Novda School | Xususiy maktabi
Статистика🧑🎓1-11-sinflar uchun ⚡️5 xil yo'nalish: Iqtisod, IT, Yurisprudentsiya, Filologiya, Tibbiyot ☎️ +998 (88) 140-55-55 🔥 Milliy tarbiya bilan zamonaviy ta’lim sari! 🌐 https://novdaschool.uz/
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 812
- 1/48двое суток
- 930
- 1/72трое суток
- 1 003
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌱 Maktab sari ilk qadamni to‘g‘ri tanlovdan boshlang! ✨Farzandingizning maktabdagi ilk yillari uning kelajakdagi ta’limi uchun muhim poydevor yaratadi. Aynan shu davrda bilim olishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil fikrlash, intizom va yangi muhitga moslashish kabi ko‘nikmalar shakllana boshlaydi 📚Novda Schoolda esa bu jarayonni zamonaviy va qulay ta’lim muhiti orqali yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar nafaqat fanlarni o‘rganadi, balki muloqot qilish, fikrlash, jamoada ishlash va o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlarga ega bo‘ladi 🎓 Novda School’da 0-sinfdan 4-sinfgacha qabul davom etmoqda Ro’yxatdan o’tish uchun pastdagi havoladan o’ting Ro’yxatdan o’tish
🌱 Farzandingizning qiziqishini kashf eting ✨Har bir bola o‘ziga xos. Ba’zida uning nimaga qiziqishi yoki qaysi yo‘nalishda kuchli ekanini bir qarashda anglash qiyin Farzandga imkoniyat berish, uni qo‘llab-quvvatlash va tanlov qilishiga sharoit yaratish orqali uning tabiiy qobiliyatlarini yaxshiroq anglash mumkin. Eng muhimi, bolani boshqalar bilan solishtirmaslik va uning qiziqishlariga hurmat bilan qarash Ota-onalar farzandiga turli imkoniyatlarni sinab ko‘rish, yangi narsalarni o‘rganish va o‘zini turli yo‘nalishlarda namoyon qilish uchun yetarlicha erkinlik berishi muhim ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
📚 Darsdan keyingi vaqt ham bilim uchun Novda School’da ta’lim jarayoni faqat dars soatlari bilan cheklanmaydi. O‘quvchilarning maktabdagi kuni bilimlarini mustahkamlash, uy vazifalarini bajarish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham yo‘naltirilgan Bu jarayon o‘quvchini har safar tayyor javob kutishga emas, mustaqil izlanish, fikrlash va mas’uliyat bilan ishlashga o‘rgatadi Chunki haqiqiy ta’lim — faqat darsda eshitilgan ma’lumot emas. O‘rgangan bilimini mustaqil qo‘llay olish ham katta natijaning bir qismidir ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🏆 Mehnatning natijasi doimo yuksak bo’ladi ✨Har bir yuksak natija ortida kuchli intizom va to’g’ri yo’nalish yotadi. Muvaffaqiyat hech qachon tasodifan kelmaydi, u har kuni qo’yilgan kichik qadamlarning natijasidir Novda School o’quvchisi Qurbonaliyev Azimjon o’zining bilim va mehnati bilan yuqori natijalarga erishdi 🌟Natijalar: • Kimyo A+ • Biologiya A • Ona tili C • IELTS 6.0 Ushbu yutuqlar evaziga Azimjon oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yetarli ballarni jamg’arib qo’ydi Novda School’da o’quvchilar nafaqat imtihonlarga, balki o’z kelajagini ishonch bilan qurishga tayyorlanadi. Biz ishonamizki, to’g’ri ta’lim muhiti va fidoyi ustozlar har bir o’quvchining salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
📵 Nega Novda School’da telefon taqiqlangan? ✨Bugungi kunda bolalarning eng qimmatli boyligi bo’lgan vaqtning katta qismi telefon ekranlari qarshisida o’tmoqda. Natijada esa diqqat susayadi, kitob mutolaasi kamayadi va o’rganishga bo’lgan qiziqish pasayadi Shu sababli Novda School’da o’quvchilar uchun telefonsiz ta’lim muhiti yaratilgan. Biz o’quvchilarning vaqtini ekran ortida emas, bilim olish, fikrlash, muloqot qilish va o’z salohiyatini rivojlantirishga sarflashini muhim deb bilamiz Shu bilan birga, yuqori sinf o’quvchilarining ta’lim ehtiyojlari ham inobatga olingan o’quv jarayonida zarur bo’lganda shaxsiy noutbuklaridan foydalanishlari mumkin ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🎓 Novda school ustozlari bilan tanishing Yaxshi natijaning ortida, avvalo, yaxshi ustoz turadi Bugun sizni Novda School ingliz tili o’qituvchisi Chingiz Dadamirzayev bilan tanishtiramiz. Xalqaro CELTA va CAM sertifikatlariga ega bo’lgan ustozimiz bir necha yildan buyon o’quvchilarni yuqori natijalarga tayyorlab kelmoqda. 📈 IELTS 8.5 gacha natijalar, 7-sinf o’quvchilari CEFR B2 darajasiga erishgani esa bu mehnatning eng yaxshi isbotidir 🎥 Videoni tomosha qiling va ustozimizning ta’limga bo’lgan yondashuvi bilan yaqindan tanishing ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Янги Наманган туманида замонавий хусусий мактаб ҳамда йўл қурилиши ишлари билан танишилди. Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов бугунги ўрганишларини Янги Наманган туманида давом эттирди. Дастлаб “Меҳнатобод” маҳалласи ҳудудида қурилаётган 1000 ўринли замонавий хусусий мактаб - NOVDA SCHOOLда яратилаётган шароитлар кўздан кечирилди. Мазкур таълим муассасаси 3 қаватли бўлиб, замонавий архитектура ечимлари асосида барпо этилмоқда. Синф хоналари қатори ўзининг ошхонаси, узоқдан қатновчи ўқувчилар учун ётоқхонаси ҳам бўладиган мактабда сўнгги пардозлаш ишлари амалга оширилмоқда. Лойиҳа доирасида ўқув бинолари билан бир қаторда ободонлаштирилган ҳудуд, кўкаламзорлаштириш ишлари ва ўқувчилар учун қулай рекреация зоналарини ташкил этиш назарда тутилган. Айни пайтда 4Р-117 Шимолий айланма йўлининг Чортоқ йўлига туташ 29–35 километр қисмида мукаммал таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда. Вилоят раҳбари жараён билан яқиндан танишди. Лойиҳа доирасида қатнов йўли кенгайтирилиб, асфалт-бетон қопламасини ётқизиш, 2 та кўприкни тўла таъмирлаш, шунингдек, ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида ерости пиёдалар йўлагини қуриш ишлари амалга оширилди. Лойиҳага мувофиқ, мазкур йўл 6 полосали қилиб қайта қурилмоқда. Бу транспорт воситаларининг эркин ҳаракатланиши, тирбандликларнинг камайиши ҳамда ҳаракат хавфсизлигининг ошишига хизмат қилади. Вилоят ҳокими Янги Наманган туманидаги ўрганишлари давомида қаровсиз ва бўш турган ерлардан оқилона фойдаланиш, аукцион савдолари орқали тадбиркорларга бериш ва янги ишлаб чиқариш зоналари ташкил этиш бўйича ҳам мутасаддиларга тегишли топшириқлар берди. Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати. ________ Yangi Namangan tumanida zamonaviy xususiy maktab hamda yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugungi o‘rganishlarini Yangi Namangan tumanida davom ettirdi. Dastlab “Mehnatobod” mahallasi hududida qurilayotgan 1000 o‘rinli zamonaviy xususiy maktab - NOVDA SCHOOLda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur taʼlim muassasasi 3 qavatli bo‘lib, zamonaviy arxitektura yechimlari asosida barpo etilmoqda. Sinf xonalari qatori o‘zining oshxonasi, uzoqdan qatnovchi o‘quvchilar uchun yotoqxonasi ham bo‘ladigan maktabda so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida o‘quv binolari bilan bir qatorda obodonlashtirilgan hudud, ko‘kalamzorlashtirish ishlari va o‘quvchilar uchun qulay rekreatsiya zonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Ayni paytda 4R-117 Shimoliy aylanma yo‘lining Chortoq yo‘liga tutash 29–35 kilometr qismida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Viloyat rahbari jarayon bilan yaqindan tanishdi. Loyiha doirasida qatnov yo‘li kengaytirilib, asfalt-beton qoplamasini yotqizish, 2 ta ko‘prikni to‘la taʼmirlash, shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yerosti piyodalar yo‘lagini qurish ishlari amalga oshirildi. Loyihaga muvofiq, mazkur yo‘l 6 polosali qilib qayta qurilmoqda. Bu transport vositalarining erkin harakatlanishi, tirbandliklarning kamayishi hamda harakat xavfsizligining oshishiga xizmat qiladi. Viloyat hokimi Yangi Namangan tumanidagi o‘rganishlari davomida qarovsiz va bo‘sh turgan yerlardan oqilona foydalanish, auksion savdolari orqali tadbirkorlarga berish va yangi ishlab chiqarish zonalari tashkil etish bo‘yicha ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
🏗️ Kelajak sari yana bir muhim qadam ✨Novda School’ning Go’zal filiali qurilishning so’nggi bosqichlariga yetib keldi. Bugun bu yerda so’nggi qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda Har bir sinfxona, har bir yo’lak va har bir detal o’quvchilarga zamonaviy, qulay va ilhomlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish maqsadida bunyod etilmoqda Yaqin kunlarda bu maskan yuzlab o’quvchilarni bag’riga olib, ularning orzulari va yutuqlariga guvoh bo’ladigan yangi bilim maskaniga aylanadi ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🧠 Yozgi ta’til bilim olishga to’sqinlik qilmaydi Ta’til davom etayotgan bo’lsa ham, Novda School o’quvchilari o’z ustida ishlashda davom etmoqda. Bu gal ular bilan qiziqarli blits savol-javob tashkil qildik ✨Mantiqiy savollar, tezkor fikrlash va topqirlikni sinovdan o’tkazgan ushbu jarayon o’quvchilarimizning nafaqat bilimini, balki hozirjavobligi va kreativ fikrlash qobiliyatini ham namoyon etdi Chunki Novda School’da bilim olish faqat dars bilan cheklanmaydi. Har bir mashg’ulot, har bir faoliyat o’quvchilarimizning fikrlashi va dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiladi 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🏗️ Katta orzular katta loyihalardan boshlanadi ✨ Novda School’ning yangi filiali jadal sur’atlarda bunyod etilmoqda. Zamonaviy loyiha asosida qurilayotgan maktab o’quvchilar uchun nafaqat sifatli ta’lim, balki qulay va xavfsiz muhitni ham taqdim etadi 🏫 Keng va yorug’ sinfxonalar, basseyn, zamonaviy infratuzilma, xavfsizlik tizimi hamda o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar bularning barchasi bitta maqsadga xizmat qiladi: farzandlarimizga munosib ta’lim maskanini yaratish Har bir g’isht ortida kelajak uchun qo’yilgan mustahkam poydevor yotadi. Yaqin kunlarda Novda School yana yuzlab o’quvchilar uchun o’z eshiklarini ochadi ☎️ Murojat uchun: +998 88 140 55 55 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari
🌟 Novda School tarixidagi ilk sarhisob Novda School jamoasi uchun muhim va unutilmas sahifalardan biri yozildi. Sarhisob davomida o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar tahlil qilinib, kelgusidagi maqsad va rejalar belgilandi. ⚡️ Shuningdek, o‘z mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turgan xodimlarimiz turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Har bir yutuq ortida o‘z ishiga sadoqat bilan yondashadigan jamoamizning fidokorona mehnati turadi. Ana shunday jamoa bilan Novda School yanada yuksak marralar sari ishonch bilan odimlamoqda. 🏫 Novda School — milliy tarbiya va zamonaviy ta’lim sari.