OB-HAVO 24 Uzbekistan
СтатистикаUzbekistan va dunyo ob havosi fikir va mulohazalar rasm video https://t.me/obhavouzbekistanuz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🐆 Қашқадарё табиати ноёб ҳайвонлар турларига бой Қашқадарёдаги «Ҳисор» давлат қўриқхонаси ҳудудига ўрнатилган видеоқопқонларга Сибирь тоғ эчкилари ва ноёб қор қоплони ҳаракатланаётгани муҳрланди. Бу тасвирлар вилоят тоғларида камёб ҳайвон турлари сақланиб қолаётганини яна бир бор намоён этди.
🌊 Bir koʻl jonzotlarni “toshga” aylantiradi Tanzaniyada Natron degan gʻalati koʻl bor. Bu koʻlning suvi juda ishqorli va agressiv boʻlgani uchun unga tushgan jonzotlar bilan gʻayrioddiy narsa yuz beradi. Koʻlda nobud boʻlgan qushlar va boshqa hayvonlar suvdagi moddalar taʼsirida deyarli “toshga” aylanib qoladi. Ular xuddi haykaldek qotib, uzoq saqlanadi. Bu manzara juda sirli va biroz qoʻrqinchli koʻrinadi. Yaʼni bu koʻl oʻz jonzotlarini tabiiy “haykal”ga aylantiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Жорий ёзги дим иссиқликлар кишилар уйқу режимига таъсир қилмоқда. Каналимизда ўтказилган сўровнома бизни шу каби фикрлаш томон ундамоқда. Сўровномада 1250 киши қатнашди. Ва улар республиканинг турли ҳудудларида яшовчи аҳоли вакилларидир. Сўровномада қатнашганларнинг 42% ида уйқу режимида ўзгаришлар рўй бериб, уларда суткалик уйқу давомийлиги 5-6 соатни ташкил этмоқда. Ҳатто, 250 киши суткасига 5 соатдан кам ухлаётгани эҳтимол иссиқлик стрессларининг кишилар мелотонин гормонига катта таъсир этиш эффекти бўлиши мумкин.
🍸 Koinotda ulkan spirt buluti bor Koinotning baʼzi burchaklarida gʻaroyib moddalardan iborat ulkan bulutlar mavjud. Galaktikamiz markaziga yaqin joyda tarkibida spirt boʻlgan bahaybat gaz buluti topilgan. Bu bulut shu qadar kattaki, undagi modda miqdorini tasavvur qilish qiyin. Albatta, bu spirt ichishga yaroqli emas va kosmik sharoitda tarqalgan. Olimlar bunday bulutlarda boshqa murakkab moddalarni ham aniqlashgan. Yaʼni koinot kutilganidan ham gʻaroyibroq “tarkib”larga ega.
Ўтган тунда икки хил астрономик ҳодиса кузатилди. Бири, Европаликлар ва улар билан бир меридианда жойлашган бошқа ҳудуд аҳолиси Қуёш ботишидан бироз олдинроқ Қуёшнинг тўлиқ тутилишига гувоҳи бўлишди. Бунда яъни Ой Қуёш ва Ер ўртасига тушиб, Қуёшни тўлиқ тўсганда қисқа вақт тун кузатилади. Иккинчи ҳодиса ерликлар жорий тунда сайёранинг Қуёш системасидаги Персеидлар яъни комета қолдирган издаги майда метеоритлар ёмғирига гувоҳи бўлишди. Айни ҳозирги муддатда ҳам қаерда тун кузатилаётган бўлса ўша ерликлар метеоритлар ёмғири ҳодисасини яна ҳам ёрғинроқ кўришмоқда. Сайёрамиз айни дақиқаларда комета орбитасини кесиб ўтмоқда. У нуқтада қачонлардир бу ҳудуддан ўтган кометадан қолган майда тош заррачалари бор. Ва у заррачалар атмосферамизга кирганда жуда кўп "юлдуз учишлар"ни тақдим этади.
16-17 август кунлари шимол томонларда ҳаво ҳарорати сезиларли пасаяди. Шимоли ғарбдан кириб келиши кутилаётган совуқ ҳаво оқими чеккаси якшанба ва душанба кунлари Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти ҳудудларида ҳаво ҳарорати +30...+35 даража бўлишини таъминлайди. 17 август куни республиканинг бошқа вилоятларида ҳам ҳарорат жорий ҳафтадагига нисбатан 2-3 даража пасаяди.
🦌 Shimol bugʻusining koʻzi faslga qarab rang oʻzgartiradi Shimol bugʻusining koʻzlari fasllar bilan birga oʻzgarib turadi. Yozda ularning koʻz tubi oltinrang-sariq tusda boʻladi. Qishda esa u koʻkish-zangori rangga oʻtadi. Bu oʻzgarish ularga qorongʻu va uzoq qish kunlarida yaxshiroq koʻrish imkonini beradi. Yaʼni ularning koʻzi yorugʻlik miqdoriga moslashib rang almashtiradi. Bu hayvonot olamida juda kam uchraydigan qobiliyat.
Иқлим ва уруш. ЎзА студиясида бу ҳақида суҳбат қурдик. Кўринг: https://youtu.be/zIOiC4LCOd4?si=qCrS8PnsbPj34pDM
05.00 Пойтахт, Нурафшон, Бухоро ва Наманган каби шаҳарларда тонгги ҳаво ҳарорати +25...+26 даража кузатилмоқда. Бу тонгги муддатлар учун сезиларли юқори қийматдир.
🧂 Oʻlik dengiz — Yerning eng past nuqtasi, unda choʻkmaysiz Oʻlik dengiz aslida dengiz emas, balki juda shoʻr koʻl. Uning suvi shu qadar shoʻrki, unda choʻkish deyarli imkonsiz — odam suv yuzasida oʻzi qalqib turadi. Bunda siz hech harakat qilmasangiz ham suzib turaverasiz. Bundan tashqari, Oʻlik dengiz Yer yuzidagi eng past quruqlik nuqtasi hisoblanadi — dengiz sathidan taxminan 430 metr pastda. Shoʻrlik shu qadar yuqoriki, unda baliqlar yoki oʻsimliklar deyarli yashay olmaydi. Aynan shu sabab u “Oʻlik” dengiz deb ataladi.
Кун.ўзнинг об-ҳаво ва қишлоқ хўжалик рукни кўрсатуви. Унда сиз жорий ҳафта иш кунлари учун кутилаётган жазираманинг қишлоқ хўжалиги тармоқларига эҳтимолий таъсири ва бошқа масалалар билан танишасиз. https://youtu.be/rEBt_7T6BhE?si=A9sCnIyVJH_XfvVi
Жазирама ҳафта. Ўзбекистонда ҳафта боши жазирама билан бошланиб, 11−14 август кунлари ҳарорат +42 даражагача кўтарилади. Тунлари эса асосан +20…+26 даража атрофида бўлиб, нисбатан қулайроқ шароит тақдим қилади. Ҳафта охирида шимолдан кириб келувчи салқинроқ ҳаво ҳароратнинг бироз пасайишига олиб келади. https://www.gazeta.uz/uz/2026/08/10/meteo/
🌧️ Yog'ingarchilik (24 soatlik umumiy yog'ingarchilik) 📅 Sana: Dushanba, 10.08.2026 📏 Birlik: mm 🔍 Batafsil yog'ingarchilik sharhi 👇 Bugun, 10-avgust — yog'ingarchilik kutilayotgan hududlar: • Jizzax viloyati: ~1.3 mm (Baxmal) • Namangan viloyati: ~1.3 mm (Pop) 🔄 Model: ECMWF IFS 🤖 @ob_havo_prognoz_bot
Телеграмдаги "Томчи" канали муаллифи 5-8 август кунлари республика бўйлаб буғланиш қийматлари ва пахта учун суғоришдаги оптимал муддат билан боғлиқ тавсияларни улашиб кетибди. Ўтган 4 кунликда Навоий, Сурхондарё ва Бухоро далаларида буғланиш бошқа жойларга нисбатан кучли кузатилиб, Фарғона, Андижон ва Хоразм вилояти наботот олами анча кам сув буғланишини ҳис қилган. Табиийки, ушбу ҳудудлардаги флора дунёсини сувга бўлган эҳтиёжи бошқа вилоятларга нисбатан анча кам бўлган. #пахтачилик
#parcha TARIX VA IQLIM XIV-XVII asrlardagi "Kichik muzlik davri" Markaziy Osiyo uchun ham jiddiy sinov bo'lgan. Qor yog'ishining ortishi va yozning qisqarishi dehqonchilik hosildorligini pasaytirgan, bu esa soliq bazasining qisqarishiga olib kelgan. Markaziy Osiyo sharoitida mazkur davr iqlimiy ekstremal holatlar orqali emas, balki harorat va gidrologik rejimning beqarorlashuvi orqali namoyon bo'ldi. Bu o'zgarishlar mintaqa iqtisodiyotining asosi bo'lgan sug'orma dehqonchilik tizimi uchun jiddiy sinov bo'ldi. Qish mavsumining uzayishi va yozning qisqarishi hosil yetilish siklini buzib, ayrim yillarda don va bog'dorchilik mahsulotlarining keskin kamayishiga olib keldi. Tog' hududlarida qor zaxiralarining ortishi bahorgi suv toshqinlarini kuchaytirgan bo'lsa, yoz mavsumida daryolar oqimining beqarorligi sug'orish inshootlarining samaradorligini pasaytirgan. Natijada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barqarorligi yo'qolib, davlat soliq bazasi qisqargan. Iqtisodiy tanazzul davlat moliyasi va siyosiy barqarorlikka bevosita ta'sir ko'rsatdi. Soliq tushumlarining kamayishi markazlashgan boshqaruvni saqlab turish imkoniyatlarini cheklab, harbiy va ma'muriy xarajatlarni qoplashni qiyinlashtirdi. Bu esa sulolaviy kurashlar, mahalliy hokimlarning mustaqillashuvi va siyosiy parchalanish jarayonlarini tezlashtirdi. 📚 "Oʻzbek: eskirgan tarix va yangi oʻzlik" ©t.f.f.d., dots. Baxtiyor Alimjonov (@bakhtiyor1909) @maknunnnnnnn
Бугун жойларда ҳаво ҳарорати +40...+42 даража иссиқ бўлади. Тошкент вилояти ва тоғларда куннинг иккинчи ярмида қисқа муддатли жала ёғинлар бор. Ўзгидромет
Европа яна аномал иссиқлик тўлқинига яқин ҳафтага тайёрланиши керак. Ҳа, жорий ёз Европа мамлакатларини қурғоқчиликка тайёрланиш бўйича ҳақиқий синовга ташлади. Узоқ муддатли прогнозларда айтиб келинган вазиятлар Европанинг кўплаб мамлакатларида реалликка кўчмоқда. Европа дарёлари кузатувлар бошланган йил яъни сўнгги 150 йилликдаги энг паст сатҳга тушди. Дарёлар сатҳининг пасайиши, сув логистикасига таъсир этган. Европалик фермерлар жорий йил ҳосилдорлик яхши бўлмаслигини айтишмоқда. Июлда Лондонда кузатувлар тарихида ой давомида умуман ёмғир кузатилмаган ой бўлди. Европага тез-тез Шимолий Африка юқори босимли иссиқ ва қуруқ ҳаво оқими "ташриф буюрмоқда". Ҳа, Европага ёғин ташувчи Атлантика океани ҳаво айланмаси "ҳаракатида" бузилиш кузатилди. Бу эса биз каби минтақаларга айни муддао бўлди. Масалан, уларга ёғин улашувчи ўша Шимолий Атлантика ҳаво айланмаси бу йил жуда кўп ҳолларда Европа учун манфий фазада ривожланиб, унинг ҳаракат йўналиши Африка шимоли, Эрон орқали биз томонга "урилаверди". Бунга сабаб албатта кенг масштабда океан суви ҳароратининг исиб бориши сабаб бўляпти. Бу ҳақида кўп мулоҳазалар юритяпмиз. Эль-Ниньо эса муддатидан аввал кучли фазага кирмоқда. Прогнозлар эса яқин ойлар жуда кучли Эль-Ниньо бўлишига ишоралар қаратган. Бугунги кўрсатувларда яна шу ҳақида гаплашамиз. Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг.
⭐️ Eng katta yulduz Yupiter orbitasini “yutib” yuborardi Koinotdagi ayrim yulduzlar shu qadar ulkanki, ularni tasavvur qilish qiyin. Maʼlum boʻlgan eng katta yulduzlardan biri agar Quyosh oʻrniga qoʻyilsa, dahshatli manzara yuzaga kelardi. Bunday yulduzning yuzasi hatto Yupiter orbitasidan ham tashqariga chiqib ketardi. Yaʼni u nafaqat Yerni, balki bir necha ichki sayyorani ham butunlay “yutib” yuborardi. Bunday yulduzlarga qiyoslaganda Quyoshimiz juda kichik koʻrinadi. Bu koinotning naqadar ulkan ekanini yaqqol koʻrsatadi.
#atmosfera_havosi 2026-yilning 10-avgust kuni soat 09:00 holatiga koʻra atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma'lumotlariga ko'ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi: 🔹PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 47 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me'yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi; 🔹PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 17 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me'yorlardan (60 mkg/m3) oshmadi. 10 августа 2026 года по данным с автоматических станций мониторинга атмосферного воздуха в 09:00 г. Ташкенте 🔹 Содержание мелкодисперсных частиц РМ 10 составило 47 мкг/м3, что не превысило ПДК (300 мкг/м3). 🔹Содержание мелкодисперсных частиц РМ2,5 составило 17 мкг/м3, что не превысило ПДК ) (60 мкг/м3.) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram