Manguberdi Lapasov | blog
СтатистикаShaxsiy fikrlarim, turli sohalarda o'rganganlarimni va ba'zan mavzudan tashqari yozib turaman.
- Последний пост
- 10 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Некоторые удивлялись, что с Alif Nasiya можно купить продукты в Korzinka. Вот еще, можете купить топливо 0% на 10 дней. P. S. оплата действует только через Rahmat QR.
Vaqsid fiy mashyik Do’stim imposter sindromi haqida yozibdi. Mahoratlari kengroq bo’lsa-da, kattaroq imkoniyatlarni olishga ikkilanadigan, o’zini bunga loyiq deb hisoblamaydigan odamlar haqida. Chindan, kimdadir boshidan o'ziga katta ishonch bo'ladi, kimgadir o'zini ko'rsatish, o'zining qarashlarini himoya qilib oldinga yurish, yoki shunchaki men borman, men qilolaman deyish, kattaroq ishlarni bo'yniga olish qiyin bo'ladi. Men ham buni ko'p his qilaman…, lekin odam ikrom qilingan zot, unga Alloh ishongan, odam ham o’ziga ishonchni shakllantirishi kerak. Albatta, bu amaldan ko’ra so’zda osonroq. Bitta yaxshi foyda bergan maslahat bo'lgan - Vaqsid fiy mashyik - yo'lingda qasd qilib yurish - o'z maqsadingni muhim deb bilib, aynan o'sha maqsadga e'tibor berish. Atrofdagi odamlarga, berilishi mumkin bo’lgan savolga, shubhaga emas. Maqsadga yetish, uning yoʻlida harakat qilish eng muhim ish bo'lib qolganda asosiy ikkilanish, o'zini shubhaga olishlar yo'qolib borarkan. "Bunda men yetarlicha mahoratlimasman" degan hayol o'rniga - “maqsadimga yetishim uchun bor mahoratim yetmasa, mayli, buni tan olaman va keraklisini o'rganaman” deb bosib ketaveradigan bo'lib qolarkan odam. Aynan maqsadga e’tibor berish, maqsadga yetganing uchun seni qanday olqishlashlari yoki yetmaganing uchun malomat qilishlariga emas. Balki shuning uchun, nasihatning davomida - Vag’dud min sovtik - “ovozingni pastroq qil” kelgan.
Telegram - xotiralar Telegramdagi guruhlar, shaxsiy yozishmalar, yozgan bloglaringizda vaqt bo’ylab orqaga yurib ko’ring. Telegram shunchaki muloqot uchun platforma bo’lmay, xotiralar to’plamiga ham aylanib borayotganini ko’rasiz. Bu guruh, chatlar, bloglarda qancha xotiralar, hissiyotlar, shirin suhbatlar yozilyapti. Ba’zilar uchun allaqachon, ba’zilar uchun yana qanchadandir keyin, bu xotiralarning qadri oltinga teng bo’lib qolsa, ajabmas.
Moliyaviy erkinlik sari intilishlar Do’stim, va aslida, o’zim bilan moliyaviy erkinlik haqidagi suhbatimizdan. - Bugun hayolingda eng ko’p aylanadigan savol nima atrofida aylanadi? - Boyligim bo’lsa, boy bo’lish uchun emas - ehtiyojlarimni yopib olsam, erkin bo’lsam va xohlagan mashg’ulotlarim bilan band bo’lsam deyman. - Yaxshi, unda qancha boyliging bo’lsa, erkinlikka erishdim, endi boshqa narsalar haqida o’ylashim mumkin deysan? - Menimcha, hozir bu uchastka va qo’shimcha $200K atrofida. - Yaxshi, unda yana 2 savol: Birinchisi, ertaga shu boylikka yetsang, uy va $200K bo’lsa, to’xtay olishingga ishonching komilmi? Bu savollar hayollaringni bo’shatishini va boshqa narsalarga chindan ham ko’proq e’tibor bera olishingni tasavvur qilolasanmi? Ikkinchi savol, bu summaga hech qachon yetmasangchi? Butun umr shu haqida qayg’urib, keyinga qo’yib kelgan niyatlaringga hech qachon o’ta olmay, o’tib ketish mumkinligini tushunyapsanmi?
Boylik qurish haqida gapirganda nima deyman (Gordo Byrn ning shaxsiy moliya va odatlar haqidagi o'zim juda foydali deb hisoblagan maqolasidan erkin tarjima) - 2 Umrlik imkoniyatlar o'n yilda bir marta keladi. — Ya'ni: yaxshi kelishuvlar kredit bozorlari yopilganda tuziladi. Men qayerlarda aktivlarimni ushlayman: 1. Indeks fondlari → uzoq muddatli, diversifikatsiyalangan, uy-joy bozorimga bog'liq emas 2. AQSh xazina obligatsiyalari / Asosiy kapital → 5–10 yillik oila xarajatlari 3. Ko'chmas mulk → Nisbiy qiymat bo'yicha o'yin, oila uchun arzon va tabiatga yaqin hayot. Biron joyga bog'lanib qolishdan oldin yaxshilab o'ylang. Yoshligimda — hech narsaga bog'liq emasligim katta imkoniyatlarga sakrashimga imkon berdi. 4. Naqd pul → erta nafaqaga chiqishim oxirgi kredit inqirozidan chiqqanda qilgan uch kelishuvimdan topgan boyligim evaziga keldi. Asosiy kapital bo'lgach — "katta imkoniyatlar" uchun zaxira to'plash ham o'ylash mumkin bo'lgan narsaga aylanadi. Endigina boshlayotganlar uchun — bu PDF'ni o'qing. Hamma narsani, jumladan, daromadni ham bir resursga bog’lab qo’ymang. Portfelimda buni ko’rishingiz mumkin. --- Almashtirish xarajatlari — Ya'ni: yaxshi aktivlarni sotishdan oldin yaxshilab o'ylang. Portfelimda bugungi narxda sotib olmagan bo'lardim degan aktivlarim bor. Moliya nazariyasi ularni sotishni tavsiya qiladi. - Kelajakni bashorat qila olishimga mutlaqo ishonmayman. - Sotsam — soliq va komissiya to'layman. - Sotgandan keyin pulni qayerga qo'yishni hal qilishim kerak. - Yangi "rejam" sodda va arzon joriy rejamdan yaxshiroq bo'ladi deb o’ylamayman. Doimiy optimizatsiyadan o'zingizni ozod qiling → yetarlicha yaxshi bo’lsa, yetarli-da. Kuchingizni o'zingizning yaxshiroq versiyangizga sarflang.
Boylik qurish haqida gapirganda nima deyman (Gordo Byrn ning shaxsiy moliya va odatlar haqidagi o'zim juda foydali deb hisoblagan maqolasidan erkin tarjima) - 1 Odamlar mendan aktivlarni qanday boshqarish haqida so'raganda, men ularni oilaviy boylik tomon yo'naltiraman. Hayotingiz davomida ko’rasiz ko'p kutilmagan narsalar bo’ladi. - Ishingizni yo'qotasiz - Ajralishlar bo'ladi - Berilgan kafolatlar ortga talab qilinadi - Kompaniyalar yopiladi - Investitsiyalar nolga tushadi Ba'zi odatlar sizni qulashga yanada moyilroq qiladi: Qarz — qiyin paytlarda qat'iy majburiyatlar sizni xonavayron qilishi mumkin. Hissiyotlarni nazorat qila olmaslik — bu shunchaki g'azabni jilovlay olmaslik emas. Bir jabhada o’zini nazorat qilolmasligini oqlashga odatlangan odamlar — professional sport, savdo, mijoz manfaatini ko’zlab ish qilish — boshqa sohalarda ham o'zlarini nazorat qila olmaydi. Agar "ta’sirlanish" xavfi bo'lsa — bu mo’rtlik belgisi. Giyohvandlik va spirt (yoki tamaki - tarjimondan) — bu faqat o'zingni tuzatish to’lovi emas. Bu — yaxshi yashalmagan umr va oilangizga, ayniqsa bolalaringizga qoldirilgan yomon iz. Xarajat va daromad — shaxsiy xarajatlar, jamg’arilgan pullarni ishlatish tezligi, takrorlanuvchi to'lovlar (qarz, oylik xarajatlar). Daromadingizga nisbatan xarajatingiz qanchalik ko'p bo'lsa, demak, moliyangiz shunchalik mo'rt. Gapni uzoqdan olib kelyapman: "Hayotingizning qaysi qismi sizni qulatishi mumkin?" Dangal aytsam: "Aktivlarni boshqarish - hal qilishingiz kerak bo’lgan eng muhim savol deb o’ylamayman" Agar ma’naviy jihatdan muammoli sohada ishlasangiz, katta qarzlaringiz bo'lsa, ulkan xarajatlaringiz bo'lsa yoki muammoli odamlar o'rtasida bo'lsangiz... ...portfelni sozlashdan ko’ra hayotingizni xarobaga aylantirishi mumkin bo'lgan narsalarni darhol yo’q qiling. Men bu yo'ldan o'tganman. Siz ham o'ta olasiz. Yo’lning narigi tomonida holat ancha yaxshiroq. --- Hozirgi portfelingiz umrlik portfelingizga nisbatan qanchalik katta? — Ya'ni: karyerangizda hozirgi portfelingizdan ko'ra ko'proq boylik bo'lishi ehtimoli anchagina. 25, 40 va 55 yoshda investitsiya qilish — bu har xil narsalar. Qanday farq qilishi esa shaxsiy sharoitingizga bog'liq. №1 → Asosiy kapitalingizni qurish haqida o'ylab ko'ring. Kollejni tamomlagandan keyin qilgan eng to'g'ri ishim — to'rt yillik shaxsiy yashash xarajatlarimni tejab qo'yishim edi. 1990-yillar o'rtasida bu 100 000 dollar edi. U bank hisobida yotar, men esa karyeramda jon-jahd bilan ishlar edim. O'sha pulning borligi menga yaxshiroq tanlov qilish imkonini berdi — va yaxshiroq tanlov qilish odatga aylandi. --- Juda, juda, juda (!) kam odam professional investor bo'la oladi. — Ya'ni: bozorni mag'lub etish orqali boyib bo'ladimi o’zi? Moliya sohasida taniydigan odamlaringizga qarang. Ularning qanchasi o'z puliyu o'z investitsiyasidan boyidi? Esda tuting — bular sohaning ekspertlari. Moliyada ko'pchilik o'yinning qoidalari va boshqalar pulini yig'ish — ya'ni sizning pulingiz — orqali boyiydi. Portfelingizda sodda, xavfsiz va arzon yechimni ushlang. (Bizda bunday imkoniyatlarni hali bilmayman, balki fond bozorlariga investor sifatida kirishni aytsa bo'lar, muallif Amerika fondlarini misol keltirgan - tarjimondan) Asosiy kapital menga karyerada va hayot tajribasida ko'proq risk olish imkonini berdi — lekin asosiy kapitalning o'zida emas. --- Umrlik imkoniyatlar o'n yilda bir marta keladi. — Ya'ni: yaxshi kelishuvlar kredit bozorlari yopilganda tuziladi. Men qayerlarda aktivlarimni ushlayman:
🔋Google запускает бесплатный 5-дневный курс по созданию AI-агентов Google и Kaggle проведут 5-дневный интенсив по созданию AI-агентов и vibe coding - это бесплатный интенсив для тех, кто хочет научиться создавать AI-агентов и использовать vibe coding на практике. Предыдущий AI Agents Intensive собрал более 1,5 млн участников За 5 дней участники разберут, как работают AI-агенты, как подключать к ним инструменты, API, память, контекст и как доводить прототипы до более прикладного уровня. В программе: - создание AI-агентов с нуля; - работа с инструментами, API и code execution; - context engineering, память и состояние агента; - тестирование, безопасность и guardrails; - финальный практический проект. 🗓 Дата проведения: 15-19 Июня 2026 🎤 Формат: Онлайн 🚀 Перейти к регистрации —————————— @startupchoyxona - Мероприятия и возможности для стартапов и инвесторов в Центральной Азии #возможности
A good read I've found recently, True Wealth
Yozish haqida so'rabsiz Yozishni hammaga maslahat beraman. Eng katta foydasi o'zingizga, yaxshiroq anglaysiz. Fikrlaringizni, tajribalaringizni, ba'zan o'zingizni yaxshiroq tushunish uchun his qilib turgan holatingiz haqida ham yozing. Yana, Naval aytganiday, xotirangizga muxrlaysiz yoki hayolingizdan chiqarasiz. O'zingiz uchun alohida bir papka qilib, o'sha yerda bitiklaringizni yozib boring. Men Notionga yozishni boshlaganimdan keyin, ancha ko'proq yozishni boshladim. Kanalga yozishda, odam o'ziga o'zi keraksiz senzura qo'yib qo'yadi - "qiziq bo'larmikan", "tushunarli bo'lmasachi" degan savollar bilan o'zini qiynab qo'yadi. 0 dan, bo'sh varoqda, g'oya qidirib yozish qiyin, hayolingizda yurgan masala, olgan taassurotlaringiz haqida yozing. Ba'zi, ishtiyoq bilan o'qiydigan mualliflarim postlarini qaysidir yaqiniga murojaat ko'rinishida yozisharkan. Men ham bu postni Sanjar tog'amning yozish haqidagi so'roviga javoban yozyapman. Mayli, bittada ravon chiqmasin, yozavering. Fikrni to'liq yozib bo'lgandan keyin tarashlash va o'zi fikringizni qaytadan o'ylab ko'rish ancha oson va samaraliroq bo'ladi. Yozing, xotiralar qoladi, bilim yoki ishtiyoq beradi, yangi g'oyalar paydo bo'ladi.
Ostona - qozoq baurlarimizning tarixiy hayot tarzlari, erkinlik, va keng joylarga intilishlarining ifodasiligi sezilib turdi. Shaharda ko’chalar juda keng, osmono’par, hajmi katta binolar ko’p bo’lishiga qaramay, uzoqdagi ufqni bemalol topsa bo’ladi, osmon…
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin, azizlar! Alloh qilgan ibodatlarimizni qabul qilsin. Òzining tòģri yòliga bizni bardavom hidoyat qilsin.
Ostona - qozoq baurlarimizning tarixiy hayot tarzlari, erkinlik, va keng joylarga intilishlarining ifodasiligi sezilib turdi. Shaharda ko’chalar juda keng, osmono’par, hajmi katta binolar ko’p bo’lishiga qaramay, uzoqdagi ufqni bemalol topsa bo’ladi, osmon yaqin. Havo juda yengil, toza edi. Shahar arxitekturasida Olmaotadan sezilarli farq qiladi. Qurilishdagi farqni yashayotgan va shaharlarni qurgan jamiyatlar bilan ifodaladim. Ostonaning asosiy qurilishi mustaqillikdan va Ostona poytaxt bo'lib tanlangandan keyin bo'ldi, va aholining 83%+ qismi qozoqlarni tashkil qilar ekan, shu sababdan bu shahar nisbatan kengroq, keng makonlarga o'rgangan xalqning shahri bo'lib ko'rindi menga. Olmaotada qurilish sobiq sovet davridan beri bo'lgan, va aholining katta qismi (~37%) ruslar, uyg'urlar va boshqa millatlardan tashkil topgan. Olmaotani ko'rganlar shahar anchagina zich qurilganini sezgan bo'lsa kerak. Bugun Ostonada 1,66 mln odam yashar ekan, taksistlardan propiska tartibi qo’yilayotgani haqida eshitdim…. Narxlar Toshkentdan qimmatroq. Yandexda bir xil masofa uchun deyarli 2 baravar farq sezildi. Odamlarning ko’plari qozoq tilida gaplashishni afzal bildi, tushunishga deyarli qiynalmadim. O’zbekistonga ko’plari bir necha marta borgan, ba’zilari ancha vaqt yashagan ekan. Bizning shaharlarni, ovqatlarni, va mehmonlarga (ayniqsa, GAI lar tarafidan) munosabatni ko’p maqtashdi. Juma namozini ulkan markaziy masjidda o'qidik, bir vaqtda 235 000 odamni sig'dirish imkoniyati bilan qurilgan masjid men ko'rgan eng katta masjid bo'ldi. Juma xutbasida Qur'on oyati yoki hadisdan keyin qozoq tiliga tarjimani qo'shib o'qir ekanlar. Masjidda alohida bo'limlarda ayollar ham juma namozida ishtirok etishdi. Ostonada IFBF forumida ishtirok etganim sababli ko’p kompaniyalar bilan uchrashish nasib qildi, xursand qilgani, katta kompaniyalar faqat 1 markazdan chiqmagan, Ostona poytaxt bo’lishiga qaramay, haligacha ko’p kompaniyalarning bosh ofislari Olmaotada joylashgan yoki yangi muvaffaqiyatli kompaniyalar shu shahardan ham chiqayotgan ekan. (20-22 may Ostona safaridan)
Pul atrofidagi 7 ta ish - 4/4 (Bu ishlarni yaxshiroq qilish, kengroq yoyish nimalarga olib keladi?) Barcha korxonalar ko'pincha tezroq, arzonroq, sifatliroq xizmatni qanday yaratamiz, qanday qilib ko'proq foyda olishimiz mumkin deb yondashadi. Har doim ham korxonalar fokus bergan ishlarning rivoj topishi ko’pchilik uchun taraqqiyot belgisiga aylanmaydi. Pulga yaqin misol bersam, qimor o’ynashni osonlashtirish jamiyat uchun faqat ziyonga ishlaydi. Tabiiy ravishda savol paydo bo’ladi, qaysi ishlarni yaxshiroq bajarsak ijobiy taraqqiyotga hissa qo’shishimiz mumkin bo’ladi? Fintex - O’zbekistonda eng tez rivojlanayotgan sohalardan, hozirgacha chiqqan 2 ta unicorn ham shu sanoatdan, va fintex yaxshi bajaradigan ishlar to’g’ridan to’g’ri iqtisodiyot va jamiyatimiz rivojiga yoki tanazzuliga hissa qo’shadi. Rivojiga hissa qo’shish uchun: - pul aylanishini qulayroq qilishimiz mumkin - odamlar to’lov qilish uchun navbatlarda vaqt yo’qotmasligi uchun, - bo’lishish yo’llarini osonlashtirishimiz mumkin - oyliklar vaqtida berilishi, zakot, meros hisoblash qiyinligi sababli kechiktirilmasligi uchun, - ko’proq imkoniyatlarga eshik ochishimiz mumkin (ortiqcha iste’mol oldini olishga harakat bilan) - ish qurolini olish yoki zarur ehtiyojni qoplash kechiktirilmasligi uchun, - ko’paytirish usullarini ommalashtirishimiz mumkin - faqat umr va ter emas, yaxshi investitsiyalar va jamg’armalar ham pul olib kelishi uchun, - va, nazarimda, hozir uchun eng aktuali - o’lchash va reja qilishni osonlashtirish va ommalashtirishimiz mumkin - ter to’kib topgan pullarimiz nimalarga ketayotganini anglash va keladigan xarajatlar umrimizni yeb qo’yishini oldini olish uchun. Biz mahsulotlarimiz bilan bajaradigan ishlar faqat foydalanuvchilarni jalb qilish va ulardan pul topish uchun yaratiladigan funksionallar emas, hayotlarni o’zgartiradigan amallarimiz ham bo’la oladi.
Pul atrofidagi 7 ta ish - 3/4 (Usulni real mahsulot misolida sinab ko’ramiz) Alif misolida tahlil qilamiz. Bizning foydalanuvchilarimiz: - Kartalarida pul saqlaydilar; - Bir-birlariga ko'chiradilar; - Balansga qarab "qancha bor"ligini o'lchaydilar, “tarix” bo’limiga qarab reja qiladilar; - Jett orqali aksiyalarga investitsiya qilib pulni ko'paytiradilar (yoki kamayishi ham mumkin - risk doim bo’ladi); - Nasiya orqali pullari hozir yetmasa-da ko’p qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. - Evos, Safia yoki Korzinkada ishlatadilar — tovar va xizmatlar oladilar; - Soliqlarini to'lab majburiyatlarini bajaradilar; - Zakotlarini hisoblab, muhtojlarga bo'lishadilar. Mahsulotimiz ichida har biri bir nechta ishni bajaruvchi mahsulotlarimiz bor, misol: Alif Karta — saqlash + ko'chirish + foydali ishlatish uchun. Nasiya — foydalanish imkoniyati + reja + majburiyatlarni kuzatib, vaqtida bajarish uchun. Analitika — o'lchash + reja qilish uchun. Mahsulot qancha ko'p ishni yaxshi bajara olsa, foydalanuvchi siz bilan qolish ehtimoli shunchalik ortadi.
Pul atrofidagi 7 ta ish - 2/4 (JBTD ni pul atrofidagi ishlarga qo’llaganda) Mahsulotlarimizni kengaytirish haqida o’ylaganda, JTBD usulini pul uchun ham ishlatish fikri keldi. Undan esa qaysi ishlarni bajarish muhimroqligi haqida turli izlanishlar. Bu qismda pul atrofidagi ishlarga sho’ngiymiz, ularni bugungi fintex mahsulotlari qanday ko’rinishlarda yopayotganini va bu ishlar real hayotda qanaqa oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’rib chiqamiz. Mahsulotlarimiz ortidagi va pul atrofidagi haqiqiy ehtiyojlarni tahlil qilib - quyidagi ro'yxatni yig’dim: 1. Saqlash. Pulni biror ko’rinishda saqlash. Masalan, pulingizning bir qismi kartalarda, bir qismi hamyoningizda, bir qismi balki omonatlarda saqlanar. 2. Ko'chirish yoki qabul qilish. Pulni bir manzildan boshqasiga olib o'tish. Bir hisobdan boshqasiga, kartadan boshqa bir kartaga, bir mamlakatdan boshqasiga. Aytgancha, pulni vaqtlar orasida ko'chirish ham mumkin — kelajakdan bugunga (kredit, nasiya) yoki bugundan kelajakka (jamg'arma, investitsiya, ehson…). 3. O'lchash va reja qilish. "Qancha pulim bor?" deb Alifni ochganingizda yoki cho’ntagingizga qaraganingizda shu ishni bajarasiz. "Qayerga ketdi?", "Maoshgacha yetadimi?" deb balki qaydlar analitikasiga qarab reja qilarsiz. To'y, ta'til, ta'lim, ta'mir, pensiyaga, birdan kelib og’irlik qilmasligi uchun. 4. Ko'paytirish yoki qadrini yo’qotishidan himoya qilish. Pulingiz o'zidan ko'proq pul yaratishi uchun investitsiya, biznes yoki ulush sotib olishingiz. Aytgancha, hozir pulingiz faqat inflyatsiya emas, firibgarlardan ham himoya qilishga e’tibor berishingiz kerak. 5. Foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish. Pul atrofida uni ayirboshlab, evaziga olinadigan imkoniyat ham bo’ladi. Ta'lim, sog'liq, vaqt, ish quroli, status — har biriga pul orqali imkon topiladi. Masalan, Noutbukka to’langan pul — bu ish topish imkoniyati. Kir mashinasi uchun ketgan pul qo’shimcha ikki soat vaqtni bo’shatishga imkon yaratadi. Telefon ga pul ajratsangiz — yangi ish (kuryer, taksi)ga imkon ochishi mumkin yoki o’zingizni statusli ko’rsatishga (bunisi, darhaqiqat, arzimas maqsad). 6. Majburiyatlarni bajarish. Pulimiz bilan soliqlar, ijara, qarzimizni to'laymiz. 7. Bo'lishish. Boshqalarga berish orqali: oylik, sovg'a, xayriya, zakot, meros. Mana shu asosiy 7 ta ish atrofida fintexlar qurilgan. Qo'shimchalar, albatta, bo'ladi.
Pul atrofidagi 7 ta ish - 1/4 (JTBD usuli) Mahsulot menejerlari mahsulotlar ustida ishlashda "jobs to be done" usulidan foydalanishadi. G'oya oddiy: foydalanuvchi mahsulotingizni olmaydi — uni biror ishi uchun yollaydi. Misol: telefon - telefonning o’zi bilan hozir o’nlab ishlarimizni yopamiz - uzoqdagi inson bilan aloqa, zerikkanda suhbat yoki ijtimoiy tarmoq, Yandex yoki MyTaxida ishlash, vaqtni bilish, to’lovlar qilish, statusimizni ko’rsatish va hokazo. Fintexda biz "moliyaviy mahsulot"lar bilan ishlaymiz — kartalar, hisoblar, kreditlar, omonatlar, sarmoya... Asos - pul, mahsulot - pul harakati, foydalanuvchimiz esa - pul bilan biror ko’rinishda muomala qiluvchilar. JTBD bilan tanish bo'lmasangiz, bu yerda yaxshi kirish bor. Qisqasi: foydalanuvchi mahsulotingizni o'z ishini bajarish uchun "yollaydi". Sizning vazifangiz va yutug'ingiz — uning ishini yaxshiroq, tezroq, arzonroq yoki ishonchliroq bajarishda.
На этом видео вам достаточно понимать несколько популярных слов, чтобы уловить контекст: 1) Карачи (Пакистан) 2) Алиф 3) Installment (рассрочка) Мы уже работаем в Пакистане — стране с населением около 260 млн и сейчас начали активнее продвигать продукт рассрочки. Получили лицензию небанковской кредитной организации и масштабируем то, что уже хорошо работает в Узбекистане (Alif Nasiya) и Таджикистане (Салом).
The Road to Mecca (by Muhammad Asad) What a book! What a life! What a journey! Anchadan beri bu qadar qiziq va chuqur kitob o’qimagandim. Avstriyalik yahudiy Leopold Weiss ning yigitlik vaqtidagi (1921 yillar) Quddusga va undan arab va musulmon olamiga sayohati va bu sayohat davomida ko’rgan kechirganlarining tahlili haqidagi kitob. Tarixiy, badiiy, tahlil, tafakkur va sarguzashtlarga boy. Leopold Weiss ning Muhammad Asadga aylanishi haqidagi kitob. Kitobda ikki narsa meni qattiq ta’sirlantirdi (vaqt bo’lsa, bular haqida batafsilroq yozaman yana): 1. Musulmon olamining tahlillari: - unda 4 roshid xalifadan keyin rahbarlik urug’chilikka va me’ros ishiga aylanib qolgani to’g’risidagi siyosiy tahlil; - asli g'arblik bo'lgan muallifdan, musulmon jamiyati qayerdan bo’lsa ham ilmni olishga ochiq bo’lish kerakligi, lekin hayot tarzi va madaniyatni g’arbdan olishga hech qanday ehtiyoji yo’qligi to’g’risidagi ijtimoiy tahlil; - ibn Saud va Sanusiy tartibi qurishga uringan davlatlari tarixiy tahlili; - va yana hozir yodimga tushmagan, lekin juda o’rinli va tafakkurga undaydigan tahlillari; 2. Hayotga nisbatan yondashuvi: - kuzatish va tafakkur qilishga doim ochiqlik; - qiziquvchanlik va yangi sayohatlardan hech qo’rqmaslik; - qirollar bilan muomalada ham o’zni yo’qotmaslik; - biror narsaga kirishdimi, unga borini berishlik; - hayotni to’la yashashlik. Muhammad Asadning o’zi, tarixiy ishlarda gapirsam, g’arb nashriyotlari uchun jurnalist sifatida sharqda ish boshlaydi, vaqt o’tishi bilan Saudiya Qirolligi endi tashkil topayotgan vaqtda qirollik asoschisi Abdulaziz ibn Saudga yaqin maslahatchi, Hijoz sahrolarini tark etgandan so’ng hind mutafakkiri Muhammad Iqbol bilan Pokiston davlatining qurilishida ideologik hissa qo’shib, BMT dagi ilk elchisi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Alif’da gaz tahlili bor Endi “Mening uyim” bo‘limida gaz bo‘yicha batafsil statistika mavjud: • kundalik xarajatlar • ortiqcha sarf • iste’mol dinamikasi Xarajatlarni kuzatib boring, xarajatlarni tahlil qiling va oilaviy budjetni oldindan rejalashtiring — Alif’ni oching 💚 *Yangilanish hozirda faqat Android uchun mavjud. ••• В Alif доступна аналитика по газу Теперь в разделе «Мой дом» доступна подробная статистика по газу: • текущие расходы • перерасход • динамика потребления Следите за затратами, анализируйте использование и планируйте семейный бюджет заранее — откройте Alif 💚 *Обновление на данный момент доступно только для Android.
Ежемесячный объем транзакций через суперапп Alif превысил $1 млрд в Узбекистане и Таджикистане Сооснователь Alif Абдулло Курбонов заявил, что ежемесячный объем транзакций через суперапп Alif превысил $1 млрд в Узбекистане и Таджикистане — по его словам, это отражает переход пользователей от наличных к цифровым платежам. Аудитория достигла 10 млн пользователей, а за четыре года объем вырос примерно в 30 раз. Цифровые платежи становятся базовым сценарием: пользователи переходят к повседневным расчетам через приложение, а бизнес начинает воспринимать это как стандарт. Переход развивается от оплаты услуг к ежедневным платежам — по мере накопления таких сценариев цифровые расчеты закрепляются как норма. Наличные сохраняют значительную долю, но более $1 млрд в месяц через один суперапп в двух странах показывает: переход уже стал системным. ТГ канал👉@uzbekfintech