Mat Fak talabalari
СтатистикаSavollar boʻlsa murojat qilaverasizlar. Oʻzimning telegram nikim:👉@Axmadaliyev_001
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 83
- 1/48двое суток
- 95
- 1/72трое суток
- 102
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#ДИҚҚАТ ❗️Якуний мандат натижалари эртага, 15-август куни эълон қилиниши режалаштирилган Бу маълумотни “Дарё”га Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шарипов тасдиқлади. Катталар канали 👉 @SHOPIRLAR га обуна бўлинг, зўрлари бизда
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг!
без подписи
без подписи
без подписи
#Natija 🌱 Innovatsiya va ekologiya bir maydonda! Butun Oʻzbekistondan "Yashil innovatsiyalar" tanloviga kelib tushgan 443 ta eko-startap orasidan saralangan 87 ta eng istiqbolli loyihalar final bosqichida o‘z salohiyatini namoyish etdi. ⚡ Forumda : 💡Ekologik va texnologik yechimlar namoyishi; 🤝Davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, investorlar hamda soha ekspertlari bilan ochiq muloqot; 🏆 100 million so‘mgacha grant yutish mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar haqida foydali ma'lumotlar aytib o'tildi . O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi 1-kurs talabasi Abdiyeva Rayxona Baxram qizi bu tanlovning Respublika bosqichi g'oliblaridan biriga aylandi . Ishtirokchilar orasidan 14-18 , 19-30 Yosh toifalari bo'yicha mos ravishda 12 tadan , Jami 24 nafari G'olib deb topilib , innovatsion loyihalarini takomillashtirish uchun moliyalashtirish mablag'lari voucherlari topshirildi .
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi
📢 E’LON Hurmatli talabalar! HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli orqali hujjatlarni yuklash jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz. 📌 Talabalar my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasi orqali tizimga kirib, “Ijtimoiy faollik” bo‘limidan o‘z faoliyatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari mumkin. ‼️ Eslatma: Ijtimoiy faollik indeksi 100 ballik mezon asosida 11 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi (kitobxonlik, volontyorlik, olimpiadalar, sport, tadbirlar va boshqalar), maksimal 20 ball beriladi. ⏳ Hujjatlarni yuklashning oxirgi muddati: joriy 2026- yil 20-iyul. 2026-yil 20-iyuldan keyin yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. Mazkur platformadan ro'yxatdan o'tmagan va baholanmagan talabalar grantga ariza topshirolmasligi mumkinligi ma`lum qilinadi. Shundan so'ng platformaning tegishli qismidan ariza yuborish bandini tanlab grantga ariza yaratish lozim bo'ladi. Bu e'lon faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun amal qiladi
🎓 Central Asian University Oʻzbekistondagi eng yirik bitiruv marosimlaridan birini oʻtkazdi CAUʼning yuzlab bitiruvchilari professional faoliyati sari ilk qadamlarini qoʻydilar. Diplomlarni tantanali topshirish marosimi, Gippokrat qasamyodi, osmonga otilgan akademik qalpoqchalar hamda CAU Graduation Party 2026 doirasidagi DJ King Macarella, SHAXRIYOR va DJ Smash ishtirokidagi yorqin konsert bu kunni unutilmas voqeaga aylantirdi. Bugun bitiruvchilarni yangi imkoniyatlar, yuksak marralar va katta muvaffaqiyatlar kutmoqda. Central Asian University esa bilim olish va orzularini roʻyobga chiqarishga intilayotgan yangi avlod talabalarini kutmoqda. 👉 Qabul davom etmoqda! 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-208-12-34
Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати (13. 06. 2026 йил ҳолатига)
#DIQQAT TANLOV TUGASHIGA 1 XAFTA QOLDI !!! 📣 2026/2027 o'quv yili uchun Akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya tanlovi e'lon qilingan edi! BUNDA: ✔️ Stipendiya 5 nafar bakalavriat talabalariga (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan), 5 nafar magistrantga (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) to'lanadi. ✔️Tanlovda respublikadagi oliy ta'lim muassalarida Matematika ta'lim yo'nalishlarida 2-bosqichni tugatgan bakalavriat hamda 1-bosqichni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. ✔️ Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quydagilarga muofiq bo'lishi lozim: ➖ Ushbu o'quv yiliga qadar natijalari bo'yicha fanlarni o'zlashtirish darajasi yaxshi (4 baho) va undan yuqori bo'lishi; ➖Matematika ixtisoslik fanlari bo'yicha barcha fanlarni o'zlashtirish darajasi a'lo (5 baho) bo'lishi; ✔️ Tanlovda qatnashish uchun talabgor quydagi hujjatlarni jildlagan holda Ijro direksiyasiga taqdim etadi: ➖ Nomzodning sinov daftarchasidan ko'chirma (ko'chirma fakultet muhri bilan tasdiqlanadi); ➖Tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudiri va ta'lim muassasasidagi yetakchi professor- o'qituvchining tavsiyanomasi (talabgorning ilmiy natijalari qisqacha bayon etilgan holda). —Talabgorning yutuqlaridan na'munalar(sertifiqatlari, ilmiy maqola va tezislari... ) jamlanmasi. —Talabgorning ma'lumotnomasi (obyektivka) tel raqamini ko'rsatgan holda ❗️Hujjatlar 15-iyundan 15-iyulga qadar elektron shaklda sarimsoqovtanlov@gmail.com pochta manziliga yuborish orqali qabul qilinadi. Matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kuzatuv kengashi 2026 yil 22-maydagi 2 -son bayoni ✅ mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi 💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Eʼlon #Tanlov 🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi: ⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar. Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿 XIZMATGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI Tanlov quyidagi xizmatlarga serjantlik lavozimlariga o‘tkaziladi: - Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘y erkaklar 175sm / ayollar 170sm); - Pasport tizimini ta’minlash faoliyati (bo‘y erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm); - Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo‘y erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm). ▶️ Batafsil... ——— 🇺🇿 ХИЗМАТГА ҚАБУЛ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ТАНЛОВ ЭЪЛОН ҚИЛИНАДИ Танлов қуйидаги хизматларга сержантлик лавозимларига ўтказилади: - Йўл-патрул фаолияти (бўй эркаклар 175см / аёллар 170см); - Паспорт тизимини таъминлаш фаолияти (бўй эркаклар 165 см / аёллар 160 см); - Жамоат тартибини сақлаш фаолияти (бўй эркаклар 170 см / аёллар 165 см). ▶️ Батафсил... Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
#Eslatma Assalomu alaykum hurmatli talabalar yotoqxona 30.06.2026 yil yopiladi hamma shunga qarab harakatingizni qiling. Qandaydir savolingiz boʻlsa. @Axmadaliyev_001 ga murojat qiling.
Ustozmiz Akademik Abdulla Azamov endi barcha ijtimoiy tarmoqlarda! Mana endi Mediada haqiqiy ilm egalari chiqmoqda! @akademik_azamov
Ustozmiz Akademik Abdulla Azamov endi barcha ijtimoiy tarmoqlarda! Tafakkur sarhadlarini kengaytiruvchi eksklyuziv loyiha Bugungi axborot shovqini davrida asl ilm, teran mantiq va sof tafakkur manbaini topish g‘oyat noyob hodisaga aylandi. Biz sizni ana shunday nodir intellektual makon — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla A’zamovning rasmiy sahifasiga taklif qilamiz. Akademik Abdulla A'zamov — shunchaki yirik matematik olim emas, balki aniq fanlar qat'iyligini mumtoz adabiyot nafosati bilan birlashtira olgan zamonamizning qomusiy mutafakkiridir. Ushbu kanalda sizni nimalar kutmoqda? ➖ Ilmiy faoliyat: Matematik o'yinlar nazariyasi orqali hayotiy va boshqaruvga oid murakkab qarorlarni to'g'ri qabul qilish qoidalari. ➖ Ijodiy faoliyat: Aruz vaznining matematik o'lchovlari, mumtoz g'azallardagi yashirin hikmatlar tahlili. ➖ Tarixiy xotiralar: Jahon va milliy ilm-fanimizning eng yirik namoyandalari bilan bo'lib o'tgan tarixiy suhbatlar va saboqlar. Siz bu yerda shunchaki ma'lumot o'qimaysiz, balki ulkan hayotiy tajriba va fundamental fanlar orqali o'z dunyoqarashingizni yangi bosqichga olib chiqasiz. O‘z intellektual darajasini yuksaltirishni maqsad qilgan haqiqiy ziyolilar safiga qo‘shiling: 🔗 Kanalga ulanish: @akademik_azamov @akademik_azamov @akademik_azamov
#TANLOV 📣 2026/2027 o'quv yili uchun Akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya tanlovi e'lon qilinadi! ✔️ Stipendiya 5 nafar bakalavriat talabalariga (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan), 5 nafar magistrantga (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) to'lanadi. ✔️Tanlovda respublikadagi oliy ta'lim muassalarida Matematika ta'lim yo'nalishlarida 2-bosqichni tugatgan bakalavriat hamda 1-bosqichni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. ✔️ Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quydagilarga muofiq bo'lishi lozim: ➖ Ushbu o'quv yiliga qadar natijalari bo'yicha fanlarni o'zlashtirish darajasi yaxshi (4 baho) va undan yuqori bo'lishi; ➖Matematika ixtisoslik fanlari bo'yicha barcha fanlarni o'zlashtirish darajasi a'lo (5 baho) bo'lishi; ✔️ Tanlovda qatnashish uchun talabgor quydagi hujjatlarni jildlagan holda Ijro direksiyasiga taqdim etadi: ➖ Nomzodning sinov daftarchasidan ko'chirma (ko'chirma fakultet muhri bilan tasdiqlanadi); ➖Tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudiri va ta'lim muassasasidagi yetakchi professor- o'qituvchining tavsiyanomasi (talabgorning ilmiy natijalari qisqacha bayon etilgan holda). —Talabgorning yutuqlaridan na'munalar(sertifikatlari, ilmiy maqola va tezislari... ) jamlanmasi. —Talabgorning ma'lumotnomasi (obyektivka) tel raqamini ko'rsatgan holda ❗️Hujjatlar 15-iyundan 15-iyulga qadar elektron shaklda sarimsoqovtanlov@gmail.com pochta manziliga yuborish orqali qabul qilinadi. Matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kuzatuv kengashi 2026 yil 22-maydagi 2 -son bayoni ✅ mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi 💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Ассалом алайкум устозлар яхшимисизлар.!!! 2026 йилнинг 2-июнь куни эрталаб соат 09:30 га Ўзбекистон Миллий университети, Ректорат биноси олдида Тошкент шахар Ички ишлар Бош Бошқармаси рахбарияти ташаббуси билан, Ички ишлар органлартга кириш истаги бўлган битирувчиларни Мехнат ярмаркасига таклиф этамиз. Қизиқувчи талабалар ва битирувчиларни юборишингизни ва юқоридаги эълонни талабалар гурухларига юборишингизни илтимос қиламиз.
Hurmatli talabalar yangi profilaktika inspektori. Talabalar bilan birgalikda ishlaydi,qandaydir muammolar boʻlsa bemalol murojat qilishingiz mumkin.