tgindex
Nevrolog Sattorov

Nevrolog Sattorov

Статистика
@nevrologsattorovузбекский

https://nevrolog-sattorov.taplink.ws ✅Nevrolog,Neyrofiziolog. ✅Nevrologik kasalliklar haqida oʻz bilim va tajribalarimni boʻlishib boraman. 📍Manzil:Yangi hayot tumani ,Sergeli 1-mavze,37-uy. +99895 933 93 00.

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
572
+3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 114
21 постов
Вовлечённость
194,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
479
1/48двое суток
548
1/72трое суток
592

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://youtu.be/KxPsWtxLamU?si=lBYabMTeS6N3kYON

  • https://g.page/r/CbY9hsM-X4mxEBM/review

  • без подписи

  • Dolzarb mavzu : Oxirgi paytlarda ota-onalar 10-18 yosh oralig'idagi bolalarini ko'p telefon ishlatishidan va insoniylik xislatlari yo'qolib borayotganidan shikoyat qilishi ko'paydi.To'g'risini aytganda bu muammo har bir oilaga to'g'ridan to'g'ri o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Avstraliya va Fransiya voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy tarmoqqa kirishini qonunan blokladi,qaysidir ma'noda to'g'ri qildi,ammo muammoni boshqa tomoni ham bor.Masalan endi shu telefon va ijtimoiy tarmoqqa ajratilayotgan vaqtni foydali mashg'ulotga yo'naltirish ham bor va bu ham biroz qiyinchilikka olib keladi. Oxirgi paytlarda ota-onalar bolalari bilan soatlab vaqt o'tkazmayotgani va suhbatlashmayotgani bolalarni ko'proq yolg'izlikka undamoqda, bu tabiiyki yoshlar o'sha vaqtini telefonda o'tkazishni afzal bilmoqda. Agar sizda farzandlar bo'lsa har kuni nechi daqiqa (soat emas) suhbatlashyapsiz,uni qiziqishlariyu ,orzulari ,kim bo'lmoqchiligi haqida so'rayapsiz ? Komment qismda yozib qoldiring👇 Kanalimga obuna bo'ling ! https://t.me/nevrologsattorov

  • 16 июл.1 073325

    Hozirgi issiq haqida!

  • https://youtu.be/WPOnCP7UnEs?si=0VRG9PlvFRAFKhZ_

  • 25 июн.1 060151

    https://youtu.be/2hMR78xdHUs?si=Jqtb22T-gW4SiI3M

  • https://youtu.be/IZ7SMJxyAuA?si=CDIYF0zzc6VB1App

  • 8 июн.1 156147

    Qandli diabet asabiylashishdan kelib chiqadimi? Xalq orasida "Hamma kasallik asabdan, hattoki diabet ham asabiylashgandan keyin boshlanadi" degan gapni juda ko‘p eshitamiz. Ko‘pincha bemorlar: "Falon voqeadan keyin qattiq siqildim va saxirim oshib ketdi", — deb kelishadi. Xo‘sh, bu gaplar qanchalik ilmiy asosga ega? Bugun Nevrolog sifatida asab tizimi va qandli diabet o‘rtasidagi haqiqiy zanjirni ilmiy, ammo oddiy tilda tushuntirib beraman. Qisqa qilib aytganda Yo‘q, shunchaki "asabiylik" yoki bir martalik qattiq qo‘rquv diabetning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababi bo‘la olmaydi. Diabet — metabolizm (modda almashinuvi) buzilishidan kelib chiqadigan kasallik. Ammo Surunkali stress va asab tizimidagi zo‘riqishlar diabetni qo‘zg‘atuvchi (uyg‘otib yuboruvchi) eng kuchli trigger (turtki) hisoblanadi. Stress paytida nimalar sodir bo‘ladi? Biz qattiq siqilganimizda yoki asabiylashganimizda, bosh miya (gipotalamo-gipofizar sistema) zudlik bilan buyrak usti bezlariga signal yuboradi. Natijada qonga "stress gormonlari" — kortizol va adrenalin shiddat bilan ajralib chiqadi. Bu gormonlarning asosiy vazifasi organizmni "xavfdan qutqarish" uchun energiyani safarbar etish, ya’ni qondagi glyukoza (shakar) miqdorini tezda ko‘tarishdir. Agar stress surunkali (doimiy) tus olsa, organizmda quyidagi zanjirli reaksiya boshlanadi: Doimiy yuqori shakar: Qonda kortizol miqdori doim baland tursa, jigar tinmay qonga glyukoza chiqaraveradi. Insulin rezistentligi: To‘qima va hujayralar vaqt o‘tishi bilan insulinga bo‘lgan sezgirligini yo‘qotadi. Insulin bor, lekin u shakarni hujayra ichiga olib kira olmaydi. Yashirin xavfning "portlashi": Agar sizda irsiy (genetik) moyillik, ortiqcha vazn yoki noto‘g‘ri hayot tarzi bo‘lsa — surunkali stress bu yashirin jarayonni tezlashtiradi va yuzaga chiqaradi. Xulosam shuki : Asab tizimining zo‘riqishi diabetni noldan yaratmaydi, balki unga moyilligi bor organizmda "uxlab yotgan" kasallikni uyg‘otib yuboradi. Agar insonda allaqachon diabet kasalligi bo‘lsa, doimiy asabiylashish glyukoza miqdorini nazorat qilib bo‘lmas darajaga olib keladi va dori vositalarining ta’sirini kamaytiradi. Shuning uchun ham diabetni davolashda faqat endokrinolog emas, asab tizimini tinchlantirish uchun nevrolog tavsiyalari ham muhim rol o‘ynaydi. 💡 Tavsiya: Sog‘lom parhez va dorilardan tashqari, asab tizimingizni ham asrang. Uyqu rejimiga amal qilish, ortiqcha axborot hujumidan saqlanish va vaqtida dam olish — shakaringiz me’yorda turishining eng asosiy omillaridan biridir. Kanalimga obuna bo'lib qo'ying 👇👇👇 https://t.me/nevrologsattorov

  • https://youtu.be/ScEIgMJrElc?si=2x60xrTPTZDJMoUP

  • 27 мая1 11433

    Assalomu aleykum Qurbon Hayitingiz muborak boʻlsin! 27.05.2026

  • 23 мая1 035143

    https://youtu.be/OLKJqL3mKqI?si=pzifpuJvMnwR8HiV

  • 4 мая1 383113

    🚨 ТУТҚАНОҚ БЎЛГАНИДА НИМА ҚИЛАСИЗ? БУНИ БИЛМАСАНГИЗ — ХАВФЛИ! Кўпчилик эпилепсия хуружи пайтида ❌ оғзига қошиқ солади ❌ куч билан ушлаб туради ❌ нотўғри ёрдам кўрсатади Бу эса беморга янада катта зарар етказиши мумкин… 🧠 Эпилепсия — бош мия касаллиги бўлиб, хуруж вақтида тўғри ёрдам жуда муҳим 👨‍⚕️ Ушбу видеода невропатолог тушунтиради: ✔️ Хуруж пайтида биринчи навбатда нима қилиш керак ✔️ Қандай хатолардан албатта сақланиш керак ✔️ Қачон тез ёрдам чақириш шарт 📺 Видеони ҳозир кўринг: 👉 https://youtu.be/sEB4alFwgcQ?si=6W0b_Tqhjl5Mg8g0 📌 Бу маълумот ҳар бир инсон учун муҳим! Чунки эпилепсия хуружи ҳар қандай жойда, ҳар қандай одамда кузатилиши мумкин 💬 Яқинларингизга ҳам юборинг — балки бир кун кимнидир ҳаётини сақлаб қоларсиз!

  • 28 апр.1 28723

    Gipofiz adenomasi bilan kelgan bemorimiz ,hozir adenoma kichrayib holatlari a’lo darajada !✅

  • 15 апр.1 452201

    без подписи

  • Oxirgi paytlarda eng koʻp berilayotgan savol va shikoyatlarga qisqa javob !

  • 30 мар.1 7751513

    🚨 Болангиз Кеч Гапиряптими? Бу қачон нормал, қачон хавфли? Кўпчилик ота-оналар 0–12 ойда нутқ ривожланиши қандай бўлишини билмайди. Товуш чиқармаса ёки тенгдошларидан ортда қолса — хавотирланиш керакми? 📌 Видеода невропатолог тушунтиради: — Қайси ойда қандай ривожланиш бўлиши керак — Кеч гапириш сабаблари — Қачон шифокорга мурожаат қилиш зарур Агар сиз ҳам болангиз ривожланиши ҳақида ўйлаётган бўлсангиз, видеони албатта кўринг. https://www.youtube.com/watch?v=Ba3BNgUGOVI

  • 22 мар.1 280111

    Lennox–Gastaut sindromi haqida ( Lennoks Gasto) —bolalik davrida boshlanadi va og'ir epileptik ensefalopatiya bo'lib ,turli xil tutqanoqlar,aqliy rivojlanishdan orqada qolish va EEG da o'ziga xos o'zgarishlar bilan kechadi. Oxirgi ikki kun ichida EEG ga murojaat qilgan bemorlarimdan 2tasida shu sindrom belgilari aniqlandi.Albatta bu juda ham achinarli holat. E'tibor bering dastlabki belgilarida bola o'z-o'zidan yiqilib tushadi,tez-tez xurujlar kuzatiladi. Sabablari : Tug‘ruqdagi asfiksiya(nafas yetishmasligi,kislorod tanqisligi) Miya rivojlanish nuqsonlari,Oldingi epilepsiya (masalan: West sindromi) Genetik omillar ,Travma ,Infeksion kasalliklar va boshqalar. Davolashda birinchi liniya dorilari mavjud bularga Valproat,Lamotrigin,Clobazam. Ikknchi liniya dorilari:Topiramat,Rufinamid,Felbamat. Ketogen dieta va Vagus nerv stimulyatsiyasi ,yana Defektolog,Logoped mutaxassislari ham birga harakat qilinsa juda ham yaxshi samara beradi. https://nevrolog-sattorov.taplink.ws 23.03.2026

  • 20 мар.1 860263

    Ramazon Hayiti barchaga muborak boʻlsin! 20.03.2026

  • 14 мар.1 48224

    Assalomu alaykum Xusniddin doctor yaxshi aylanib yurtimizga keb oldiyizmi istorislariyizdi kuzatib duoda boʻb turdik ziyoratlariyiz qabul boʻlsin,olloxim sizdan rozi boʻlsin. Qizchamizni sizni qabuliyizga olib borgandik kuchli Enerez edi olloxga shukr xozir judayam yaxshi tuzaldi.Qizimam uyalib yurardi xozir ancha oʻzgargan,sizga raxmat aytamiz oilamiz bilan, ishlariyizga omad bemorlariyizdi xammasiga olloxim shifo bersin yuziyiz doim yorugʻ boʻb yursin.Yozda kunlar isisin yana bir borib koʻrsatmoqchimiz oʻziyizga nasib qilsa. Raxmat sizga yana bir bor.