Bo’ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi
СтатистикаBo’ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi rasmiy sahifasi.
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 58
- 1/48двое суток
- 66
- 1/72трое суток
- 71
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Bo‘ston tumanining Yangi Obod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda Yangi Obod mahallasi to‘liq sabzichilikka ixtisoslashtirilgan hudud bo‘lib, bu yerda aholi asosan sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Mahallada obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda tomorqalardan samarali foydalanish, ekin maydonlarini tartibga keltirish va yashil hududlarni kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallada ko‘cha va yo‘l yoqalari tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalanmoqda, daraxtlar oqlanib, hududlar maishiy chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholi uchun yanada ozoda, obod va fayzli muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sahifa: https://t.me/Hokim_Nosirova
Bo‘ston tumanida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi Bugungi kunda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Dolzarb 40 kun”, “Mahallalarda obod yurt – mehr-sahovat oyligi” doirasida Bo‘ston tumanining barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Mustaqillik 15 yilligi mahallasi hamda tumandagi og‘ir mahallalardan biri hisoblangan Yangiobod MFYda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va hududlarni tartibga keltirish ishlari tuman hokimi Sanobarxon Nosirova tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida mas’ullarga ishlar sifatini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirovaga biriktirilgan Obod mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Bugun Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirovaga biriktirilgan Obod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jarayon davomida ichki ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarga ishlov berildi hamda mahalla yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Obodonlashtirish ishlarida mahalla faollari, mutasaddi tashkilotlar hamda aholi vakillari faol ishtirok etib, hududni yanada fayzli va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lida hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar. https://t.me/obodonlashtishpressa
Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан эълон қилинган «Маҳаллада ободлик ва меҳр-саховат ойлиги» доирасида Бўстон туманининг барча маҳаллаларида кенг кўламли ободонлаштириш ва хайрия тадбирлари амалга оширилмоқда. Ижтимоий ҳамжиҳатлик муҳитини мустаҳкамлаш мақсадида ўтказилаётган умумхалқ ҳашарлари давомида ички кўчалар ва аҳоли яшаш ҳудудлари тартибга келтирилиб, ариқ-зовурлар тозаланмоқда, яшил ҳудудлар обод этилиб, дарахт ва манзарали ўсимликлар парвариш қилинмоқда. Шу билан бирга, туманда оғир тоифага кирувчи 4 та маҳалла ҳамда «Янги Ўзбекистон қиёфаси» лойиҳаси доирасидаги 2 та маҳаллада инфратузилмани янгилаш ишлари изчил давом этмоқда. Жумладан, ички йўлларни асфальтлаш, муҳандислик-коммуникация тармоқларини модернизация қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод қилишга қаратилган қурилиш ишлари жадал суръатларда олиб борилмоқда. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
📢 DIQQAT, E’LON! Bugun Bo‘ston tumanida “Yoshlar kuni” festivali doirasida ulkan Gala-konsert bo‘lib o‘tadi! 🎤 Konsertning maxsus mehmonlari — “Bojalar” guruhi tumanimiz aholisi uchun maxsus videomurojaat yo‘lladi. ✨ Shuningdek, kecha davomida yurtimizning taniqli estrada yulduzlari birin-ketin sahnaga chiqib, sizlarga unutilmas musiqiy lahzalarni taqdim etadi. 📍 Manzil: Bo‘ston tumani Markaziy stadioni 🕖 Boshlanish vaqti: Soat 19:00 🎉 Aziz yurtdoshlar, barchangizni ushbu bayramona gala-konsertga taklif etamiz! Keling, “Yoshlar kuni”ni birgalikda ko‘tarinki kayfiyatda nishonlaylik! 🇺🇿🎶 Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌺 Gullarga burkanayotgan Bo‘ston tumani – 44-post hududi! Bo‘ston tumanining 44-post hududi kundan-kunga yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Rang-barang gullar bilan bezatilgan maskan aholi va mehmonlarga xush kayfiyat ulashib, hududning go‘zalligiga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda. 🌸🌷🌹 #ObodMahalla #Bo‘stonTumani #44Post #GullargaBurkanayotganBo‘ston 🌺 https://t.me/obodonlashtishpressa
Bo’ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi pinned a video
🔴 LIVE Bo‘ston tumani markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Aholi uchun qulay va shinam muhit yaratish yo‘lida ishlar izchil davom etmoqda. https://t.me/obodonlashtishpressa
Bo’ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi pinned a photo
Qadrli soha xodimlari va tumanimiz ahli! Tumanimiz obodligi ortida sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz mujassam. Bugungi bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va sihat-salomatlik tilaymiz. Fidokorona mehnatingizga baraka bersin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! https://t.me/obodonlashtishpressa
✨ 𝑩𝒐‘𝒔𝒕𝒐𝒏 𝒕𝒖𝒎𝒂𝒏𝒊𝒅𝒂 𝒌𝒆𝒏𝒈 𝒌𝒐‘𝒍𝒂𝒎𝒍𝒊 𝒃𝒖𝒏𝒚𝒐𝒅𝒌𝒐𝒓𝒍𝒊𝒌 𝒗𝒂 𝒐𝒃𝒐𝒅𝒐𝒏𝒍𝒂𝒔𝒉𝒕𝒊𝒓𝒊𝒔𝒉 𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒅𝒂𝒗𝒐𝒎 𝒆𝒕𝒎𝒐𝒒𝒅𝒂 📍 Jumladan, tumandagi 4 ta og‘ir mahallada amaliy ishlar olib borilmoqda. 🛣 Hozirda “Sariqjo‘ga” MFY hududida asfaltlash ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa, “Obod” MFYda ariqlarni betonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. 🚧 Tuman Avtoyo‘l tomonidan asosiy yo‘llarning ta’mirtalab qismlarini tiklash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. 🌿 𝑻𝒖𝒎𝒂𝒏 𝒌𝒐‘𝒓𝒌𝒊 𝒚𝒂𝒏𝒂𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒂𝒏𝒎𝒐𝒒𝒅𝒂 A-373 magistral yo‘li bo‘ylab Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalash va obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. ⚡ 𝑬𝒍𝒆𝒌𝒕𝒓 𝒔𝒂𝒎𝒂𝒓𝒂𝒅𝒐𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊 𝒐𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒔𝒉 𝒚𝒐‘𝒍𝒊𝒅𝒂 𝒂𝒎𝒂𝒍𝒊𝒚 𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒓 Shu bilan birga, ishchi guruh a’zolari tomonidan aholi o‘rtasida elektr energiyasi samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish hamda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube