tgindex
Nodir kutub
@nodir_kutubузбекский

Nodir kitoblar, tarixiy hujjatlar va boshqa manbalar haqida maʼlumot beruvchi kanal. Iskandar Abdulbosit Madg‘oziyev (PhD) Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘lim mudiri Andijon DU katta o‘qituvchisi Murojaat uchun: @abuyunus3893

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
42
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 094
+3 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
727
40 постов
Вовлечённость
66,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 42
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
590
1/48двое суток
676
1/72трое суток
729

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.4602616

    YANGI KITOB XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Cho‘lponning ma’naviy kamoloti hamda shaxs sifatida shakllanishida bevosita uning otasi Sulaymonqul bazzozning xizmati beqiyosdir. Zero, ma’rifatli ota – yolg‘iz o‘g‘linining murg‘ak chog‘idanoq ilm sarchashmasidan bahramand bo‘lib ulg‘ayishiga jiddiy e’tibor qaratib, uning tarbiyasini malakali mudarris – muallimlarga topshiradi. Muntazam ravishda olingan tahsil tez orada o‘z samarasini beradi, bo‘lajak shoir qalbida ma’rifat uchquni kundan-kun alanga olib, millat dardi bilan kuyib yonuvchi chinakam vatanparvar ziyoli bo‘lib yetishadi. Sulaymonqulning o‘zi ham madrasa ko‘rgan, diniy va dunyoviy ilmlarni puxta egallagan shaxs edi. Ilmda peshqadamligi bois ulamolar orasida “Mullo Sulaymonqul oxund” deya taniladi. Darhaqiqat, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi xazinasidagi qator manbalar, xususan uning shaxsiy kutubxonasiga oid 100 dan ortiq nodir asarlar hamda adabiy merosi jamlangan 300 sahifalik qo‘lyozma devoni uning chuqur bilim va yaxshigina ijodiy qobiliyat egasi bo‘lganidan dalolat beradi. O‘z davrining ilg‘or fikrli kishisi sifatida Sulaymonqul dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lish maqsadida ko‘plab matbuot nashrlarini muntazam ravishda kuzatib boradi. Bu haqida jadid taraqqiyparvar ziyolisi Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘li Toshqin keyinchalik: “Uning (Cho‘lponning – I.M.) dadasi eski madrasani bitirgan, har kuni gazeta o‘qib olam ishlaridan xabardor bo‘lib turadigan bir kishi ekan. “Vaqt” va “Tarjimon” gazetalarini o‘qir ekan” deb yozadi. Ko‘rib turganingiz kitobdan Sulaymonqul bazzoz – shoir Volai Rasvo hamda uning ikki farzandi – Abdulhamid Cho‘lpon va Foiqaxonlarning sara ijod namunalari o‘rin olgan. To‘plamning qimmatli tomoni mutasavvuf shoir Volai Rasvoning vafotidan qariyb bir asr o‘tgach adabiy merosi jamlangan qo‘lyozma devonidagi she’rlardan namunalar arab imlosidan joriy yozuvga tabdil qilinib, ilk bor nashr etilayotganidir. Shuningdek, Abdulhamid Cho‘lponning yangi aniqlangan va bugunga qadar e’lon qilinmagan 20 ga yaqin she’rlari ham ilk bor shoir ijodi muxlislariga taqdim etilmoqda. Ayni choqda, shoirning kichik singlisi Foiqaxon aya qalamiga mansub she’riy mashqlar bilan bir qatorda, u kishining akasi haqidagi xotiralari, Cho‘lpon xonadoniga tegishli bir qator noyob suratlar ham kitobga ilova qilingan. Nashrga tayyorlovchi: Iskandar Madg‘oziyev Tashabbus va g‘oya muallifi: Sharifaxon Mirzahojiyeva Masʼul muharrir: Dilmurod Quronov So‘zboshi muallifi: Dildoraxon Abdullayeva Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • 9 авг.526492

    Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun! Bugun juda og‘ir kun bo‘ldi. Mening ilm olishimga ko‘p rag‘batlantirgan, hamisha qo‘llab-quvvatlagan, doimo qaynoq mehrini his qilib turganim — farishtaday beg‘ubor Ammajonim (marhum qiblagohimning opalari) 70 yoshida Haqqa omonatini topshirdilar. Uzoq yillar maktabda o‘quvchilarga tarix fanidan saboq berib, yosh avlodning taʼlim-tarbiya olishiga sabab bo‘lgan edilar. Allohim joylarini jannatda qilsin, barcha yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh aylagan bo‘lsin!

  • 8 авг.633113

    #shaxsiy_kutubxonadan "Mitti yulduz"dan "Buyuk soddalik" qadar... Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning barhayot vaqtida bosilgan barcha hamda vafotidan keyin chop etilgan asarlari Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • Jaddul-maoniy Mirza Abdulqodir Bedildan bir bayt va uning tarjimasi بيدل خلاف قاعدهً عرف افت انگيز است حزر كنيد ز ابى كه سركشد ز تنور Amonulloh Boqir Andijoniy tarjimasi Xilofi qoidayi dahr ofatangizdur, Tanur ichidan agar chiqsa suv, hazar qilingiz. P. S. Muhammadxon Mahjuriy qalami Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • 5 авг.1 0802012

    Vanihoyat Turkiyadan orziqib kutilgan kitoblar keldi 📚🤩 Yetkazib berganliklari uchun Türk Kitap kanaliga tashakkurlar 🙏 Faoliyatlariga muvaffaqiyat tilayman. Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • 4 авг.1 02994

    "Majmuatul-aroiz val ahkom baynal-xaloiq ash-Shoshiya val-hukkom" Mashhur mustashriq akademik Aleksandr Samoylovich tomonidan tayyorlanib, 1916-yilda Toshkentdagi O. A. Portsev matbaasida chop etilgan arizalar majmuasi. Malikayi muazzama Aleksandra Fyodorovna hazratlarining himoyayi humoyunlarida bo‘lub turg‘an "Jamʼiyyati sharqiyayi Imperaturiyya" tarafidan nashr aylangan va "Majmuatul-aroiz val ahkom baynal-xaloiq ash-Shoshiya val-hukkom" deb atalg‘an bu kitob ahqari bandagon Iskandar Samoylovichning saʼy va ehtimomi birla taʼlif qilinub 1334 nchi yilining ramazon al-muborak oyida Toshkand shahrida Portsev matbaasida libosi tabʼ birla orasta bo‘ldi. Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • без подписи

  • #ziyorat Milodiy hisobda 92 (hijriy hisobda 95) yoshni qarshi olgan Maqsudxon hoji ota o‘tgan asrda nafaqat Andijon, balki butun O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda nashʼu namo topgan yirik ulamo, shoir va tarjimon, xattot Muhammadxon Mahjuriy (1889—1973) domlaning o‘g‘illaridir. Otaxon bilan tanishganimizga qariyb 15 yil bo‘libdi. Shundan buyon doimiy muloqot va bordi-keldi uzilmaydi. U kishidagi samimiyat, husni xulq, tavozeʼ, shirinso‘zlik kabi fazilatlar har qanday insonni butun umrga sehrlab qo‘yadi. Shu boisdan tez-tez hoji otani yo‘qlab, suhbatlashib, duolarini olishga harakat qilaman. Bugun ham juma namozidan so‘ng ziyoratlariga borib, nafis suhbatlaridan bahramand bo‘lib qaytdim. Alloh u zotning umrlarini yanada ziyoda, tanlarini sihat-salomat qilsin. Maqsudxon hoji ota 20 yillar muqaddam ota qadrdonlari — andijonlik shoirlar, olimlar, sanʼatkorlar xususida "Andijon adabiy gurungi" nomli muhtasham bir kitob ustida ko‘p zahmat chekib ishlaganlar. 2013-yilda ushbu kitob nashr yuzini ko‘rgan. O‘sha mahalda xizmatlarining kichkina eʼtirofi bo‘lsin deb ojizona manzuma bitilgan edi. Garchi nuqsonlari bisyor bo‘lsa-da, quyida ushbuni Siz azizlarning eʼtiborlaringizga havola qilishni lozim ko‘rdim: XIZMATI OLIYJANOB AYLAB “Andijon adabiy gurungi” kitobi muallifi Maqsudxon hoji Isʼhoqovga Ko‘ngillarda sururi shodlik avjin behisob aylab, Zakiyta’b shoir-u fozillar umrin sarhisob aylab, Sharafli mehnatlaringiz mahsulini kitob aylab, Chekib ranj, oncha fursat xizmati oliyjanob aylab, Tashakkur, chog‘lanibsizkim, ulug‘ ishga — savob aylab. Bu ishni aylamakka jon-dil birla chog‘lanibdursiz, Kecha-kunduz xayolingiz etib band, dog‘lanibdursiz, Ilohiy bir muhabbat-la tamomi bog‘lanibdursiz, Netong, ko‘plarni yodida bu kun ardog‘lanibdursiz, Shukurkim, aylagan mehnatlaringiz ro‘yiyob aylab. Alar nomini e’zozlab, etib jon bahsh Masiyhodek, Kezibsiz ko‘p shahar-qishloq demay ko‘plarni “anqo”dek, Toshib kuch-g‘ayratingiz har qadamda misli daryodek, Janobi Haq yoritmishdur yo‘lingiz Sizdin rizodek,   Tun-u kun aylagan duo-yu maqsudingiz mustajob aylab. Mashaqqatlarga bo‘y egmay hamisha bordingiz bardam, Alar o‘tgan esa ham bo‘ldi ruhan siz bilan har dam, Tafakkuringiz yoritmish Anisiy, Boqir-u Xurram, Zakiy Ahmadrafiq maqsad sari ki boshladi ildam, Mehr birla ilitmishlar dilingiz oftob aylab. Bu kun barcha sharafli mehnatingiz boisidin shod, Olur ahboblaringiz suhbat aro nomingizni yod, Hamisha shu kabi ezgu amallar aylangiz ijod, Bu shodlik zavqidan Jur’at etar Sizni muborakbod, Dilida eng samimiy lafzini durri xushob aylab. 23.06.2013-yil Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali Mavlono Muhyi Xo‘qandiy qalami Az natoyiji afkor podshohi oliy tabor va alo miqdor Zahiriddin Muhammad Bobir podshoh xuld oromgoh navvaro marqada Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.   Bu zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!   Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.   Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?   Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!   Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobir kibi, Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'? Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • без подписи

  • 30 июл.1 03786

    #shaxsiy_kutubxonadan "Fors shoiri Umar Xayyom" Shaxsiy kutubxonamizda saqlanuvchi professor Abdurauf Fitrat qalamiga mansub "Fors shoiri Umar Xayyom" risolasi. 86 sahifadan iborat asar 1929-yilda O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan Samarqandda arab alifbosida chop etilgan. P. S. Kitobning pdf shakli izohlar qismida. Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • 29 июл.635169из yozuvchilar_uz

    Oyinadan noyob foto: Cho‘lpon, Mirtemir va Yo‘ldosh Oxunboboyev bir rasmda Ushbu tasvir 1928-yil Samarqandda suratga olingan. Tik turganlar: chapdan ikkinchi Oxunboboyevning kotibi, shoir Mirtemir, to‘rtinchi atoqli jadid Abdulhamid Cho‘lpon. O‘tirganlardan chapdan to‘rtinchi O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rasmiy rahbari Yo‘ldosh Oxunboboyev.   Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

  • 22 июл.1 017107

    Humo Shayx Sa’diy rahmatullohi alayh: "Xumoy bar hama murg‘on azon sharaf dorad, Ki ustuxon xo‘radu jonivar nayozorad", — deb aytganidek, u qushning ozig‘i ustuxondan iborat bo‘lib, faqat shuni yeb tirikchilik qilar ekan. Ba’zi kishilarning so‘zlariga ko‘ra, xumo oziqlanish paytida suyakni balandga olib chiqib, yerga tashlaydi, natijada suyak parcha-parcha bo‘lgach, uning hamma parchalarini teng bo‘laklarga bo‘lib qo‘ygandan keyingina yer ekan. Hatto Ajam (Eron) diyorida mansabdorlardan biri bir narsa yeb hazm etolmasa, uning haqida "hazm qilishini o‘ylamay, og‘zini to‘ldirgan, agar xumo kabi andaza bilan yeganda, hazm qila olur edi", der ekanlar.  Seydi Ali Rais "Mir’otul-mamolik" asaridan (Shorasul Zunnun tarjimasi). Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • #yangi_kitob Tez orada yangilik bo‘ladi, inshaalloh Kitob nomini topish imkoniyati o‘zlaringizda😊 Birinchi bo‘lib to‘g‘ri topganga, shu kitobdan sovg‘a qilinadi. 📚 Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub

  • #eski_albomdan O‘zbek olimlari Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasi oldida Atoqli o‘zbek olimlari (chapdan) Vohid Zohidov, Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Ibrohim Mo‘minovlar Kobulda Zahiriddin Muhammad Bobur qabri ziyoratida. 1968-yil Kanalga ulanish 👇 👇 👇 Nodir kutub