tgindex
Negizchi
@negizchiузбекский

Taʼlim farovonlik negizidir! Taʼlim haqidagi fikrlar. Kanal muallifi: @Qudrat Murojaat: @NegizPM

Последний пост
3 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
14
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
53
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
256
13 постов
Вовлечённость
483,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 14
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 3 июл.67из NegizTestolog

    Endi imtihon o'tkazish kunlab vaqt va ortiqcha mehnat talab qilmaydi. Har bir ta'lim muassasasi uchun eng muhim savol - o'quvchi haqiqatan ham bilim oldimi? Negiz Testolog offlayn imtihonlarning butun jarayonini avtomatlashtiradi: o'quvchilarni ro'yxatdan o'tkazish, testlar, savollar kitobini shakllantirish, javoblar varaqalarini tekshirish, natijalarni hisoblash, reytinglar va statistik tahlillargacha. Platformada 4 xil imtihon rejimi mavjud: 📌 DTM 📌 Milliy sertifikat 📌 Olimpiada 📌 Prezident maktabi imtihoni Natijada siz: ✅ Imtihon jarayoniga ketadigan vaqt va energiyani 90% gacha tejaysiz ✅ Inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni deyarli bartaraf etasiz ✅ Har bir o'quvchining bilim darajasini chuqur tahlil qilasiz ✅ Guruh, fan va o'qituvchi kesimida natijalarni nazorat qilasiz ✅ Qarorlarni real ma'lumotlarga asoslanib qabul qilasiz Negiz Testolog - bu shunchaki test platformasi emas. Bu ta'lim muassasasida akademik sifatni boshqarish va haqiqiy bilimni o'lchash tizimi. 🌐 testolog.negiz.uz

  • Xatolarni takrorlashdan charchadingizmi? Samolyotlar qanday qilib bugun dunyodagi eng xavfsiz transport vositasiga aylandi? Javob oddiy: har bir xatodan saboq olinadi! Hayotda ham shunday qilish mumkinmi? Bitta xatoni qayta-qayta takrorlamaslikning siri nimada? Bu video sizga kerakli javoblarni beradi. Ko‘ring, o‘rganing va eng yaqin do‘stingizga yuborishni unutmang! Telegram | Instagram | You Tube

  • Agar bugun siz oʻqishni bilmaganingizda, hayotingiz qanday boʻlishini tasavvur qila olasizmi? Oʻqish, yozish, tushunish, maktabga borish - biz uchun oddiy va tabiiy holdek koʻrinadi, dunyodagi 258 million bola esa ushbu imkoniyatlardan mahrum. Lekin siz buni oʻzgartira olasiz! Sahifaga obuna boʻling, kuzatib boring. Yangi imkoniyatlarni birga ochamiz! Telegram | Instagram | You Tube

  • 5 июн.1 0559

    Davlat imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi... Ustozlar, charchab qolmadingizmi? 💔 Hozir deyarli har kuni blok-testlar olinadigan eng qizgʻin palla. Repetitorlar va xususiy maktab ustozlarining tuni soatlab test tekshirish, variantlar tuzish bilan oʻtayotganini juda yaxshi his qilib turibmiz. Aziz ustozlar, vaqtingiz va asabingizni asrash maqsadida test olish jarayonini toʻliq avtomatlashtiruvchi "NegizTestolog" ( testolog.negiz.uz ) platformamizni ishga tushirishga tayyorladik. Platforma yordamida test jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish va soatiga 900-1500 ta javoblar varaqasini tekshirish mumkin. Aynan test tekshirishni oʻzidan kamida 2000 marta yutasiz. Testni tashkillash, oʻquvchilarni registratsiya qilish, hammaga oʻziga mos testni chop qilishga tayyorlashni gapirmasa ham boʻladi. Soddaroq qilib aytsak, maktabingizda yoki markazingizda oʻz DTM, BMBAngiz boʻladi. Bizga hozir koʻngillilar (Beta-testerlar) kerak! 👋 Platformani oʻz oʻquvchilarida eng birinchilardan boʻlib, mutloq bepul sinab koʻrishni istagan repetitorlar va xususiy maktab egalarini hamkorlikka chorlaymiz. Bizga tizimni real test jarayonida tekshirib, oʻz fikr va tavsiyalarini bera oladigan samimiy ustozlar jamoasi zarur. Agarda vaqtingizni tejashni va test tekshirish tashvishidan qutulishni istasangiz,  menga toʻgʻridan-toʻgʻri yozing! 👉 @Qudratjohn Telegram sahifamiz

  • Dasturchi akam aytishiga qaraganda, ertadan respublikamizdagi koʻplab ustozlarni bir ogʻirini yengil qilar ekanmiz, nasib qilsa!

  • Ba’zan odamlar “har qanday ishning aybi yo‘q” degan gapni juda oson aytadi. Ha, rost. Halol mehnatning aybi yo‘q. Lekin masala bunda emas, boshqa joyda. Masala - jamiyat nimani qadrlayotgani haqida. Men talabalik paytimda avtomoykada ishlaganman. Yuk mashinalaridan yuk tushirganman. Har xil joylarda ishlab, qo‘lim qora moy, chang va kimyoviy hidlarga botib qaytgan paytlarim bo‘lgan. O‘sha paytda bundan uyalmaganman. Odam ba’zan oʻzi uchun vaqtincha har qanday ishni qiladi. Lekin o‘qishni bitirgandan keyin ichimda bir fikr qattiq o‘rnashib qoldi: agar o‘qigan odam bilan umuman o‘qimagan odamning hayoti orasida hech qanday farq ko‘rinmasa, keyingi avlod ilmga nega ishonsin? Bir ota farzandini o‘qitishga pul sarflayotganida aslida faqat diplom sotib olmaydi. U umid sotib oladi. “Bolam mendan yengilroq yashaydi”, degan orzuni sotib oladi. Agar jamiyatda o‘qigan odam ham kun oxirida hamma kabi tiqilib qolsa, tabiiy ravishda odamlarning ilmga bo‘lgan ishonchi yemirila boshlaydi. Eng qo‘rqinchlisi ham shu. Chunki qashshoqlikdan ham xavfliroq narsa bor - ilmning qadrsizlanishi. Meni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Gap qora mehnatni mensimaslik haqida emas. Mehnat nima ekanini bilaman. Sovuqda, tuni bilan ishlash nima ekanini ham, odamning tanasi holdan toyib qolishi nima ekanini ham bilaman. Lekin men boshqa narsadan qo‘rqdim. Jamiyatning “o‘qish foydasiz ekan” degan xulosaga kelib qolishidan qo‘rqdim. Chunki tarixda biror omma ilmga ishonchini yo‘qotganidan keyin uzoqqa bormagan. Bugun ko‘pchilik “ilmli” deganda magistratura yoki PhDni ko‘z oldiga keltiradi. Lekin men nazarda tutayotgan ilm boshqa. Hamma diplomli odam ham ilmli emas. Hamma unvonli odam ham tafakkurli emas. Ba’zi odamlar yillar davomida universitet koridorlarida yuradi, lekin birorta real muammoni mustaqil yecha olmaydi. Ba’zilarda esa diplom yo‘q, lekin fikrlash darajasi butun boshli kafedradan baland bo‘ladi. Chunki haqiqiy ilm - bu qog‘oz emas. Bu insonning dunyoni qanday ko‘rishi. Haqiqiy ilm odamning ishini yengillashtiradi. Ilm - bu beton ko‘tarish emas, betonni yuz marta tezroq ko‘taradigan texnologiyani o‘ylab topish. Ilm - bu tun bo‘yi qo‘lda hisoblash emas, bir soniyada millionlab hisobni qiladigan tizim yaratish. Ilm - bu odamni kamroq ezilishiga xizmat qiladigan tafakkur. Insoniyatning eng katta sakrashlari kuch bilan emas, aql bilan bo‘lgan. Bugun odamlar samolyotda uchyapti, internet ishlatyapti, operatsiyalar qilinyapti, ulkan binolar qurilyapti - bularning tagida qora mehnat emas, avval ilm yotadi. Ilm bo‘lmaganida insoniyat hali ham juda qiyin va ogʻir hayotda qolib ketgan bo‘lardi. Meni ba’zan o‘ylantiradigan narsa bor: nega ayrim jamiyatlarda olimlar, muhandislar, o‘qituvchilar va fikrlovchi odamlar qadrlanadi-yu, boshqalarida ular shunchaki “oddiy odam”ga aylanib qoladi? Chunki ayrim joylarda natija qadrlanadi, ayrim joylarda esa faqat ko‘rinish. Ba’zan eng baland gapirgan odam emas, eng foydali ish qilgan odam jim yuradi. Eng katta muammo ham shu: haqiqiy ilm bilan ilmning imitatsiyasini ajrata olmay qolish. Men hali ham ilmga ishonaman. Tarixni kuzatsangiz, dunyoni oldinga surganlar ko‘pincha askarlar emas, fikrlovchi odamlar bo‘lgan. Bir fizik butun asrni o‘zgartirib yuborgan. Bir matematik insoniyatning hisoblash usulini almashtirgan. Bir kimyogar millionlab odamning umrini uzaytiradigan narsalarni topgan. Bir muhandis minglab odamning ishini yengillashtirgan. Ular shunchaki diplom uchun yashamagan. Ular insoniyatning yukini kamaytirgan. Eng achinarlisi esa ba’zan chinakam potensialga ega odamlarning jamiyatda yo‘qolib ketishi. Chunki tizim hamma vaqt ham fikrlovchi odamni ko‘tara olmaydi. Ba’zan baland tafakkur juda yolg‘iz qoladi. Odam ichida ulkan energiya bo‘ladi, uni ishlatadigan muhit topolmaydi. Shunda inson asta-sekin sinishni boshlaydi. Lekin baribir ichida “Ilm kerak”, degan ishonch o‘lmaydi. Menimcha, insoniyatni qutqaradigan narsa ham shu. Pul emas. Shovqin emas. Soxta motivatsiya ham emas. Chuqur fikrlaydigan odamlar. Chunki dunyodagi eng og‘ir yuklarni har doim mushak emas, aql yengillashtirgan. @Negizchi

  • Ustozlik va rahbarlik - ikki yo‘l, bir maqsad Taqdir taqozosi bilan hayot meni ikki yo‘ldan bir vaqtda yurishga majbur qildi: biri - rahbarlik, ikkinchisi - ustozlik. Bugungacha men nafaqat tibbiyot texnikumida, o‘quv markazda ham rahbarlik qildim, shu bilan birga dars oʻtdim, hanuzgacha darsga kiraman, o‘quvchi bilan yuzma-yuz ishlayman. Buni eshitganlar ko‘pincha hayron bo‘lishadi: “Rahbar bo‘lib, nima qilasiz darsga kirib? Vaqtingizni bekorga ketkazyapsiz-ku!” Ammo men aksini his qilaman. Har bir darsga kirganimda, rahbarlik salohiyatim oshadi. Har bir boshqaruv qarorini qabul qilganimda, ustozlik salohiyatim kuchayadi. Go‘yo bu ikki jarayon bir-birini to‘ldiradi, to‘g‘rilaydi, turtki beradi. Nega? Chunki rahbarlik va ustozlik - bu aslida bir maqsadga xizmat qiluvchi ikki ko‘rinish. Ikkisining umumiy jihatlari, o‘xshash tamoyillari juda ko‘p. Keling, ba’zilariga to‘xtalaylik: 1. To‘g‘ri topshiriq va aniq dedlayn Darsda o‘quvchiga aniq vazifa berilmasa, natija bo‘lmaydi. Tizimda ham xuddi shunday: hodimlar vazifasini tushunmasa, muddatsiz ishlasa, natija bo‘lmaydi. Har ikki holatda ham aniq yo‘nalish - rivojlanishning kaliti. 2. Shaxsiy qobiliyatlarni inobatga olish Har bir o‘quvchining o‘ziga xos uslubda o‘rganishi bor. Xuddi shuningdek, har bir xodimning ham o‘ziga xos ishlash uslubi, kuchli va zaif tomonlari bo‘ladi. Muvaffaqiyatli rahbar ham, muvaffaqiyatli ustoz ham - insonni yakkalikda ko‘ra oladigan, unga qarab yondashuv o‘zgartira oladigan odamdir. 3. Qayta aloqa va o‘sish madaniyati O‘quvchidan uyga vazifa olib, qayta tekshirmaslik qanday noto‘g‘ri bo‘lsa, hodimga topshiriq berib, uning jarayoniga befarq bo‘lish ham shunchalik noto‘g‘ri. Har ikki yo‘nalishda ham aloqa - natijaning yuragi. 4. Motivatsiya - ichkaridan keladigan energiya Ustoz o‘quvchining ichidagi “istak o‘tini” yoqmasa, o‘rgata olmaydi. Rahbar ham shunday: agar u jamoani ichkaridan ilhomlantira olmasa, jamoa faqat topshiriq bajargandek ish qiladi, yurakdan emas. Ikkisida ham motivatsiya - ruxiy yetakchilik talab qiladi. Xulosa: Rahbar bo‘lish - bu ustozlikning boshqa darajasi Men darsda o‘quvchilarimni biror bilimga yetaklasam, rahbarlikda esa ustozlarni, butun jamoani maqsad sari yetaklayman. Bu ikkalasi bir-biriga zid emas. Aksincha, bir-birini boyitadi, chuqurlashtiradi. Ta'limda darsdagi qiyinchilikni his qilmagan rahbar, hech qachon tizimdagi ustozlarga to‘g‘ri yondasha olmaydi. Jamoaning ichida bo‘lmagan, o‘zini yuqoridan tomoshabin qilgan rahbar - uzoq "yashamaydi". Ustozlar koʻz oʻngida boshqa olamga aylanadi. Finlandiyada maktab direktorlari dars berishining sababi ham shunda. Shuning uchun, men haligacha darsga kiraman. Darsda esa, jamoam oʻzini qanday his qilayotganini, qanday o‘zgarishlar kerakligini ichkaridan his qilaman. Istalgan ustoz bilan jarayondagi, oʻquvchilardagi ogʻriqlarni muhokama qila olaman. Va har safar "doska"ga yaqinlashganimda, o‘zimga bir gapni takrorlayman: “Ta'limda ustoz bo‘lishni unutgan rahbar - jamoasini yo‘qotadi. Ya'ni ruxan jamoadan ajralib ketadi" @Negizchi

  • Tizim boʻlmasa - har qanday yaxshi gʻoya ham realizatsiya boʻlmaydi. Batafsil

  • “Dars o‘tish bu - rivojlanish emas” Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘zlarini “men o‘z ustimda ishlayapman” deb o‘ylaydi. Sababi - har kuni 3-4 ta guruhga 5-6 soat dars o‘tadi. Lekin haqiqatda bu - o‘z ustida ishlash emas, bu - ish. Shunchaki mehnat majburiyatingiz. Agar siz har kuni dars o‘tganingiz uchun o‘zingizni rivojlanayotgan deb hisoblashingiz mumkin bo‘lsa, unda 3-4 ta darsga qatnashgan o‘quvchi ham 8 soat o‘z ustida ishlagan bo‘lib qoladi-ku? Axir u ham vaqtini sarfladi, bilim oldi, ishtirok etdi. Aslida o‘z ustida ishlash nima? Bu - darsdan tashqari vaqtingizda qilgan ishlaringiz. Masalan: • Faningiz bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishish; • Jahonda tan olingan mutaxassislarning darslarini kuzatish; • Zamonaviy metodikalarni o‘rganish va o‘z darslaringizga tatbiq qilish; • Har bir dars uchun individual tayyorgarlik ko‘rish; • Fikrlaringizni yozma shaklga keltirib, o‘rtoqlashish; • O‘quvchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish va ularga mos metodika ishlab chiqish. O‘quvchi ham shunchaki darsga kelgani uchun emas, balki olgan bilimlarini amalda qo‘llay boshlagani uchun rivojlanadi. Ustoz ham shunchaki fanni takror-takror o‘tgani uchun emas, balki o‘z fani haqida doimiy izlanishda bo‘lgani, yangilik yaratgani va o‘rganganini boshqalarga foydali shaklda yetkazgani uchun o‘sadi. Kun bo‘yi dars o‘tib, so‘ngra Instagram titkilab, bekorchi kontentlar ko‘rib, vaqtini o‘tkazgan ustoz - bular o‘z ustingizda ishlayotganingizni bildirmaydi. Bu paytda istalgan odam mashq qilib, izlanib, savollar yechib sizdan o‘zib ketishi mumkin. Agar siz o‘qituvchi bo‘lib turib, shunchaki dars o‘tayotganingizni asos qilib olib oʻquvchilardan ustunman deb o‘ylayotgan boʻlsangiz - bu ustunlik emas, bu tajriba farqi. Tajribadagi farq esa afzallik emas. Afzallik - izlanishda, doimiy o‘sishda. Rivojlaning. O‘qituvchi bo‘lish emas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qiling. @Negizchi

  • Uyga vazifa devor emas, pillapoya bo‘lsin O‘quvchilarga uyga vazifa beramiz. O‘ylaymizki, ular shu orqali mustahkamlaydi, ko‘proq o‘rganadi. Lekin ko‘p holatda bu ishlamaydi. Topshiriq bajarilmaydi. Bola uni ko‘rishni ham xohlamaydi. Nega? Vazifa murakkab bo‘lsa, oʻquvchi undan voz kechadi Har bir vazifa - bu chaqiriq. Ammo chaqiriq imkoniyatga aylanishi uchun oʻquvchi uni bajara olishi kerak. Agar topshiriq oʻquvchiga og‘irlik qilsa, u shijoatini yo‘qotadi. O‘zidan shubhalanadi. Yaxshisi qilmaslikni afzal ko‘radi. Masalan, proporsiyani o‘rgangan oʻquvchi Agar unga birdan murakkab grafik masala bersak, u qiynaladi. Qiynalgani uchun emas, tushunmagani uchun tashlab qo‘yadi. Shu vaqtda uyga vazifa unga bilim bermaydi, balki bilimdan yiroqlashtiradi. Uyga vazifa quyidagicha bo‘lishi kerak: • O‘quvchining darajasiga mos. • Qiziqishini so‘ndirmaydigan. • Shijoatini pasaytirmaydigan. • Mavzuning faqat tushuntirilgan qismidan. • Oʻtilmagan mavzularga bogʻlanmagan. • Real bajarish mumkin boʻlgan miqdorda. Xulosa Uyga vazifa bu og‘ir tosh emas. U - pillapoya. Ustoz esa shu pillapoyani har bir oʻquvchi chiqa oladigan qilib qurishi kerak. Quribgina qolmay, Qila olishini oʻziga bajartirib, ko‘rsatib ham berishi kerak: “Qara, sen buni qila olasan.” Shunda o‘quvchi topshiriqdan qo‘rqmaydi. U harakat qiladi. Shijoat bilan. @Negizchi

  • Oddiy mavzuni bilmaydigan bola - dangasa emas Bugun foiz konsentratsiya mavzusini tushunmagan o‘quvchilarim bilan ishladim. Ular masalani o‘qishdi. Tushunishmadi. Ko‘rsatdim. Yana tushunishmadi. Men esa ularni dangasa deb o‘ylamadim. Nega? Chunki men bilaman: bilmaslik va dangasalik - bir xil narsa emas. Ko‘p ustozlar quyidagi xatoga yo‘l qo‘yadi: “O‘quvchi bilmasa - demak o‘qimayapti.” Lekin bu tenglik noto‘g‘ri. O‘quvchi nimani bilmaydi? Ko‘p hollarda bola bilimdan emas, tushuncha asosidan yiroq bo‘ladi. Masalan, proporsiyani bilmaydi, chunki: • “Nisbat” nima, o‘zi? • “Ikki qiymat orasidagi bog‘liqlik” deganda nimani tushunish kerak? • Nega u tenglamaga aylantiriladi? U formulani yodlaydi, lekin modelni tushunmaydi. U javobni qidiradi, lekin savolni anglamaydi. Muammo qayerda? Ko‘pchilik bola muammoga chuqur kirib bormaydi. U faqat javob topmoqchi. Bu - zamonaviy chalg‘ituvchi dunyoning natijasi. Telefon, ijtimoiy tarmoq, notugallangan e’tibor - bular bolaning umumiy tasavvur hosil qilish qobiliyatini zaiflashtiradi. U darsni eshitadi, lekin umumiyni manzarani ko‘rmaydi. Rakurs yo‘q. Chiqish yo‘li bormi? Albatta. 1. O‘quvchini dangasa deb emas, chalkashlik qurboni deb qabul qilish. 2. Tushunchani to‘g‘ri qurib berish: model, misol, hayotiy taqqoslama. 3. Vaziyatni yuqoridan tahlil qilishni o‘rgatish: “Bu nima?”, “Nega bu ishlayapti?”, “Qanday ishlaydi?” Xulosa Oddiy mavzuni bilmaydigan bola - dangasa emas. U shunchaki: • Qayerdan boshlashni bilmaydi. (Muammosi ancha ortdagi mavzu(lar)da, fanlarda, va tashqi omillarda sochilib yotganini his qildim) • Vaziyatga toʻgʻri rakurs bilan qarashni o‘rganmagan. • Tushuncha asosini yodlaganidan ko‘ra kuchliroq tushunmaydi. Shuning uchun ham meni bugun ulardan jahlim chiqmadi. Ularni tushundim. @Negizchi

  • "Yaxshi ustoz" illuziyasini yarat: Oʻzingni qanday qilib mukammal koʻrsatish mumkin? Batafsil

  • Bugun Registonliklar guruhida Timoti Uokerning "Finlandiya ta'lim moʻjizasi" kitobi haqida qariyb 1,5 soatga yaqin onlayn tahlil oʻtkazdik. Balki kimgadir Foydali boʻlib qolar balki degan umidda, You Tubega yozib olib yuklab qoʻydim! 1-qismni koʻrish 2-qismni koʻrish

  • Channel created