- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 32
- 1/48двое суток
- 36
- 1/72трое суток
- 39
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
https://t.me/nssa_qavs
без подписи
"Mio, bolajonim Mio" asarining yangi nashri qo'limizga tegdi. Kitob qayta tahrirlandi, ajoyib rasmlar bilan boyitildi. https://t.me/nssa_qavs
* * * Бу итларни, Бегойим! Ғажийдиган шаштим бор. Олапарга ўчкорман, Қоплондаям қасдим бор. Рашким келар, гоҳ улар — Қўлингизни ялашса... Наҳот энди Сизни мен Итлар билан талашсам?! Анвар ОБИДЖОН https://t.me/nssa_qavs
*** Кўзингда бир калом тентирар унсиз, Кўзингда бир қайғу жилмаяр маъсум. Ахир, мен – кафанга ўралган бир ҳис, Кўзларинг оқига чулғанган мардум. Ахир, мен – заминда яшаган осмон, Ахир, мен – осмонга етмаган овоз. Ахир, бу дунёнинг ростлиги – ёлғон, Ахир, бу дунёнинг ёлғонлиги – рост. Ахир, бу дунёда мен бошқа дунё, Меники эмас бу ўткинчи кадар. Ахир, мен қирқ йилда бўлай деб бунёд, Кечдим тўққиз ойлик дунёдан бадар. Жисмимни киннадай ёриб кирган жон Чақирганим билан чиқмас бир муддат. Ёлворганим билан ёришмайди тонг, Ҳайдаганим билан кетмайди зулмат. Айтсанг-да – айтмасанг кетарман тўзиб, Гумроҳман – йўлимга тикаверма кўз. Ахир, мен – дунёга ўтмаган сўзинг, Ахир, мен – дунёдан ўтаётган сўз… ОДИЛ ИКРОМ https://t.me/nssa_qavs
Bugun Zabarjad media jamoasi bilan kinoteatrda Kristofer Nolanning "Odissey" filmini tomosha qildim. Operator, bastakor va aktyorlar mahorati, kinoteatrdagi super atmosfera, maxsus effektlar, Nolan dahosi haqida gapirmoqchi emasman. Filmni ko'rish asnosida va undan keyin bir fikr hech xayolimni tark etmadi. Gapni uzoqdan boshlayman. Inson betartib mavjudot. Turmush tarzi, ovqatlanish, ish va oila o'rtasidagi muvozanatni ushlash kamchilikkagina nasib etadi. Gap ayniqsa sog'liq haqida ketganda beparvomiz. Noto'g'ri ovqatlanish, zararli odatlar, zamonamizga xos kamharakatlilik tana atalmish muqaddasotni (buni ikkilanmay aytyapman, tanamiz Tangrining omonati. Omonat esa muqaddas) sekin-asta yemiradi. Oqibatda surunkali kasalliklar avj oladi. Ba'zan sog'lom hayotga qaytish, hatto yashash uchun yagona yo'l qoladi – operatsiya. Yoqimsiz jarayon, lekin boshqa chora yo'q. Natijada ma'lum a'zongiz (deylik bitta buyrak, o't qopi yoxud jigarning bir qismi va h.k) kesib tashlanishi mumkin. Siz yashashda davom etasiz, biroq oldingidek sog'lom bo'lmaysiz. Hech qachon. Odisseyning boshiga tushgan sinovlarni o'zimcha ma'naviy-ruhiy operatsiya deb talqin qildim. U dushmanni halol jangda yengolmagach, Troya otini o'ylab topdi. Qal'aga hiyla yo'li bilan bostirib kirgan yunonlar begunohlarni qatliom qilishdi, ayollar va bolalar, keksalar va kasallar o'ldirildi, ma'budlarning haykallari tahqirlandi. Bu Odisseydagi surunkali kasallikning boshlanishi edi. Bunga siklop Polifemning ko'zini o'yish epizodini ham qo'shish mumkin. Shunday qilib taqdirning o'zi uni operatsiya qilishga kirishdi. Kalipso orolida kechgan yillarni bemalol narkoz ta'siri ostidagi uyqu holati yoki komaga mengzash mumkin. Operatsiya stolidagi inson ba’zan ogʻir tushlar koʻradi. Hayot va oʻlim oʻrtasidagi oʻsha nozik koʻprikda turganda, marhum qarindoshlar koʻziga koʻrinadi: ular bemorni yo oʻzlari sari chorlaydi, yo ortga haydaydi. Muallaq ruh kelajakni gʻira-shira sezadi. Odissey ham marhumlardan yoʻl soʻradi. Ular orasidagi koʻr bashoratchi Tiresiy taqdir soʻqirligining ramzi emasmi? U bizni keyingi lahzada qaysi sinov va fojia sari uloqtirishini bilolmaymiz. Kino va eposdagi eng hayratlanarli sahnalardan biri shubhasiz Xaribda va Ssilla oraligʻidan oʻtish. Shunday vaziyatlar boʻladiki, bizni ikki tomonda ham yomonlik kutib turadi. Qaysini tanlamaylik, yoʻqotish muqarrar. Odissey barcha kemadoshlarini birdaniga o'z domiga tortadigan Xaribdadan koʻra, oltita hamrohini yeydigan Ssillani tanladi. Bu – qismat qarshisidagi eng achchiq, ammo zarur tanlov. Navbat o'sha, kesib tashlanadigan tana a'zosiga keldi. Odisseyning vaziyatida bu – Geliosning muqaddas sigirlaridan birini so'yib yegan kemadoshlari. Operatsiya tugadi. Odissey palataga – Itakaga olindi. Narkozdan keyingi mastlikka o'xshash, inson ba'zan kimligini ham eslolmaydigan qisqa jarayon boshlanadi. Lekin bu mastlikni Odissey emas, itakaliklar his etishdi. Odam oʻzida borining qadrini undan ayrilmaguncha anglamaydigan mavjudot. Ba’zan operatsiya shuning uchun ham kerak. Odissey qazoyi qadarga qarshi isyon qilish foydasizligini anglab, oʻz ixtiyorini uning izmiga topshirgandan keyingina sog'aya boshladi. Film soʻngida u halok boʻlgan kemadoshlarining gunohini yuvish va ma'budlardan kechirim soʻrash uchun gʻarbga yoʻl oldi. Ha, odam istasa-istamasa operatsiyadan keyin qat’iy parhez va sog'lom hayot tarziga rioya qiladi. Zero ikkinchi xatoga tana ham, ruh ham bardosh berolmaydi. https://t.me/nssa_qavs
Shevalarimizdan aylanayda! Hozir tahrir paytida "dusk" so'ziga duch keldim. Bu o'sha hammamiz bilgan shomning g'ira-shira payti ma'nosini beruvchi ruscha "сумерки" so'zining inglizcha varianti ekan. Bu so'zni o'zbekcha muqobili yo'q deb yurardim. "Oqshom" , "shom" kabi so'zlar esa nazdimda "сумерки" ning ma'nosini to'liq ochib berolmaydi. Lug'at titkilab tursam, oldimdan shevaga xos so'z – "govgum" chiqib qoldi. Forschadan to'g'ridan to'g'ri o'girilsa "sigir yo'qoldi" degan ma'noni bildiradi. Hech ikkilanmay undan foydalandim. P.S: Muharrirlikning mana shunday quvonchlari bor)). P.P.S: Tilimiz boy. Bu boylikdan ko'ngildagidek foydalanishda oqsayapmiz xolos. P.P.P.S: darvoqe, "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" nashriyotida chiqqan o'zbek tilining izohli lug'atida bu so'z "govgun" shaklida berilgan ekan. https://t.me/nssa_qavs
Бугун Пушкиндан ўқиб, замонавий шоирларни бир зум унутайлик. *** О, тасодиф, беҳуда инъом, – Ҳаёт, нега келмишсан машъум? Нечун сирли тақдир беомон Этилгуси ўлимга маҳкум? Ким кўнглимга исён этиб жо, Қормиш менинг лойимни йўқдан Эҳтиросга қалбда бериб жон, Этмиш шубҳа ила бошни хам?.. Қаршимда йўқ кўзланган мақсад: Юрак бўм-бўш, жим ақл уни, Вужудимни азоблар беҳад Такроргина ҳаёт шовқини. *** Тингловдимки, илоҳий ёғду Ёлғиз дўстлик билан бетакрор. Бусиз насиб этмайди улгу, Кечиларди йўллар даҳшатвор, Сирли дўстлик – бўлмасайди у. Бироқ тингла – бор бир ҳиссиёт: Қувонч берар, берадир ҳасрат, Меҳнат, ҳордиқ ва ишқий қиё – Ўт қўяр ва оловдан асрар. Уюштирар кўнгиллар қатлин, У жафокаш бешафқат униб. Яра чуқур, бўлмайди ҳақли Яшамоққа умид учқуни. Бу эҳтирос – қилмас илтифот! Ул ёғду-ла битадир куним, Лек дардимга истамам шифо… *** Саҳрони ҳурлик-ла тутгувчи ўққа Юлдуздан-да эрта отландим бардам; Маҳкумлик битилган ҳар бир жўякка Қўлим ёрдамида пок ва бегуноҳ Озодлик уруғин сочдим дам-бадам – Вақтимни ҳавога совурдим бироқ, Эзгу ўйларим ва меҳнатимни ҳам... Қани, ўтланг, сукут сақлаган халқлар! Уйғотмас номус деб янграган овоз. Не зарур подага Ҳур деган матлаб? Юнгин олмоқ керак, ё қурбон этмоқ. Сурувга авлоддан-авлодга мерос Қамчи овозига эргашиб кетмоқ. МАҲКУМ Панжара ортида турибман маҳдуд. Мисли асирликда ўсган ёш бургут; Қанотларин силкиб ғамгин турдошим, Дарчадан пешлайди қонталаш ошин. Пешлаб, улоқтирар ва боқар мулзам, Мен ўйлаган ўйни ўйлайди у ҳам. Нигоҳ ила чорлаб, чуғурлайди роз Ва дейди: “Қани юр, этамиз парвоз! Озод қушмиз; оға, келди ул замон! Булутлардан ўзиб, чўққилар томон, Етажакмиз ошиб денгизу соҳил, Мен ва… шамол ҳоким манзилга охир!..” А. С. ПУШКИН Тарж: ФЕРУЗШОҲ
https://t.me/nssa_qavs
#video Nashriyotimizda ish samaradorligi haqida qisqacha 😄 🔸Zabarjad Media — eng yaxshisini ilinamiz!
Nega shoirlar vatan haqida she'r o'qiy boshlagan payt ko'pincha ensamiz qotadi? Savolni biroz o'zgartirib beraylik. Nega Shavkat Rahmonning 'Turkiylar' yo Cho'lponning 'Go'zal Turkiston' she'ri bizga haqiqiy san'atdek tuyuladi-yu Sirojidiin Sayyid yo Mahmud Toir har she'r o'qiy boshlaganda ko'zimizni olib qochamiz. Yo'q, gap faqat mansab orzusi yo kimgadir laganbardorlik qilishda ham emas. Shu yoshda Sirojiddin Sayyidning kimgadir mansab uchun madh o'qishi, shaxsan menga g'alati tuyuladi. Bu yerda bizni bezovta qilgan ikki xil holat bor: kitsch va camp. Kitsch bu o'ta yuksak va qadrli tushuncha, konsept yoxud tuyg'uning arzongarov ifodasidir. Avval ham aytgandim, yana takrorlay. Masalan, Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi tarixiy taraflama o'ta muhim bino sanaladi. Ammo Chorsuda uning besh ming so'mlik suvenir maketi hech qanday qadrga ega emas. Maketni ushlab ko'rganingizda tezda eskirishi, chang tortishi, Ko'kaldosh betakrorligidan mavhumligi, hatto Xitoyda ishlab chiqarilganigacha payqab turasiz. Qisqasi, uning hech qanday ijodiy qiymati yo'q. Vatan haqidagi she'rlarning ko'pi ham shunday, fabrikativ, hech qanday ijodiy qiymatga ega bo'lmagan arzon asarlardir. Faqat, asosiy muammo shundaki, kitsch odamni faqat achintiribgina qolmay g'azabini ham qo'zg'atadi. Ko2kaldosh maketiga qaray turib ko'p narsani o'ylash mumkin. U kabi arzon matoh uchun qancha odamning mehnati, material va vaqti isrof bo'lgan. Vatan haqidagi she'r esa nafaqat so'zni, balki yuksak his, mafkuraviy ulug'vorlikni ham to'g'ridan to'g'ri suiste'mol qiladi.Bu esa fuqaroda vatan tushunchasiga nisbatan chidab bo'lmas darajada istehzo yaratadi. Vatan sevgisi=arzon, qadrsiz she'riyat holiga keladi. Buni masalan atlasda ham ko'ramiz. Atlasning o'zi yomon mato emas, ammo u bilan yaratilgan 'zamonaviy' dizaynlar ko'pincha estetikadan uzoq bo'lgani bois ko'pincha o'zbek milliy libosi, imij kimligi asosan atlas ishton bilan chegaralanishga majbur bo'ladi. Endi, camp tushunchasiga kelsak. Camp bu o'z o'zini o'ta jiddiy qabul qilgan va natijada ayni shu jiddiylik sabab kulgili holga kelgan past san'atdir. Darvoqe, camp faqat san'at emas, siyosat va ijtimoiy normlarda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, siz to'y marosimiga shunchalik jiddiy yondoshib, har bir detaliga katta e'tibor ko'rsatasizki, uni ko'rgan odam beixtiyor jirkanib ketadi. Yo bir ayol uchun ko'ziga surilgan surma jonidan aziz bo'lganida buni doim istehzo, sarkazm yo g'alat bir achinish bilan qarshi olamiz. Mahmud Toir she'rlari aksar hollarda, aynan tepada aytilgan yasama jiddiyat va kitsch qorishmasi bo'lgani uchun camp'dir. Camp bir vaqtning o'zida qancha chiranmasin baribir unutilish, didi sal balandroq davralar tomonidan mazax qilinishga majbur narsa. Bunga misol tariqasida o'zbek kommunist adabiyotini ham olsak bo'ladi. Bugun Ramz Bobojon yo Mirzacho'l haqida doston yozgan nechta shoirni bilamiz? Ular, xuddi Mahmud Toir o'z she'rlariga zo'r berib vatan tuyg'usini singdirganidek, ijodiy estetikani majburlab singdirishgandi. Ammo, menimcha hamma bugun ularni o'qiy turib miyig'ida kulib qo'ysa kerak. Eng yomoni nima, bilasizmi? Bugun O'zbekistonda xalqonalik aynan shu kitsch va camp qoliplaridangina iborat sanalyapti. Achinarlisi, davlat mafkurani targ'ib qilish uchun milliardlab pul sarflaydi, lekin o'rtada muayyan mafkura emas, faqat estetikadan mahrum it arzon jez haykal, sun'iy intellektga chizdirilgan uncanny rasmlar va butun boshli lisoniy ahlatxona bor. Hukumat ham bular bilan ishlayman deb qiynalib ketgan bo'lsa kerak. Xalqqa esa baribir... @bobil_kutubxonasi
#intiqol Ot yili bizga og‘ir keldi, Ahmad Otaboy, Karim Bahriyev, endi esa Ibrohim domla🍂
Pomidor quvonib ketganidan Qulupnayga konfet qog'ozi tuhfa qildi. — Mana, ol, — dedi muruvvat bilan, — qog'ozni yalashing mumkin. Juda shirin. Bir yil avval asalli konfet o'ralgandi. Qulupnay ta'zim qilib, kavalerga minnatdorlik bildirdi: — Yetti yillik xizmatim davomida menga uchinchi marta konfet qog'ozi beryapsiz, janobi oliylari. — Ko'ryapsanmi! — dedi pishillab Pomidor. — Qanday mehribon xo'jayinman. O'zingni yaxshi tutsang, tez-tez taqdirlab turaman seni. Janni Rodari, "Chippolinoning sarguzashtlari". https://t.me/nssa_qavs
Shubhasiz, barcha davrlarning eng zo'r animatsion filmi. Har bir detali shedevr! https://t.me/nssa_qavs
#tahrirsiz Darvoqe, bugun ishxonada ko'zoynagimni unutib qoldiribman. Xuddi Arsenaldek men ham finalga yaxshi tayyorlanmadim). Oqibatda 3 soat tik oyoqda futbol ko'rishimga to'g'ri keldi. Ko'z qurg'ur uzoqni ko'rishda qiynala boshlagan. Agar Arsenal yutsa, shu voqeani bog'lab, post yozmoqchi edim, nasib qilmagan ekan).
#tahrirsiz Odatda emotsiyaga berilmayman. Barcha g'alayon, taloto'plar ichimda yuz beradi. Meni taniganlar futbolning va Arsenalning ashaddiy muxlisi ekanligimni bilishadi. 22 yil deganda sevimli jamoam mamlakat chempioni bo'ldi. Aynan 2004 yil chempion bo'lgan jamoaning o'yinlariga shaydo bo'lganman. Shu bilan 22 yil sovrin kutishimni bilmasdim. Hozir Chempionlar ligasi finali tugadi. Men esa o'sha 22 yilni birma bir xayoldan o'tkazyapman. Ishoning, Arsenal muxlisi bo'lish sog'liq uchun chekish va ichishdan ko'ra zararliroq. Ayniqsa menga o'xshagan hamma narsani ichiga yutaveradigan insonlar uchun. O'z tarixidagi eng zerikarli mavsumni o'tkazib APL ni yutdi Arsenal. Kubok uchun jamoa o'yinidagi go'zallik qurbon qilindi. Mayli, dedim. Lekin doim jar labida yurdi Arsenal. Yiqilib tushishiga bir bahya qolaverdi. Mana bugun o'z tarixidagi eng muhim o'yinda jarga quladi. Qo'rqoqlik, haddan tashqari pragmatika baribir jamoaning boshiga yetdi. Do'stlar, oldingizga maqsad qo'ying, ammo maqsadga erishish uchun yo'riqnoma bo'yicha harakat qilish shart emas. Tavakkal qilishdan qo'rqmang. Men esa, asabimni mashq qildirishim kerak. Axir yana boshqa jamoa muxlisi bo'lgan do'stlarimning kulgi va mazaxlariga chidab berishim lozim. Rosti, bu borada menda 22 yillik immunitet bor).
Bu Arsenal meni tamom qiladi.
ЯХШИЯМ Яхшиям дунёда ҳақиқат ғариб, Яхшиям дунёда ёлғон чиройли. Яхшиям савлатдор фоили фириб, Тишлари тиллодан, кўркли, саройли... Яхшиям ғийбатдан куймайди тиллар, Яхшиям боқийнинг ҳукми беимкон. Яхшиям сирпанчиқ энг тўғри йўллар, Яхшиям ҳақ сўзнинг нархи — ширин жон. Яхшиям ҳаётнинг ўзи муаллим, Яхшиям мукаммал бахт бунда йўқдир. Оқларнинг нияти ўзига маълум, Яхшиям ҳанузки қоралар оқдир. Яхшиям ботиний туйғулар узлат, Яхшиям ажрини сўрмас ихлослар. Яхшиям тикон-ла ўралган жаннат, Тиржайиб кирарди йўқса ифлослар. Хайрулла Ҳамидов https://t.me/nssa_qavs