- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
11 oylik ôğlim bn bajaradigan mashğulotlarimiz🌿👇 — Chelak qopqoğini ochib yopish✔️ — Bonka ichidan ôyinchoqlarni chiqarish✔️ — Shkafga yopishtirilgan skochni yulish ✔️ — Bir biriga kiyğizilgan legolarni ajratish✔️ — Berkinmachoq ôynash✔️ — Hayvon, meva-sabzavot nomlarini ingliz tilida aytib, quloğini chet tilini ôrganishga moslashtirib borish✔️ Mashğulotlar kundalik bolaning yoshiga moslab, ôz fantaziyangizga kôra qôshib borilaveradi😉 🌱Bu yoshdan ôtgan farzandi bor onajonlar sizlar uyda nimalar bn band qilgansiz bolangizni? Izohlarda bôlishing!!!
Bunisiga nima deysiz? Bolalarni kreativ ota-onasi bôlsa mazza-a?😍
Tabiat qôynida rasm chizamiz😍
#yoz_uchun_mashğulot Qopqoqlarni suvdan qisqich yordamida olish kerak!
Kichkina matorika Bola ushlab tortadi Qancha qoʻlini koʻp ishlatsa shuncha bola miyyasida neyronlar hosil boʻladi. Shuncha xotirasi kuchli boladi
#mulohaza_vaqti Shu videoga ta'rif bering🥹
Eʼtibor yetishmasligi? Toʻgʻri aytdingiz! "Bolalarga onaning eʼtibori yetishmaydi, shuning uchun janjal qilishadi". Chindan ham shunday. Bola tinch oʻtirganida biz koʻpincha oʻz ishimiz bilan band boʻlamiz. Janjal boshlashsa, darrov yugurib boramiz. Bolaning mitti miyasida esa teskari zanjir ishga tushadi: "Onam men bilan band boʻlishini xohlasam, akamni turtishim kerak. Shunda yugurib keladi". Ular uchun onaning jahl ustida baqirishi ham eʼtibor. Lekin bolalar psixologiyasining parda ortiga yanada chuqurroq moʻralasak, uydagi janjallarning tagida yana 3 ta eng asosiy va koʻrinmas sabab yotadi: ➖ "Onamning muhabbati tugab qolmaydimi?" qoʻrquvi Bola oʻyinchoq talashayotganda, aslida oʻsha plastik buyumni emas, sizning sevgingizni talashayotgan boʻladi. Ongostida: "Onam hozir kimning tarafini oladi? Kimni haq deb quchoqlaydi? Demak, oʻshani koʻproq yaxshi koʻradi..." degan xavotir turadi. Ayniqsa, janjallarda doim bitta bola (koʻpincha kattasi) aybdor qilinaversa, unda "Meni baribir yaxshi koʻrishmaydi" degan alam yigʻiladi va u tajovuzkorroq boʻlib boradi. ➖ Uyda shaxsiy chegaraga ega boʻlmaslik Har bir inson kabi, bolaga ham shaxsiy hudud va daxlsizlik kerak. "Bu sening shaxsiy oʻyinchogʻing/burchaging, buni ruxsatsiz hech kim olmaydi" degan xavfsizlikni his qilmagan bola doim mudofaa rejimida yashaydi. Oʻz narsasini himoya qilish uchun esa yagona yoʻl tajovuzkorlik (urishish, tishlash, tortib olish) deb biladi. ➖ Ichki hissiyotlarni boshqarishni bilmaslik Bola ichidagi jahl, xafalik yoki charchoqni qanday chiqarishni bilmaydi. Kattalar charchasa, indamaygina telefonga tikilib oʻtirishi yoki achchiq choy ichishi mumkin. Bola esa ichidagi oʻsha ogʻirlikni yonidagi sherigiga (akasiga/singlisiga) janjal orqali toʻkib soladi. U buni atayin qilmaydi, shunchaki emotsional intellekti hali shakllanmagan boʻladi. Koʻrib turganingizdek, muammo bolalarning tabiatan urishqoq yoki qaysarligida emas. Muammo ularning ichidagi mana shu koʻrinmas ehtiyojlar va qoʻrquvlardadir. Xoʻsh, sabablarni bildik. Endi bularni qanday davolaymiz? Har bir sababning oʻz amaliy yechimi bor va bu haqida keyingi postda alohida gaplashamiz...💚
🧕 Onalikning oltin qoidasi: 1️⃣➖ Bolamning tug'ilishidan bir shaxsiyati va mizoji bordir. Buni bilishim va tan olishim kerak. Harakatchan bolani o'tqizishga, ijtimoiy faol bolani qobig'iga o'rab qo'yishga, ko'p gapiradigan bolani jim qilishga, uyatchan bolani faol qilishga urinmasligim kerak. 2️⃣➖ Bolam mendan farqli bir inson. O'z qarorlari va tanlovlari bor. Tanlovlari natijasini ko'rishga imkon yaratishim kerak. Masalan, uyga vazifasini bajarmaganida uning o'rniga qilishga harakat qilmasligim kerak. 3️⃣➖ Bolam o'zini xavfsiz his qilishi uchun uyimizni mehrga to'la, amaliy tanqidlar bo'lgan, hurmat–izzatga asoslangan bir muhitga aylantirishim kerak. Mehmon kelganida qilmaydigan harakatimni bolamga ham qilmasligim kerak. 4️⃣➖ Bolamning qiziqish tuyg'usiga qarshi chiqmasligim lozim. U qiziqqan, kovlashtirishni, o'rganishni istagan maydonlarda nazorat ostida sharoit yaratishim kerak, chunki bola dunyoni mana shu yo'l bilan kashf qiladi. 📚 "Baqirmaydigan onalar"
The owner of this channel has been inactive for the last 1 month. If they remain inactive for the next 9 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
без подписи
The baby’s first taste of the world
8 oy o'yinchoqlarni qopchasidan sochish dumalab ketayotgan sharga ergashish daraxtdan barg uzish xayr qilish da-da ba-ba bo'g'inlarni qaytarish
#mulohaza_vaqti Vaziyat: Katta farzand chaqaloq ukasiga g'amxo'rlik qilaman deb, e'tiborsizlik qildi. Natija: chaqaloq yiqildi va chirillab yig'lay boshladi... Sog'lom ongga ega ota-onaning reaksiyasi: "hammasi joyida, bo'ldi. O'zing ham qo'rqib ketgandirsan. Bunda sening aybing yo'q, siqilma bunday holatlar bo'lib turadi" Nosog'lom ongga ega ota-onaning reaksiyasi: "nima qilding, ahmoq. Qarasang bo'lmaydimi? Boshi yorilganida nima qilarding? Umuman ukangga yaqinlashma endi. Bir narsa bo'lganida sog' qo'ymagan bo'lardim seni ham..." Bu holat yuzasida har qanday ota-ona shok holatga tushib, g'azabga berilishi tabiiy holat. Ammo har kim ham to'g'ri yo'nalishni tanlay bilmaydi. Jarayonni yuzaki baholab, aybdor tarafga shafqatsizlarcha munosabat qilish, yoki xohlagancha haqorat qilish bu ongsizlikning bir belgisidir. Natija esa: qo'rqoq, jur'atsiz, o'z aybini his qilmaydigan, empatiyaga ega bo'lmagan, agressiv, qondoshlariga nisbatan xasad va nafrat ruhidagi farzandlar...
Yangi tug’ilgan chaqaloqning ko’rish masofasi onalari emizgan vaqtdagi uning yuzini ko’ra oladigan qadardir… Bugun farzandimizni qanday emizyapmiz? Uning faqatgina qornini to’ydiryapmizmi? Hissiy to’yinish haqida bilasizmi?
#tavsiya Asosiy xulosalar: O‘qishni boshlash o‘rtacha yoshi: 6-7 yosh. Tayyorgarlik bosqichi: 2-4 yoshgacha kitoblarga qiziqish, harflarni tanish va ismini yozish boshlanadi. (Yozish bu qo’lda yozish emas, tayyor harflardan so’z yasash) Faol o‘qish: 5 yoshdan oddiy so‘zlarni dekodlash (bo’g’inlash), 7 yoshga kelib esa ravon o‘qish shakllanadi. Tavsiya: Bolalarga kitob o‘qishni o‘rgatishni boshlash uchun eng yaxshi yosh - 5 yosh deb ko‘rsatilgan. Ammo shunda ham unutmang! 🔘2-4 yosh oralig’idagi kitobga muhabbat jarayonini quruq o’tkazib yuborar ekansiz 5yoshda natijani kutmang. Har bir qadam muhim: bolani aslo majburlab kimdir erishgan natijaga erishishga undamang! Hozir o’qishdanam ko’ra tabiiy ishtiyoq, qiziqish, diqqat kabi jarayonlar muhim) O’qitish uchun bu ne’matlarni buzib qo’ymang. Bezigan bola ertaga kitob o’qishdan qochadigan bo’lib qoladi.
🍼Йилнинг енг зўр онаси билан танишинг 🙂 © Doctor Ganiyev
#tavsiya Eng foydali logoped mashg’uloti) Kamiga bepul☕️ Nutq va rivojlanish uchun foydalari. 1️⃣Nutq rivojiga yordam beradi: logopedik mashq sifatida nutq a’zolarini (lab va til mushaklarini) mustahkamlaydi. 2️⃣Harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish: tovushlarni aniq va to‘g‘ri aytishni shakllantiradi. 3️⃣Diqqat va xotirani rivojlantiradi: nafasni boshqarish jarayoni bolaning diqqatini jamlashiga ko‘maklashadi. Biz yoshligimizda bittayam qoldirmay puflab chiqardik. Sizlar ham puflaganmisiz? Biz bilmagan holatda o’zimizni rosayam ko’p rivojlantirganmiz
без подписи
"Miya uchun dorilar" Chaqaloq tugʻildi koʻp yigʻlayapdi, uyqusi yomon deb ona nevropotologga olib boradi va Gipoksiya cherepnoy liqildoq bitmagan miyada havo bor kabi vahimali tashxis qoʻyiladi. Bir dunyo dori yozib berishadi. Kelilar shuni tahlil qilamiz. 🔤 Aminokislotalar ( Yani tarkibida L-karnitin bor boʻlgan dorilar ) Nomlari : Elkar, karnivit, levokarnivit, izikar, karnit, metakarni, Albina, karnilev, karnimaks. Oʻzbekistonda juda ommalashgan deyarli hamma ona eshitgan. 🥼Ammo bular foydasi bormi ? 💕 Miya faoliyatini yaxshilashi isbotlanmagan 💕 Rivojlangan davlatlarda umuman olganda dori sifatida ham roʻyhatga olinmagan. 💕 Oqsilli mahsulotlarda bular bor. Dorini ichmasangiz ham shundoq ham har kuni yegan ovqat bilan kiradi ichingizga. 💕 Rivojlangan mamlakatlarda sotilmaydi sotilishi tugul dori deb ham qaralmaydi
Kelilar bugun Uyqu dorilar va Miya uchun dorilar haqida gaplashamiz. Oʻzbekistonda hozir bu juda ham rivojlangan. Nevropotologga borishadi : Uyqu yomon deydi. Dori yozib beradi yani uyqu dori Liqildoq, cherepnoy davleniya nimadur deydi miya dori yozib berishadi. Shunaqa dorilar qanaqalarini taniysiz siz ? Shu boyicha yozaman