Nuur tarjima kitoblari - bolalar uchun
СтатистикаNuur - ilm nurini yoyuvchi tilmochlar. Aloqa uchun: @nuur_tarjimonlaribot
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 667
- 1/48двое суток
- 1 910
- 1/72трое суток
- 2 060
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Tavfiq… So’nggi kunlarda ko’pchilik shaxsiy xabarlarda: “Nega to'xtab qoldilar, tinchlikmi?” — deb so’rayapti. Alhamdulillah, hammasi yaxshi. Ofiyatdamiz. Shunchaki ijodda biroz tanaffus bo’ldi. Har kim o’zining hayoti, mas’uliyatlari va yumushlari bilan band bo’lib qoldi. Shu kunlarda yana bir haqiqatni chuqurroq his qildik: Alloh tavfiq bermasa, insonning eng yaxshi rejalari ham yurmay qolarkan. Alloh taolo marhamat qiladi: “Mening muvaffaqiyatim faqat Allohning tavfiqi bilandir. Faqat Ungagina tavakkal qildim va faqat Ungagina qaytaman.” (Hud surasi, 88-oyat) Biz esa tavfiqni faqat Allohdan so’raymiz. Inshaalloh, bu tanaffus uzoq davom etmaydi. Faoliyatimizni to’xtatish niyatimiz yo’q. Aksincha, oldinda ko’plab rejalar, yangi loyihalar va sizlar bilan bo’lishishni kutayotgan yarim tayyor asarlarimiz bor. Duolaringizda eslab qo’ying. Alloh barchamizga O’zi rozi bo’ladigan ishlarni qilish uchun tavfiq ato etsin!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Uzumda kitoblarimizni koʻpini topsangiz boʻladi Muqovalarini sunʼiy ong bilan chiroyli qilib qoʻyishibdi. Koʻrib xursand boʻldik, faqat ichini, matnlarini oʻzgartirib tashlashmasa boʻldi 😅 Sotuvchilardan rozimiz, kim sotmoqchi boʻlsa, bemalol soʻramay ham sotaveringlar...
без подписи
Deyarli tayyor, qachonga chiqaraylik? Kecha taqdime etilgan Shuayb alayhisalom qissalarini bolajonlarga o'qib berdingizmi? Izohlarda jajji musulmonlardan qissadan olgan xissalarini ovozli shaklda kutib qolamiz. Qani, kim yaxshiroq so'zlab berar ekan?! 🏆G'olib…
Bir asar tarjima jarayonida oladigan manfaatlaring: • Tarjima bo'lsa, shu tarixni puxta o'rganasan, tafsir-u hadislarga, mavzu yuzasidan kitob va darsliklarni tadqiq qilasan, ilming ziyoda bo'ladi; • O'z ona tilingda qaysi so'zni qo'ysam to'liq va eng mos ma'no bersa bo'lishi ustida kunlab bosh qotirasan va eng mosini topganingda bolalardek quvonasan; • Asarni asl tilida bir necha 10 martalab o'qib muallifni aniq tushinish jarayonida uni shaxsiyatini ham his etishni boshlaysan; • Xomaki bitgan tarjimani qayta-qayta o'qib va boshqalarga o'qitib sayqallash jarayonida, shunchalar ham bee'tibor bo'lasanmi, deb daqiq nuqtalarni ham ko'zdan qochirmaslik ko'nikmasini o'stirasan; • Ijodiy ish ekanligi sababli ish tandirdan chiqqanda boshqacha xuzur olasan; • Bu kitoblar minglab bolalarga yetib borishi va ularga dini o'rganishida kichik sababchi qilgan Robbingga hamd aytib qalbingdagi iymoning sururlanishi ta'rifga til ojiz...
Izohlar yozish imkoniyatini cheklaganimiz esimizda yo'q, uzr! 🤭 Ochib qo'ydik! P.s. be'mani botlar izohlar ochilganini sezib qolmasinda 😪
Deyarli tayyor, qachonga chiqaraylik? Kecha taqdime etilgan Shuayb alayhisalom qissalarini bolajonlarga o'qib berdingizmi? Izohlarda jajji musulmonlardan qissadan olgan xissalarini ovozli shaklda kutib qolamiz. Qani, kim yaxshiroq so'zlab berar ekan?! 🏆G'olib bolajonga Yusuf alayhisalom qissasi ommadan 3 kun avval tashlab beriladi.
- Nuur tarjimonlari kimlar o’zi? - Qanday jamoa? - Maqsadingiz nima? yo’sinidagi savollar kelib turadi. Yangi qo’shilgan obunachilarga ham shu kabi savol kelgan bo’lishi mumkin! Bu post shu savollarga javob o’laroq berildi!
Shuayb payg’ambar va dahshatli zilzila (Jajji musulmonlar uchun Qur’on hikoyalari) [Rasmli, 5-15 yoshli bolalar uchun] Shakli: pdf Beti: 24 bet Hajmi: 5.4 mb ✍️ Ushbu asar ingliz tilidan o'zbek tiliga Nuur tarjimonlar guruhi tomonidan o'girildi. 💬 @nuur_uz - obuna bo'ling
3...2...1... Tayyor bo'ldi, Alhamdulillah!
🐻 Bilamiz, qishki uyquga ketgan ayiqdek yo'q bo'lib ketdik! Buning uchun uzr so'raymiz! Biz qaytdik! Bizga shunday shaklda tarbiyaviy va axloqiy ertaklardan kitob tayyorlash buyurtmasi tushdi. Mavzular, kitob uslubi, barcha talablari aytilgan, shu kitobni yozishda bizga yordamchi kerak. Kim hikoya-ertak yozish va uni kitobga keltirish bo'yicha uquvi bo'lsa, @nuur_tilmoch ga yozinglar. P.s. rasmdagi ertakni biz yozmaganmiz, buyurtmachi berdi.
Assalomu alaykum va rahmatulloh! Yaxshimisizlar? Mo'minlarning eng yaxshi 10 kunduzini jam qilgan Zulhijja oyini bardam boshlab oldingizlarmi? Bilamiz, faoliyatimizda 1 oylik tanaffus bo'ldi, shunga yarasha yangi asarlarni tayyorlab keldik! Birma-bir ulashamiz!
Botga 1-bo'lib shu kishi yozdilar, ularni tanladik! Ham uzoqda ekanlar, tadbirga kela olmaslik ehtimoli katta... Nima sovg'a borganini shu post izohlar qismida qoldirasiz, bir ko'raylik! Qolganlar, uzr, ulgurmadingiz) Tadbir tashkilotchilari ishqilib kanalda bo'lishmasin, so'zida turib sovg'ani yuborib berishsin-da 🥲
Assalomu alaykum! Yaxshimisiz? AbakusShop loyihasidan Dilbarman. Bolalar tarbiyasi va bilim olishida berayotgan foydali kitoblaringiz juda manfaatli bo'lmoqda. Sizga sovg'a va taklifnoma yubormoqchi edik. Tel raqam va manzil(lokatsiya) bersangiz dostovka…
без подписи
Assalomu alaykum! Yaxshimisiz? AbakusShop loyihasidan Dilbarman. Bolalar tarbiyasi va bilim olishida berayotgan foydali kitoblaringiz juda manfaatli bo'lmoqda. Sizga sovg'a va taklifnoma yubormoqchi edik. Tel raqam va manzil(lokatsiya) bersangiz dostovka qilib yuborar edik Sizni obunachilaringiz tadbirimizga 99 000 so'm biletni bepulga olishi mumkin: 👉 bu yerga 👉 bu yerga 👉 bu yerga