ehtimoli yuqori Ma'lumotga oson ishonuvchan odamdan ko'ra doimo shubxa bilan qaraydigan odamnining rivojlanish ehtimoli yuqori Ko'p narsani bilaman deb o'ylaydigan odamdan ko'ra hech narsani bilmayman deb o'ylaydigan odamning rivojlanish ehtimoli yuqori Xato qilishdan qo'rqadigan odamdan ko'ra ko'p xato qilib undan xulosa chiqaradigan odamning rivojlanish ehtimoli yuqori Qanday tezlikda harakatlanishidan qat'iy nazar harakatdan to'xtamaydigan odamning rivojlanish ehtimoli yuqori Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr! Nasimiy

  • Sevishni xohlayman ibosi uchun Hayodan yaralgan libosi uchun Dunyolar go'zali bo'lmasin mayli Go'zallardan go'zal dunyosi uchun Sevishni xohlayman o'sha rostgo'yni Vafodan bo'y cho'zgan tikqomat "bo'yni" Aqlli bo'lmasin mayli, betakror Fikrimga mubosib "fikrni", "o'yni" Xohlayman sevishni sokin, xushfe'lni Sochlari uzun, ingichka belni O'sha nafis ayol tabiatidan Noziklik iforin taratgan "yelni" Nasimiy (30.01.2023)

  • Men ketsam gar bu yerlardan bosh olib Muzlagan qalbingga parcha cho'g' solib Bir so'roq sanchilar yurakka borib Beg'uborim aytgin meni sog'inasanmi? Shaxlo ko'zlaringni ko'rolmay qolsam Shirin so'zlaring hech tinglolmay yonsam So'rayman toki sen qalbimda…

  • Hayvondan insonni farqlar iymoni Musulmondan kofirni aylar vijdoni Bir nafsning qilgan nopok ishini Qilolmas kofirning yetmish shaytoni Nafs itin quvgan charxi giryoni Shudir insonlarning asil insoni O’z qalbiga poklik binosin qurgan Komillik mulkining buyuk…

  • "Yatrogen Gipotireoz" #Muallif: endokrinolog Nasimov Xusan Ilxomovich Bemor: Doktor tinglang dardimni Aytay sizga arzimni Qiynalib ketdim juda Ichgan dorim behuda! Doktor: Keling o'tiring bemor Qanday shikoyatlar bor? Bemor: Nafasim qisar goh-goh Yurak…

  • "Yatrogen Gipotireoz" #Muallif: endokrinolog Nasimov Xusan Ilxomovich Bemor: Doktor tinglang dardimni Aytay sizga arzimni Qiynalib ketdim juda Ichgan dorim behuda! Doktor: Keling o'tiring bemor Qanday shikoyatlar bor? Bemor: Nafasim qisar goh-goh Yurak xapqirar nogoh Ichim kelmay bir hafta Rosa qiynaldim,voh-voh Qo'llar qaltirar tinmay Oyoqlar doim muzday Hafaman, jizzakiman Hazon bo'lyapman kuzday :( Doktor: Opa siqilmang bekor Dard bergan, davosi bor So'ylayvering arzingiz Olloh o'zi madadkor! Bemor: Terim quruq, qarovsiz Soch to'kilar to'xtovsiz Qo'rqqanimdan kechqurun Chiqolmayman birovsiz :) Uyquga to'ymay sira Ongim ham bo'ldi xira Vitamin yemayman-da O'shandan bo'lgandira? Xotiram juda yomon Nutqim ham emas ravon Qancha dieta qilmayin Ozishim bo'ldi gumon Semirdim o'n kiloga Sig'may qoldim dunyoga Erim ham qaramaydi Ilakishgaan birovga Oyligim oyda emas Farzanddan xabar kelmas Qo'shnilar g'iybatlashar: "Kelyapti anov tug'mas" Doktor: Tushindim sizni apa Ichgan doriz qanaqa? Bemor: QVP dan yozgandi Qoldirmasdan olgandim Shuncha pullarim uvol Dori nomi tirozol Doktor: Oh my God yasha Shovvoz AIT, xashitoksikoz! Gipotireozga sabab bo'ladigan kasalliklar ichida eng keng tarqalganlaridan biri bu Autoimmun tireoidit hisoblanadi, AITning dastlabki bosqichlarida tireotsitlar autoimmun destruksiyasi natijasida tireotoksikozga xos belgilar(xashitoksikoz deb ham ataladi) rivojlanib malum muddatdan keyin sekin asta gipotireozga almashinadi, ushbu davrda tireostatiklar (tirozol,tiamazol-merkazolil) qo'llash qat'iyan man qilinadi! Bu kasallikda rivojlangan tireotoksikozni boshqa tireotoksikoz sindromlaridan farqlab olish uchun to'liq anamnez va tekshiruvlardan(asosiy marker At-TPO) o'tkazib anq diagnoz qo'yilgandan keyin tireostatiklar qo'lash maqsadga muvofiqdir. 19.10.2022 Link: Хусан Илхомович

  • Esdalik uchun )