tgindex
🇵🇸 Saudıyalık 🇸🇦

🇵🇸 Saudıyalık 🇸🇦

Статистика

Arab davlatlari Unıversıtetları va akademiyalariga oʻqiş hujjatlarını toşırıb beramız. Öqış haqida eng sara maʼlumot bızda. Murojat uchun https://t.me/King_salman_talabasi @talaba_tolib

Последний пост
25 февр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
45
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
512
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
567
40 постов
Вовлечённость
110,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 45
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Misrda Taroveh namozi 💔 @Quran_lughah

  • 21 февр.1 198135

    Sen duo qilayotib: ”Qaysi yuz bilan so’rayman yana” deya hijolat chekayotganingda Alloh: “ Men Sening mana shu yuzingni ham sevaman”-deydi.. @Quran_lughah

  • 19 февр.1 18772

    #nazm Roʻza tutmam dedi menga bir erkak. Dedim: musofir yo bemorsiz demak? Yoʻq dedi... Shunda men topqirlik qildim, "Unda homilador boʻlsangiz kerak!" • 📋Joyikelganda #Men_bilmayman @Quran_lughah

  • Ёмғирлар адашиб қолгандек кезар, Мовий ҳужрасида алмашар кимё -- Тунги шаббодалар кўнгилни эзар: «Айт, бу ҳам Рамазон туҳфасими ё?!» Хайрулла Ҳамидов

  • #RamazongaTayyorgarlik 7 Ramazon — faqat kelib kutib olinadigan oy emas, balki oldindan tayyorgarlik ko‘riladigan ibodat mavsumi. Jismoniy tayyorgarlik Agar Ramazon oyida Umra qilish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan boshlab har kuni kamida 30 daqiqa piyoda yurishni odat qiling. Tavof va sa’y ibodatlarida ko‘p yuriladi. Bu yurishlar ham ibodatga tayyorgarlik sanaladi. Uyqu tartibini to‘g‘rilash • Kech yotishdan saqlaning, vaqtida uxlashga harakat qiling. • Vaqtli turishga odatlaning. • Kechaning oxirgi qismida Allohga munojotni hozirdanoq boshlasangiz, Ramazonda bu yanada yengil kechadi. Ibodatlar sifatini oshirish • Oldin kam qilgan ibodatlaringizni ko‘paytiring. • Har kuni Qur’on o‘qish miqdorini oshiring (masalan, 2–3 pora). • Sadaqa va ehsonni ko‘proq berishga o‘zingizni mashq qiling. Savobli amallarda faol bo‘lish, masalan: • Janoza namozlarida qatnashing. • Mayyitni dafn etilguncha kuzatib borish — hadislarda Uhud tog‘idek savob bilan tenglashtirilgan buyuk amal. 📝 Rejalashtirish — muvaffaqiyat kaliti • Sha’bon oyida qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni yozib chiqing, chunki yozilmasa, yoddan ko'tariladi va yozilsa har kuni ko'rib niyat ham yangilanadi hamda yodingizga ham tushadi. • Kunlik va haftalik reja tuzing (masalan, haftada bir kun yaqinlarni ziyorat qilish). • Rejani ko‘rinadigan joyga osib qo‘ying — bu tartib va amalda bajarilishi osonlashadi. Unutmang: Ramazonga qanday tayyorlansak, uni shunday o‘tkazamiz. Bugundan boshlangan kichik qadamlar Ramazonda katta savoblarga sabab bo‘ladi. ✍️ @Quran_lughah

  • Buni faqat hali umraga bormagan odam tushunadi. Uyingizda oʻtirganizda sizni birdan Kaba sogʻinchi egallab oladi. Kaʼbani koʻrishga mushtoq koʻzlardan behosdan sogʻinch yoshlari oqa boshlaydi. Oʻzingizni Kaba oldida his qilasiz Unga termulib turganizni tasavvur qilasiz Qalb sogʻinchdan ogʻrib ketadi. Oʻzingizni qoʻyarga joy topa olmaysiz Tunlari Madina koʻchalarini kezib yurasiz Baland masjid devorlari Ravzani ichida dardlashib oʻtiribsiz Masjid gilamlariga boshingizni qoʻyib Qanchalar sogʻingandim seni Madinam deya tasavvur qilasiz Buni faqat halicha umraga bormagan insonlar tushunadi Ey qalbi sogʻinch bilan toʻlgan inson Siz ham albatta bu goʻzal koʻchalarni kezasiz faqat umidini hech qachon uzmang #Men_bilmagan @Quran_lughah

  • #Tabassum 😁 Ёдлаш бошқа, хатм қилиш бошқа нарса Бир акамиз айтган эди, ҳотинларни гапига ишониш керакмас, (ҳаммасига ҳам эмас) бир қизни роса мақташди, ҳам қория дейишди. Тўйдан кейин билсам, Қуръони Каримни хатм қилган экан:):) #menbilmagan @Quran_lughah

  • SALAFLARDA RAMAZON OYIGA TAYYORGARLIK Mualla ibn Fazl aytadilar: "Sahobalar - Allohdan olti oy ramazonga yetkazishini, qolgan olti oy esa ramazonda qilgan ibodatlarini qabul qilishini soʻrar edilar". Yahyo ibn abu Kasir aytadilar: "Sahobalar shunday duo qilishar edi: "Allohim, ramazon oyiga meni salomat yetkaz, bu oyni menga salomat qil va u oyda qilgan ibodatimni husni qabul et". Inson ramazon oyiga salomat yetib, unda roʻza tutishga qodir boʻlsa ulugʻ neʼmatga erishibdi. Hadisda: Ikki doʻst Rosululloh sollallohu alayhi va sallam yonlariga hijrat qilib kelishadi. Ulardan biri jangda shahid boʻladi, ikkinchisi bir yildan keyin toʻshakda vafot etadi. Sahobalardan biri bu ikki doʻstni tushida koʻradi. Bir yil oʻtib vafot etgan doʻsti shahid boʻlgan doʻstidan yuqori martabada va darajasi oliy boʻlib turar edi. Koʻrgan tushidan taajjublanib, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan buning sababini soʻraydi. Paygʻambarimiz: "Sherigi vafot etganidan keyin u qanchadan qancha namozlar oʻqidi, ramazonda roʻzalar tutdi! Allohga qasam-ki, u bilan sherigining orasida osmon bilan yercha farq bor", dedilar. (Imom Ahmad rivoyati) @Quran_lughah

  • ”Qurʼon oyatlari-Qancha koʻp chaynasang shuncha shirini koʻp chiqaveradigan xurmoga oʻxshaydi” “Qalb va Qurʼon oʻrtasidagi yoʻl” kitobidan…. ✍️ @Quran_lughah

  • #RamazongaTayyorgarlik 6 Sadaqaga odatlanish Eng Saxiy Insonning Ramazondagi Holati Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu alayhi vasallam tabiatan insonlarning eng saxiysi edilar. Biroq, Ramazon oyi kelganda bu saxovat o‘zgacha bir shiddat olardi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiysi edilar. U zotning eng saxiy paytlari Ramazonda, Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida bo‘lar edi. (Muttafaqun alayh) Ushbu hadis bizga saxovatning eng cho‘qqisi aynan Ramazonda ekanini ko‘rsatadi. Jabroil alayhi salom bilan Qur’on darslarini qilish Rasulullohning qalblarini yanada yumshatib, saxiyliklarini "Mursal shamol" (foyda keltiruvchi, to‘siqsiz esadigan shamol)dan ham tezroq qilib yuborar edi. Rasululloh Sollallohu alayhi vasallamning saxovatlaridan yana bir namuna: Bir kishiga bir suruv qo‘yni hadya qilganlarida, u kishi o‘z qavmiga borib: "Ey qavmim, Islomni qabul qiling! Muhammad shunday hadya beryaptiki, u faqirlikdan aslo qo‘rqmaydigan insonning berishidir", degan edi. Tayyorgarlikni Sha'bondan Boshlang Ramazon oyida saxovat qilishga qiynalmaslik uchun hozirdan — Sha'bon oyidan boshlash lozim. Agar inson Sha'bon oyida oz-ozdan bo‘lsa ham qo‘li ochiqlikka o‘rganmasa, Ramazonning barakasidan to‘liq bahramand bo‘la olmasligi mumkin. Bir kuni Oisha onamizga katta miqdorda mablag‘ (yuz ming dirham) keladi. U zot o‘sha kunning o‘zidayoq barcha mablag‘ni muhtojlarga tarqatib yuboradilar. O‘zlari esa ro‘zador edilar. Iftorlik vaqti bo‘lganda xizmatchilari: "Ey mo‘minlar onasi, shu puldan bir dirhamiga go‘sht olib qolsangiz bo‘lmasmidi, iftorlikka hech narsa qolmadi-ku?" deganida, Oisha onamiz: "Oldinroq aytganingda olib qolgan bo‘lar edim", deb javob beradilar. Oisha onamizning hayotlaridan namunalar shuni ko‘rsatadiki, sahobai kiromlar uchun berish — olishdan ko‘ra suyukliroq edi. Ular o‘zlarida yo‘q bo‘lsa-da, borini ilinadigan darajada yuksak axloq egasi bo‘lishgan. Xulosa o'rnida: Ramazonga tayyorgarlik faqat oziq-ovqat zaxira qilish emas, balki qalbni baxillikdan tozalashdir. Bugundan boshlab: • Kichik bo‘lsa-da, kundalik sadaqani odat qiling. • Atrofdagi muhtojlar holidan xabar oling. Zotan, saxovatli qo‘l — Allohga eng yaqin qo‘ldir va sadaqa moldan hech qachon kamaytirmaydi: "Sadaqa mol-mulkni kamaytirmaydi." (Termiziy rivoyati) ✍️ @Quran_lughah

  • Bir hofiz kundaligidan: “Men Qur’on yodlashni boshlaganimda, ba’zan bir betni 80 martagacha takrorlardim, baribir yodimda qolmasdi — ehtimol xayolim tarqoqligidan, ehtimol tez yodlab olish qobiliyatim yo‘qligidan. Lekin o‘zimga aytardim: “Allohga qasamki, belgilangan vazifangni yodlamasdan uxlamaysan”. Shu ruhda davom etdim va, Allohga hamdlar bo‘lsin, oxirida Mus’hafga qarab o‘qishga ehtiyojim qolmaydigan darajaga yetdim. Ba’zi insonlarga iqtidor berilmaydi, lekin ular sabr, tirishqoqlik va matonatlari bilan iqtidorlilardan ham o‘zib ketadilar. Qur’on oʻrganish oson, Alloh taolo tirishib, harakat qilavergan kishini albatta bir kuni maqsadiga yetishtiradi. U Zotga ixlosli niyatingizni ko‘rsatishdan toʻxtamang – shunda go‘zal natija ham albatta keladi”. @Quran_lughah

  • Ramazonga tayyorgarli qale ketvotti slada ?? Uylaringizni bezatishni nazarda tutmadim yoki iftorlik va saxarlik uchun yangi yangi retseptlarni nazarda tutmadim yoki yangi yangi kiyimlar kiyishingizni nazarda tutmadim !!! Aynan Qur'on oyi bolgan ramazonga quroniy bilmigingizni rivojlantirayapsizmi ... @Quran_lughah

  • < Kahf > surasi @quran_lughah

  • Zamonlar o‘tishi bilan odamlarning o‘zgarishi قَالَ الحَسن البصريّ رَحِمَه اللّٰه: « كَانَ أهلُ الجَاهِليَّة إذَا خَطَب الرَّجُل المَرَأة تَقُول: ما حَسْبُه، وَمَا حسبهَا؟ فَلمَّا جَاءَ الإسْلَام،  قَالُوا: ما دِينهُ، وما دِينُهَا؟  وأنْتُم اليَومَ تَقُولونَ:  ما مَالهُ، وما مالهَا؟ » Hasanul Basriy rohimahulloh dedi: «Johiliyat ahli, agar bir kishi bir ayolga sovchi bo‘lsa, ayol: "Uning (qavmi ichidagi) sharafi qanday?" Erkak ham: "Uning sharafi qanday?" der edi. Islom kelgach, ular: "Uning dini qanday?" deyishdi. Sizlar esa bugun: "Uning moli qancha?" deyapsilar. بهجَة المَجَالِس @Quran_lughah

  • Sourate Al-Ankabut (1-15) - Moussa Zemmouri 📼 Audio 💾 5.7MB #Toliq @Quran_lugah

  • Bu Qiroat egasi 😪 @nurul_maknun

  • #Cairo #Misr #Azhar 😊 @Quran_lughah

  • عن أبي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ، وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ، وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ Ramazon kelsa jannat eshiklari ochiladi, do’zax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanband qilinadi. Muttafaqun alayh. Ramazonga oz qoldi…

  • Ibrohim ibn Abdulvohid shogirdiga vasiyat qigan holda aytdilar: "Qurʼonni koʻp oʻqi, uni tark etma. Qurʼon oʻqiganing miqdoricha sen talabgor boʻlgan narsa oson qilinadi". ✍️ @Quran_lughah

  • Mashhur muhaddis olim Ahmad ibn Hanbal musnadidan koʻra kattaroq musnad kitobining muallifi Boqiy ibn Maxlad bir kuni shogirdlariga: Sizlar oʻzinglarni ilm talab qilayabmiz deb oʻylaysizlarmi?- deb soʻrab qoldi. - Men shunday kunlarni boshimdan oʻtkazganmanki, gohi kunlari axlat uyumlaridan karam barglarini topib yerdim va oʻsha bilan kechalarni oʻtkazardim. Shunday kunlar boʻlganki yozishga varaq olish uchun ishtonimni sotganman va ishtonsiz kunlar oʻtkazganman." *Subhanalloh! Biz bunday holatga tushish uyoqda tursin, hatto hayolimizga ham kelmagan! Yana nimanggizdan shikoyat qilasiz? Yana qanaqa sharoit kerak sizga? ✍ @Quran_lughah