tgindex
Dr Mushtariy Mamuriy

Dr Mushtariy Mamuriy

Статистика
@neomaslahatiКнигиузбекский

💎Ona-bola sog'ligi haqida eng to'g'ri ma'lumot 💎 📌 da o'zingizga keragini topasiz 💎Biz bilan aptekaga yo'lni unutasiz 💎Shaxsiy konsultatsiya pullik @DokMER_admin @dokmer_mm ga yozing 🗨Fikrlar https://t.me/dr_mushtariyotzivi

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
13 061
−54 за 3 дн.
Сутки
−13
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 418
22 постов
Вовлечённость
18,5%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 22
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
829
1/48двое суток
950
1/72трое суток
1 024

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 🩺 ATOPIK DERMATIT — EMLASHGA QARSHI KO‘RSATMA EMAS! Atopik dermatit bilan og‘rigan bolani faqat shu sababli emlashni bekor qilish yoki kechiktirish shart emas. ✅ 💡 Ammo muhim jihat: agar vaksina yuboriladigan joyda faol toshma, yallig‘lanish, yara yoki teri shikastlanishi bo‘lsa, vaksina aynan shu sohaga qilinmaydi. ➡️ Bunday holatda vaksina uchun sog‘lom teri sohasi tanlanadi. ❗️ Xulosa: Atopik dermatit — umumiy qarshi ko‘rsatma emas. Emlash joyidagi faol teri zararlanishi esa vaksina yuboriladigan joyni tanlashga ta’sir qiladi. 🖇 Farzandingizni emlashdan asossiz ravishda voz kechmang! 📩Postni farzandi bor tanishlarga yuborib qo'ying. ➡️You tube  🖲️Instagram 🖲️Telegram  👍Otzivlar

  • 14 авг.1 5331216

    👶Chaqalog‘ingiz sarg‘ayib ketdimi? Avval kafti va oyoq tagini tekshirib ko‘ring. Sariqlik bo‘lsa — e’tiborsiz qoldirmang. Bu videoni chaqalog‘i sarg‘ayganidan xavotir olayotgan onaga yuboring. 🩵 Siz buni bilarmidingiz? ⤵️

  • 12 авг.1 57663

    https://youtube.com/shorts/5N-Em-XoSC0?si=tMPTzN591C28dfre

  • 12 авг.1 53123

    ❕❕❕❕21-avgustgacha of-line va on-line konsultatsiyalar yopiq Lekin on-line vebinar va kurslar bor

  • 12 авг.1 8051423

    🥛BOLA NEGA SHIRINLIKNI KO‘P XOHLAYDI? Ba’zan bolaning shirinlikka kuchli ehtiyoji uning ovqatlanish ratsionida oqsil yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 🥩 Oqsil — uzoqroq vaqt to‘qlik hissini saqlashga yordam beradi. 🔥 Uglevodlar, ayniqsa oddiy shakarlar esa organizm tomonidan tez parchalanib, tez energiya manbai bo‘la oladi. Shuning uchun ratsionda oqsil va boshqa muhim oziq moddalar yetarli bo‘lmasa, bola tez energiya beradigan mahsulotlar — shirinlik, pechenye, shokolad va boshqa uglevodli mahsulotlarni ko‘proq xohlashi mumkin. ✅ Bolaning ratsionida oqsil manbalari yetarli bo‘lishiga e’tibor bering: 🥚 tuxum 🥩 go‘sht 🐟 baliq 🥛 sut va sut mahsulotlari 🫘 dukkaklilar 📌Ammo shirinlikka kuchli ishtaha faqat oqsil yetishmovchiligi belgisi emas. Bunda bolaning umumiy ovqatlanishi, uyqusi, jismoniy faolligi va boshqa omillar ham hisobga olinadi. 💪 Muvozanatli ovqatlanish — sog‘lom bolaning asosidir! ➡️You tube  🖲️Instagram 🖲️Telegram  👍Otzivlar

  • 10 авг.2 12962

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 авг.3 1873452

    Bolalarda ICH KETGANDA eng ko‘p uchraydigan xatolar ❎ 1. Avvalgi ich ketganda berilgan davoni yana qo‘llash Har safar ich ketishining sababi bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun oldingi davoni takrorlash to‘g‘ri emas. ❎ 2. Antibiotiklarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash Bolalarda o‘tkir ich ketishning aksariyati viruslar sababli rivojlanadi. Bunday holatda antibiotiklar foyda bermaydi. ❎ 3. Bola qusganda ferment preparatlari (Kreon, Pankreatin va boshqalar)ni berish Ich ketish vaqtida kuzatiladigan qusish odatda ferment yetishmovchiligi emas, balki infeksiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ferment preparatlari odatda kerak emas. ❎ 4. Sorbentlarni (Smekta va boshqalar)ni hamma bolaga berish Sorbentlar barcha holatlarda tavsiya etilmaydi va ich ketish sababini davolamaydi. ❎5. Virusga qarshi shamchalar (svecha)ni qo‘llash Ularning o‘tkir ich ketishni davolashdagi samaradorligi isbotlanmagan. ❎ 6. Bolani och qoldirish yoki qat'iy parhez qilish Agar bolaning ishtahasi bo‘lsa, yoshiga mos, odatdagi ovqatlarini yeyishi mumkin. Faqat yog‘li, qovurilgan, achchiq taomlar, gazli ichimliklar va ortiqcha shirinliklardan saqlanish tavsiya etiladi. ✅Nima qilish kerak? 💧 Eng muhimi — og‘iz orqali regidratatsiya eritmasi (ORSA) bilan suvsizlanishning oldini olish. 🧬 Sink preparatlari shifokor tavsiyasiga ko‘ra ich ketish davomiyligi va og‘irligini kamaytirishga yordam beradi. 🩺 Ayrim probiotiklar foydali bo‘lishi mumkin, ammo ularni ham shifokor tavsiyasi bilan qo‘llash maqsadga muvofiq. 📣 Quyidagi belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling: • Bola suyuqlik icholmasa yoki tinmay qussa. • Najasida qon bo‘lsa. • Juda holsiz yoki uyquchan bo‘lib qolsa. • Siydik kamayishi, og‘iz qurishi, ko‘zlarning ichiga tushishi kabi suvsizlanish belgilari kuzatilsa. • 3 oygacha bo‘lgan chaqaloqda ich ketish kuzatilsa. ❗️➡️Esda tuting: O‘tkir ich ketishda davolashning asosi — ORSA, sink, to‘g‘ri ovqatlantirish va zarurat bo‘lsa shifokor tavsiya etgan probiotiklar. Ko‘pchilik bolalarda kasallik bir necha kun ichida o‘z-o‘zidan tuzaladi. ➡️You tube  🖲️Instagram 🖲️Telegram  👍Otzivlar

  • 7 авг.2 6423052

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.2 730111

    Videoda va’da berilgan prezentatsiya⤵️

  • 7 авг.2 756204

    Bugun Butunjahon ko’krak suti bilan oziqlantirishni qo’llab-quvvatlash haftaligi miqiyosida Bolalar Milliy Tibbiyot markazida tibbiy hodimlar uchun davra suhbati bo’lib o’tdi. Ayol-qizlar o’zlari uchun odatiy mavzu tuyulgan suhbatda katta qiziqish bilan savollar berishdi. “4 farzandim bo’lsada ko’p narsani bilmas ekanman” kabi taajubli gaplar eshitdim va hayron qolmadim. Ona suti olami shunchalar qiziqarli va beqiyoski, har bir ona-bola juftligi betakror va hechkimga o’hshamas. Lekin hammaga hos bo’lgan qonuniyatlar bor. Ularni bilish ona suti bilan oziqlantirishimiz samarali bo’lishini ta’minlaydi. Shifoxonada esa katta muammo bola ona sutida kelib, sun’iy aralashmada chiqib ketishi. Aksariyat holatlarda bunga ona suti haqida bilim yetmasligidir. Shifoxonada bolani emizmasdan smesga o’tkazib turing deyishganmi? @neomaslahati

  • 7 авг.2 23763

    https://youtube.com/shorts/haTjgTJnudc?si=aUSPFfKef8OTAn4q

  • 6 авг.2 802173

    🩺 ATOPIK DERMATIT — EMLASHGA QARSHI KO‘RSATMA EMAS! Atopik dermatit bilan og‘rigan bolani faqat shu sababli emlashni bekor qilish yoki kechiktirish shart emas. ✅ 💡 Ammo muhim jihat: agar vaksina yuboriladigan joyda faol toshma, yallig‘lanish, yara yoki teri shikastlanishi bo‘lsa, vaksina aynan shu sohaga qilinmaydi. ➡️ Bunday holatda vaksina uchun sog‘lom teri sohasi tanlanadi. ❗️ Xulosa: Atopik dermatit — umumiy qarshi ko‘rsatma emas. Emlash joyidagi faol teri zararlanishi esa vaksina yuboriladigan joyni tanlashga ta’sir qiladi. 🖇 Farzandingizni emlashdan asossiz ravishda voz kechmang! 📩Postni farzandi bor tanishlarga yuborib qo'ying. ➡️You tube  🖲️Instagram 🖲️Telegram  👍Otzivlar

  • 5 авг.2 629415

    Anchadan beri ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lolmadim. Qisqa va uzun videolar joylaganimda qo’llab-quvvatlavoring. Bir boshlaganimda to’htamasdan davom etay😘 https://youtube.com/shorts/fZ_316gF30w?si=N1fiJXqWUub7SLGQ

  • 5 авг.2 63532

    https://www.instagram.com/reel/DbqVDclMgnm/?igsh=MTNmcXgzYmcxazhneA==

  • 5 авг.2 793312

    CAU “Oq chopon” podkastiga keldim. 2 soat vaqt suhbatga yetmadi. Kamera o’chgandan keyin ham boshlovchi va operatorlarning savollari tugamadi. Podkast YouTube da sentabrda chiqadi. Suhbatda onalik, bolalik, chilla davri, emlash, yanglish fikrlar va albatta ona suti haqida juda ko’p gaplashdik Oq chopon maqsadi xalqning savollariga javob topib berish va yanglish fikrlarni ochib berish ekan. @neomaslahati

  • 5 авг.2 5236224

    "Qomatim buziladi" emizmayman⬇️ ❗️ Qomatim buzilmasin desangiz, avvalambor homilador bo'lmang. Chunki ko'krak va qomatdagi asosiy o'zgarishlar emizishdan emas, aynan homiladorlik davridagi gormonal o'zgarishlardan boshlanadi. 👶Ko'krak bilan emizish ko'krak shaklini buzmaydi. 🔍Ko'krakdagi o'zgarishlarga ko'proq quyidagilar sabab bo'ladi: 💕 homiladorlik davridagi gormonal o'zgarishlar; 💕 irsiyat; 💕 yosh o'tishi; 💕 vaznning tez-tez o'zgarishi 💡 Aksincha, emizish onaga juda ko'p foyda keltiradi: ✅ bachadonning tezroq tiklanishiga yordam beradi; ✅ko'krak va tuxumdon saratoni xavfini kamaytiradi; ✅ortiqcha vazndan qutulishga ko'maklashadi; ✅ona va chaqaloq o'rtasidagi mehr rishtasini mustahkamlaydi. 👶 Chaqaloq uchun esa ona suti — eng mukammal oziqdir. 💪U immunitetni mustahkamlaydi, infeksiyalardan himoya qiladi va sog'lom rivojlanishga yordam beradi. 📌 Emizishni bola 2 yosh atrofida sekin-asta to'xtatish tavsiya etiladi. ➡️Emizish tugaganidan keyin organizm gormonal jihatdan asta-sekin o'z holatiga qaytadi va ko'plab ayollarda biroz vaqt o'tgach ko'krak ham, qomat ham avvalgi holatiga yaqinlashadi. 😍 Go'zal qomatni saqlashning siri emizmaslik emas, balki sog'lom turmush tarzi, muvozanatli ovqatlanish va jismoniy faollikdir. ☀️ Farzandingizni emizing — bu uning salomatligiga beradigan eng qimmatli sovg'angizdir.🌷 ➡️You tube  🖲️Instagram 🖲️Telegram  👍 Otzivlar

  • 4 авг.2 562614

    Tez kunda yangilangan “Yangi tug’ilgan chaqaloq” kursini taqdim etamiz. Tibbiy mavzu montaj ustalariga bir oz qiyinchilik tug’dirar ekan. Bittalab ko’rib hatolarini to’g’irlaymiz @neomaslahati

  • 3 авг.2 8716

    Dr Mushtariy Mamuriy – Ichketishi

  • 2 авг.3 53915124

    Ich ketishi @neomaslahati

  • 2 авг.3 090126

    видео или голосовое, без подписи