- Последний пост
- 24 апр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Желаю Иброхимхалил Юлдашев крепкого здоровья. Он настоящий боец, как на поле, так и за его пределами. Сегодня он показал свою лучшую игру.❤️🩹🤲🏻
без подписи
Bugungi uchrashuv uchun jamoamiz tarkibi quyidagicha: "Neftchi": 1.Botirali Ergashev 34.Farruh Sayfiyev 15.Nurmuhammad Abdug'aniev 21.Muhsin Ubaydullaev (s) 6.Ibrohim Halil Yo'ldashev 23.Jovan Djokich 77.Ratinho 10.Jamshid Iskanderov 22.Alisher Odilov 11.Asilbek Jumayev 18.Stipe Perica Zahiradagilar: 45.Akbar To'rayev 20.Anvarjon G'ofurov 2.Izzatillo Po'latov 5.Ikromjon Aliboyev 8.Vladimir Jovovich 9.Xurshid G'iyosov 7.Abrorbek Ismoilov 30.Rustambek Fomin 32.Zoran Marushich Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov 🟢@pfcneftchi_uz
📢BUGUN FUTBOL! Bugun Superliganing 9-tur bellashuvida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" jamoamiz Urganchda "Xorazm" klubi bilan bahs yuritadi. Mazkur uchrashuv "Xorazm" sport majmuasi maydonida soat 19:00da boshlanadi. Bugungi bellashuvda yigitlarimizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz. 🟢@pfcneftchi_uz
SHIDDATLI BAHSDA JAMOAMIZ MUHIM G‘ALABAGA ERISHDI Bugungi bellashuv kutilganidek murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Uchrashuv har ikkala jamoaning qarama-qarshi hujumlari bilan boshlandi. Lekin to‘p nazoratini asta-sekinlik bilan qo‘lga olgan vakillarimiz 17-daqiqada chiroyli kombinatsion hujum orqali hisobni ochishga erishdi. Bu vaziyatda to‘p Yovan Jokichga kelib tushdi va u kuchli zarba bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0. Goldan so‘ng hujumlarimiz davom etdi va keyingi xavfli zarba Ibrohim Halil Yo‘ldoshevda yuzaga keldi. Lekin uning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda qarshiliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Golga Bobur Abduholiqov mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz hujumkorlikni yanada oshirdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlarimiz oqibatida mehmonlar jarima maydonchasi ichida Vladimir Yovovichga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va bosh hakam penalti belgiladi. Jarima to‘pini esa Jamshid Iskanderov mohirona tarzda darvoza to‘riga joyladi – 2:1. Shundan so‘ng ham jamoamizning bosimi davom etdi va hisobni oshirish uchun ko‘plab qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ham hisob o‘zgarishsiz qoldi va jamoamiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Superliga. 8-tur "Neftchi" 2:1 "Nasaf" Gollar:Yovan Jokich, 17' (1:0) Bobur Abduholiqov, 90+4 (1:1) Jamshid Iskanderov, 64' pen (2:1) Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev Yordamchi hakamlar: Husan Xudayberdiyev, Abdurashid Erkinov Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev VAR: Asker Najafaliyev AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Shohruh Said "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov (8. Vladimir Yovovich,60), 10. Jamshid Iskanderov (9. Xurshid G'iyosov,83), 18. Stipe Perica (32. Zoran Marushich, 60), 20. Anvarjon G'ofurov, 22. Alisher Odilov (11. Asilbek Jumaev,74), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Ratino (30. Rustambek Fomin, 83) Zaxiradailgar:: 45. Akbar To'raev, 2. Izzatillo Po'latov, 14. Daler Tuxsanov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov 🟢@pfcneftchi_uz
Nasaf 2017-yildan buyon Farg‘onada g‘alaba qozona olmay kelmoqda Sizningcha, Qarshiliklar bugun mazkur seriyaga nuqta qoʻya oladimi? 👍 - Ha 🔥 - Yo' 😱 - Menga qizig'i yo'q Manba: UZPFL @OZBEK_FUTBOLI
📢BUGUN KATTA FUTBOL! Bugun Superligada 8-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.Islombek Ismoilov bosh murabbiyligidagi 🟢"Neftchi" jamoamiz "Istiqlol" markaziy o‘yingohida 🔵"Nasaf" klubini qabul qiladi. bellashuv soat 18:00da boshlanadi. Bugungi uchrashuvga jonkuyar muxlislarimizni chorlab qolamiz va sevimli jamoamizni qizg‘in qo‘llab quvvatlab,g‘alabalariga madadkor bo‘lishlarini tilaymiz. Olg‘a "Neftchi", olg‘a Farg‘ona!
Uchrashuv oldidan, jamoamiz muhlislari uchrashuv haqida fikrlarini bildik 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati ✅Telegram | 📒Facebook 📷Instagram |🖤Youtube
🟢"Neftchi"! Seni butun farg'onaliklar qo'llab-quvvatlaydi! Biz birgalikda kuchlimiz! Olg'a "Neftchi"! Olg'a Farg'ona! 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati ✅Telegram | 📒Facebook 📷Instagram |🖤Youtube
Muhtasham "Istiqlol" o‘yingohi bugungi uchrashuvga tayyor 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati ✅Telegram | 📒Facebook 📷Instagram |🖤Youtube
🎤🔥 UCHRASHUV OLDIDAN MAXSUS KONSERT! Uchrashuv oldidan barcha muxlislarimiz uchun ajoyib sovg‘a! Sevimli jamoamiz o‘yini arafasida stadionimizda xushovoz honanda — Qilichbek Madaliyev ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati
📢BUGUN KATTA FUTBOL! Bugun Superligada 6-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.Islombek Ismoilov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoamiz Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv muhtasham "Istiqlol" markaziy o‘yingohida soat 19:00da boshlanadi. *Ushbu suratni Farg'ona shahar alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirgan 86-sonli maktab-internatida tarbiyalanuvchisi chizgan
SAHOVAT ISHLARI DAVOM ETMOQDA "Neftchi" futbol klubi azal azaldan yoshlarni, nuroniylarni va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab quvvatlash, ularning holidan xabar olib yordam va sahovat ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Jamoa vakillari buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi arafasida bu sahovat ishlarini qizg‘in davom ettirish maqsadida bugun Farg‘onadagi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 86-sonli maktab-internatda bo‘lib,bu yerda tarbiyalanayotganlar bilan uchrashdilar va chiroyli suhbatlar o‘tkazdilar hamda bolalarbop esdalik sovg‘alar topshirdilar.Tadbirda maktab-internat kasaba uyushmasining rahbari Ne’matjon O‘ktamov qutlug‘ kunlarda yo‘qlab kelganliklari va ko‘rsatgan yordamlari, ajoyib g‘amxo‘rliklari uchun cheksiz minnatdorchilik izhor etdi.Shundan keyin jamoamiz a’zolari bolajonlar tomonidan ijro etilgan ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni qizg‘in qo‘llab quvvatlab, ularning ko‘nglini ko‘tarib, yetuklik cho‘qqilari sari dadil qadam tashlashlariga omad va muvafqaqiyatlar tiladilar. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati ✅Telegram | 📒Facebook 📷Instagram |🖤Youtube
без подписи
Jismoniy mashqdardan so‘ng "Neftchi Arena" o‘yingohiga chiqqan futbolchilarimiz tayyorgarlikni ochiq maydonda davom ettirdilar.O‘rtacha yuklamalar asosida va ko‘tarinki ruhda kechgan bugungi mashg‘ulotlarni videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati ✅Telegram | 📒Facebook 📷Instagram |🖤Youtube
🔥 Katta o‘yin yaqin! “Neftchi” maydonda, siz tribunada! 📍 “Istiqlol” stadioni 🆚 Paxtakor 🕖 19:00 💛 Biz bilan — g‘alaba yaqin! 🎟️ 30 000 / 50 000 so‘m 📣 Stadionni sariq-qora rangga bo‘yaymiz! 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati
Sevimli Jamoamiz ertadan Neftchi-Pahtakor uchrashuvi uchun tayyorgarlikni boshlaydi. Shuningdek chiptalar ham sotuvda
Oq libos Sergeyevga yarasharkan oma🤫 ashurmatovga ham ancha o’ragibdi .
Neftchi mtjning ikki o’yinchi bilan avvalroq kelishuvga erishgan🤫
без подписи