Nikohga tavsiya
СтатистикаDiniy mavzudan boshqa masalada murojaat uchun: @Alisheruz_bot 👈 Alisher Teshayev | Tadbirkor . Diniy savollar uchun: 🌐 Savollar.islom.uz Fatvo bo’limi raqami: 📞 781503344
- Последний пост
- 18 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
@Taskinnikohbot 👈 nikoh ilovasi ✅ +50.000 foydalanuvchi ✅ Maʼlumotlar maxfiy ✅ Ustozlar nazorati ostida 😊 boʻydoqlarga yuborib qoʻyamiz)
@Taskinnikohbot 👈 nikoh ilovasi ✅ +68.000 foydalanuvchi ✅ Maʼlumotlar maxfiy ✅ Ustozlar nazorati ostida 😊 boʻydoqlarga yuborib qoʻyamiz)
🔥 TASKIN — RASMAN START OLDI! Endi jiddiy niyatdagi insonlar bir joyda 💍 Bizning maqsad: ✔️ Halol va jiddiy tanishuv muhiti yaratish ✔️ O‘z juftini izlayotgan insonlarni bog‘lash ✔️ Ortiqcha vaqt va behuda suhbatlarsiz tanishuv Hozirning o‘zida kanal va botimiz ishga tushdi! Juft izlashni boshlash uchun: @taskinnikohbot Agar siz ham jiddiy munosabat va nikoh niyatida bo‘lsangiz — hoziroq qo‘shiling. ❤️ Balki aynan shu yerda taqdiringizni toparsiz.
#tavsiya https://youtu.be/R8cKFuEKjvc?si=dFuJ7NtIol5O8Wuc
😁😆😁 savollar bormi: @Alisheruz_bot
без подписи
Qizlar oʻzi sovchi boʻlyapti😁 Xa azizlar, hozirda boʻydoq va hatto oilalik doʻstlarimizga ham "qiz"lar sovchi boʻlyapti. Suhbat shunaqa puxtalik bilan olib boriladiki naqt oltin baliqcha oʻz oyogʻi bilan kelgandek. Aslida esa doʻstlarimizning oʻzi oʻlja boʻlib…
#savol Noilojlikdan ajrashib, anchadan beri uyda qiynalib oʻtirgan muslimalar nima qilsin? Tavsiya: 1. Turmush qurish uchun harakat qiling. Alloh pokiza ayollar pokiza erkaklar uchunligini aytgan. Yani sizni saviyangiz qanday boʻlsa, juftingiz ham xuddi shunday boʻladi. Shu uchun ustozlar oila qurayotgan vaqti imkon qadar taqvoda boʻlib turishni, sharʻiyat armonlariga imkon qadar goʻzal amal qilishni, ilm olishni tavsiya beradi. Chunki sizga ham xuddi shunday juft uchraydi. Tahajjudga uygʻotadigani kerak boʻlsa, oldin oʻziz turib oʻqishga odatlaning. Qurʼon yodlashga kirishing... Xullas imkon qadar soliha boʻlishga harakat qiling. 2. Boy boʻlish va duo ijobat boʻlishi uchun juda ham koʻplab tavsiyalar bor. Juda ham koʻp. Hech boʻlmasa bir ikkitasini mahkam ushlab ixlos bilan, aniq boʻladi deb amal qiling. Masalan tajribadan oʻtgani: 70.000 marta "Astagʻfirulloha va atubu ilayh" deb istigʻfor aytib soʻralsa ijobat boʻladi deyilgan. Yaqinda bir tanishimiz shu zikrni qilib 2-nikohga yoshi katta boʻlishiga qaramay juda yoshgina, diniy ilmga ega va chiroyli qizni nikohiga oldi. Xullas ilmli, oʻziga toʻq insonga turmushga chiqsangiz, ikki dunyoyingiz uchun kifoya qiladi in shaa Alloh.Faqat unaqa insonga turmushga chiqqan uchun ham biroz harakat qilish kerak. Atrofda oila quraman degan insonlar juda ham koʻp. ❤️ @nikohga
Nega qizlar oʻtirib qoladi? Aslida buning sabablari juda koʻp. Lekin hozir keng tarqalgan holat haqida yozmoqchiman. Bir ustozim aytgandi: "Qizlarni imkon qadar ertaroq turmushga berish kerak, yosh payti koʻp sovchi chiqadi, sovchilik ham Allohning neʼmati. Lekin qiz noz qilib Allohni ne'matidan yuz oʻgiradi va yuz oʻgirgan ne'matiga keyin oʻzi zor boʻladi" - deb. Noz qilishiga esa sabab oʻziga ortiqcha baho berish, ortiqcha orzuga berilish kabi har xil sabablar yotadi. Vaqt oʻtgach aql kirganda esa kech boʻladi. Chunki xuddi shunga oʻxshagan 4-5 yil yoshi kichkina variant turganda aqli joyida yigitlar yoshini tanlaydi. Yoshi katta boʻlib oʻzi istagandek insonga tegish uchun biror karomat sohibasi, masalan Qur'onni yodlagan boʻlishi kerak. Chunki yoshi katta boʻlgan yigitlar yoshlarga nisbatan injiqroq, talabi kattaroq boʻladi. Yosh yigitlar esa oʻzi tengisiga uylangisi keladi. Yaqinda oldin men unga uylanmoqchi boʻlgan bir qizni koʻrdim. Mendan biroz kichik boʻlsa ham haliyam turmushga chiqmagan. Eng qizigʻi uni qiz bola boʻlishiga qaramay 2-nikohga ham olishmay rad etishayotgan ekan. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham qiz bolani turmushga berishga shoshilishni bekorga tavsiya qilmaganlar. Tavsiya: xom xayolga berilmay imkon qadar vaziyatni real baholash kerak. Bu uchun yoshi katta, rostan koʻp oilalar bilan tanish insondan tavsiya olish kerak. ❤️ @nikohga
Birinchi ayolni ruxsati kerakmi? Er agar ikkinchi ayolga birinchi ayolni ruxsati bilan uylansa, talogʻini ham birinchi ayol buyrugʻi bilan beradi. Bunaqa fikrdagi erkakning oila borasidagi ilmi yoʻq. Qolaversa uyda haqiqiy xoʻjayin kimligini ham bilish qiyin emas. ❤️ @nikohga
Birinchi ayoli bilsa nima boʻladi? Yaqinda bir doʻstim 2-ayolga uylanmoqchiman deb maslahat soʻradi. Men undan "birinchi ayoling bilsa nima boʻladi?" deb soʻradim. U "bilmayman" deb javob berdi. Men unga "yoki buni bilib olmaguncha uylanma" dedim. Nega? Tajriba juda koʻp "akalarimiz" birinchi ayoli ikkinchi nikohdan xabar topsa ikkinchi ayolni shundoq javobini berib yuboryapti. Bu hol oilada roʻl ayolning qoʻliga oʻtganini bildiradi😂. Endi bu er bir umr xotinidan gap eshitib oʻtadi. Bechora ikkinchi xotin ham yana ersiz qoladi. Shu uchun ikki tomonga ham tavsiya, shu joyini aniqlab oling. Yuqorida yozganimdek quruq gaplar bilan emas, albatta isboti bilan! ❤️ @nikohga
2-turmushga chiqayotganda Aldanib qolmaslik uchun nimalar qilish kerak? Atrofda ikkinchi marta turmush qurib ham ajralayotgan ayollarni koʻrish tabni xira qiladi. Xullas ayollar qulogʻi bilan sevadi, sevgini koʻzi boʼladi degan gaplar haqiqat. Birinchi turmushidagi vaʼdalar bajarilmaganiga qaramasdan 2-nikohda ham qup quruq vaʼdalarga ishonib turmushga chiqishadi va afsuski tarix takrorlanadi. Xoʻsh nima qilish kerak? Yana oʻsha gap: quruq gapga emas, faktlarga ishoning. Masalan ayolni kuyov moddiy va uy bilan taminlay oladimi? Buni koʻrsatsin. Masalan nomida realni uy boʻlsin. Ijaralar qimmatligini hamma biladi. Oilada kimdir kasal boʻlib qolsa ijaraga pul yetmay muammolar boshlanadi. Taminotni yaxshi qilib berishini isboti uchun biroz yaxshiroq, masalan 5000$ atrofida maxr soʻrash mumkin. Shu pulni ham topib berolmasa ertaga qanday oilani taminlaydi? Men aytganlar tushuncha hosil boʻlishi uchun bir misol xolos. Aynan shunday qiling demayman, lekin ishingizga puxta boʻlmasangiz kimlardir uchun sinov quyonchasiga aylanib qolish hech gap emas. Yaqinda ham bir tanishimizda 4000$cha maxr ham tayinlangan, uy ham, lekin ikkisi ham keyinchalik berishga kelishilgan. Lekin u kun kelmay 10 oycha yashab ajrashildi. Hamma oʻzicha haq, lekin jabr koʻrgan ayol boʻlib qolaverdi. ❤️ @nikohga
https://youtu.be/awZfBvkQErI?si=WI0edCapTrUiOK8X
Kitobni topishga juda qiynaldim, koʻp kitob doʻkonlarida yoʻq ekan. Oson boʻlsin deb @irshodbooks ni tashlab qoʻydim✅
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи